Filosofiya uzb



Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/149
Sana30.12.2021
Hajmi0,97 Mb.
#197882
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   149
Bog'liq
2 5242298942464460709

Nomuhim belgilar predmetning mohiyatini tashkil qilmaydi. Ularning  yuqolishi bilan predmetning 
tabiati  uzgarmaydi.  Masalan,  qaysi  irqqa,  millatga,  jinsga  taalluqli  bulishi  individning  inson  sifatida 
mavjud bulishi uchun muhim emas. 
Shuni  xam  aytish  lozimki,  predmet  belgisining  muhim  yoki  nomuhim  bulishi,  bizning  predmetga 
amalda  qanday  munosabatda  bulishimizga  qarab  xam  belgilanadi.  Xususan,  bir  munosabatda  muhim 
bulmagan  belgilar,  boshqa  munosabatda  muhim  bulishi  mumkin.  Masalan,  kishining  layoqati  uning 
qanday kasbni tanlashi uchun muhim bulsa, inson sifatida mavjud bulishi uchun muhim emas. Bunday 
muhim  belgilar  predmetning  ma`lum  bir  munosabatdagi  muhim  belgilari  deyilib,  ob`ektiv  muhim 
belgilardan (predmetning mavjud bulishi bilan zaruriy aloqada bulgan belgilardan) farq qiladi. 
Nihoyat,  predmet  tuxtovsiz  harakatda,  taraqqiyotda  bulganligi  uchun,  vaqt  utishi  bilan  uning 
muhim  bulgan  belgisi  nomuhim  bulgan  belgiga  yoki,  aksincha,  nomuhim  belgisi  muhim  belgiga 
aylanishi mumkin. 
Masalan,  bevosita  kuzatiladigan  faktlar  empirik  bilish  bosqichida  muhim  ahamiyatga  ega  bulsa, 
nazariy bilish bosqichida unga kamroq murojaat qilinadi. 
Demak,  tushunchada  predmet  uzining  muhim  belgilari  orqali  fikr  qilinib,  bu  belgilar  predmetning 
umumiy va individual belgilari bulishi mumkin. Masalan, «Hamza Hakimzoda Niyoziy» tushunchasida 
predmetning umumiy belgilari (inson, yozuvchi) bilan bir qatorda, individual muhim belgilari (xususan, 
«Boy ila xizmatchi» dramasining muallifi) ham fikr qilinadi. 
Tushunchaning  hissiy  bilish  shakllaridan  tubdan  farq  qilishiga  alohida  e`tibor  berish  zarur.  Sezgi, 
idrok  va  tasavvur  predmetning  yaqqol  obrazlaridir.  Biz  faqat  birorta  konkret  predmetni,  masalan, 
uzimiz  yozib  utirgan  qalamni  idrok  qilishimiz  yoki  u  tug`risida  tasavvurga  ega  bulishimiz  mumkin. 
«Umuman  qalam»ni  idrok  qilib  bulmaydi.  Chunki  tushuncha  predmetning  yaqqol  obrazi  emas,  balki 
abstrakt  obrazidir.  Kalam  tushunchasi  uzida  konkret  qalamlarning  barchasini  qamrab  olgani  holda, 
ularning har biriga xos bulgan individual belgilarni tashlab yuborib, umumiy, muhim belgilarini ifoda 
qiladi.  Ayni  paytda  bu  belgilar  qalamni  boshqa  predmetlardan,  masalan,  kitobdan  farq  qildirib 
turadigan spetsifik beliglar bulib ham xizmat qiladi. 
Tushuncha  predmetning  nomuhim  belgilaridan  chetlashar  ekan,  demak  uni  tulaligicha  aks  ettira 
olmaydi. Bu ma`noda u hissiy bilish shakllariga nisbatan borliqdan uzoqroqda turadi. Lekin, tushuncha 
predmetning  muhim  belgilarini  in`ikos  qilishi,  mohiyatini  aks  ettirishi  bilan  hissiy  bilish  shakllariga 
nisbatan borliqni chuqurroq, tularoq ifoda etadi. 


 
 
85
85
Tushuncha,  hissiy  bilish  shakllaridan  farqli  ularoq,  inson  miyasida  tug`ridan-tug`ri  aks 
etmaydi. U ma`lum bir mantiqiy usullardan foydalanilgan holda hosil qilinadi. Bu usullar taqqoslash, 
analiz, sintez, abstraktsiyalash, umumlashtirishlardan iborat. 

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish