Fiskal siyosatining mazmun mohiyati



Download 33,45 Kb.
Sana09.02.2022
Hajmi33,45 Kb.
#438112
Bog'liq
Fiskal siyosatining mazmun mohiyati


Fiskal siyosatining mazmun mohiyati
Mundarija:





Kirish……………………………………………………………………

2


1.1

Davlatning fiskal siyosati, uning maqsadi va iqtisodiy dastaklari

4


1.2

Moliyaning mohiyati va vazifalari. Moliya tizimi 

7


1.3

Davlat byudjeti va uning taqchilligi 

13


2

Xulosa

18


3

Foydalanilgan adabiyotlar

19


Kirish
Davlatning fiskal siyosati siklik tebranishlarni bir maromga keltirish va yuqori bandlik hamda past inflyasiya sharoitida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida soliqqa tortish va davlat xarajatlarini tartibga solishga qaratilgan. Fiskal siyosat rag‘batlantiruvchi yoki turg‘un tavsifga ega bo‘lishi mumkin. Rag‘batlantiruvchi fiskal siyosati (fiskal ekspansiya) qisqa davrda davlat sarflarini ko‘paytirish, soliqlar stavkalarini pasaytirish yoki bu choralarni o‘zaro uyg‘unlashtirish yo‘li bilan siklik tanazzulni engib o‘tish maqsadida ishchan iqtisodiy faoliyatni rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi. Uzoq davrda soliq stavkalari pasayishi iqtisodiy o‘sish sur’atining barqaror jadallashuvi va iqtisodiy salohiyatning mustahkamlanishiga olib kelishi mumkin Yuqorida aniqlangan fiskal siyosat diskretsion (yoki faol) xisoblanadi. Odatda u prezidentning iqtisodiy maslaxatchilari kengashi tavsiyasi bilan yuritiladi. Bu prezident tomonidan iqtisodiy masalalarda yordam berish va ularni tekshirish uchun tayinlangan uch iqtisodchi guruhning iqtisodiy echimlari taklifidan kelib chiqib belgilanadi. Hokimiyat chiqimlari va soliqlaridagi diskretsion o‘zgarishlar federal hokimiyat qaramog‘ida bo‘lib, ular avtamatik ravishda ro‘y bermaydi. Kongres faoliyatisiz yuzaga keladigan o‘zgarishlar nodiskretsion (yoki “passiv” yoki “avtomatik”), xisoblanadi Davlatning, turg‘un fiskal siyosati (fiskal restriksiya) qisqa davrda iqtisodiyotning “qizib ketish”ni bartaraf etish maqsadiga ega bo‘ladi. U davlat xarajatlarini taqazo etib iqtisodiy o‘sish va talab inflyasiyasi sur’atini pasaytirishga imkon beradi. Fiskal siyosatning iqtisodiy mazmuniga doir turli xil qarashlarni tahlil qilish, aniq iqtisodiy-ijtimoiy tizimlar sharoitida amal qilish xususiyatlarini hamda davlatning iqtisodiyotga samarali ta’sir qilish dastaklaridan ekanligini asoslash va milliy iqtisodiyotning muvozanatligini ta’minlashdagi ustuvor yo‘nalishlarini, aniq iqtisodiy tamoyillarini belgilash zarur bo‘ladi. Chunki, davlat paydo bo‘lishi bilan fiskal siyosat jamiyatdagi turli xil iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishning zaruriy tarkibiy qismi va jamiyat rivojlanishini taqazo qiladigan talablaridan biri bo‘lib kelgan.

1.1 Davlatning fiskal siyosati, uning maqsadi va iqtisodiy dastaklari


Davlatning iqtisodiy siyosatiga mos ravishda moliyaviy siyosat dastaklari o‘zgarib va to‘xtovsiz takomillashib borgan. Davlat fiskal siyosati – bu davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari tarkibiy qismini o‘zgartirish orqali milliy iqtisodiyotga ta’sir qilishni anglatadi. “Fiskal” lotincha “fiscus” so‘zidan olingan bo‘lib, xazina degan ma’noni bildiradi. Bu o‘z navbatida “xazina siyosati” degan tushunchani ham yuzaga keltiradi. Fiskal, ya’ni xazina siyosatiga insoniyat tarixida o‘tgan yirik davlat arboblaridan biri, o‘rta asrlarda buyuk saltanat barpo qilgan Amir Temur katta e’tibor qilgan. U davlatni idora qilish tizimini yuzaga keltirishda asosan xazinani to‘ldiruvchi soliqlarga tayangan. Bu davrning moliyasi iqtisodiy tizimning eng muhim unsurlaridan biri bo‘lib, u davlat boshqaruvida markaziy o‘rinni egallagan. Ammo, moliyaviy munosabatlar bu davrda o‘z rivojida yuqori darajaga etmagan bo‘lib, u aholi soliq to‘loviga nisbatan faqat o‘z mohiyatini xazinada topgan. Xazina har qanday tizimda ham davlatni boshqarish vositasi bo‘lib xizmat qilgan. Shu bois “Temur tuzuklari”da “davlatu saltanat uch narsa bilan: mulk, xazina va lashkar bilan tirikdir. Dono vazir bularning uchalasini yaxshi ahvolda saranjom tutadi”, - degan fikr ilgari suriladi. Fiskal siyosatdan iqtisodiyotni tartibga solish va uning muvozanatligini ta’minlash dastagi sifatida foydalanish haqidagi fikr ingliz iqtisodchisi D.M.Keynsga mansubdir 2 . U jamiyat taraqqiyot darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning 3 guruhini ajratib ko‘rsatib, birinchi guruhga: ishchi kuchining miqdori va malaka darajasi, mavjud uskunalar soni va sifati, tadbiq etiladigan texnologiya, raqobatning etuklik darajasi, iste’molchining didi va odatlari, turli jadallikdagi mehnatning og‘irligi, nazorat va ishlab chiqarishni tashkil etishning ahamiyati, shuningdek jamiyatning tarkibiy tuzilishini kiritadi, D.Keyns ikkinchi guruhga mustaqil o‘zgaruvchan omillarni: iste’molga moyillik, kapitalning samaradorligi va foiz normasini, uchinchi guruhga bandlik va milliy daromad hajmini kiritgan. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi: (1) davlat xarajatlarining ko‘payishi yoki (2) soliqlarning pasayishi, yoxud (1) va (2)ni birga qo‘shib olib borish. Agar iqtisodiyotda ortiqcha talab tufayli paydo bo‘lgan inflyasiya sodir bo‘lsa, bunga to‘sqinlik qiluvchi fiskal siyosat mos keladi. Bunday fiskal siyosat quyidagilarni o‘z ichiga oladi: (1) xukumat xarajatlarining kamayishi, yoxud (2) soliqlarning ko‘payishi, yoxud (1) va (2)ning birga qo‘shib olib borilishi. Fiskal siyosat bashartida iqtisodiyot oldida inflyasiya ustidan nazorat qilish muammosi turadigan bo‘lsa, xukumat byudjetining ijobiy qoldig‘iga tayanishi lozim”3 . XX asrning 20-yillariga kelib, davlat moliya siyosati neoklassik oqim vakillarining konsepsiyasiga asoslangan, uning asosiy yo‘nalishi quyidagilardan iborat bo‘lgan: davlatning iqtisodiyotga aralashmasligi; erkin raqobatga asoslangan xo‘jalik faoliyatini tartiblashda bozor mexanizmidan samarali foydalanish. Davlat monopolistik kapitalizmining rivojlanishi oqibatida, 30-60 yillarga kelib moliyaviy siyosat negizida asosan keynischilik va neokeynschilik oqim maktablarining iqtisodiy konsepsiyalari joy oldi. Keyinchalik yo‘nalishining moliyaviy konsepsiyasida quyidagi asosiy yo‘nalishlar ustuvorlikni egallagan; - Kengaytirilgan takror iishlab chiqarish jarayonining barcha muhim muammolarini resurslar taklifini o‘rganish bilan emas, balki resurslarning sotilishini ta’minlovchi talab nuqtai nazaridan qarab chiqish zarur; - Kapitalistik iqtisodiyot har doim ham o‘zinio‘zi tartibga solishga layoqatli emas. Shunday ekan, mehnat va kapital yuqori darajada umumlashgan sharoitda davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi muqarrardir. Bunda davlat tomonidan tartibga solish iqtisodiyotni narx yordamida tartiblash mexanizmi orqali to‘ldirib borilishi zarur; - Takror ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan ortiqcha ishlab chiqarish, iqtisodiy beqarorlik holatlarining sababi talabning etishmasligidandir, shunday ekan iqtisodiyotdagi muvozanatlikni ta’minlash muammosini talab nuqtai nazaridan hal qilish zarur. Buning uchun Keyns “samarali talab” tushunchasini kiritadiki, u daromad va bandlik, iste’mol va ishlab chiqarish o‘rtasidagi muvozanatlikni o‘zida mujassamlashtiradi; - Davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi muhim dastagi bu byudjet siyosatidir. Davlat byudjeti va moliyaviy siyosatning asosiy maqsadi ishchi kuchi va ishlab chiqarish uskunalarining bandligini ta’minlashdan iboratdir4 . Iqtisodiyotning siklik rivojlanishi va krizislarni bartaraf etishning asosiy dastagi bu – davlat xarajatlaridir. Keynsning fikricha, uning shakllanishi, tuzulishi va o‘sishi “samarali talab”ga erishishdagi muhim omildir. Shunday qilib, Keyns davlat monopolistik kapitalislik iqtisodiyotni tartibga solishda yangi moliya nazariyasining ustuvor yo‘nalishini ishlab chiqdi. Mazkur moliyaviy siyosat Keyns izdoshlari tomonidan (Amerikada – R.Xarrod, A.Ouken, U.Xeller Buyuk Britaniyada – J.Vaysman, Fransiyada – F.Perru, Yaponiyada – K.Emi, X.Itolar) amaliyotga joriy etildi. Bu 40-60 yillarda iqtisodiyotni tartibga solishda ijobiy natijalarni berdi. 70-yillargacha ko‘pchilik etakchi g‘arb davlatlarning moliya nazariyasi va amaliyoti asosida Keyns nazariyasining qoidalari yotadi. Neokonservatorlar Keyns ta’limotining ayrim kamchiliklarini topib, unga muqobil o‘z konsepsiyalarini ilgari suradi. Bular asosan quyidagilardan iborat: 1. Keyns konsepsiyasidagi inflsiyani jilovlash, ishlab chiqarish va bandlikni kengaytirishda moliyaviy dastaklardan foydalanish to‘g‘risidagi fikriga qarshi muomaladagi pul miqdorini kamaytirish haqidagi g‘oyalari; 2. Soliqlarning tez o‘sishi ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlarning moddiy manfaatdorligini pasaytirib yuborishi sababli taklifni kengaytirish orqali iste’molchilik talabini muvozanatlashtirish, soliqlarni ratsional darajada pasaytirib, erkin xususiy tadbirkorlik va bozor raqobatini rivojlantirish to‘g‘risidagi fikrlari; 3. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi faqatgina ayrim xizmatlar, xo‘jalik faoliyatini himoya qilish bilan cheklanishi kerakligi to‘g‘risidagi fikrlari; Fiskal siyosat oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqib, uning uchta yo‘nalishi, ya’ni iqisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, barqarorlashtirish va iqtisodiy faoliyatni chegaralash siyosatlarni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. Iqtisodiy o‘sish maqsadlaridan kelib chiqib, fiskal siyosat bandlik darajasini va shu orqali YaIM real hajmini oshirishga yo‘naltiriladi. Bunda rag‘batlantiruvchi fiskal siyosatning dastaklari davlat xarajatlarining o‘sishi va soliq stavkalarining pasayishi hisoblanadi. Boshqacha aytganda, hozirgi davrda davlatning byudjet barqarorligini ta’minlashga qaratilgan moliyaviy siyosati iqtisodiy inqiroz yoki turg‘unlik davrida byudjet taqchilligini bartaraf etish maqsadlariga qaratilishi zarur. Agar davlat o‘zining fiskal va xarajatlar siyosatidan foydalanib, mahsulot ishlab chiqarish hajmini bir me’yorda ushlab turishga va narxlarning barqarorligini ta’minlashga intilsa, bunda uning iqtisodiyotni barqarorlashtirish orqali iqtisodiy jarayonlarini rag‘batlantirish yoki ushlab turishga qaratilgan moliyaviy siyosat turlicha maqsadni ko‘zlab, bir-biridan farqlanadi. Davlatning iqtisodiy faollikni cheklash siyosati real YAMM hajmining potensial darajasidan keskin farq qilishini kamaytirishga yo‘naltirilib, bu ayni vaqtda iqtisodiy o‘sish va uning tanazzuli davrlarida inflyasiya va ishlab chiqarishdagi inqirozli jarayonlardan qochishga qaratiladi. Iqtisodiyotning siklli rivojlanishini tartibga solish orqali makroiqtisodiy muvozanatlikni ta’minlab borishga qaratilgan fiskal siyosat bir qator moliyaviy vosita va iqtisodiy dastaklar yordamida amalga oshiriladi.

1.2 Moliyaning mohiyati va vazifalari. Moliya tizimi


Qo‘llaniladigan bu barcha moliyaviy vosita va dastaklar birgalikda tartibga solishning moliyaviy mexanizmini tashkil qiladi. Ma’lumki, iqtisodiyot nazariyasi va amaliy hayotda fiskal siyosatning ikkita turi ajratiladi: 1. Diskretsion fiskal siyosat yoki bevosita davlat tomonidan amalga oshiriladigan siyosat; 2. Nediskretsion fiskal siyosat yoki avtomatik ravishda barqarorlashtiruvchi siyosat. Nediskretsion fiskal siyosat deyilganda, soliq tizimining mustaqil barqarorlashtiruvchi bir qator layoqatlari, ya’ni uning mamlakatdagi iqtisodiy faollikni qandaydir boshqaruvchi organlarning bevosita aralashuvlarsiz tartibga solish imkoniyatini beruvchi ayrim xususiyatlari tushuniladi. Ishlab chiqarishning birdaniga va tez o‘sish holatini yumshatish uchun byudjet daromadlar qismining xarajatlar qismiga nisbatan ortiqcha bo‘lishi zarur. Boshqa tomondan yondashilsa, bunday “yumshatish” uchun aksincha, byudjet kamomadi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shunday ekan, iqtisodiyotni tartibga solishni faqat avtomatik ravishda barqarorlashtiruvchi vositalar yordamida amalga oshirish mumkin emas, shu sababli davlatning diskretsion siyosati bunga zaruriy to‘ldiruvchi hisoblanadi. Diskretsion fiskal siyosat – bu milliy ishlab chiqarish real hajmini o‘zgartirish, bandlik darajasini ushlab turish va inflyasiya ustidan nazorat o‘rnatish hamda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida soliqlar bilan birga, davlat xarajatlarini ongli ravishda manipulyasiya qilish tushuniladi. Diskretsion fiskal siyosatning asosiy dastaklari quyidagilar hisoblanadi: - Davlat sarflari bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy ishlar va boshqa dasturlari;
- Davlat buyurtma va xaridlari; - Davlat investitsiyalari; - Transfert yoki qayta taqsimlash turidagi xarajatlarni o‘zgartirish; - Soliqlarni boshqarish. Shunday qilib, davlat tomonidan amalga oshiriladigan fiskal siyosat, mamlakat milliy xo‘jalikda tashkil qilingan soliq tizimining asosiy qoidalariga javob berishi va iqtisodiyotdagi ichki o‘zaro munosabatlarni samarali tartibga solishi zarur. Kengaytirilgan (Ekspansion) Fiskal Siyosati. Iqtisodiy pasayish yuzaga kelganda fiskal siyosatning kengaytirilgan turidan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 2-rasmni ko‘raylik, unda invistitsion xarajatlarning keskin pasayishi jami talab egri chizig‘ini AD1 dan AD2 ga chapga o‘tkazadi. (ko‘rsatgich chiziq va pasga ketuvchi chiziqlarni xozircha inobatga olmang). Pasayishning sababi investitsion loyixadan kutilayotgan foyda investitsion xarajatlar va jami talab kamayishi qisqarishi oldida ko‘rinmay qolishidadir.
Rasmda yalpi mahsulotning potensial yoki to‘liq bandlikdagi hajmi 510 000 000 000$ deb faraz qiling. Agar narxlar darajasi p1 da noegiluvchan bo‘lsa, u holda chiziqning pastki qismida yalpi taklif egri chizig‘iga aylanadi. Jami talab egri chizig‘i chapga siljib real ichki yalpi maxsulotni 510 000 000 000$ dan 490 000 000 000$ ga qisqartiradi.20 000 000 000$ lik yalpi ichi maxsulotning ortda qolishi yuzaga keladi. Yalpi ichki maxsulotning bunda yotda qolishi ishsizlikdagi o‘sish bilan birga keladi chunki qisqartirilgan maxsulot chiqarish uchun kamroq ishchilar talab etiladi.Bunday holatda iqtisodiyot pasayish fazasida va siklik ishsizlik bilan birga yuzaga keladi.
Davlat Harajatlarining Ko‘payishi. Boshqa teng sharoitlarda davlat xarajatlarining o‘sishi, rasmda jami talab egri chizig‘ini AD2 dan AD1 ga o‘nga siljitadi. Negaligini tushunish uchun, davlat quyidagi xarajatlarga, yani 5 000 000 000$ yangi xarajatlarni avto yo‘llar, ta’lim va sog‘liqni saqlashga nisbatan amalga oshirishga turtki berdi, deb faraz qiling. Biz bu 5 000 000 000$ hokimiyat chiqimini AD2 va o‘ngidagi punktir chiziq o‘rtasidagi gorizontal oraliq sifatida ko‘rsatamiz. Xar bir narx darajasi xozir talab etilayotgan real ishlab chiqarish miqdori hokimiyat chiqimlarini rag‘batlantirishdan oldingidan 5 000 000 000$ ko‘proq. Lekin jami talabning boshlang‘ich o‘sishi bu xali oxiri emas. Ko‘paytirish ta’siriga ko‘ra jami talab egri chizig‘i AD1 ga siljiydi, hokimiyat sotib olishlaridagi 5 000 000 000$ o‘sishni ko‘rsatuvchi masofadan oshadi. Bu kattaroq siljish yangi iste’mol chiqimlari keyingi sikllarida chiqimda boshlang‘ich o‘zgarish kuchayishini ko‘paytirish jarayoni tufayli yuzaga keladi. Agar iqtisodiyot mpc si 75 ga teng bo‘lsa unda oddiy ko‘paytiruvchi 4 ga teng. SHunday qilib jami talab egri chizig‘i 4 marotaba AD2 va siniq chiziq o‘rtasidagi masofada o‘nga siljiydi. Bu aniq jami talab o‘sishi jami taklif segment gorizontal siniq chizig‘i davomida yuzaga keladi, ishlab chiqarishning real ko‘lami to‘liq o‘lchamdagi ko‘paytiruvchi orqali o‘sadi. Real ishlab chiqarish o‘lchami 510 000 000 000$ ga yetib o‘zining iqtisodiy pasayish darajasidan 20 000 000 000$ ga oshgan.Bir vaqtning o‘zida firmalar bandligini pasayishdan oldingi to‘liq bandlik darajasiga o‘stirshi xisobiga ishsizlik kamayadi Kengaytirilgan fiskal siyosat. Kengaytirilgan fiskal siyosat davlat xarajatlati yoki soliqlar pasayishini iqtisodni pasayishdan chiqarish uchun foydalanadi. 75 mpc si iqtisodda hokimiyat chiqimlarining 5 000 000 000$ ga pasayishi yoki 6.67 000 000 000$ soliqlar ko‘payishi bo‘lsa (iste’molda 5 000 000 000$ pasayishni keltirib chiqarib) bu jami talab egri chizig‘ini AD4 dan punktirli chiziqqa siljitadi. Ko‘paytiruv ta’siri keyin egri chiziqni AD3 ga siljitadi.Jami talabdagi umumiy pasayish cho‘ziluvchi inflyasiya talabini tugatadi Moliya va moliyaviy munosabatlarning vujudga kelish tarixi insoniyat jamiyati rivoji bilan bog‘liq bo‘lib, ming yillar avval paydo bo‘lgan. Qadimgi Bobil davlatida amal qilgan Xamurapi qonunlari yoki Qadimgi Xindistonning Manu qonunlari, Xitoy, Yunoniston yoki Turon, Rim imperiyasi qonunlarining barchasida boj-xiroj, soliqlar to‘plash, davlat xazinasi hisob-kitobi kabi masalalar o‘z aksini topgan. Ularda jamiyat hayotida mustahkam o‘rin tutgan pul hisob-kitobi bilan bog‘liq moliyaviy munosabatlarga katta ahamiyat berilgan. CHunki moliya sohasida, soliq-boj sohasida to‘g‘ri siyosat yuritilishi jamiyat taraqqiyotining muhim sharti bo‘lgan. Sohibqiron Amir Temur o‘z tuzuklarida: “Amr etdimki, raiyatdan mol-hiroj yig‘ishda ularni og‘ir ahvolga solishdan yosh mamlakatni qashshoqlikka tushirib qo‘yishdan saqlanish kerak. Negaki, raiyatni xonavayron qilish davlat xazinasining kambag‘allashishiga olib keladi” deya soliqlarning, moliyaning davlat va jamiyat hayotida muxim ahamiyatga egaligini ta’kidlab o‘tgan. Shunday qilib, uzoq o‘tmishda va hozirda ham, xarqanday mamlakatda, moliyaviy munosabatlar ko‘p qirrali bo‘lib, iqtisodiy munosabatlarning muhim tarkibiy qismini tashkil qiladi. Chunki iqtisodiy subektlar o‘rtasida yuzaga keluvchi pul munosabatlari bozor iqtisodiyotining zarur tarkibi hisoblanadi. Bu munosabatlar tizimida moliya munosabatlari alohida muhim o‘rin egallaydi. Moliya – bu turli darajada markazlashgan pul fondlari vositasida iqtisodiyot subektlari pul daromadlarini tashkil etish, taqsimlash va ulardan foydalanish bo‘yicha vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir. Boshqacha qilib aytganda, moliya iqtisodiy kategoriya sifatida pul mablag‘laridan foydalanish va uning harakatini tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar tizimi bo‘lib, uning vositasida turli darajada pul fondlari vujudga keltiriladi va ular takror ishlab chiqarish extiyojlari va boshqa ijtimoiy extiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi. Korxonalar, uy xo‘jaliklari va davlat moliyaviy munosabatlar pul va unga tenglashtirrilgan moliyaviy aktivlar uning subektlari hisoblanadi. Shu bilan birgalikda – moliyaning boshqa pul munosabatlaridan farqlab turuvchi belgilari mavjud bo‘lib, ular quyidagilar hisoblanadi: 1. Iqtisodiy munosabatlar pulning xarakati bilan tavsiflanishi; 2. Moliya munosabatlarining taqsimlovchilik tavsifga egaligi; 3. Moliya munosabatlarning fond tavsifga (YaIM taqsimoti pul fondlari orqali amalga oshiriladi) ega bo‘lishi. Moliyaning moxiyati uning vazifalarida to‘laroq namoyon bo‘ladi. Bular, moliyaviy resurslarni jalb qilish, nazorat qilish, rag‘batlantirish va taqsimlash vazifalaridir. 1. Moliyaviy resurslarni jalb qilish vazifasi shunda ko‘rinadiki, bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat o‘z vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan resurslarni markazlashgan tartibda to‘planishiga harakat qiladi. 2. Davlat moliyaviy dastak va vositalar yordamida ishlab chiqarish, iqtisodiyotda yaratilgan mahsulotni taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol ustidan nazorat o‘rnatadi. Moliyaviy nazorat korxona (firma)larining moliya intizomiga rioya qilish uchun moddiy javobgar bo‘lishi, turli soliqlar undirib olish va mablag‘ bilan ta’minlash tizimi orqali amalga oshiriladi. Davlat moliya vositasida zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasida, iqtisodiyot subektlar tasarrufiga moliyaviy mablag‘lar qanchalik o‘z vaqtida tushayotganligi, shuningdek, ulardan foydalanish samaradorligini nazorat qiladi; 3. Moliyaning taqsimlash vazifasi aniq iqtisodiy vaziyatda jamg‘arish va iste’molni optimallashtirish maqsadida milliy daromadning taqsimlanishi va qayta taqsimlanishini ta’minlashda namoyon bo‘ladi. Bu real ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan yalpi mahsulotni, ayniqsa, uning milliy daromadini tashkil qiluvchi qismini davlat va mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, iqtisodiyot tarmoqlari, ishlab chiqarish sohalari, mamlakat xududlari o‘rtasida taqsimlash va qayta taqsimlashda namoyon bo‘ladi.
1.3 Davlat byudjeti va uning taqchilligi
Bunda milliy daromadning bir qismi korxona va aholi daromadlaridan turli xil soliqlar olish, renta va bojxona to‘lovlari, aksiz yig‘inlari kabilar orqali davlat byudjetida to‘planadi. Davlat to‘plangan milliy daromadning katta qismini moliyaviy vositalar orqali aholining ijtimoiy madaniy ehtiyojlariga (uy-joy qurilish, tibbiyot xizmati, maorif, nafaqa, stipendiya va shu kabilarga), daromadlar darajasini ushlab turishga, milliy mudofaga, atrof muhitni muhofaza qilish va shu kabilarga sarflaydi. Shuni aytish lozimki, moliyaviy munosabatlar tizimida davlat moliyasi alohida o‘rin tutadi. Bunda nafaqat davlat, balki xususiy sektor korxonalari daromadining bir qismini undirish yo‘li bilan davlat pul fondlarini shakllantiradi. 4. Moliya iqtisodiy jarayonlarni, turli tadbirlarni moliyalash va unga xizmat ko‘rsatish vazifasini ham bajaradi; 5. Moliyaning rag‘batlantiruvchilik vazifasi, birinchidan, yaratilgan maxsulot qiymatini taqsimlash jarayonida, ikkinchidan, foizli daromadlarni tashkil qilish va taqdim qilish mexanizmi vositasida amalga oshiriladi. Ikki xolda ham moliya ishlab chiqarish samaradorligiga, uning pirovard natijasiga, mahsulot sifatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. 6. Ijtimoiy ximoyalash ham moliya tizimi orqali amalga oshiriladi. Ma’lumki, axolining muhtoj qatlamlari qariyalar, nogironlar, kam daromadli oilalar o‘z tirikchiligini yuritishni minimal darajada ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Ijtimoiy himoyalash esa ularni moliyaviy ta’minlash, boshqacha aytganda, moliyaviy kafolatlashni talab etadi. Bu asosan davlat moliyasi yordamida amalga oshiriladi. Davlat maxsus fondlar tashkil etib, bunday himoyalashni tizimli amalga oshirib boradi. Ishsizlik nafaqalari, bolalar uchun nafaqa, nogironlar pensiyasi kabilar shular jumlasiga kiradi. Bundan tashqari ijtimoiy iste’mol orqali amalga oshadigan fondlar ham mavjud bo‘lib, bularga bepul tibbiy xizmat, maorif, atrof muhitni muhofazalash kabilar kiradi.
Moliya tizimiga yuklatilgan vazifalarning samarali amalga oshirilishi iqtisodiy o‘sish uchun xizmat qiladi. Moddiy va mehnat resurslarining to‘g‘ri taqsimlanishi va ulardan samarali foydalanish moliya faoliyatiga, uning vazifalari real bajarilishiga bog‘liq. Takror ishlab chiqarish va iqtisodiy o‘sishni pul mablag‘lari bilan ta’minlashda ham moliyaning roli beqiyos. Moliya o‘z vazifalarini bajarish bilan birga iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlarni tartibga soladi, samarali xo‘jalik faoliyatini rag‘batlantirishni ham ta’minlaydi. Moliya tizimi. Umumdavlat moliyasi - davlat byudjeti, ijtimoiy sug‘urta hamda mol-mulk va boshqa sug‘urta fondlarini o‘z ichiga oladi. Davlat pul mablag‘larining asosiy markazlashgan fondi bo‘lmish davlat byudjeti moliya tizimining asosiy bo‘g‘ini bo‘lib xizmat qiladi. Davlatning markazlashgan byudjeti bilan birga xokimiyat quyi organlarining (viloyat, tuman va shaxar) byudjeti ham mavjud bo‘ladi. Bu joylarda mavjud moliyaviy resurslarni ancha to‘laroq jalb qilish va ulardan samarali foydalanish imkonini beradi. Xokimiyat quyi organlari byudjetning daromadlari o‘z xududidagi korxonalar daromadidan, aholidan olinadigan soliqlar, mulk soliqlari va shu kabilar orqali shakllanadi. Ularning daromadi qisman davlat byudjetidan beriladigan subsidiyalar xisobiga ham to‘ldiriladi. Xokimiyat quyi organlari byudjet mablag‘lari tegishli xududda ta’lim, sog‘liqni saqlash, obodonchilik, yo‘l qurilish va shu kabilarga sarflanadi. Mol – mulk va shaxsiy sug‘urta moliya tizimining keyingi bo‘g‘ini xisoblanib, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va fuqarolarga joriy qilinadi. U majburiy va ixtiyoriy bo‘lishi mumkin. Bu maqsadlar uchun fondlar korxona va aholining to‘lovlari xisobiga shakllanadi. Fond mablag‘lari mol-mulkiy sug‘urtasiga va shaxsiy sug‘urtaga pul to‘lashni ko‘zda tutadi. Shaxsiy sug‘urta aholining pul jamg‘armalarining tashkil qilishning shakllaridan biri bo‘lib ham xizmat qiladi. Jamiyat moliya tizimi ijtimoiy siyosiy va ma’rifat ishlari bilan shug‘ullanuvchi tashkilot va muassasalarning moliyasini ham o‘z ichiga oladi. Kasaba uyushmalar, siyosiy partiya, yoshlar, xotin-qizlar, faxriylar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, sport tashkilotlari va boshqa ilmiy ma’rifiy jamiyatlarning ham o‘ziga xos moliyasi mavjud bo‘ladi. Bunday ijtimoiy tashkilotlarning moliyaviy resurslarining manbai, tashkilot a’zolarining kirish puli va badallari, tijorat faoliyatidan kelgan daromad, xomiylar ajratgan yoki xayriya qilgan mablag‘lardan iborat bo‘ladi. Jamiyat moliya tizimida maxsus va xayriya fondli xo‘jalik subektlari va axolining pul mablag‘larini aniq bir maqsad yo‘lida birlashtiradi va ular maqsadli ishlatiladi.
Davlat byudjeti-bu davlat xarajatlari va ularni moliyaviy qoplash manbalarining yillik rejasidir. Davlat byudjeti tushunchasi, umumjamiyat miqyosida markazlashgan va davlat ishtirokida to‘plangan va sarflanadigan moliyaviy resurslar harakatini anglatadi. Byudjetning qaysi darajada ekanligidan qatiy nazar unga uch jihatdan yondoshish mumkin: Iqtisodiy kategoriya, moliyaviy dastak va xuquqiy ktegoriya sifatida. Iqtisodiy kategoriya sifatida byudjet turli darajada markazlashgan fondlarini shakllantirish, taqsimlash, foydalanish jarayonida yuzaga keluvchi iqtisodiy munosabatlardir.
Moliyaviy dastak sifatida byudjet-tegishli darajadagi davlat va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini ta’minlovchi, ular oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish imkonini beruvchi markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondidan iboratdir. Davlat tomonidan rejalashtirilgan tadbirlarni byudjet xisobidan moliyaviy ta’minlashda undan moliyaviy dastak sifatida foydalanish ko‘zda tutiladi. Huquqiy kategoriya sifatida byudjet mamlakat tegishli xududlari doirasida markazlashtirilgan pul mablag‘larini shakllantirish, ularni taqsimlash va foydalanishga qaratilgan hamda tegishli davlat yoki mahalliy xokimiyat muassasalari tomonidan tasdiqlangan asosiy moliyaviy rejadan iboratligi nazarda tutiladi. Belgilangan tartibda ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan byudjet davlat yoki mahalliy xokimliklar moliyaviy rejasiga, davlat me’yoriy xujjatiga aylanadi. Davlat xarajatlari asosan davlat byudjeti orqali amalga oshadi. Bular davlatning investitsiya sarflari, mudofaa xarajatlari, ijtimoiy extiyojlar uchun ajratmalar va davlat boshqaruvining moliyaviy manbalaridir. Davlat byudjeti xarajatlarining asosiy to‘rt turi ajratiladi. 1. Ishlab chiqarishni rivojlantirishga investititsiyalar; 2. Ijtimoiy sohalarni (maorif, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, madaniyat) pul bilan ta’minlash; 3. Davlat idoralarining xarajatlarini qoplash; 4. Mamlakat mudofaasini ta’minlash. Davlat byudjetining daromad qismi, albatta, birinchi navbatda, ana shu xarajatlarni to‘liq qoplashi zarur bo‘ladi. Byudjet kamomadi bu daromadlarning xarajatlarni qoplay olmasligi bo‘lib, byudjet taqchilligini yuzaga keltiradi. U qo‘shimcha soliqlar kiritish, pul emissiyasidan foydalanish, zayomlar chiqarish va chet mamlakatlardan qarz olish orqali qoplanadi.
1970-yillardan boshlab pul-kredit siyosati moliya siyosatiga nisbatan ba'zi bir afzalliklarga ega ekanligi aniq bo'ldi, chunki u siyosiy ta'sirni kamaytiradi, chunki u Markaziy bank tomonidan belgilanadi (umumiy saylovlar oldidan iqtisodiyoti kengayib borishi uchun siyosatchilar foiz stavkalari). Bundan tashqari, soliq-byudjet siyosati iqtisodiyotga ta'minot ta'sirini kuchaytirishi mumkin: inflyatsiyani pasaytirish uchun soliqlarni ko'paytirish va xarajatlarni pasaytirish choralariga ustunlik berilmaydi, shuning uchun hukumat ulardan foydalanishni istamasligi mumkin. Pul siyosati odatda tezroq amalga oshiriladi, chunki har oyda foiz stavkalari belgilanishi mumkin, shu bilan birga davlat xarajatlarini ko'paytirish qarori pulni qaysi sohaga sarflash kerakligini aniqlash uchun vaqt talab qilishi mumkin.
2000-yillarning o'n yilliklaridagi turg'unlik shuni ko'rsatadiki, pul-kredit siyosati ham ma'lum cheklovlarga ega. A likvidlik tuzog'i foizlarni pasaytirish talabni kuchaytiruvchi sifatida etarli bo'lmaganda sodir bo'ladi, chunki banklar qarz berishni istamaydilar va iste'molchilar iqtisodiyot uchun salbiy kutishlar tufayli xarajatlarni ko'paytirishni xohlamaydilar. Davlat xarajatlari iqtisodiyotdagi talabni yaratish uchun javobgardir va iqtisodiyotni turg'unlikdan chiqarish uchun boshlanishni ta'minlashi mumkin. Chuqur turg'unlik yuz berganda, iqtisodiy muvozanatni tiklash uchun faqat pul-kredit siyosatiga tayanish etarli emas.[3]Ushbu ikki siyosatning har bir tomoni o'zaro farq qiladi, shuning uchun har ikkala siyosatning jihatlarini birlashtirish, iqtisodiy muammolarni hal qilish AQSh tomonidan qo'llaniladigan echimga aylandi. Ushbu siyosat cheklangan ta'sirga ega; ammo, moliya siyosati uzoq muddatli davrga nisbatan ko'proq ta'sir ko'rsatadigan ko'rinadi, pul-kredit siyosati esa qisqa muddatli muvaffaqiyatga erishishga intiladi.
2000 yilda 298 a'zoning ishtirokida o'tkazilgan so'rovnoma Amerika iqtisodiy assotsiatsiyasi (AEA) 84 foizi odatda "Fiskal siyosat a muhim ogohlantiruvchi ta'sir dan kamroq to'liq ish bilan ta'minlangan iqtisodiyot ", 71 foiz ham odatda ushbu bayonot bilan rozi"Menejment ning biznes tsikli ga qoldirilishi kerak Federal zaxira; aktivistlar moliya siyosati oldini olish kerak. "[5] 2011 yilda AEA ning 568 a'zosi ishtirokida o'tkazilgan keyingi so'rov natijalariga ko'ra, oxirgi taklif bo'yicha avvalgi kelishuv bekor qilingan va shu paytgacha deyarli teng tortishuvlarga uchragan Shuningdek qarang: Protsiklik va kontrtsiklik o'zgaruvchilar § Iqtisodiy siyosatni shakllantirish
Iqtisodiyot holatiga qarab, fiskal siyosat turli xil maqsadlarga erishishi mumkin: uning yo'nalishi inflyatsiyani vositachilik qilish orqali iqtisodiy o'sishni cheklash yoki o'z navbatida soliqlarni kamaytirish orqali iqtisodiy o'sishni oshirish, iqtisodiy rag'batlantiruvchi rol o'ynaydigan turli loyihalar uchun xarajatlarni rag'batlantirish bo'lishi mumkin. o'sish va qarz olish va sarflashni ta'minlash.Fiskal siyosatning uchta holati quyidagilar:
Neytral soliq siyosati odatda iqtisodiyot a. bo'lmagan sharoitda amalga oshiriladi turg'unlik na kengayish. Hukumat miqdori defitsit xarajatlari (ortiqcha mablag 'bilan moliyalashtirilmagan soliq daromad) taxminan o'rtacha vaqt ichida bo'lgani kabi bir xil, shuning uchun uning darajasiga ta'sir qiladigan hech qanday o'zgarishlar yuz bermaydi. iqtisodiy faoliyat.
Kengaytiruvchi fiskal siyosat hukumat tomonidan qisqarish bosqichini muvozanatlashtirishga urinishda foydalaniladi biznes tsikli. Bunga davlat tomonidan soliq tushumidan oshgan xarajatlar talab qilinganidan ko'proq oshishi kiradi va odatda, tanazzul paytida amalga oshiriladi. Kengaytirilgan soliq-byudjet siyosatiga davlat tomonidan jamoat ishlariga sarflanadigan xarajatlarni ko'paytirish (masalan, maktablar qurish) va iqtisodiyot aholisining sotib olish qobiliyatini oshirish uchun soliq talablarini kamaytirish (talabning pasayishini aniqlash maqsadida) kiradi.
Kontraktsion fiskal siyosatboshqa tomondan, soliq stavkalarini oshirish va davlat xarajatlarini kamaytirish chorasi. Bu hukumat defitsiti xarajatlari odatdagidan past bo'lganida sodir bo'ladi. Yalpi talab va pul taklifining sezilarli darajada oshishi natijasida yuzaga kelgan inflyatsiya haddan tashqari bo'lsa, bu iqtisodiy o'sishni sekinlashtirishi mumkin. Iqtisodiyotning umumiy daromad miqdorini kamaytirish orqali iste'molchilar uchun sarflanadigan mablag 'ham kamayadi. Shunday qilib, kontraktsion soliq-byudjet siyosati barqaror bo'lmagan o'sish sodir bo'lganda, inflyatsiya, investitsiyalarning yuqori narxlari, turg'unlik va ishsizlikni "sog'lom" darajadan 3-4% gacha oshirganda qo'llaniladi.
Biroq, bu ta'riflar chalg'itishi mumkin, chunki hatto sarf-xarajatlar va soliq to'g'risidagi qonunlarda hech qanday o'zgarishlar bo'lmaganda ham, iqtisodiyotning davriy tebranishlari kamomad holatini o'zgartirib, soliq tushumlari va davlat xarajatlarining ayrim turlarining davriy o'zgarishini keltirib chiqaradi; bu siyosat o'zgarishi deb hisoblanmaydi. Shu sababli, yuqorida keltirilgan ta'riflar uchun "davlat xarajatlari" va "soliq tushumlari" odatda "davriy ravishda tuzatilgan davlat xarajatlari" va "tsikl bo'yicha tuzatilgan soliq tushumlari" bilan almashtiriladi. Shunday qilib, masalan, biznes tsikli davomida mutanosib bo'lgan davlat byudjeti fiskal siyosatning neytral va samarali pozitsiyasini ifodalaydi.
Fiskal kamomad ko'pincha emissiya orqali moliyalashtiriladi obligatsiyalar, kabi G'aznachilik veksellari yoki va zarhal qirrali qimmatli qog'ozlar. Ular foizlarni to'laydilar, yoki belgilangan muddatga yoki muddatsiz. Agar foizlar va kapital talablari juda katta bo'lsa, millat bo'lishi mumkin sukut bo'yicha uning qarzlari bo'yicha, odatda xorijiy kreditorlar oldida. Davlat qarzi yoki qarz olish hukumatning xalqdan qarz olishini anglatadi.
Oldingi ortiqcha narsalarga botirish
Fiskal profitsit ko'pincha kelajakda foydalanish uchun saqlanadi va mahalliy valyutada yoki boshqa valyutada investitsiya qilinishi mumkin moliyaviy vosita resurslar kerak bo'lganda va qo'shimcha qarzga ehtiyoj qolmaganda, keyinchalik sotilishi mumkin.
Byudjet kamzuli kontseptsiyasi - bu ma'lum vaqt ichida byudjet kamomadini cheklash yoki tartibga solish uchun davlat xarajatlari va davlat sektoridan qarz olish bo'yicha qat'iy cheklovlarni taklif qiluvchi umumiy iqtisodiy printsipdir. Aksariyat AQSh shtatlari muvozanatli byudjet qoidalariga ega bo'lib, ular defitsitga yo'l qo'ymaydi.
Klassik nuqtai nazardan, kengaytirilgan soliq-byudjet siyosati sof eksportni ham kamaytiradi, bu esa milliy mahsulot va daromadga yumshatuvchi ta'sir ko'rsatadi. Davlat qarzdorligi foiz stavkalarini oshirganda, u xorijiy sarmoyadorlarning xorijiy kapitalini jalb qiladi. Buning sababi shundaki, qolgan barcha narsalar teng bo'lib, kengaytirilgan fiskal siyosatni amalga oshiradigan mamlakatdan chiqarilgan obligatsiyalar endi yuqori rentabellikni taklif qilmoqda. Boshqacha qilib aytganda, loyihalarni moliyalashtirishni istagan kompaniyalar kapital uchun o'z hukumati bilan raqobatlashishlari kerak, shuning uchun ular yuqori rentabellik stavkalarini taklif qilishadi. Muayyan mamlakatdan kelib chiqqan obligatsiyalarni sotib olish uchun xorijiy investorlar ushbu mamlakat valyutasini olishlari shart. Shu sababli, fiskal kengayishni boshdan kechirayotgan mamlakatga xorijiy kapital kirib kelganda, ushbu mamlakat valyutasiga talab oshadi. Talabning oshishi, o'z navbatida, valyutani qadrlashiga olib keladi, import narxini pasaytiradi va chet elliklar uchun ushbu mamlakatdan eksportni qimmatroq qiladi. Binobarin, eksport kamayadi va import ko'payadi, talabni kamaytiradi sof eksport.
Ba'zi iqtisodchilar bunga qarshi ixtiyoriy tufayli moliyaviy rag'batlantirishdan foydalanish ichki kechikish (uni amalga oshirish bilan bog'liq vaqt kechikishi), bu qonunchilikning katta kuchi jalb qilinganligi sababli deyarli muqarrar. Bundan tashqari, tashqi kechikish amalga oshirish vaqti bilan rag'batlantiruvchi ta'sirlarning aksariyati sezilgan vaqt orasida rag'batlantirish allaqachon tiklanayotgan iqtisodiyotga zarba berishini anglatishi mumkin. haddan tashqari issiqlik keyingi h kerak bo'lganda iqtisodiyotni rag'batlantirishdan ko'ra.
Ba'zi iqtisodchilar byudjetni rag'batlantirish talabining ortishi natijasida yuzaga keladigan inflyatsion ta'sirlardan xavotirda. Nazariy jihatdan, moliyaviy rag'batlantirish, aks holda bo'sh turgan resurslardan foydalanganda inflyatsiyani keltirib chiqarmaydi. Masalan, agar moliyaviy rag'batlantirishda ishsiz qolgan ishchi ishlasa, inflyatsiya ta'siri bo'lmaydi; ammo, agar rag'batlantiruvchi ishda boshqacha ish bilan ishlagan bo'lsa, rag'batlantirish ishchi kuchiga bo'lgan talabni kuchaytiradi, shu bilan birga ishchi kuchi ta'minoti barqaror bo'lib, ish haqi inflyatsiyasiga va shu sababli narx inflyatsiyasiga olib keladi.

Xulosa
Iqtisodiyotning Keynscha nuqtai nazari shuni ko'rsatadiki, davlat xarajatlarini ko'paytirish va soliq stavkalarini pasaytirish umumiy talabga ta'sir o'tkazish, uni rag'batlantirishning eng yaxshi usuli, iqtisodiy ekspansiya amalga oshirilgandan so'ng xarajatlarni kamaytirish va soliqlarni ko'paytirish. Bundan tashqari, Keynsiyaliklar ekspansiyali soliq siyosati turg'unlik davrida yoki past iqtisodiy faollik davrida kuchli iqtisodiy o'sish uchun asos yaratish va to'liq ish bilan ta'minlash uchun ishlash vositasi sifatida foydalanilishi kerakligini ta'kidlaydilar. Nazariy jihatdan, natijada yuzaga keladigan defitsitni keyingi kengayish davrida kengaytirilgan iqtisodiyot to'laydi; bu sababning sababi edi
Hukumatlar a dan foydalanishlari mumkin byudjet profitsiti ikki narsani qilish:
kuchli iqtisodiy o'sish sur'atlarini sekinlashtirish;inflyatsiya juda yuqori bo'lganda narxlarni barqarorlashtirish uchun.Keyns nazariyasi xarajatlarni iqtisoddan chiqarib tashlash yalpi talab darajasini pasaytiradi va iqtisodiyotni qisqarishini, shu bilan narxlarni barqarorlashtirishni nazarda tutadi.Ammo iqtisodchilar hali ham samaradorligi haqida bahslashmoqdalar moliyaviy rag'batlantirish. Bahs asosan markazlashadi siqib chiqarish: davlat qarzdorligi yuqori darajaga olib keladimi foiz stavkalari bu xarajatlarning rag'batlantiruvchi ta'sirini qoplashi mumkin. Hukumat byudjet kamomadiga duch kelganda, mablag'lar davlat qarzlari (davlat obligatsiyalari emissiyasi), chet eldan qarz olish yoki pul ishlash qarz. Hukumatlar defitsitni davlat zayomlarini chiqarish bilan moliyalashtirganda, foiz stavkalari butun bozorda oshishi mumkin, chunki davlat qarzdorligi moliya bozorlarida kreditga bo'lgan talabni oshiradi. Bu taqchil xarajatlarning to'g'ridan-to'g'ri kengaytiruvchi ta'sirini qisman yoki to'liq qoplab, tovar va xizmatlarga bo'lgan umumiy talabni pasaytiradi, shu bilan moliyaviy rag'batlantirish maqsadiga erishishni kamaytiradi yoki yo'q qiladi. Neoklasik iqtisodchilar odatda olomonni siqib chiqarishni ta'kidlaydilar, Keynsliklar esa moliya siyosati hali ham samarali bo'lishi mumkin, ayniqsa likvidlik tuzog'i qaerda, ular tortishish juda kam, deb ta'kidlaydilar.

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Axmedov D.Q., Ishmuxammedov A.E.,Jumaev Q.X., Jumaev Z.A

  2. Makroiqtisodiyot. Darslik.- T.: TDIU, 2004, 240 b.

  3. Агапова Т.А., Серегина С.Ф. Макроэкономика: Учебник. М.:Дело и Сервис, 2001.

  4. Вечканов Г.С., Вечканова Г.Р. Макроэкономика: Торговая политика. Инфляция и безработица. Социалная политика. СПб.: ЗАО «Питер», 2005.

  5. Гайгер А., Линвуд Т.Макроэкономическая теория и переходная экономика. Пер. с англ. М.:ИНФРА-М, 1996.

  6. Галперин В.М., Гребенников П.И., Леусский А.И., Тарасевич Л.С.

  7. Макроэкономика: Учебник. СПб.:СПбГУЕФ,1997.

  8. Дорнбуш Р.,Фишер С. Макроэкономика. М.:МГУ,1997.

  9. Yo’ldoshev Z., Qosimov M.S. Makroiqtisodiyot asoslari. T.:

  10. «O’qituvchi»,1994

  11. Менкю Н.Г. Макроэкономика. М.:МГУ,1997.

  12. Селишчев А.С. Макроэкономика: Откритая экономика. Причини экономического роста. Динамика рынков. СПб.: ЗАО «Питер», 2005.

  13. 19.Xodjaev R., Maxmudov B., Xadjaev X., Ergashev E, Egamberdiev R. Mikro va makroiqtisodiyot.O’quv qo’llanma-T.:”ILM ZIYO” 2012, 324 b.

  14. 20. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi” nomli ma’ruzalarini o’rganish bo’yicha O’quv-uslubiy majmua. – Toshkent: Iqtisodiyot. – 2012, 282 b.

  15. 21.Abulkasimov X. Makroiqtisodiy tartibga solish va O’zbekistonning barqaror rivojlanishi. Monografiya. – T. “Akademiya”, 2011, 92 b.

  16. O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligining rasmiy ma’lumotlari




Download 33,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish