Fitoterapiyaning qisqacha tarixi
Turli o‘simliklardan davo sifatida foydalanish juda qadim
zamonlardan ma’lum. Ibtidoiy davrda odamlar atrof-muhitdagi
o‘simliklardan faqat oziq-ovqat uchun emas, balki ularning
bezararligidan davo etish maqsadida turli shikastlanishlarda,
xastalanishlarda qo‘llaganlar. O‘simliklarning bunday xususiyatlari
og‘izdan-og‘izga o‘tib, keyinchalik yozuv paydo bo‘lishi bilan ular
to‘g‘risidagi ta’lumotlar yozib qoldirilgan. Bunga misol qilib
eramizdan ancha oldin qoldirilgan Ebers papirusi, sopolga yozilgan
ma’lumotlarni keltirish mumkin. Tarix shuni ko‘rsatadiki,
Osiyoning markazida va janubida joylashgan qator davlatlarda
(Misr, Xindiston, Xitoy, Tibet va boshqalar) qadim zamondan
bemorlarni shifobaxsh o‘simliklar bilan keng miqyosida samarali
davo qilib kelingan. Buni tasdiqi sifatida «Jashur-veda» («Hayot
haqidagi Fan»), «Djudshi» («Shifobaxsh dori darmonlar mohiyati»)
kabi qo‘lyozmalarni keltirish mumkin. Fitoterapiya tarixida ayniqsa,
Abu Bakr Muhammad ibn Zakiriya ar-Roziy, abu Rayhon Beruniy,
Ismoil al Jurjoniy, Abu Ali ibn Sino va boshqalarning xissasi
salmoqlidir. Bulardan Abu Ali ibn Sinoning «Tib qonunlari» asari
olamshumul ahamiyatga sazovordir.
Ibn Sino 980-yilning 16-avgustida Buxoro yaqinidagi Afshona
qishlog‘ida tavallud topgan va 1037-yili Xamodonda vafot etgan.
Uning maqbarasi ustida 12 ustundan iborat gumbaz qad ko‘tarib
turadi. Bu ibn Sino tomonidan o‘sha davrdagi 12 fan yo‘nalishini
mukammal egallagani to‘g‘risida xabar beradi.
Ibn Sino tibbiyotga bag‘ishlangan 55 ta asar yozgan. Shu
jumladan, «Tib qonunlari» 5 qismdan iborat.
К
itobning ikkinchi
8
qismida dorivor moddalarni – 811 ta o‘sha davrdagi o‘simliklarni
shifobaxsh xususiyatlari keltirilgan. Bu o‘simliklarni 105 tasi
hozirgi zamon tabobatining amaliyotida qo‘llanadi.
Ibn Sinoning «Tib qonunlari»da qayd etilgan dorivor o‘sim-
liklar, ularning ishlatilishi va qo‘llash usullari alohida ahamiyatga
ega. Chunki ibn Sino o‘zigacha o‘tgan tabiblarning tajribalarini
sinchiklab o‘rganib, ularni yanada mukammallashtirgan, ularga
yangi muolajalar qo‘shib, o‘sha davrdagi xalq tabobatida ishlatib
kelingan dorivor o‘simliklar va mevalarning tibbiyotdagi ahami-
yatini har tomonlama ochib bergan. Shuning uchun ham ibn Sino
merosini o‘rganish, u ishlatgan dori vositalarini ilmiy va nazariy
tomondan asoslab berish va hozirgi zamon tibbiyot amaliyotiga
tadbiq etish farmakologlar, fitoterapevtlar va provizorlarning davr
talabidan kelib chiqqan muhim vazifalari qatoriga kiradi.
Yuqorida keltirilgan mulohaza va fikrlarni inobatga olib va
ularni amalga oshirishda Respublikamiz Prezidenti tomonidan 1999-
yil 6-yanvarda qabul qilingan «Ibn Sino xalqaro jamg‘armasini
qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi Farmoni katta rol o‘ynaydi.
Ushbu farmonda jumladan, «Ibn Sinoning ijobiy merosini»
chuqur o‘rganish ishlarini tashkil etish, buyuk olim asarlarini
tartibga solish va ularni nashr etishga ko‘maklashish va ibn
Sinoning tibbiy va ilmiy-ma’naviy merosiga oid tadqiqotlar olib
borish, olimlarning bu boradagi ilmiy faoliyatini rag‘batlantirish
hamda tibbiyot va dorishunoslik sohasidagi eng yaxshi ishlar uchun
ibn Sino nomidagi mukofot ta’sis etish, iste’dodli yoshlarni qo‘llab-
quvvatlash masalalari ko‘tarilgan. Ushbu farmon o‘zining ijobiy
natijalarini berayapti.
XVII-XIX asrlarga kelib, kimyo fanining rivojlanishi natijasida
sintez yo‘li bilan olinadigan dori preparatlari yaratishga imkon
ochib berdi. Shu sababdan dorivor o‘simliklarga qiziqish kamaydi.
Sun’iy yo‘l bilan olingan dori preparatlarini davo effekti samarali
bo‘lsada, ular organizm uchun yod bo‘lgani uchun turli asoratlarni,
nojo‘ya holatlarni keltirib chiqarish ayon bo‘lib qoldi. Jahon
Sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, bemorlarning
2,5-5% ni shunday dori moddalari keltirib chiqargan turli asoratlar
tashkil etadi.
9
Bu borada shifobaxsh o‘simliklarning xujayra tuzilishi va
tarkibidagi kimyoviy moddalar odam tanasi metobolitlariga yaqin
turadi. Shu sababli fitopreparatlarning ko‘pchiligi bemor uchun
zaharsiz yoki salbiy ta’siri juda kam.
XXI-asrni boshlanishida dorivor o‘simliklarga bo‘lgan qiziqish
ancha oshdi.
Respublikamizda shifobaxsh o‘simliklarni o‘rganish va ama-
liyotga tadbiq etishda yoki fitoterapiyani rivoj topishida farmako-
loglardan I.I.Markelov, N.N.
К
ompasev, I.
К
.
К
omilov va boshqalar-
ning xissasi kattadir.
O‘zbekiston shifobaxsh giyohlarga boy diyor. Respubli-
kamizda 4000 dan ortiq yovvoyi o‘simliklar o‘sadi. Shulardan
faqatgina 100 dan ko‘prog‘i tibbiyot amaliyotida ishlatiladi. Xalq
tabobatida esa hududimiz o‘simliklaridan 600 ga yaqini dorivor
hisoblanadi va ishlatiladi. Bu degan so‘z respublikamizda o‘sadigan
va o‘stiriladigan shifobaxsh o‘simliklar soni juda ko‘p va ular yangi
dori-darmonlar fitopreparatlar yaratishda bitmas-tuganmas manba
hisoblanadi.
Bu borada bir qator respublikamiz olimlari samarali, ilmiy va
amaliy ishlar olib borishyapti. Ayniqsa, Respublikamizda dorivor
giyohlarni har tomonlama o‘rganish va ulardan biologik faol
moddalarni olish va tibbiyot amaliyotida tatbiq etishda akademik
S.Yu.Yunusov nomidagi u boshqargan O‘zbekiston Fanlar
Akademiyasi qoshidagi O‘simlik moddalari kimyosi ilmiy tekshirish
instituti olimlarining bu sohada ilmiy, nazariy, amaliy ishlari kimyo
va tibbiyot olamida mashhurdir. Bular qatoriga farmakologlardan
I.
К
.
К
omilov, M.B.Sultonov va ularning bir qator shogirdlarini
(U.B.Zakirov, S.S.Azizova, X.U.Aliyev va boshqalarni) keltirish
mumkin. Ushbu institutda parpi (akonit) o‘simligidan olingan
alkaloid sanaluvchi aritmiya kasalligida samarali bo‘lgan allapinin
preparati ko‘p xorijiy mamlakat olimlari (vrachlar, kimyogarlar,
dorishunoslar) tomonidan tan olindi va tibbiyot amaliyotida keng
miqyosida ishlatib kelinyapti. Shuni qayd etish lozimki, ushbu dori
preparatini yaratishda (kimyogarlar, farmakologlar, ishlab chiqarish
xodimlari) va ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishda o‘z xissasini
qo‘shgan institut xodimlaridan bir guruhi 2007-yili fan va texnika
Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasi
https://kitobxon.com/oz/asar/8
saytida.
Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версияси
https://kitobxon.com/uz/asar/8
сайтида.
Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можно найти на сайте
https://kitobxon.com/ru/asar/8
Do'stlaringiz bilan baham: |