26-mavzu Turkiston marifatchi jadidlarning axloqiy qarashlari
Reja:
1. Turkiston ma`rifatchiligining uziga xos xususiyatlari.
2. Ahmad Donish, Furqat, Muqimiy va boshqa dastlabki ma`rifatchilarning asarlarida kutarilgan
axloqiy muammolar.
3. Abay, Anbar otin, Abdulla Avloniy va Fitratning axloqiy qarashlari.
4. Jadid matbuotining axloqiy tarbiya borasidagi xizmatlari.
Turkiston XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya tomonidan bosib olindi va mustamlakaga
aylantirildi. Bu mustamlakachilik mohiyatini Turkiston ulkasi general-gubernatorlaridan biri
A.N. Kuropatkinning uz kundaliklarida, biz Turkiston xalqlarini yarim asr mobaynida jahon
madaniyati va tsvilizatsiyasidan chetda tutib turdik, degan suzlari yaqqol anglatadi. Lekin, ayni paytda,
rus taraqqiyparvar ziyolilari orqali rus va jahon ilm-fani va madaniyati ham chor ma`muriyati tusiqlari
orasidan sizib kirar edi. Shu ijobiy ta`sir asta-sekinlik bilan mazlum Turkistonda yangi Uyg`onish
davrini boshlab berdi. Mahalliy ziyolilar orasida uz xalqini ozod kurishga va jahonning boshqa
millatlari bilan tenglasha oladigan darajaga olib chiqishga intilish natijasida bu Uyg`onish Ovrupa
ma`rifatchiligiga nisbatan juda shiddatkor hamda miqyosli buldi. Shuningdek, urta asrlar urtaga
tashlagan ma`rifatparvarlik g`oyalari uchun ham endilikda amaliy shakllarda yangicha-ma`rifatchilik
tarzida namoyon bulish imkoniyati yaratildi. Zero usha g`oyalarni yangilangan shakllarda amalga
oshira oladigan faoliyatli ziyolilar vujudga kelgan edi. Ularni keyinchalik jadidlar deb atay boshladilar.
Ma`rifatchilik asosan uch soha orqali tezkor tarzda taraqqiy topib bordi. Bular – maorif (yangicha
maktablar ochish, ta`lim usulini yangilash), san`at (badiiy adabiyot, teatr) va matbuot. Pirovard
maqsad millatni, bir tomondan, ilmli-ma`rifatli qilish bulsa, ikkinchi tomondan, uning axloqiy
darajasini yuksaltirish va ana shu ikki jihatning uyg`unlashuvi natijasida uzligini, uz qadrini anglagan
bilimli shaxsni voyaga etkkazish edi. Turkiston ma`rifatchilari tomonidan ana shu maqsadni amalga
oshirish yulida katta ishlar qilindi.
Turkiston ma`rifatchiligining dastlabki bosqichlarida axloqiy g`oyalar asosan badiiy va didaktik
shakllarda uz aksini topdi. Shu jihatdan uzbek, va tojik xalqlarining mutafakkirlari Ahmad Donishning
(1827-1897) «Navodir ul-vaqoe» asari diqqatga sazovor. Ahmad Donish uz asarlarida Buxoro amirligi
davlat tuzumini Rossiya davlat tuzumi bilan solishtirib, uni isloh qilish lozimligini ta`kidlaydi. Ayni
paytda, an`anaviy axloqiy tushunchalar bilan fikr yuritar ekan, u adolatni ham podsho-hukmdor
shaxsiga, ham davlat tizimiga xos fazilat sifatida olib qaraydi. Agar hukmdor adolatli siyosat yurgizsa,
mamlakat hayotining hamma sohasi uchun adolatni mezon qilib olsa, san`atning gullab yashnashiga
yul ochib bersa – xalq hayoti farovon buladi, fazilatlar kuchayib, illatlar zaiflashadi. U, hukmdor
donishmandlik fazilatiga albatta ega bulishi lozim, davlatning mohiyatini aql belgilaydi, degan
xulosaga keladi: oqilona boshqarilgan mamlakat aholisigina ma`rifatli va yuksak axloq egalari bula
oladi.
Shuningdek, Ahmad Donish uz davridagi johillik, riyokorlik, poraxurlik singari illatlar jamiyatni
tanazzulga olib borishini ta`kidlar ekan, din peshvolarining notug`ri yulga kirib ketganini,
shayxlarning yolg`onchiligini, ulamolarning poraxurligini fosh qiladi.
Koraqalpoq xalqining buyuk mumtoz shoiri Berdaq (1827-1900) she`rlarida ham usha davr axloqiy
muhiti uz aksini topadi; u ham din peshvolarining uzi oxiratga ishonmasliklarini, tovlamachilik,
ochkuzlik, tekinxurlik illatlariga mubtalo bulganliklarini va bu bilan islom ildiziga bolta
urayotganliklarini qattiq tanqid ostiga oladi.
Buyuk uzbek mumtoz shoirlari Furqat (1878-1909), Muqimiy (1879-1903), Dilshod-Barno (1800-
1906) asarlaridagi axloqiy muammolar taraqqiyparvarlik g`oyalari bilan chambarchas bog`lanib ketadi.
Chunonchi, Furqat «Ilm hosiyati», «Gimnaziya», «Tarjimai hol» kabi asarlarida ma`rifatli bulish
yuksak axloq egasiga xos xislat ekanini, lekin, nodonlik oxir-oqibat turli xulqiy notavonlikka olib
kelishini ta`kidlaydi. Shoir g`azallaridan birida shunday deb alam bilan yozadi:
Charxi kajraftorining bir shevasidin dog`men,
Ayshni nodon surib, kulfatni dono tortadur.
Muqimiyning hajviy asarlarida esa usha davrda avj olgan firibgarliklar, amaldorlarning noinsofligi,
adolatsizligi qattiq tanqid qilinadi. Shoirning «Voqeai Viktor», «Voqeai kur Ashurboy hoji»,
100
100
«Tanobchilar», «Tuy» singari asarlari Turkiston
xalqlari oyog`idan tobora tubanlikka tortayotgai
illatlarni ayovsiz fosh etadi. ¤sha davrdagi boylarning nafsdan boshqa narsani bilmasliklarini, fahshu
maishatga yuztuban ketganliklarini, chor atrofda adolatsizlik hukmronlik qilayotganining alam bilan
yozadi. Endi Dilshodning bir muxammasidan olingan quyidagi parchaga diqqat qiling:
Alam utidin kuyodir bu jon
Dudi oh ila tula osmon,
Betoqat ulib chekaman fig`on,
Menga rahm etib yig`laydi makon,
Titrab boqadir zaminu zamon.
Boyonlarimiz nafsa ovora,
Tug`yoni oshib to bora-bora,
Atlas tuqig`on qizi bechora,
Yasanmay yuzga surtadi qora,
Kora kunlarga qoldi Marg`ilon.
Olma anoru mevalar koni,
Ammo mevaga zor bog`boni,
Bug`doy nonini kurmas dehqoni,
Paxta ekadi, yirtiq choponi,
Farg`ona zamin husni Namangon.
Bu satrlarda kutarilgan adolatsizlik muammosi orqali usha davrdagi ijtimoiy-axloqiy manzara
yaqqol namoyon buladi.
2. Turkiston xalqlarining axloqiy yuksaklik va ma`rifat vositasida milliy uzligini anglash darajasiga
kutarishda qozoq xalqining buyuk farzandi Abay (1847-1908) axloqiy qarashlarining ahamiyati katta.
Abay she`rlarida, shuningdek, «Iskandar», «Mas`ud» dostonlarida ezgulik, adolat, mardlik shijoat
singari fazilatlar urnini illatlar egallab borayotganidan, xalqning yaxshilik bilan yomonlikni farqlay
olmaydigan darajaga tushib qolganidan faryod chekadi:
Otalarga uxshamay qoldi turqing,
Yopiray muncha ketdi, elim, xulqing!
Birlik yuq, baraka yuq, buzildi fe`l,
Kani yiqqan davlating, boqqan yilqing
«Xulqi ketgan», «fe`li buzilgan», «aldamchi», «suq«, «ochkuz» singari, sirtdan qaraganda uz
xalqiga nisbatan beshafqatlarcha, xatto haqorat darajasiga kutarilgan bu suz va iboralar aslini olganda,
millatni jondan ortiq sevgan buyuk shoir qalbining alamli yig`isidir.
Shunisi qiziqarliki, Abayning axloqiy qarashlari ma`lum jihatlari bilan g`arblik mashhur
zamondoshi, buyuk olmon faylasufi, adibi Fridrix Nittsshening ba`zi qarashlariga yaqin. Ammo,
ta`kidlash kerakki, Nittsshedagi uta keskinlik, uta beqarorlik Abayga yot. Shunga qaramasdan,
qadriyatlarni qayta baholash, lozim bulsa, butun millatni qayta tarbiyalash kabi g`oyalar Abayga ham
xos. Xususan, u xalqni uz fe`lini uzgartirishga, bu yulda lozim bulsa, an`anaviy hayot tarzidan, ota-
bobolardan qolgan ugit – maqollardan, xatto asrlar mobaynida urgangan chorvachilikdan kechishiga
da`vat etadi. Chunonchi, Abay uzining mashhur «Nasihatlar» deb atalgan axloqshunoslikka va amaliy
axloqqa doir kitobida shunday deb yozadi; «Kozoqlarning bir-biriga dushman bulishining, birining
tilagini ikkinchisi tilamasligining, rost suzi kam, mansabparast, yalqov bulishliklarining sababi
nimadaO` Bunga dunyoda utgan barcha donishmandlar shunday javob qiladi: har qanday yalqov kishi
– qurqoq va g`ayratsiz buladi; har qanday maqtanchoq qurqoq kishi – aqlsiz, nodon buladi; har qanday
aqlsiz nodon kishi – orsiz buladi; har qanday orsiz kishi –yalqov, kishi oldida tilamchi, ochkuz, suq
buladi; bunday hunarsiz kishilar hech qachon birovga dust bulmaydi. Bu illatlarning hammasi turt
oyoqli molni kupaytirishdan boshqa narsa xayoliga kelmaydigan kishilardan chiqadi. Agar inson ekin-
tikin, ilm-hunar, savdo ishlari bilan shug`ullansa, bunday yomon fazilatlar (ya`ni illatlar) unga
dorimagan bulur edi».
«Nasihatlar» risolasininng boshqa bir urnida Abay, maqollarni tahlil etish orqali, yuqorida
aytganimizdek, ma`lum ma`noda an`anaviy qadriyatlarni qayta baholashga intiladi: «Bizning
qozoqlarni aytib yurgan maqollari ichida, – deydi Abay, – ishga yaroqlisi ham, yaroqsizi ham bor.
Ba`zilari yaroqsiz bulishi u yoqda tursin, xatto na musulmonchilikka va na odamgarchilikka tug`ri
101
101
keladi. Avvalo: «Faqir bulsang – orsiz bul!»
deyishadi. Ordan ayrilib tirik yurgandan kura,
ulgan afzal... «Oltinni kursa farishta ham yuldan ozadi», deyishadi. Sadqai farishta ketgurlar-ey! Bu
shunchaki ularning uz shum niyatlarini ma`qullamoqchi bulib aytganlari emasmiO`... «Yarim kunlik
umring qolsa ham, bir kunlik mol yig`», «uzingda yuq bulsa, otang ham dushman», «mol – odamning
jigar gushti», «Moli kupning – yuzi yorug`, moli yuqning yuzi – choriq», «egan og`iz uyalar»,
«Olag`on kuzim berag`on»... Bundan ma`lum buldiki, qozoqlar tinchlik uchun g`am emas ekan, balki
aksincha mol-dunyo uchun g`am chekar ekan... Agar moli bor bulsa, uz otasi bilan ham yovlashishdan
uyalishmas ekan... Ishqilib, ug`rilik, shumlik, tilanchilik, quying-chi, shunga uxshash yaramas
fazilatlar (ya`ni illatlar) bilan mol topsa ham buni ayb sanamasligimiz kerak ekan». Boshqa bir urinda
buyuk mutafakkir imon haqida suz yuritib, yana ba`zi maqollar tug`risida shunday deydi; «Imonga
shak keltirgan bandalarni Olloh taolo afu etmaydi va payg`ambarimiz ham shafqat qilmaydi, bu
mumkin ham emas. «Kilich ustida shart yuq», «Xudoy taoloning kechmas gunohi yuq» – degan
qalbaki maqollarga suyanganning basharasi qursin!».
Abay uz millatini nihoyatda sevgan mutafakkir. U hech kimni haqorat qilmoqchi yoki
kamsitmoqchi emas; bu achchiq gaplar xalq dardida urtangan mutafakkirning alamli fikrlaridir. Abay
odamlarning torlashib, maydalashib ketayotganidan, erdagi uz insoniy vazifasi va ma`suliyatini
bajarmayotganidan g`azablanadi: «Suqrotga og`u bergan, Ionna Arkni olovga tashlagan, Isoni dorga
osib, payg`ambarimiz salollohu alayhi va sallamni tuyaning ulimtigiga kumgan kimO` Xalq! Shunday
bulgach, xalqda aql yuq. Yulini top-da, xalqqa rahnamolik qil». Kurinib turibdiki, buyuk qozoq
mutafakkirining axloqiy ideali xalqqa rahnamolik qila biladigan odam. Albatta, u alo odam emas, lekin
alo odam vazifasini ma`lum ma`noda bajara oladigan inson. Bunday insonni tarbiyalash voyaga
etkazish, lozim bulsa, yaratish (ma`naviy jihatdan) mumkin; «Odam onadan aqlli bulib tug`ilmaydi, –
deydi Abay,-balki tug`ilganidan keyin, dunyoda nima yaxshi, nima yomon ekanligini eshitib, kurib,
ushlab, topib, zehn quyib aqlli buladi». Boshqa bir urinda esa, mutafakkir, mana bunday deydi: «Agar
davlat mening qulimda bulganida, inson farzandini tuzatib bulmaydi, degan odamning tilini kesib
tashlardim...»
Do'stlaringiz bilan baham: |