Fitosenozlarning klassifikasiyasi. O’simliklar qoplamini (uyushmalar majmuasini) urganish yagona hammabop klassifikasiyani ishlab chiqishni taqozo etdi. Dastlab o’simliklar qoplamining fizionomik tiplari - xillari formasiyalar deb nomlangandi (Martlus, 1824). Keyinchalik Grizebax (1888) Umumiy fizionomik ko’rinishga bo’lgan o’simlik guruxlari - formasiya deb aytiladi degan ta’rifni berdi (urmon,dasht,chul). ammo fizio-nomiyasigagina asoslanib o’simliklar qoplamini sistemaga solish noto’g’ri bo’lardi. Shu sababdan 1910 yilda Syurixda o’tkazilgan Butundune botaniklar kongressida Flao va Shreterlarning taklifiga ko’ra o’simliklar qoplamining asosiy sistematik birligini assosiasiya deb atash qabul qilindi.
"Assosiasiya - o’ziga xos yashash (o’sish) sharoiti va fizionomiyaga ega bo’lgan, muayyan floristik tarkibdagi o’simlik uyushmalaridir".
Aniqrog’i assosiasiya o’xshash fitosenozlar uyushmasidir. Ma’lum ma’noda har bir fitosenoz o’z assosiasiyasining muayyan (konkret) vakilidir. Turni tashkil etuvchi individlar o’zaro qisman farq qilganidek assosiasiyani tashkil etuvchi fitosenozlar ham qisman o’zaro farq qiladilar.
Demak tabiatda konkret fitosenozlar hamda ular birlashadigan assosiasiyalar mavjuddir.
Birinchi navbatda bir assosiasiyaga floristik tarkibi va tuzilishi o’xshash bo’lgan fitosenozlarni birlashtiriladi. Bunda asosan har bir fitosenozning har bir yarusi va sinuziyasidagi dominant va subdominant turlari o’xshash bo’lishi talab etiladi.
Mikrorelyofi va tuproq sharoiti turlicha bo’lgan katta maydonlarda, shunga mos ravishda bir necha assosiasiyalar navbatlashib joylashsa, bunday tabiiy hodisaga assosiasiyalar kompleksi deyiladi. Masalan: 1) Kaspiy bo’yi past tekisligida dasht, chalachul, shurxok o’simliklar assosiasiyalari navbatlashib joylashgan; 2) Qizilqumning pastak qoldiq tog’lar mavjud bo’lgan rayonlarida - balandliklarida tog’ o’simliklari assosiasiyalari, oraliq tekisliklarida esa, cho’l o’simliklaridan tarkib topgan assosiasiyalarni uchratish mumkin; 3) qum barxanlari va ularga yaqin botiq joylardagi sho’rxok yor o’simliklari assosiasiyalarini ko’rish mumkin va hokazo.
Edifikator turlari bir xil, ammo subedifikatorlari har xil bo’lgan assosiasiyalarga subassosiasiyalar deyiladi. Assosiasiya arealining turli maydonlaridagi ekotopning turlicha bo’lishi subas-sosiasiyalarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Subassosiasiyalar assosiasiyalarning ekologik variantidir. Shved fitosenologi Dyu Riyo sosiasiya tushunchasini fanga kiritdi. U assosiasiyadan farq qilib, o’ziga birlashadigan fitosenozlarning o’xshashligi ancha tor ma’noda olinadi.
Botanika va zoologiyada turni qush nom bilan atalganidek assosiasiya ham ko’pchilik hollarda qush nom bilan ataladi. Bunda birinchi so’z birinchi yarusning dominant turi, ikkinchi so’z esa, subdominantning nomidir. Masalan: Pinetum cladinosum - kladoniyali qarag’ayzor, Piceetum hylocominoso - murtillosum- chernikali - yo’sinli archazor; iloqli shuvoqzor- Artemiseta carecosum va hokazo. boshqacha qilib assosiasiya nomini har yarusdagi dominant va subdominantlar nomlarini yozish bilan ham ifodalash mumkin. Masalan: 1) Efemerli qorashuvoqzor - Artemisia scotina+Vromus macrostachys- Heteranthelum piliferum+Aegilops triun cialis; 2) Gultemiya - rangli korashuvokzor - Artemisia serotina+carex pachystylis+Hulthemia persica.
Hozirgi vaqtda assosiasiyalar, formasiyalarga ular esa, o’simliklar qoplamining tiplariga birlashtiriladi. Formasiyaga birinchi yarusdagi edifikator (dominant) turlari bir xil bo’lgan assosiasiyalar kiritiladi. Masalan: 1) qarag’ayzor o’rmon formasiyasiga dominant turi o’rmon karagayi (Pinus silvestris) bo’lgan barcha assosiasiyalar birlashtiriladi. Formasiyalar o’simliklar qoplamining tipini tashkil etadi. Assosiasiyalarning dominant turlari bir hayotiy shaklga mansub bo’lgan barcha formasiyalar o’simliklar qoplamining tiplarini hosil qiladi. Masalan: o’rmonlar, butazorlar, cho’l o’simliklari, yo’sinzorlar va hokazo.
Nihoyat o’simliklar qoplami tiplarining majmuasi Yer sharining yoki ayrim yirik regionlarning o’simliklar qoplamini hosil qiladi.
Shu zaylda tuzilgan o’simliklar qoplamining klassifikasiyasi koordinasion sistema deyiladi va u tip - formasiya - fitosenozlar ko’rinishidagi subordinasion sistema qatori sifatida beriladi.