Fiskal siyosat, davlаt byudjeti va uning taqchilligi



Download 1,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/40
Sana04.05.2020
Hajmi1,64 Mb.
#49045
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40
Bog'liq
24. Fiskal siyosat (2)

To‘rtinchidan, soliq to‘lov jarayoni soliq to‘lovchilarga oddiy, tushunarli va 

qulay, soliq yig‘uvchi tashkilotlar uchun tejamli bo‘lishi zarur; 



Beshinchidan,  soliq  tizimi  iqtisodiyotda  yaratilgan  YaMMning  samarali 

qayta taqsimlanishini ta’minlashi kerak. 

O‘zbekistonda byudjet va soliq tizimini takomillashtirish mamlakatda amalga 

oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar maqsadi va vazifalariga mos kelishi zarur.  

Bozor  iqtisodiyotiga  o‘tish  sharoitida  umumiqtisodiy  barqarorlikka  erishish, 

moliyaviy  barqarorlikni  ta’minlash  shu  jumladan  davlat  byudjeti  barqarorligini 

mumkin  bo‘lgan  darajada  ushlab  turish  vazifasini  ham  o‘z  ichiga  oladi.  SHunga 

muvofiq  moliya    siyosati  Respublika  davlat  byudjetidagi  taqchillikni  yo‘l 

qo‘yilgan eng kam daraja doirasida ushlab turishga qaratiladi. Hozirgi davrda ham 

moliya  siyosatining  asosiy  vazifasi  byudjet  taqchilligini  cheklash  hisobiga 

iqtisodiyotni  barqarorlashtirishga  qaratilgan.  Bunga  erishish  uchun  Respublika 

iqtisodiyotida  zarur  tarkibiy  o‘zgarishlarni    amalga  oshirish  orqali  ishlab 

chiqarishning paspayishiga barham berish va iqtisodiy o‘sishga erishish eng asosiy 

maqsad deb qarab kelindi. 

Bunda  soliq  tizimi–  xazinani  to‘ldirish,  qayta  taqsimlash  va  rag‘batlantirish 

vazifalarini  to‘la  darajada  bajarishi  zarur.  Soliqlarning  birinchi  vazifasi,  davlat 

byudjeti  daromad  qismining  eng  muhim  umumdavlat  vazifalarini  xal  etish  uchun 

zarur  bo‘lgan  miqdorda  shakllanishini  ta’minlashga  qaratilishi  lozim.  Uning 

ikkinchi vazifasi, YaMMning bir qismini qayta taqsimlash va shu orqali iqtisodiyot 

tuzilishini  o‘zgartirish,  aholini  ijtimoiy  ximoyalash  kafolatini  ta’minlashda 

bevosita  ishtirok  etishdan  iborat. Soliqlarning  uchinchi  vazifasi  ishlab  chiqarishni 

rivojlantirishga,  moddiy  xom  ashyo,  moliyaviy  va  mehnat  resurslaridan  samarali 

foydalanishga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatishdir. 

Bu vazifalarni real bajarishi uchun amaldagi soliq tizimi bosqichma - bosqich 

isloh qilish talab qilinadi. 

Soliq  tizimini  isloh  qilishga  asos  qilib  olingan  asosiy  tamoyil-korxonalar 

zimmasidagi  soliq  yukini  kamaytirishdir.  Bu  ularning  o‘z  mablag‘larini  ishlab 

chiqarishini  rivojlantirish,  texnika  bilan  qayta  qurollantirish  va  aylanma 

mablag‘larni to‘ldirishga sarflash imkoniyatini beradi 

Korxonalar  zimmasidagi  soliq  yukini  kamaytirishda  daromad  solig‘idan 

foydadan  undirilgan  soliqqa  o‘tish  ko‘zda  tutiladiki,  bu  ishlab  chiqarish  va 

tadbirkorlik  faoliyatini  rag‘batlantirish  imkoniyatini  beradi.  Foydaning  ishlab 

chiqarishni kengaytirishga qaratilgan umumiy miqdori ko‘payishi bilan birga, ayni 

vaqtda  ishlovchilar  ish  xaqini  oshirish  imkoniyati  ham  yaratiladi.  Natijada  faol 

mehnatni rag‘batlantiruvchi iqtisodiy muhit qaror topadi. 




Download 1,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish