Fitoterapiya


Fitoterapiyaning qisqacha tarixi



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana21.07.2022
Hajmi2,6 Mb.
#835224
1   2   3   4
Bog'liq
cupdf.com fitoterapiya-2019-10-27-dorivor-o-simliklar-tasnifi-fitopreparatlarni-yaratilishi

 
Fitoterapiyaning qisqacha tarixi
Turli o‘simliklardan davo sifatida foydalanish juda qadim 
zamonlardan ma’lum. Ibtidoiy davrda odamlar atrof-muhitdagi 
o‘simliklardan faqat oziq-ovqat uchun emas, balki ularning 
bezararligidan davo etish maqsadida turli shikastlanishlarda, 
xastalanishlarda qo‘llaganlar. O‘simliklarning bunday xususiyatlari 
og‘izdan-og‘izga o‘tib, keyinchalik yozuv paydo bo‘lishi bilan ular 
to‘g‘risidagi ta’lumotlar yozib qoldirilgan. Bunga misol qilib 
eramizdan ancha oldin qoldirilgan Ebers papirusi, sopolga yozilgan 
ma’lumotlarni keltirish mumkin. Tarix shuni ko‘rsatadiki, 
Osiyoning markazida va janubida joylashgan qator davlatlarda 
(Misr, Xindiston, Xitoy, Tibet va boshqalar) qadim zamondan 
bemorlarni shifobaxsh o‘simliklar bilan keng miqyosida samarali 
davo qilib kelingan. Buni tasdiqi sifatida «Jashur-veda» («Hayot 
haqidagi Fan»), «Djudshi» («Shifobaxsh dori darmonlar mohiyati») 
kabi qo‘lyozmalarni keltirish mumkin. Fitoterapiya tarixida ayniqsa, 
Abu Bakr Muhammad ibn Zakiriya ar-Roziy, abu Rayhon Beruniy, 
Ismoil al Jurjoniy, Abu Ali ibn Sino va boshqalarning xissasi 
salmoqlidir. Bulardan Abu Ali ibn Sinoning «Tib qonunlari» asari 
olamshumul ahamiyatga sazovordir. 
Ibn Sino 980-yilning 16-avgustida Buxoro yaqinidagi Afshona 
qishlog‘ida tavallud topgan va 1037-yili Xamodonda vafot etgan. 
Uning maqbarasi ustida 12 ustundan iborat gumbaz qad ko‘tarib 
turadi. Bu ibn Sino tomonidan o‘sha davrdagi 12 fan yo‘nalishini 
mukammal egallagani to‘g‘risida xabar beradi. 
Ibn Sino tibbiyotga bag‘ishlangan 55 ta asar yozgan. Shu 
jumladan, «Tib qonunlari» 5 qismdan iborat. 
К
itobning ikkinchi 


8
qismida dorivor moddalarni – 811 ta o‘sha davrdagi o‘simliklarni 
shifobaxsh xususiyatlari keltirilgan. Bu o‘simliklarni 105 tasi 
hozirgi zamon tabobatining amaliyotida qo‘llanadi.
Ibn Sinoning «Tib qonunlari»da qayd etilgan dorivor o‘sim-
liklar, ularning ishlatilishi va qo‘llash usullari alohida ahamiyatga 
ega. Chunki ibn Sino o‘zigacha o‘tgan tabiblarning tajribalarini 
sinchiklab o‘rganib, ularni yanada mukammallashtirgan, ularga 
yangi muolajalar qo‘shib, o‘sha davrdagi xalq tabobatida ishlatib 
kelingan dorivor o‘simliklar va mevalarning tibbiyotdagi ahami-
yatini har tomonlama ochib bergan. Shuning uchun ham ibn Sino 
merosini o‘rganish, u ishlatgan dori vositalarini ilmiy va nazariy
tomondan asoslab berish va hozirgi zamon tibbiyot amaliyotiga 
tadbiq etish farmakologlar, fitoterapevtlar va provizorlarning davr 
talabidan kelib chiqqan muhim vazifalari qatoriga kiradi.
Yuqorida keltirilgan mulohaza va fikrlarni inobatga olib va 
ularni amalga oshirishda Respublikamiz Prezidenti tomonidan 1999-
yil 6-yanvarda qabul qilingan «Ibn Sino xalqaro jamg‘armasini 
qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi Farmoni katta rol o‘ynaydi.
Ushbu farmonda jumladan, «Ibn Sinoning ijobiy merosini» 
chuqur o‘rganish ishlarini tashkil etish, buyuk olim asarlarini 
tartibga solish va ularni nashr etishga ko‘maklashish va ibn 
Sinoning tibbiy va ilmiy-ma’naviy merosiga oid tadqiqotlar olib 
borish, olimlarning bu boradagi ilmiy faoliyatini rag‘batlantirish 
hamda tibbiyot va dorishunoslik sohasidagi eng yaxshi ishlar uchun 
ibn Sino nomidagi mukofot ta’sis etish, iste’dodli yoshlarni qo‘llab-
quvvatlash masalalari ko‘tarilgan. Ushbu farmon o‘zining ijobiy 
natijalarini berayapti.
XVII-XIX asrlarga kelib, kimyo fanining rivojlanishi natijasida 
sintez yo‘li bilan olinadigan dori preparatlari yaratishga imkon 
ochib berdi. Shu sababdan dorivor o‘simliklarga qiziqish kamaydi. 
Sun’iy yo‘l bilan olingan dori preparatlarini davo effekti samarali 
bo‘lsada, ular organizm uchun yod bo‘lgani uchun turli asoratlarni, 
nojo‘ya holatlarni keltirib chiqarish ayon bo‘lib qoldi. Jahon 
Sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, bemorlarning 
2,5-5% ni shunday dori moddalari keltirib chiqargan turli asoratlar 
tashkil etadi.


9
Bu borada shifobaxsh o‘simliklarning xujayra tuzilishi va 
tarkibidagi kimyoviy moddalar odam tanasi metobolitlariga yaqin 
turadi. Shu sababli fitopreparatlarning ko‘pchiligi bemor uchun 
zaharsiz yoki salbiy ta’siri juda kam.
XXI-asrni boshlanishida dorivor o‘simliklarga bo‘lgan qiziqish 
ancha oshdi.
Respublikamizda shifobaxsh o‘simliklarni o‘rganish va ama-
liyotga tadbiq etishda yoki fitoterapiyani rivoj topishida farmako-
loglardan I.I.Markelov, N.N.
К
ompasev, I.
К
.
К
omilov va boshqalar-
ning xissasi kattadir.
O‘zbekiston shifobaxsh giyohlarga boy diyor. Respubli-
kamizda 4000 dan ortiq yovvoyi o‘simliklar o‘sadi. Shulardan 
faqatgina 100 dan ko‘prog‘i tibbiyot amaliyotida ishlatiladi. Xalq 
tabobatida esa hududimiz o‘simliklaridan 600 ga yaqini dorivor 
hisoblanadi va ishlatiladi. Bu degan so‘z respublikamizda o‘sadigan 
va o‘stiriladigan shifobaxsh o‘simliklar soni juda ko‘p va ular yangi 
dori-darmonlar fitopreparatlar yaratishda bitmas-tuganmas manba 
hisoblanadi. 
Bu borada bir qator respublikamiz olimlari samarali, ilmiy va 
amaliy ishlar olib borishyapti. Ayniqsa, Respublikamizda dorivor 
giyohlarni har tomonlama o‘rganish va ulardan biologik faol 
moddalarni olish va tibbiyot amaliyotida tatbiq etishda akademik 
S.Yu.Yunusov nomidagi u boshqargan O‘zbekiston Fanlar 
Akademiyasi qoshidagi O‘simlik moddalari kimyosi ilmiy tekshirish 
instituti olimlarining bu sohada ilmiy, nazariy, amaliy ishlari kimyo 
va tibbiyot olamida mashhurdir. Bular qatoriga farmakologlardan
I.
К
.
К
omilov, M.B.Sultonov va ularning bir qator shogirdlarini 
(U.B.Zakirov, S.S.Azizova, X.U.Aliyev va boshqalarni) keltirish 
mumkin. Ushbu institutda parpi (akonit) o‘simligidan olingan 
alkaloid sanaluvchi aritmiya kasalligida samarali bo‘lgan allapinin 
preparati ko‘p xorijiy mamlakat olimlari (vrachlar, kimyogarlar, 
dorishunoslar) tomonidan tan olindi va tibbiyot amaliyotida keng 
miqyosida ishlatib kelinyapti. Shuni qayd etish lozimki, ushbu dori 
preparatini yaratishda (kimyogarlar, farmakologlar, ishlab chiqarish 
xodimlari) va ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishda o‘z xissasini 
qo‘shgan institut xodimlaridan bir guruhi 2007-yili fan va texnika 


Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasi 
https://kitobxon.com/oz/asar/8
saytida.
Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версияси 
https://kitobxon.com/uz/asar/8
сайтида.
Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можно найти на сайте
https://kitobxon.com/ru/asar/8

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish