5
FITOTERAPIYA FANI, VAZIFALARI
Fitoterapiya so‘zi bemorlarni dorivor o‘simliklar bilan
davolashni anglatadi.
Fitoterapiya bemorlarni davolashda va kasallikning oldini
olishda alohida yoki qo‘shimcha davo turi sifatida keng qo‘llanib
kelinayapti. Chunki uning boy tarixi va xalq tabobatida keng
ishlatilishi buni taqozo etadi.
Davo ko‘rsatishning turi sifatida fitoterapiyaning asosiy
vazifalari quyidagicha:
1.
Biologik faol o‘simliklarni topish va o‘rganish.
2.
O‘simliklarni fitokimyoviy o‘rganish va biologik faol
moddalarni ajratish.
3.
O‘simliklarni va ularning tarkibidagi biologik faol
moddalarni farmakologik ta’sirini va xavfsizligini tekshirish.
4.
Dorivor o‘simliklardan ajratib olingan va ularning o‘zidan
tayorlangan preparatlarning farmakodinamikasini va farmakokineti-
kasini o‘rganish.
5.
Eksperimental tekshiruvdan o‘tgan shifobaxsh fitopre-
paratlarni tibbiyot amaliyotiga tadbiq etish.
Bulardan tashqari fitoterapiya fitopreparatlarning dozalanishi,
ishlatish tartibi, yuborish yo‘li va boshqa masalalar bilan ham
shug‘ullanadi. Shu jumladan, fitopreparatlarni qanday kasalliklarda
berilishi yoki man etilishi, tarkibida bir necha o‘simliklar saqlangan
(ulardan ajratib olingan biologik faol moddalarni saqlagan
preparatlarni ham) preparatlarni tayyorlashda, ularning bir-biriga
nisbatan kimyoviy va farmakologik mosligi, fitopreparatlarning
nojo‘ya ta’siri va boshqalarni o‘rganish fitoterapiyaga tegishlidir.
К
o‘pincha fitoyigmalar quyidagi 4 guruh dorivor o‘simlik-
lardan tashkil topadi:
1.
Asosiy ta’sir etuvchi o‘simlik.
2.
Qo‘shimcha ta’sir etuvchi o‘simlik.
3.
Preparatga ta’m va yoqimli hid beruvchi o‘simlik.
4.
Nojo‘ya ta’sirni bartaraf etuvchilar.
6
Ayrim hollarda yig‘madagi bir o‘simlikning o‘zi asosiy hisob-
lanishi bilan birga ta’m va xid berishi mumkin. Masalan, yalpizning
barglari, tinchlantiruvchi va spazmolitik ta’sir etishi bilan birga hid
va ta’m beruvchi o‘simlik sifatida ishlatilishi mumkin.
Dorivor o‘simliklarning shifobaxsh ta’siri ularning tarkibidagi
biologik faol moddalarga bog‘liq. Bu moddalarning kimyoviy
tuzilishi turlicha bo‘lib, har xil farmakologik ta’sirga ega bo‘lishi
mumkin. Shuning uchun dorivor o‘simliklardan tayorlangan
preparatlarning ta’siri tarkibidagi faol moddalar yig‘indisidan kelib
chiqadi. Bunday ta’sir etuvchi faol moddalarning miqdori har xil va
o‘zgaruvchan bo‘ladi. Lekin o‘simlikning qaerda o‘sganligidan
qatiy nazar umuman olganda ularning sifat tomonidan tarkibi kam
o‘zgaruvchan bo‘ladi (o‘simlik o‘sish davri, sezon, yig‘ib olish
vaqti, saqlash va boshqalarga ham katta ahamiyatli). O‘simlik
tarkibidagi biologik faol moddalar birinchi va ikkinchi jarayonda
hosil bo‘ladi. Birinchi jarayonda sintez bo‘ladiganlarga oqsillar,
lipidlar, karbon suvlar, fermentlar va vitaminlar, ikkinchisiga esa
alkaloidlar, glikozidlar, fenol birikmalari, efir moylari, oshlovchi
moddalar, pektinlar, kumarinlar, fitonsidlar va boshqalar kiradi.
Bulardan tashqari, o‘simliklarda erkin holda (70-90%) suv ham
bo‘ladi. Fitoyig‘malarda, ko‘proq hollarda alkaloidlar, glikozidlar,
efir moylari va boshqa asosiy ta’sir etuvchilar ro‘lini bajaradi.
Flavonoidlar, vitaminlar, oshlovchilar va boshqalar esa qo‘shimcha
ta’sir hisoblanadi. O‘simliklar tarkibida bulardan tashqari biologik
faol – farmakologik indifferent moddalar bo‘lishi mumkin.
Shunday qilib, fitoyig‘ma preparatlarning shifobaxsh ta’siri tar-
kibidagi biologik faol moddalardan kelib chiqadi. Ulardagi asosiy
ta’sir etuvchi moddalarni (alkaloidlar, glikozidlar, kumarinlar va
boshqalar) ta’siri esa kompleks ravishda bo‘la olmay, spetsifin
hisoblanadi. Masalan, yurak glikozidlaridan digoksin, digitoksin,
rauvolfiya o‘simligidan rezerpin, aymalin, bellodonnadan olingan
atropin preparati va boshqalar.
Fitoterapiyada dorivor o‘simliklardan tayyorlangan va ulardan
ajratib olingan biologik faol moddali preparatlar turli dori shaklida
tayyorlanadi va tayyor holda chiqariladi: damlama, qaynatma,
nastoyka, quruq va suyuq ekstrakt. O‘simlikdan ajratib olingan
7
biologik faol moddalarni saqlagan preparatlar esa tabletka, eritma,
in’eksiya uchun ampulida va boshqa dori shaklida chiqariladi.
Fitopreparatlarning shifobaxsh ta’siri ko‘p tomondan ularning
dori shakliga ham bog‘likdir. Shuning uchun fitopreparatlarni
tayyorlashda davlat farmakopeyasi bo‘yicha dori shakllari tayyor-
lanadi va boshqa preparatlar singari har tomonlama farmakologik va
toksikologik tomonidan o‘rganiladi.
К
eyin esa tegishli davlat
muassasasi ruxsati bilan klinik tekshiruvdan o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |