Vitaminli yig‘malar.
Tarkibida vitamin S, R, karotinoidlar va boshqa moddalar saqlaydigan yig‘malar.
Vitaminli yig‘ma №1
Tarkibida barobar miqdorda na’matak va qoraqat mevalarini saqlaydi.
Vitaminli yig‘ma №2
Tarkibida barobar miqdorda na’matak va chakanda mevasini saqlagan aralashma.
Кo‘p vitaminli yig‘ma
Tarkibida 3 qism gazanda bargi va 7 qism chakanda mevasi aralashmasi bor.
Vitaminli yig‘malardan 2 choy qoshiqdan olib 2 stakan qaynoq suvga solinadi, 1 soat qoldiriladi, dokadan o‘tkaziladi, talab bo‘yicha shakar qo‘shib, yarim stakandan kuniga 3-4 marta ichiladi.
Bulardan tashqari yuqorida qayd etilgan vitaminli o‘simliklar izoxida ham, ularning fitopreparatlari (damlama, qaynatma, quruq va suyuq ekstrakt) to‘g‘risida ma’lumot berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |