FINLANDIYA Tolipov Behruz Reja 1.Finlandiya 3.Xojaligi va transporti 4.Rassomligi Finlandiya (fincha: Suomi, shvedcha: Finland), Finlandiya Respublikasi (fincha Suomen Tasavalta, shvedcha Republiken Finland) — Shimoliy Yevropada joylashgan davlat. Maydoni 337 ming km². Aholisi 5,414 mln. kishi (2012). Poytaxti — Helsinki shahri; Tampere ikkinchi yirik shahar. Maʼmuriy jihatdan 5 lyani (guberniya) ga boʻlinadi. 1991-yildan oʻzini oʻzi boshqarish maqomini olgan. Aland orollari bu hisobga kirmaydi. BMT aʼzosi. - Finlandiya (fincha: Suomi, shvedcha: Finland), Finlandiya Respublikasi (fincha Suomen Tasavalta, shvedcha Republiken Finland) — Shimoliy Yevropada joylashgan davlat. Maydoni 337 ming km². Aholisi 5,414 mln. kishi (2012). Poytaxti — Helsinki shahri; Tampere ikkinchi yirik shahar. Maʼmuriy jihatdan 5 lyani (guberniya) ga boʻlinadi. 1991-yildan oʻzini oʻzi boshqarish maqomini olgan. Aland orollari bu hisobga kirmaydi. BMT aʼzosi.
Davlat tuzumi Finlandiya — suveren respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 2000-yil 1-martda kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — prezident (2000-yildan Tarya Halonen xonim), u toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan mamlakat fuqarolari tomonidan 6 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 1 palatali parlament, ijrochi hokimiyatni prezident bilan hukumat birgalikda amalga oshiradi. Davlat tuzumi Finlandiya — suveren respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 2000-yil 1-martda kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — prezident (2000-yildan Tarya Halonen xonim), u toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan mamlakat fuqarolari tomonidan 6 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 1 palatali parlament, ijrochi hokimiyatni prezident bilan hukumat birgalikda amalga oshiradi. Aholisi - Aholisining 93%dan koʻprogʻi finlar. Janubiy va gʻarbiy rnlarda shvedlar, shimolida saamlar yashaydi. Rasmiy tillar — fin va shved tillari. Dindorlarning aksariyati lyuterchilar, pravoslavlar ham bor. Shahar aholisi 65,1%. Yirik shaharlari: Helsinki, Tampere, Turku, Espo
Xojaligi —yuksak darajada rivojlangan industrialagrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 32%, qishloq xoʻjaligi, oʻrmon va baliq xoʻjaliginiki 5%, xizmat koʻrsatish sohasiniki 63%. Rassomligi - 14—15-asrlardagi oʻrta asrlar mahobatli rangtasvirida xalq naqqoshligi rivojlangan (Xattula, Tayvassiladagi cherkov devorlariga ishlangan rasmlar). 18-asrda M.Toppelius mahobatli rangtasvir sohasida shuhrat qozondi. Shu davrda F.da dunyoviy dastgoh rassomligi janrlari ommalashdi (I.Vaklin portretlari, N.Shilmark manzara va natyurmortlari). 19—20-asrlarda fin tasviriy sanʼat maktabi shakllandi, xalq hunarmandchiligi, yogʻoch oʻymakorligi, oʻrta asr mahobatli rangtasvir anʼanalari qayta tiklandi. 20-asr oʻrtalarida V. Aaltonen haykaltaroshlikda shuhrat qozondi. Zamonaviy rassomlardan M.Kollin, A.Kanerva, V.Vionoyya, S. Gryonvall; grafiklardan V.Askola, I.Kolliander, T.Tapiovara; haykaltaroshlardan A.Tukiaynen, R.Utriaynen, L.Pullinen, E.Xiltunen; plakat va dizayn ustalaridan I.Tapiovara, M.Kuyasalolar mashhur. Xalq sanʼatida mato va gilam toʻqish, metall idishlar yasash rivoj topgan.
Transportida temir yoʻl uzunligi 5,9 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 77,7 ming km. Asosiy dengiz portlari: Helsinki, Turku, Kotka. Shvetsiya, Estoniya, Polsha, Olmoniya bilan parom orqali qatnov yoʻlga qoʻyilgan. Chetga sellyulozaqogʻoz, yogʻochsozlik, mashinasozlik, kemasozlik, kimyo, oziq-ovqat, yengil sanoat mahsulotlari va boshqa chiqaradi. Chetdan xom ashyo va chala tayyor mahsulotlar, yoqilgi va moylash ashyolari, keng isteʼmol mollari va boshqa oladi. Rossiya, Olmoniya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, AQSH bilan savdo qiladi. Pul birligi — fin markasi. - Transportida temir yoʻl uzunligi 5,9 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 77,7 ming km. Asosiy dengiz portlari: Helsinki, Turku, Kotka. Shvetsiya, Estoniya, Polsha, Olmoniya bilan parom orqali qatnov yoʻlga qoʻyilgan. Chetga sellyulozaqogʻoz, yogʻochsozlik, mashinasozlik, kemasozlik, kimyo, oziq-ovqat, yengil sanoat mahsulotlari va boshqa chiqaradi. Chetdan xom ashyo va chala tayyor mahsulotlar, yoqilgi va moylash ashyolari, keng isteʼmol mollari va boshqa oladi. Rossiya, Olmoniya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, AQSH bilan savdo qiladi. Pul birligi — fin markasi.
Kiitos huomiostasi
Do'stlaringiz bilan baham: |