86
86
olish mumkin. «Yulduz» tushunchasi hajmini tashkil qiluvchi predmetlar soni esa cheksiz, ularni
hisobga olib bulmaydi.
Fikr yuritish jarayonida ayiruvchi va tuplovchi tushunchalarni farq qilish ham muhim ahamiyatga
ega. Ayiruvchi tushuncha shunday umumiy tushunchaki, u aks ettiruvchi belgilar berilgan sinfning har
bir predmetiga xosdir. Masalan, «¤zMU talabalari ikkinchi chaqiriq ¤zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi birinchi sessiya materiallarini urganmoqda» degan fikr ¤zMUning har bir talabasiga tegishli.
Demak, «¤zMU talabalari» tushunchasi bu erda ayiruvchi tushunchadir."¤zMU talabalari ikkinchi
chaqiriq ¤zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasi yakunlarini muhokama
etishmoqda» degan fikrda esa, «¤zMU talabalari» tushunchasi tuplovchi tushuncha sifatida ishtirok
qiladi, chunki fikr ularning tuplamiga nisbatan bildirilgan.
Mazmuni buyicha tushunchalar, avvalam bor, abstrakt va konkret tushunchalarga bulinadilar. Konkret
tushunchalarda predmet uzining belgilari bilan birgalikda fikr qilinadi. Abstrakt tushunchalarda esa
predmetning belgilari undan fikran ajratib olinib, alohida aks ettiriladi. Masalan «Inson», «Tabiat»
tushunchalari-konkret tushunchalar, «qahramonlik» (insonga xos xususiyatni aks ettiradi), «Guzallik»
(borliqdagi predmetlarga xos xususiyatni ifoda qiladi) tushunchalari abstrakt tushunchalardir.
Mazmuni buyicha yana nisbatsiz va nisbatdosh tushunchalarni ham ajratish mumkin. Nisbatsiz
tushunchalar nisbatan mustaqil, alohida mavjud bulgan predmetlarni aks ettiradi. «Davlat», «Badiiy
asar» ana shunday tushunchalardir.
Nisbatdosh tushunchalar esa zaruriy ravishda bir-birining mavjud bulishini taqozo qiladigan
predmetlarni aks ettiradi. Masalan, «¤qituvchi» va «¤quvchi», «Ijobiy qahramon» va «Salbiy
qahramon», «Sabab» va «Oqibat» tushunchalari nisbatdosh tushunchalar qatoriga kiradi.
Ba`zi hollarda ijobiy va salbiy tushunchalar xam farq qilinadi. Ijobiy tushunchalarning mazmunida
predmet unga xos belgilar orqali fikr qilinsa, salbiy tushunchalarning mazmunida predmet unga xos
bulmagan belgilar orqali fikr qilinadi. Masalan, «Savodli kishi», «Vijdonli kishi» - ijobiy tushunchalar,
«Savodsiz kishi», «Vijdonsiz kishi» - esa salbiy tushunchalardir.
Biz yuqorida tushunchalarning bir qancha turlari bilan tanishib chiqdik. U yoki bu tushunchaning
ana shu turlardan qaysilariga mansub ekanligini aniqlash unga mantiqiy tavsif berish demakdir.
Masalan, «Talaba» – umumiy, ayiruvchi, chegaralangan, konkret, nisbatsiz, ijobiy tushuncha;
«A. Navoiy nomli ¤zbekiston davlat kutubxonasi»-yakka, tuplovchi, chegaralangan, konkret, nisbatsiz,
ijobiy tushunchadir.
4. Ob`ektiv dunyodagi barcha predmet va hodisalar uzaro aloqada bulganligi uchun, ularni aks ettiruvchi
tushunchalar ham uzaro ma`lum bir aloqalarda, munosabatlarda mavjud. Bu munosabatlar turli xil bulib, ularni
aniqlash uchun, avvalambor, taqqoslanadigan va taqqoslanmaydigan tushunchalarni farq qilish lozim.
Taqqoslanadigan tushunchalar umumiy belgilarga ega bulgan, mazmuni va hajmi jixatidan bir-
biriga yaqin turgan tushunchalardir. Masalan, «Metallurg» va «Ishchi» tushunchalari ana shunday
taqqoslanadigan tushunchalar hisoblanadi.
Taqqoslanmaydigan tushunchalar esa, bir-biri bilan uzoq aloqada bulgan, kup hollarda moddiy yoki
ideal bulishdan boshqa umumiy belgiga ega bulmagan predmetlarni aks ettiruvchi tushunchalardir.
«Ijtimoiy progress» va «Zuhro yulduzi», «Ideal gaz» va «Guzallik» tushunchalari taqqoslanmaydigan
tushunchalar deb hisoblanadi. Mantiqda taqqoslanmaydigan tushunchalar urtasidagi mantiqiy
munosabatlar urganilmaydi. Taqqoslanadigan tushunchalar esa hajm jihatidan sig`ishadigan va
sig`ishmaydigan buladi.
Do'stlaringiz bilan baham: