NAZARIY MASHG'ULOT №-16 MAVZU: PESHOB HAYDOVCHİ DORİVOR O'SİMLİKLAR
Buyrak kasalliklari (nefrit,nefroz,piyelit va b.) to'g'risida umumiy tushuncha.
Buyrak kasalliklarirning fitoterapiyasida ishlatiladigin dorivor o'simliklar (aloe,pol- pola, kiyiko`ti,sachratqi,qushtaron va b.) xarakteristikasi.
Tayanch so'zlar: Buyrak kasalliklari, nefrit,nefroz,piyelit aloe,pol-pola, kiyiko`ti,sachratqi,qushtaron
Buyrak kasalliklari (nefrit,nefroz,piyelit va b.) to'g'risida umumiy tushuncha.
Ma'lumki, buyrak odam va xayvon organizmida modda almashinuvi, kimyoviy, biokimyoviy va boshqa jarayonlar natijasida hosil bo'ladigan keraksiz qoldiq, ayrimlari organizm uchun zararli bo'lgan moddalarni tashqariga chiqaruvchi asosiy azo hisoblanadi.SHuning bilan birga bo'yrak ichki muxitning doimiyligini ta'minlashda, suv-tuz, elektrolitlar va b. bir me‟yorda bo'lishida qatnashadi. Bo'yrak faoliyati ko'p jihatdan organizmning holatiga, qabul qilingan suv miqdoriga, Yurak-tomirlar tizimi va boshqa azolarning fiziologik va patologik holatlariga bog'liqdir. Ayniqsa buyrak, Yurak va jigar kasalliklarida siydik ajralishi qiyinlashib, organizmda suyuqlik va uning tarkibida turli salbiy ta'sir qiladigan moddalar yig'ila boshlaydi. Natijada shishlar va boshqa o'zgarishlar paydo bo'ladi.
Buyrakka tegishli kasalliklardan biri gloumerulonefritdir. Bu xastalik birlamchi siydik filtrastiya yo'li bilan mayda qon tomirlarida hosil qilinadigan Malpigi koptokchalarining autoallergik yallig'lanishidir. Nefroz kasalligi esa buyrak parenximasidagi zarur to'qima hujayralarining emirilishi natijasida yuz beradi. Bulardan tashqari, siydik yo'llarida tosh paydo bo'lishi ham buyrak faoliyatini izdan chiqarishi mumkin. Bu kasalliklarda buyrakning siydik ajratish faoliyati buzilib, organizmda suv yig'ila boshlaydi va shishlar paydo bo'ladi. Bunday o'zgarishlar bo'lishi Yurak faoliyatining surunkali etishmovchiligida ham yuz berishi mumkin. Buning sabablaridan biri Yurak ichki pardasining (endokard) revmatik yallig'lanishi (revmoendokardit) Yurak porogi (illati) xastaligini keltirib chiqaradi. Natijada Yurak faoliyati sekin-asta susayib boradi, organizmda qon aylanishi sekinlashadi. Azo va to'qimalarning qon bilan ta'minlanishi kamayadi. SHu jumladan buyrakda ham qon aylanishi kamayadi va siydik ajralishi ham sekinlashadi. qon tarkibidagi suv to'qimalarga o'tib shishlar keltirib chiqaradi. Bularni Yurak shishlari deyiladi. Bunda ayniqsa jigar ko'proq talafot ko'rib, u kattalashib shishib ketadi.
Organizmda suv yig'ilishi ham jigar xastaliklarida ro'y berishi mumkin. CHunonchi jigarning har xil sabablardan yallig'lanishining (gepatit) asorati hisoblangan jigar sirrozi yoki jigar xavfli o'smalari (rak) da jigarga kelayotgan darvoza venasining qisilib qolishi natijasida shu venaga taalluqli qon tomirlarda qon dimlanib qoladi va natijada qon tarkibidagi suv asosan qorin venalaridan qorin bo'shlig'iga yig'iladi (assit), qorin kattalashib ketadi va boshqa o'zgarishlar yuz beradi.
Demak, peshob ajralishining kamayishi yuqorida bayon etilgan asosan buyrak, Yurak va jigar kasalliklarida kuzatiladi. SHunday hollarda buyrak faoliyatini tiklash maqsadida siydik haydaydigan dori preparatlari tavsiya etiladi.
Bu diuretiklar qatoriga kimyoviy tuzilishi, olinishi, ta'sir kuchi, ta'sir mexanizmi va nihoyat ishlatilishi turlicha bo'lgan dori vositalar kiradi. Misol uchun simob saqlaydigan preparatlar, soluretiklar (tiazidlar va b.), karboangidraza ingibitorlari, aldosteron antagonistlari, osmotik diuretiklar, kislotali diuretiklar va boshqalarni keltirish mumkin. Bular o'z ta'siri bo'yicha ancha kuchli sintetik preparatlar hisoblanadi. SHulardan keyin diuretik ta'sirli dorivor o'simliklardan tayyorlangan preparatlar turadi. Bularning orasida Ibn Sino tomonidan qo'llangan o'simliklar ham alohida o'rin egallaydi.
Diuretik ta'sirli dorivor o'simlik preparatlarining sintetik yo'l bilan olingan dorilardan bir muncha ustunligi bor. Sintetik diuretik dorilarning ko'pchiligi buyrak kasalligi bilan bog'liq shishlarda ehtiyotlik bilan tavsiya etiladi. CHunki ular bu azo to'qimasiga salbiy ta'sir etishi, noxush holatlarni keltirib chiqarilishi mumkin (masalan, simob preparatlari, ayrim saluretiklar va b.). SHuning uchun ularni uzoq vaqt bemorlarga berish tavsiya etilmaydi. Dorivor o'simlik preparatlarining diuretik ta'siri kuchsizroq bo'lsa ham ularni bo'yrak shishlarida ham uzoq
muddat berish mumkin. CHunki ular ancha yumshoq va shikast etkazmaydigan ta'sir ko'rsatadi. SHuning uchun ham bu preparatlar asosan buyrak, Yurak va jigarning surunkali xastaligi bilan bog'liq shishlarda tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |