Filologiya fakulteti


II BOB. XX asr o`zbek adabiyotida onalar obrazi va uning o`ziga xos xususiyatlari



Download 378,5 Kb.
bet9/13
Sana02.07.2021
Hajmi378,5 Kb.
#106932
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Diplom ishim Yangi.

II BOB. XX asr o`zbek adabiyotida onalar obrazi va uning o`ziga xos xususiyatlari

XX asr faqat o`zbek xalqi hayotida emas, balki butun dunyo hayotida alg`ov – dalg`ovlarga boyligi bilan ajralib turadigan davr bo`lgan. Bu asrda hayot jarayonlari tezligi haddan ziyod ortdi. Ijtimoiy hodisalarning almashinish surati, ilm – fan, madaniyat aqlga sig`mas darajada tezlashdi. Turkiston xalqlarining necha asrlar mobaynida davom etib kelayotgan bir maromdagi mudroq hayoti shu asr boshida ag`dar – to`ntar bo`lib ketdi. Fikrdagi yangilanish, texnika yutuqlarining kirib kelishi, axborot almashinuvining tezlashgani turkistonliklarning hayot tarzlarini o`zgartirib yubordi. Shu vaqtga qadar, milliy adabiyotimiz, milliy hayotimiz bilan yelkama – yelka bormas edi. Garchi, adabiyotimiz hayotdan tamomila ajralib qolmagan bo`lsa – da, ijtimoiy turmushning muammolari uni to`laligicha chulg`ab olmasdi. XX asrga kelib, adabiyot hayotga yaqinlashdi. Bu bilan kifoyalanib qolmay, hayotni o`zgartirishga urina boshladi. Bu haqida professor Naim Karimov haqli ravishda quyidagilarni yozgan edi: “XX asr – insoniyat tarixidagi eng ulug` asrlardan biri. XX asr o`zbek adabiyoti xalq va jamiyat hayoti bilan mustahkam aloqa o`rnatdi va u asr adabiyoti xalq va jamiyatni o`z ortidan yetaklab ularni hurriyat va milliy taraqqiyot manzillariga olib borishga intildi va bu intilishda muayyan yutuqlarga erishdi”24.

Adabiyotshunos olimning fikrlari to`g`ri va asosli edi. Negaki, haqiqatdan ham o`sha davrda jadid adabiyoti yuksak rivojlanib, jamiyat odamlarining ongiga kirib, ularning fikrlashi, dunyoqarashiga sezilarli ravishda o`z ta`sirini ko`rsata boshlaydi. Ularning tanlagan yo`llari o`z asarlarida ham yaqqol bilinib turadi. O`sha davrda yaratilgan asarlarda asosan, ma`rifatparlik, jaholatga qarshi kurash kabi g`oyalar yetakchilik qiladi. Shuni aytish kerakki, ma`rifatchilik bilan jadidchilik faqat yuzaga kelgan nuqtayi nazaridangina emas, balki o`z oldiga qo`ygan maqsadlari jihatidan ham turli hodisalar edi. Chunonchi, ma`rifatchilar mavjud holatni o`zgartishni emas, aksincha uni isloh qilishni, xalqning ma`rifiy saviyasini ko`tarishni maqsad qilgan edilar. Jadid adabiyoti to`laligicha millatni uyg`otishga qaratilgan edi. Bu adabiyotning qahramoni avvalgi davrdagidek yuqori tabaqa vakillari yoki ilohiy qudrat bilan nurlangan siymolar emas, balki ommaning ichidan chiqqan, unga qaytib boradigon va shu bois xalqqa ta`sir ko`rsatish imkoniyati kattaroq bo`lgan oddiy kishilar edi. Agar ma`rifatchilar ko`p asrlik milliy adabiyotga yangi mavzular olib kirgan bo`lsa, jadidlar o`zbek adabiyotiga dramma, roman, hikoya, nazm singari yangi janrlarni kiritdilar. Bu janrlarning mavzulari ham turlicha. Bu turlarning ichida nazm ya`ni she`riyat janri alohida o`ringa ega bo`lib, u mazmun va mohiyatining salmoqdorligi, keng ko`lamligi bilan boshqa turlardan tubdan farq qiladi. Unda mavzu turlicha ko`rinishda bo`ladi, ya`ni o`sha davr muhitining yortilishi, insonlarning his – tuyg`ulari, ichki kechinalari kabilardir. Bu esa o`sha davr yozuvchilarining she`rlarida yaqqol aks etadi. Bundan tashqari, har bir yozuvchi o`z she`rida onani madh etmay turolmaydi. Qo`liga qalam tutgan shoir yoki adib yo`qki, bu ulug` zotni vasf etmagan bo`lsa. Negaki, ona murg`ak go`dakni tol beshikka tayanib, tol uyqudan uyg`onib, ming bir mashaqqat bilan o`stiradi. Deyarli hamma ijodkorning ijodida xoh u nazm bo`lsin, xoh nasr bu so`z e`tibordan chetda qolmaydi. Har bir shoir o`z she`rlarida o`zining volidasini shunday ulug`laydiki, unda biz onaning naqadar buyuk zot ekaniga yana bir karra guvoh bo`lamiz. Bu ulug` zot bo`lmaganida adabiyotimizdagi buyuk - buyuk shoir – u yozuvchilarimiz bo`lmas edi. Shunday ekan, har bir yozuvchi va shoir onani ulug`lamasligi va uning cheksiz mehr – muhabbatini tarannum etmasligi mumkin emas.


Download 378,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish