Filologiya fakulteti


Ruh obrazining badiiy g‘oya ifodasidagi uslubiy ahamiyati



Download 399 Kb.
bet10/17
Sana29.08.2021
Hajmi399 Kb.
#159438
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
1Omon Muxtor romanlarida ruh obrazining ifodalanishi 1(1)

2.2. Ruh obrazining badiiy g‘oya ifodasidagi uslubiy ahamiyati. Omon Muxtor yangi romanlarida zamonaviy jahon romanchiligi tajribalarini yodga tushiruvchi xususiyatlar talaygina — ularda an’anaviy realizmga xos aniq zamon, aniq makon tushunchasi yo‘q, hodisa-voqealarni ayni hayotdagidek gavdalantirish, izchil bayon etish, qahramonlar ruhiyatini urf bo‘lgan realizm mantiqi asosida ochish, ifodalash ham yo‘q: reallik bilan xayolot, o‘ng bilan tush ayqash-uyqash holda keladi, aniqrog‘i, voqea-hodisalar real hayotda emas, xayolparast qahramonning xayolida, ongida kechadi; qahramon ongida reallik bilan xayolotning qo‘shilib-chatishuvidan iborat g‘aroyib dunyo, hayotning o‘ziga xos badiiy modeli yaratiladi; u dunyo bilan bu dunyo orasidagi chegara yo‘qoladi, tiriklar o‘likka aylanadi, ruh tandan ajralib bir-birini taftish etishadi, o‘liklar tirilib tiriklar bilan muloqotga kirishadi, turli asr odamlari bir-biri bilan ro‘baro‘ keladi...

Bir qarashda tartibsiz, mantiqsiz, ayqash-uyqash tuyulgan voqea-hodisalar zamiriga sinchiklab nazar tashlansa, masalan, Pushkin aytmoqchi, asarning o‘z ichki qonuniyatlari asosida yondashilsa, ularda teran ma’no, botiniy tartib, mantiq borligi o‘z-o‘zidan ayon bo‘ladi. Faqat buni anglab yetish uchun kitobxondan muayyan adabiy tayyorgarlik, ko‘nikma talab etiladi. Aslida bu xildagi “bebosh” ifoda inson tafakkuri tarziga aslo zid emas, balki aynan unga mos. O‘ylab ko‘ring: ro‘parangizda siz bilan gaplashib o‘tirgan suhbatdoshingiz, garchi ko‘zi sizda, qulog‘i gapingizda bo‘lsa-da, xayoli qayoqlarda ekanini qaerdan bilasiz?! Extimol, ayni damda u bir vaqtlar ko‘ngil bergan sevgilisi bilan uchrashar, olamdan o‘tib ketgan bobosi pandini tinglar yoki o‘z tasavvurida gavdalangan marhum bir ulug‘ siymo bilan muloqotga kirishar... Omon Muxtor romanlaridagi “bebosh” ifoda inson ruhiyatining ayni shu real g‘aroyiboti asosiga qurilgan.

Omon Muxtorning “Ko‘zgu oldidagi odam” romani badiiy voqelikni ifodalashi bilan ingliz mistik asarlari syujetidagi sirli sharpa va arvohlar bilan bog‘liq hodisalarni eslatib yuboradi. Shuningdek, asar qahramoni Vali, Siroj muallim, uchuvchi Badalbek, uning qizi Hanifa, maktab qorovuli Yunus ho‘ja ota, Siroj muallifmning oila a’zolari bo‘ylab syujet liniyasi diniamikasi yuz beradi.

Asardagi yana bir muhim xususiyat Vali nomozgarda chetdagi qandaydir choyxonaga kirib qolishi xuddi A.Qodiriyning “Jinlar bazmi” hikoyasi syujetini eslatib yuboradi. Unda Qodiriyning otasi uzumzor bog‘dan kech qaytayotib yo‘lda bazm qurayotganlarga duch kelib qoladi. Ular bilan birgalikda raqs ham tushadi. Nihoyat o‘ziga kelib atrofga alanglasa jinlar ichida ekanligini anglab etadi.

A.Qodiriyning “Jinlar bazmi” asari o‘zbek nasrida mistikaning ilk ko‘rinishlaridan biri sifatida e’tiborga molik. Bu bilan yozuvchi folklorga murojaati seziladi.

Omon Muxtorning “Ko‘zgu oldidagi odam” romaniga kelsak, bu asar o‘zbek adabiyotidagi o‘ziga xos ijodiy tajriba bo‘ldi.

E’tibor berilsa, asarning asosiy syujet dinamikasi g‘ayritabiiy kuchlar (ruh, iblis)larning salmoqli tasviri va ishtiroki bilan yuzaga chiqadi. Romandagi “to‘rt kimsa” leytmotiv sifatida deyarli har bir bo‘limchada duch keladi.

Asarning yana bir xususiyati u detektiv ruhda yozilgani.

Vali Siroj muallimni g‘aroyib choyxonada uchratib qolgach, uning haqiqiy Siroj muallimmi yoki boshqami degan savolga javob izlash maqsadida “izquvarlik” qiladi.

Romanning boshlanishi maktab binosida yuz bergan xalokatni tasvirlashdan boshlanadi. Tabiatdagi g‘ayritabiiy holat o‘zicha psixologik ekspozitsiya yaratadi.

O‘shanda kuz kunlari edi.

Kechasi yomg‘ir yog‘ib, yarim tunga borganda osmon negadir o‘z-o‘zidan darz ketib, qoq to‘rt bo‘lakka ajraldi.

Shu asno osmonning goh u-goh bu burjida lovullab xuddi gulxan yondi.

Keyin, alanga ko‘kdan yerga ko‘chgandek bo‘ldi: maktab binosi tepasida bir dasta olov yarq etdi!

Nihoyat, sukunat cho‘kib, yana yomg‘ir beozor shivalay boshladi.


Download 399 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish