NAZARIY MASHG'ULOT №-10 MAVZU: TERİ KASALLİKLAR FİTOTERAPİYASİ
Ma’lumki, butun organizm satxini qoplagan teri to‘qmasi uning ajralmas qismi bo‘lib, fiziologik faoliyati turlichadir (termolregulyasiya, ximoya, sekretor va b.). Teri kasalliklari ham turlicha bo‘lib, ayrimlari organimzning umumiy kasalligini terida bo‘ladigan turli o‘zgarishi simptomilari bo‘lib kechadi (sifilis, skarlatina, qizamiq, gepatit va b.). Shu bilan birga teri to‘qimasi bilan chegaralangan patologik o‘zgarishlar kasalliklari mavjud. Ularni dermatozlar deyiladi. Terini yiringli xastaliklari, zambrug‘ va virusli va allergik o‘zgarishlar va boshqalar teri kasalliklari hisoblanadi.
Teri kasalliklarnini davolashda ularni kelib chiqish sabablari, kechishi, simptomlari va og‘ir-engiliga qarab turli umumiy butun organizmga ta’sir etuvchi hamda mahalliy qo‘llash usuli yordamida (eritmalar, surtmalar, pastalar, poroshoklar va b.) olib boriladi. Dermatologiyada ko‘proq antiseptiklar, yallig‘lanishga qarshi va boshqalar mahalliy tarzda qo‘llanadi. Bularni orasida sintez yo‘li bilan olingan, gormonal, organopreparatlardan tashqari dorivor o‘simliklardan ajratib olingan dorivor o‘simliklarni ham o‘zidan tayyorlangan preparatlar bor.
Teri kasalliklarini davolashda asosan yallig‘lanishga qarshi allergiyaga qarshi, antisiptik ta’sirli, sedativ, ayrim hollarda isitma tushuruvchi, diuretik umumiy bardamni oshiruvchi ta’sirga ega bo‘lgan dorivor o‘simliklardan foydalaniladi.
Teri kasalliklarini belgilarini-simitomini davolashda sim- tomatik davo dorivor o‘simliklardan foydalaniladi. Misol tariqasida quyidagilarni ketirish mumkin. Ayrim kasalliklar terini qichishi bilan davom etadi (allergiya, diabet, qo‘tir va b.). Bunda qichishga qarshi, yallig‘lanishga qarshi ta’sirli dorivor o‘simliklar ishlatiladi. Masalan, qariqiz, qayin, gazanda, qirqbo‘g‘in, bo‘ymadaron, moychechak, igir va b. ishlatiladi. Fasodi oqadigan yaralarda burishtiradigan ta’sirli o‘simliklar eman, g‘ozpanja, olxa, yong‘oq po‘stlog‘i va b. qo‘llanadi.
Yallig‘lanishda unga qarshi ta’sirli dorivor o‘simliklar tirnoqgul, marmarak, dalachoy, andiz va b. tavsiya etiladi.
Кasallik tufayli asab sistemasi o‘zgargan bo‘lsa (uyqusizlik, bezovtalik) tinchlantiruvchi sedativ ta’sirli dorivor o‘simliklar valeriana, arslon quyruq, yalpiz, sallagul, limono‘t, tog‘ rayxoni va qo‘llanadi. Ayrim teri kasalliklarining surunkali va og‘ir kechishida gormonsimon ta’sirli qizilmiya ildizi, astragal o‘ti, uchrangli dala binafsha o‘ti yaxshi natija beradi. Ularni alohida yoki kartikostrkidlar bilan birga ishlatish mumkin. Birga qo‘llanadigan kartikosteroidlarni dozasi kamaytiriladi.
Organizmni kasallikga nisbatan umumiy qarshiligini oshirish maqsadida dovo ko‘rsatish kompleksiga adaptogen, umumiy tonusni oshiradigan dorivor o‘simliklar shu jumladan, eleuterakokk jenshen radiola, limonnik, araliya, anioxpanakis, suli, bug‘doyiq va b. tavsiya etiladi.
Teri kasalliklari shishish bilan davm etadigan bo‘lsa peshob xaydaydigan dorivor o‘simliklar oq qayin bargi, qirqbo‘g‘in o‘ti, toloknyanka bargi, brusnika bargi, buyrak choy bargi, ko‘k bo‘tako‘z guli, samancho‘p va b. yig‘ma tarkibiga kiritiladi.
Teridagi o‘zgarishlar jigar kasalligi bilan bog‘liq bo‘lsa, o‘t xaydaydigan dorivor o‘simliklar bo‘znoch guli, makkajo‘xori gulining onalik uyunchasi, arnika guli, zirk ildizi va bargi, na’matak mevasi va b. beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |