Nafas a'zolariga ta'sir etuvchi dorivor o'simliklar va ularning preparatlari
Kofein. (Cuffeinum). Yuqorida keltirilgan farmakologik xossalariga ko'ra gipotoniya holati, nevralgiya, narkolepsiya, surunkali Yurak yetishmovchiligi, bosh og'rig'ida tavsiya etiladi. Gipertoniya kasalligi, psixomotor qo'zg'alish, miokard infarkti, glaukoma, miokarditda tavsiya etilmaydi. Tabletka holida 0,01-0,1 g dan ovqatdan so'ng ichiladi.
Kofein natriy-benzoat. (Cuffeinum-natrii benzonas). Suvda yaxshi erishi va parenteral yuborilishi sababli tez yordam ko'rsatishda ishlatiladi. Asosan nafas sustlashganda (uxlatuvchi, narkoz vositalari va boshqalardan zaharlanishda), Yurak va tomirlar o'tkir yetishmovchiligida( kollaps, shok holatlarida) va boshqa hollarda ishlatiladi. Ovqatdan so'ng 0,05-0,2g. dan 2-3 marta ichish uchun beriladi, 10% eritmasi in‟yeksiya qilinadi.
Teofillin. (Theophillinum)Choy bargidan olinadigan alkaloid bo'lib, markaziy nerv sistemasiga kofeinga nisbatan kuchsizroq ta'sir ko'rsatadi. Fosfodiesteraza fermentining kuchli ingibitori (susaytiradigan) hisoblanib, kofeinga nisbatan kuchliroq siydik haydash, tomirlarni kengaytirish, bronx mushaklarini bo'shashtirish xususiyatiga egadir. Asosan Yurak faoliyatining surunkali yetishmovchiligida, Yurak va buyrak kasalligi tufayli hosil bo'lgan shishlarda, bronxial astma, emfizema (o'pkaning kengayib qolishi) va boshqa hollarda tavsiya etiladi. Kukun, shamchalar holida chiqariladi. Shamchalar 0,1-0,2 g dan kuniga 3-4 marta shamchalar to'g'ri ichakka qo'yiladi.
Teobromin. (Theobrominum). Kakao urug'idan olinadigan alkaloid. Markaziy nerv sistemasiga ta'siri deyarli yo'q. Koronar (toj) qon tomirlarni kengaytiradi, Yurak ishini jonlantiradi, bronx mushaklarini bo'shashtiradi, siydik ajralishini kuchaytiradi. 0,25 g dan kukun va tabletka holida chiqariladi. Ovqatdan so'ng 0,25-0,5 g.dan 1-2 marta ichiladi.
Ishlatilishi. Teofillinga qarang!
Eufillin. (Euphyllinum). Markaziy nerv sistemasini qisman qo'zg'atadi. Qon tomirlarni, ayniqsa Yurak tomirlarni kengaytiradi, qon bosimini tushiradi. Silliq mushaklarga spazmolitik (bo'shashtirish) ta'sir ko'rsatadi. Siydik haydash xossasi ham bor.
Ishlatilishi. Eufillin ko'proq bronxial astma, stenokardiya, Yurak faoliyati susayishi sababli paydo bo'lgan shishlar, gipertoniya, miokard infarkti paytida tavsiya etiladi. 0,5 g kukun va tabletkada, 2,4% eritmasi 10 ml dan ampulada chiqariladi.
Diprofillin. (Diprophyllinum). Farmakologik ta'siri va ishlatilishi bo'yicha eufillinga o'xshaydi, lekin unga nisbatan zaharsiz va ta'siri kuchsizroq. Tabletkada 0,2 g dan, ampulada 10% li eritmasi 5ml da chiqariladi.
Afsanak. Termopsis (Thermopsis R. Br.)
Tibbiyotda afsanakning 3 turi: nashtarsimon afsanak (Thermopsis lanceolata R. Br.), ketma-ket gulli afsanak (Thermopsis alterniflora Rgl. yet Schmalch.), Turkiston afsanagi (Thermopsis turkyestanica Gand.) ishlatiladi.
Nashtarsimon afsanak bo'yi baland, ko'p yillik o't o'simlik, sershox. Turkiston afsanagi Qirg'izistonning Issiqko'l atrofida, Shimoliy va Markaziy Tyanshanda, daryo vodiysida o'sadi. Afsanak turlarining yer ustki qismida 0,5-3,6% alkaloidlar bor (asosiy alkaloidi termopsin).
O'zining tarkibida termopsin alkaloidi saqlagan fitopreparatlar (damlama, kukun, tabletka, kukun ekstrakti) balg'am ko'chiruvchi sifatida keng ishlatiladi.
4-rasm. Lobelinning mushuk nafasiga ta'ta'siri (
Afsanak urug'idan tayyorlangan fitopreparatlar esa sitizin alkaloidi hisobiga nafasni qo'zg'atadi. Sitizinning 0,15% li eritmasi sititon nomi bilan ampulada chiqariladi. Bu preparatning farmakologik ta'siri karotid sinuslariga qaratilgan bo'lib, ularni qo'zg'atishi reflektor ravishda nafas markazining xam qo'zg'aluvchanligini oshiradi. Natijada nafas olish va chiqarish chuqurlashadi va tezlashadi, o'pka ventilyatsiyasi kuchayadi. Preparatning ta'siri ayniqsa nafas markazining faoliyati susayganda bilinadi. Shuning uchun sititonni nafas analeptiklari guruhiga taalluqli deyiladi. Sititonning ta'siri asosan uni bevosita qonga yuborilganda aniqroq ruyobga chiqishini eslatib o'tish lozim. Shuni hisobga olgan holda bu preparat har xil sabablar bo'yicha nafas susayib qolganda (zaharlanish, operatsiya vaqtidagi karaxtlik, kollaps holati va b.) ishlatiladi. Preparat qon bosimini ham ko'tarish xosasiga ega.
Lobeliya (Lobelia inflata) o'simligidagi lobelin alkaloidi ham sitizin singari ta'sir ko'rsatadi. Karotid xemoretseptorlarni jonlantirib, reflektor yo'l bilan nafas markazini qo'zg'atadi, nafas olish va chiqarish tezlashadi. Bu alkaloid ham nafas analeptigi deb yuritiladi.
Buning ham ta'siri bilvositadir. Ushbu alkaloid hozir sintetik yo'l bilan olingan. Uning preparati lobelin gidroxlorid 1% eritma holida ampulalarda 1 ml dan chiqariladi. Asosan venaga yuborish uchun mo'ljallangan. Sititon preparati singari lobelin ham shunga o'xshash hollarda beriladi.
Shuni aytish kerakki, sititon va lobelin ta'sirida sigaretga (nikotinga) bo'lgan xumorlik kamayadi. Shuning uchun bu alkaloidlarni hamda bargsiz itsigak o'simligidagi anabazin (kichik dozada) saqlagan preparatlar (tableks, lobesil) chekishga qarshi dorilar sifatida ishlatiladi.
Kamfora daraxti. Kamfornoye derevo (Cinnamomum camphora L.) Nees. et Eberm.). Bo'yi 25-30 metrga yetadigan doim yashil daraxt. Vatani Yaponiya, Xitoy, Koreya.
Kavkazning Qora dengiz qirg'oqlarida o'stiriladi. Bargi tarkibida 0,8-1,8 %,shoxchalarida 0,8- 2%, poya qismida 4,2%, ildizida esa 8% efir moy saqlaydi. Kamfora efir moyining tarkibiy qismi bo'lib, uning 75-85% ni tashkil qiladi. Kamfora efir moyli boshqa o'simliklardan (yalpiz, bargli rayhon-Osimum menthae folium, sibir oqqarag'ayi Abies sibirica) ham olinadi. Kamfora markaziy nerv sistemasining nafas va qon tomirlarini harakatlantiruvchi markazlarni sezilarli darajada qo'zg'atadi. Bu esa uning bevosita ta'siri va qisman preparat yuborilgan joyda sezuvchi nervlarning refleks yo'li bilan qitiqlanishi hisobiga yuzaga chiqadi.
Kamfora qadimdan ishlatilib kelinayotgan, ta'siri ancha ishonchli, bezarar va samarali preparatdir. U Yurak-tomir sistemasi faoliyatining o'tkir va surunkali susayishida, har xil yuqumli va boshqa kasalliklar hamda zaharlanish tufayli qon bosimining pasayishida ko'p ishlatiladi. Kamfora ta'sirida miokardning qisqarish kuchi oshishi hisobiga Yurak faoliyati yaxshilanadi, tomirlar harakat markazining qo'zg'alishi esa qon tomirlar tonusini oshiradi va qon bosimi tiklanadi. Kamforaning o'ziga xos bunday ta'siri nafasning yaxshilanishi va o'pkada havo almashinishi (ventilyatsiya) tezlashishi bilan boradi. Kamfora deyarli zaxarsiz, davo qilish doirasi ancha keng bo'lgan analeptikdir. Bundan tashqari, mahalliy tuqimani qitiqlaydigan ta'siri bo'lgani uchun teriga surtish va ishqash bilan og'riq sezishni kamaytirish uchun ishlatiladi. Buning uchun kamforaning spirtli eritmasi va liniment shakllari beriladi.
Preparatlari: kamforaning moyidagi 20% li eritmasi (ampulada 1 -2 ml), kamfora moyi (flakonda 15,30ml), kamfotsin liniment (flakonda 80ml).
Kuchala. Chilibuxa (Strychnos nux vomica L.)
Bo'yi 15 metrga yetadigan doim yashil daraxt. Tropik va subtropik mamlakatlarda o'sadi. Markaziy Osiyoda o'smaydi. Urug'i chetdan keltiriladi. Kuchala urug'ida 2,5% va undan ortiq alkaloidlar bo'lib, ularning 44-55% ni strixnin va taxminan shuncha miqdorda brutsin alkaloidlari tashkil qiladi. Strixnin sintez yo'li bilan ham olingan.
Strixnin farmakologik jihatdan kuchli ta'sir etadigan, ta'sir kengligi ancha kichik bo'lgan alkaloiddir.
Strixnin juda oz miqdorda markaziy nerv sistemasiga, birinchi galda va sezilarli darajada orqa miyaga ta'sir qilib, uni qo'zg'atadi. Buning natijasida orqa miya segmentlarida neyronlar aro impuls o'tishi tezlashadi orqa miyaning qo'shni segmentlariga tarqalishi ham ortadi. Natijada orqa miyaning refleks vaqti kamayadi. Unda qatnashadigan segmentlarning soni ko'payadi. Boshqacha qilib aytganda, tashqi muhitdan ta'sirga javob tez va tarqoq bo'ladi va bunda ko'pchilik mushaklar qatnashadi.
Strixninning uzunchoq miyaga ta'siri undagi nafas, qon tomirlarni harakatlantiruvchi va adashgan nerv markazlarini qo'zg'alishga olib keladi, natijada nafas tezlashadi. O'pka ventilyatsiyasi yaxshilanadi, qon tomirlar tonusi oshishi hisobiga qon bosimi qisman ko'tariladi, Yurak urishi esa sekinlashadi (bradikardiya).
Strixninning bunday farmakologik ta'siri uning bir qadar kattaroq dozalarida va aytilgan markazlarning faoliyati susayganda ro'y-rost namoyon bo'ladi. Demak, strixnin ta'siri bo'yicha analeptiklar qatoriga kiradi.
Shu bilan birga strixnin bosh miyaga ham ta'sir qilib. eshitish, ko'rish, ta'm va hid sezish analizatorlari faoliyatini oshiradi. Natijada eshitish yaxshilanadi, hid va ta'm bilish sezgilari kuchayadi, taktil (qattiq-yumshoqni) sezish ham oshadi. Strixninning ko'zga ta'siri faqat ko'rish markazining qo'zg'alishi bilangina bog'liq bo'lmasdan, balki uning ko'z to'r pardasiga qo'zg'atuvchi ta'siri bilan ham ta'riflanadi. Bunda ko'rish aniqroq va ravshanroq bo'ladi, ko'rish maydoni kengayadi, rang sezish va ajratish ham yaxshilanadi.
Shunday qilib strixnin Ma'lum dozalarda markaziy nerv sistemasining hamma bo'limlar ta'sir etadi. Ko'rish, eshitish, hid va ta'm sezish analizatorlarni ishini yaxshilaydi.
Strixninning ta'sir kengligi katta bo'lmagani uchun tibbiyot amaliyotida kam ishlatiladi. Asosan yarim falaj xolatlarda, umumiy quvvatsizlikda-darmonsizlikda, erkaklik qobiliyati
pasayganda, analeptik aralashma tarkibida esa nafasni qo'zg'otuvchi analeptik sifatida ishlatilishi mumkin.
Strixnin bilan zaxarlanganda orqa miya kuchli qo'zg'alganligi sababli andoq ta'sirot (tanaga tegish, elektr lampasini yoqish, shovqin) tetanik talvasa xolatini keltirib chiqaradi. Keyinchalik esa organizm tayoqqa o'xshab qotib qoladi. Bunda hamma muskullar barovariga qisqargan bo'ladi. Zaxarlanishda talvasa tutishni oldini olish maqsadida uxlatuvchi va gazsimon narkoz moddalaridan foydalaniladi. Zaxar ichilgan bo'lsa, 1:1000 nisbatdagi kaliy permanganat eritmasi bilan zond orqali Me'da chayiladi, keyinchalik esa aktivlangan ko'mir, tuzli surgi ichtiriladi.
Farmakologik ta'siri strixninga yaqin bo'lgan sekurinin alkaloidi. Uzoq sharqda o'sadigan o'simlikdan (Securinega suffrutisosa Pall) olinadi. O'simlikning asosiy alkaloidi - sekurinin bargda 0,3% gacha bo'ladi. Farmakologik ta'siri strixninga o'xshash. Orqa miya qo'zg'aluvchanligini oshiradi va markaziy nerv tizimining boshqa qisimlarini qo'zg'otuvchi ta'sir etib, xarakatni oshiradi, qon bosimini ko'taradi, nafasni tezlashtiradi, Yurak qisqarishini kuchaytiradi. Ta'siri strixnindan 8-10 marta kuchsizroq va shuncha marta zaxarsizroq. Bundan tashqari sekureninning ta'sir etishi doirasi ancha kengdir. Quvvatsizlikda, ummumiy tonusni, ish qobiliyatini oshirish maqsadida astenik va nevralgik hamda impotensiyada ishlatiladi.
Strixninning va sekurininning preparatlari:
Strixnin nitrat (Strychni nitras). Poroshok, 0,1% eritmasi 1ml dan ampulada chiqariladi. Buyurilishi: ovqatdan oldin 0,0005-0,001 g dan pilyulyada 2-3 marta ichiladi, 0,1% eritmaning 0,5-1 ml dan teri ostiga yuboriladi. Yuqori dozasi: ichish uchun va teri ostiga-bir martalik 0,002 g, bir kecha - kunduzligi - 0,005g.
Kuchala nastoykasi. (Tinctura Strychni)
Tarkibi: kuchala quruq ekstrakti-16 g, 70% spirt -1 l; 0,25% alkaloidlar (strixnin, brutsin) saqlaydi. Flakonlarda chiqariladi. Buyurilishi: ovqatdan oldin 3-10 tomchidan 2-3 marta ichish uchun beriladi.
Yuqori dozasi: ichish uchun - bir martalik 15tomchi, kecha kunduzlik 30 tomchi.
Sekurinin nitrat (Secureninum nitras) 0,002 g dan tabletkada, 0,2% eritmasi 1 ml dan ampulada chiqariladi va teri ostiga yuboriladi.
Yuqori dozasi: ichish uchun-bir martaligi 0,005 g, kecha kunduzligi-0,015g, teri ostiga- bir martalik 0,003 g, kecha kunduzlik 0,005 g.
Do'stlaringiz bilan baham: |