Filologiya fakulteti



Download 399 Kb.
bet15/17
Sana29.08.2021
Hajmi399 Kb.
#159438
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
1Omon Muxtor romanlarida ruh obrazining ifodalanishi 1(1)

Men hammomni yonlab ketayotgan edim, dabdurustdan orqa tomondan chiqib kelayotgan tanish – novcha, baquvvat to‘rt yigitga ko‘zim tushdi.

Ular to‘rtalasi ham askarlikka chaqirilgan o‘smirlarga o‘xshab, negadir elkalariga qopchiq osib olishgan edi. Ko‘pdan buyon uchratmaganim uchun ham, ularni ko‘rib qattiq sarosimalandim. Keyin bu yerda, hammom orqasida nima qilib yurishibdi ekan, deb ajablandim.

Yigitlar menga ahamiyat bermagandek, ko‘m-ko‘k ko‘zlari chaqchayib, o‘zaro so‘zlashgancha, bir zumda yonimdan zippilab o‘tishdi. Yomg‘ir ostida, shu ondayoq, qayoqqadir g‘oyib bo‘lishdi.”

Vali bu eski tanishlarini ko‘rishi bilan yana o‘sha choyxonada Siroj muallim bilan uchrashsalar kerak degan hayol bilan Shirinko‘lning chetiga boradi. U yerda uni yana bir g‘aroyib jumboq lol qoldiradi.

... Nihoyat, ko‘zlagan manzilga etib, odatdagidek,



Ipdek ariqdan hatladimu

Ro‘paramga tikilib... dabdurustdan

oyoqlarim yerga mixlanib qoldi.

Tushunish qiyin ... Choyxona – ipdek ariq xalqasi ichida, yirtiq choponni eslatadigan choyxona , – negadir

ko‘rinmas edi!...

Axiyri, yo‘lda ko‘ringan, afandiga xos – eshak minib, boshiga fo‘tani qiyshiq qo‘ndirgan yo‘lovchini to‘xtatdim:

Kechirasiz. Shu erda bir choyxona...



U aftidan mening maqsadimga tushunmadi. O‘tkinchi kimsa gap nimadaligini qayoqdan ham bilsin!

Bu atrofda choyxona yo‘q. Markazga boring. – dedi afandi.



Qishloq ko‘chasidagi bir hovli eshigida ikki qariya allambaloni muhokama qilib, o‘ychan so‘zlashib turishar edi.

Yaqinlashib so‘rashdim.

Qariyalar menga savol nazari bilan qarashdi.

Anavi daraxtzor tomonda choyxona bo‘larmidi?!

Sizni adashtirishibdi. Choyxona markazda!

Bor edi! Men o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman. Choy ichganman, – g‘o‘ldiradim g‘alati holatga tushib.

Bu erda hech qachon choyxona bo‘lmagan., – gapga aralashdi bo‘yi tikroq qariya. – Biz, bilamiz, bolam. Oppoq soqolimiz bilan yolg‘on gapirmaymiz. ..”31

Asardagi g‘aroyib choyxonani “Usta va Margarita”dagi chekka bir kvartaldagi sirli mavjudodlar xonadoniga ma’lum o‘xshash jihatlarini ko‘ramiz. Garchi reallikda Voland boshchiligidagi guruh joy olgan xonadon hajmi oddiy, risoladagidek bo‘lishi kerak bo‘lsa-da, ammo u bazm kechasi juda katta saroy ko‘rinishini oladi. Kamen pechkadan tuman kimsalar (arvohlar) chiqib kelib, bazmga qo‘shilishadi. Omon Muxtor romanida esa g‘aroyib yirtiq chopondek ko‘rimsiz choyxonaning ichi ham juda katta ekanligi tasvirlanadi. Unda Siroj muallimning o‘ziginasining sirli o‘tirishi tasvirlanadi.

Asardagi asosiy mazmun mohiyati Siroj muallimning oilasidagillar aytib berishgan voqea bilan bog‘liq bo‘lgan holda badiiy markazni tashkil etadi.. Bu voqea Siroj muallimning bir kuni qichqirib, so‘ng oynani chil-chil qilgani bilan bog‘liq bo‘ladi. Uning oynani sindirganimi, yoki oynaning o‘zi sinib ketganmi jumboqligicha qoladi. Ko‘zgu oldidagi odamning “Ming bir qiyofasi” g‘ayritabiiy – ruhlar ta’sirida namoyon bo‘ladi. Romandagi oyna majoziy ramz sifatida go‘yoki Siroj muallimning asliyatining bo‘laklarga bo‘linishi edi. Vali izlagan Siroj muallim esa o‘sha oyna bilan parchalanib ketgan Siroj muallimning ruhining ko‘rinishlari edi. Asardagi yana muhim detallarga e’tibor qaratsak, badiiy g‘oya ismlar va ruhlar vositasida ham ishora qilinadi: Siroj – chiroq, Badal – evaz, Vali(y) – ega, sohib, avliyo kabi.

Ko‘rinadiki, romandagi syujet dinamikasi ruh obrazi vositasida yuz beradi. Asarda ikki ruh – Siroj muallim va Badalbek ruhlari, farishta va iblis qarama-qarshiliklari asnosida Valining g‘ayritabiiy, g‘ayri shuuriy voqealardagi hatti-harakatlari bayon etiladi. Natijada hayot va o‘lim, odam va olam haqidagi yozuvchining badiiy falsafasi Valining tafakuri tarzida namoyon bo‘ladi.

Omon Muxtor romanlari aniq makon va zamon tushunchasidan holi . Bu mazkur romanlar real hayotdan, ijtimoiy mazmundan holi “sof san’at” namunasi degani emas. Asarlar mutolaasida siz bugungi kunda ko‘pchilikni qiynayotgan, o‘yga toldirayotgan o‘tkir masalalarga duch kelasiz. Qolaversa bu romanlar hammadan burun hozirgi kunning ma’naviy-estetik ehtiyoji oqibatida maydonga kelgan; bu xil asarlar faqat 90-yillar sharoitidagina yaratilishi mumkin. Ularni o‘qir ekansiz, dahshatli tush ko‘rayotganday bo‘lasiz: kechagi kuningiz, etmish yillik hukmronligi davomida millionlab kishilarni yo‘ldan ozdirgan, odamlar qismati, ruhiyatida adadsiz noxush, fojeaviy asoratlar qoldirgan, halokatga mahkum mustabid tuzum qiyofasi jamiki dahshatlari bilan ko‘z oldingizda gavdalanadi. Eng yomoni, bu tuzum odamlarni ko‘ngil gavhari — imon-e’tiqoddan mahrum etdi, ularni vaziyatga qarab tovlanadigan ming bir qiyofali oddiy ijrochi jonzotga aylantirdi, maydalashtirdi. E’tibor bersangiz, Omon Muxtor romanlaridagi o‘nlab personajlar tirik odamday gavdalansalar-da, ular aslida betayin, qiyofasiz kimsalardir. Imonsizlik, qiyofasizlik tufayli goho ular yovuz mahluqotga aylanadilar. Xatto yozuvchining nisbatan “ijobiy” qahramonlari ham bir qadar mayda, gunohkor, yo‘ldan adashgan, ozgan bandalardir. Ular haqiqat ko‘zgusiga ro‘para kelishdan cho‘chiydi, najot qidirib “katta yo‘lga” chiqolmay to‘qayzorda tentiraydi...

Omon Muxtor romanlarida jahon zamonaviy adabiyoti tajribalariga o‘xshash jihatlar ko‘p, biroq aytarli ularga taqlid yo‘q. Bu romanlarda sharqona milliy ruh ufirib turadi. “Uslub — yozuvchining o‘zi” degan naql bor; yangi romanlarida Omon Muxtorning o‘zligi, fikrlash tarzi avvalgi asarlariga qaraganda yorqinroq namoyon bo‘lgan. Romanlarda badiiy kashfiyot desa arzigulik ramziy, majoziy obrazlar, lavhalar ko‘p. Odamning turfa qiyofasini, botiniy bisotini o‘ziga aynan ko‘rsatadigan ko‘zgu bilan bog‘liq voqealar yoki majruh olomon izdihomining bamisoli burlaklarday safga tizilib “Yo hakim, yo hokim” deya xitob qilib to‘qaydan chiqib, to‘qayga kirib yo‘lsiz kezishlari lavhasi teran ma’nodor, ta’sirchan chiqqan. “Tepalikdagi xaroba” romanida mavlono Lutfiyning salkam bir asrlik hayot yo‘lini, siymosini, sevgi sarguzashtlarini muallif betakror bir yo‘sinda — shoir she’riy satrlari va ularning sharhi orqali gavdalantiradi. Ulkan she’riy bisotdagi satrlar qatiga jo shaxsiy kechinma, ishoralardan maroqli syujet, butun boshli sarguzasht qissa yaratish — hali bizda ko‘rilmagan tajriba. Buni o‘ziga xos badiiy tadqiqot deb atash ham mumkin. Eng muhim jihatlardan bir yozuvchi o‘zbek nasriga ruh obraziga asoslangan syujetli badiyani olib kirdi. Uning asarlaridagi ruh obrazi dinamikani sodir qiluvchi muhim energiya manbai sifatida o‘zining badiiy talqinini topgan.

Mirzo G‘olib uch marta xarobadan yo‘l qidirib chiqadi. Ammo ikki safarida yo‘l aylanib kelib xarobaga qaytadi.

U dastlab qalbida adovat bilan, keyin hasrat bilan limmo –lim to‘lgan edi. Oxirida u ma’rifat yo‘lini tanlaydi. Va murodiga etadi.

Demak, Omon Muxtor romandarida syujet dinamikasini ruh obrazi yuzaga keltiradi. Ruh obrazi vositasida qahramonning ichki dunyosi, hayot va o‘lim haqidagi falsafasini ifodalashda o‘ziga xos uslubiy vosita sifatini egallaydi..

XULOSA

Omon Muxtor ijodi XX asrning 90-yillarida o‘zbek adabiyoti uchun o‘ziga xos voqea bo‘ldi. Uning noan’anaviy tarzda, qat’iy badiiy talablarni inkor qiluvchi shakldagi qator badiiy asarlari kitobxonlar ommasini hayratga soldi. Uning asarining yana bir muhim jihati nasr she’riyat bilan uyg‘un kelishidir. Shuningdek, badiiy obraz yaratish masalasida ham yozuvchi o‘ziga xos yo‘lni tanladi. Bir so‘z bilan aytganda, hali o‘zbek qalam ahli jiddiy talqin etolmagan ruh obraziga murojaat qildi. Garchi ruh (arvoh, sharpa) obrazlari Yevropa xalqlari adabiyotidagi o‘z o‘rniga ega bo‘lgan, hattoki, ma’lum davr realistik voqelik bayonchiligini siqib qo‘ygan mistik adabiyotning keng takomil topishga omil bo‘lgan.

O‘zbek adabiyotida tom ma’noda ruh obraziga murojaat etib, uning vositasida badiiy g‘oyani mujassamlashtira olgan shunday qilib Omon Muxtor romanlarida ruh obrazining ifodalanishini quyidagi xususiyatlarini kuzatamiz:

asarning asosiy syujet dinamikasi g‘ayritabiiy kuchlar (ruh, iblis)larning salmoqli tasviri va ishtiroki bilan yuzaga chiqadi.

yozuvchi o‘zining badiiy g‘oyasini: olam va odam, hayot va o‘lim, tiriklik va foniylik haqidagi mulohazalarini ifodalashda ruh obrazlarini vosita qiladi.

XX asr oxirlariga kelib, kata janrda ijod qila boshlagan Omon Muxtor o‘zbek romanchiligiga yangi badiiy talqin ruhini olib kirishga intilib, har bitta romanida yangicha shakllar qidirib topishga urinadi. Badiiy tasvir usullaridan biri bo‘lgan adabiy mistifikatsiya hodisasi milliy adabiyotimizdagi Realistik romanda qo‘llanilayotgan afsona-ertaklarga xos ruh va obrazlar, syujet tuzilishidagi mushtaraklik kabi jihatlar ijtimoiy illatlarni fosh etish uchun kesatiq va istehzo bayoniga yo‘l ochuvchi uslubiy vosita vazifasini bajaradi .

Omon Muxtor yangi romanlarida zamonaviy jahon romanchiligi tajribalarini yodga tushiruvchi xususiyatlar talaygina — ularda an’anaviy realizmga xos aniq zamon, aniq makon tushunchasi yo‘q, hodisa-voqealarni ayni hayotdagidek gavdalantirish, izchil bayon etish, qahramonlar ruhiyatini urf bo‘lgan realizm mantiqi asosida ochish, ifodalash ham yo‘q: reallik bilan xayolot, o‘ng bilan tush ayqash-uyqash holda keladi, aniqrog‘i, voqea-hodisalar real hayotda emas, xayolparast qahramonning xayolida, ongida kechadi; qahramon ongida reallik bilan xayolotning qo‘shilib-chatishuvidan iborat g‘aroyib dunyo, hayotning o‘ziga xos badiiy modeli yaratiladi Ko‘zgu oldidagi odam” romaniga kelsak, bu asar o‘zbek adabiyotidagi o‘ziga xos ijodiy tajriba bo‘ldi.

Eng muhim jihatlardan bir yozuvchi o‘zbek nasriga ruh obraziga asoslangan syujetli badiyani olib kirdi.

Uning asarlaridagi ruh obrazi dinamikani sodir qiluvchi muhim energiya manbai sifatida o‘zining badiiy talqinini topgan.


Download 399 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish