FIRMANING ICHKI VA TASHQI BOZORDAGI BIZNES STRATEGIYASINI TANLASH
Kompaniyaning marketing dasturini ishlab chiqish.
Tor ma’noda marketing dasturi (biznes reja) hujjat bo’lib, korxonaning bozorda aniq faoliyat ko’rsatish tamoyilini ifodalaydi. Marketing dasturi kengroq ma’noda esa, korxona imkoniyatlarini .bozor talablariga moslashtirishga yo’naltirilgan taxlil, rejalashtirish va nazorat qilish ja-rayoni deb qaraladi. Marketing dasturlari qisqa muddatli (bir yilgacha), o’rta muddatli (5 yilgacha) va uzoq muddatli (o’n yilgacha va ko’proq) bo’ladi. Ular umumiy shaklda yoki korxonaning maxsus faoliyatlariga mo’ljallangan bo’lishn mumkin.
Marketing dasturlarini ishlab chiqishda maqsadli yondashish uslubiga asosan, korxonaning mo’ljallangan maqsadga erishish va uni bajarilnshini nazorat qilish resurslari va tadbirlari tizimi shakllantiriladi.
Bozorni kompleks tadqiq qilish boshlang’ich davri bo’lib, korxona marketing dasturini va rejasini tuzishi uchun manba hisoblanadi. Holatli tahlil, firma faoliyatini o’ziga xos taftish qilish va atroflicha baxolashni o’z ichiga oladi. Unda quyidagi savollarga javob topib biror qarorga kelish maqsad qilinadi:
Yuqoridagi savollarga javob topish va tahlil uchun korxonaning ichkn va tashqi ko’rsatkichlarini o’rganish hamda maxsus tanlov (so’rov, test) dasturi orqali axborotlar yig’iladi.
Korxonaning bozorga tomon yo’naltirilgan ishlab chiqarish, savdo, sotish, moliya funktsiyalarini o’zaro bog’liqligi.
Marketing strategiyasi zaminida quyidagi besh talab (printsip) mavjud, ular korxonalar faoliyatida hisobga olinishi mumkin:
Marketing strategiyasi
Marketinga strategiyasini ishlab chiqishda eng muhim muammo, korxonani foyda olishga yo’naltirish hisoblanadi. Uning echimini topishda jahon tajribasida quyidagi yondashishlar mavjud.
«Porterning umumiy strategik modeli»
Bunda korxona barcha imkoniyatlarini bozordagi bir segmentga qaratadi, tovar ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish evaziga, mahsulotga past baho belgilab iste’molchilarni ko’proq jalb etadi va sotish hajmini oshiradi. Boshqa holatda esa, raqobatchilar yo’q bozorni yangi tovar assortimenti bilan egallab oladi.
«Tovarlar (bozorlar imkoniyatlari qolipi (matritsasi))». Bu yondashishda foydani ko’paytirish birinchidan - tovar harakatini o’zgartirmagan holatda bozorni kengaytirish; ikkinchidan - hali talab qondirilmagap bozorlarga kirib borish; uchinchidan - korxona bozorda yaxshi tanilgandan so’ng yangi tovar ishlab chiqarish yoki modifikatsiyasini o’zgartirish; to’rtinchidan - yangi bozorlar uchun yangi tovarlar ishlab chiqarish orqali erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |