1.2. Jahon adabiyotida yaratilgan onalar timsoli
Obraz va xarakter tushunchalari nafaqat o`zbek adabiyotida balki, jahon adabiyotida ham juda keng ko`lamda talqin qilinadi. Che`t el adabiyotida obraz tushunchasiga Belinskiy shunday ta`rif beradi: ”Obraz deganda inson ongida in`ikos etilgan voqea – hodisalargina emas, balki shu bilan birga so`z vositasida san`atkor tomonidan anglagan, qayta ishlangan va tasvirlangan hayot tushuniladi”13. Yuqoridagi bu fikrlar o`zbek adabiyotida berilgan ta`riflardan unchalik farq qilmaydi. Jahon adabiyotida yozuvchi bir biron asar yaratish uchun kuchli mahorat egasi hamda, yuksak fantastik fikrlash qobiliyatiga ega bo`lishi lozim. Negaki, jahon adabiyotida chuqur mushohada qilib, teran o`ylashga majbur qiladigan, obrazlar va xarakter jihatdan umuman boshqa – boshqa, bir – biridan tubdan farq qiladigan asarlar ko`p. Jahon adabiyotini o`zbek adabiyotidan farqli tomoni shundaki, uni bir qarashda g`oyaviy mazmunini anglash mushkul bo`lsa - da, o`quvchi yoki kitobxon tomonidan chuqur qiziqish bilan mutolaa qilsagina, uning tub zamiridagi mazmunni uqib olishi mumkin. Sh u tariqa, yoshlarimiz hayotidagi turli xil to`siqlarni yengib o`tuvchi dasturiamal vazifasini bajaradi. Jahon adabiyoti keng qamrovli bo`lib unga, ingliz, nemis, rus, qozoq qirg`iz va boshqa millatlarning adabiyotlari ham kiradi. Har bir millatning o`ziga yarasha adabiy merosi, dunyo tan olgan nodir va noyob asarlari bor. Bu asarlarda turli xil mavzular jumladan; inson qadr – qimmati, ayol va uning ruhiyati, turmush muammolari, osha davr muhiti, ijtimoiy – iqtisodiy sohalar, urushning qiyofasi kabi dolzarb mavzular yoritilib beriladi. To`g`ri, che`t el adabiyotida oila, ota – ona, farzand munosabatlari o`zbek adabiyotidagi kabi chuqur va teran ifoda etilmaydi. Lekin, ayrim asarlarda ona qiyofasi, farzandning ota – onasiga bo`lgan cheksiz mehr - muhabbati, oila muqaddas dargoh ekanligi mazmunli yoritiladi. Shunday asarlardan biri, qirg`iz xalq yozuvchisi Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” asaridir. Yozuvchi bu asarida romanning bosh qahramoni Nayman ona siymosini shunday tasvirlaydiki, onaning farzandiga bo`lgan mehr – muhabbatini hech narsa bilan taqqoslab bo`lmasligini isbotlab beradi. U farzandining vafotiga ishonmay, uning kelishini bir umr kutadi. Bir necha vaqtdan so`ng esa, o`g`li Jo`lomonning tirikligi, uni manqurtga aylanib qolganini eshitadi va o`z bolasini ko`rgani yoniga boradi. U o`glining hayot ekanligini bilib, shu darajada quvonib, lekin uning tanimaganidan alam va daxshatdan lablari dirrilab, shuncha urinsa ham o`zini qo`lga ololmaydi. Ona bo`zlab yig`lab, farzandining osha tanish nigohlariga boqib, balki meni tanib qolar degan umid bilan ko`zini uzmay turadi. Qayta – qayta ozini tanishtiradi. Vaholanki, Jo`lamon hattoki o`z ismini ham unitgan edi. Unga uning ismi Jo`lamon otasining ismi Do`nanboy ekanligini Nayman ona uqtirishga harakat qiladi. Farzandining boshidagi tuyaning terisidan yasalgan qalpoq o`zligini hatto o`z tuqqan onasini ham unittirishga sabab bo`ladi. Va u shu tariqa manqurtga aylanib qoladi. Shu manqurtligi tufayli o`z onasining qotiliga aylanishdan ham hayiqmaydi. Chingiz Aytmatovning ushbu asarida farzandi o`z onasining umriga zomin bo`lishini ajoyib chizgilar orqali yoritib beradiki, buni o`qigan har bir insonning qalbi jumbushga keladi. Bu esa, inson sifatida o`z – o`zini anglash g`oyat murakkab jarayon ekanini va insoniyat ming yillardan beri ma`naviy ulg`aydimi yoki yo`qmi, degan muammo to`g`risida mushohada yuritishga undaydi. Zero, onaizor qalbi xoh ming yil oldin bo`lsin, xoh hozirgi adabiy jarayon bo`lsin hech qachon o`zgarmaydi. Bu hislat onalarimizga Alloh taollo tomonidan berilgan buyuk fazilatdir.
Shu o`rinda aytish joizki, rus adabiyotining yorqin vakili Sergey Yesenin ham ona siymosi va uning qadr – qimmati mavzusiga katta urg`u beradi. Jumladan: ”Ona ibodati” nomi she`rining quyidagi misralari yuqorimizdagi fikrimizning yorqin dalili.
Qishloqning bir chetida
Pastakkina uy turar,
Sajda qilib shu uyda
Onaizor o`lturar.
Yolg`iz o`g`lin eslar u,
Yonib achchiq firoqda.
O`g`li esa yurt uchun,
Jang qiladi yiroqda
Quyidagi parchada bir mushtipar onaning yakka - yu yolg`iz og`li jangda ekanligi ham onaning ruhiy kechinmalari juda ta`siri tasvirlangan. Ona o`z farzandini urushiga jo`natib, uning uchun tun –u kun Allohga sajda qiladi. Uning ko`z o`ngida qon kechib jang qilayotgan o`g`lining holati namoyon bo`laveradi. Shoir onaning o`z og`lini ne – ne qiyinchiliklar bilan voyaga yetkazib, uni xalq dardi bilan yashashga o`rgatgani, jismonan va ma`nan yetuk shaxs qilib tarbiyalaganini shu misralar orqali ifodalab beradi.
Shu o`rinda yangi zamon bilan hamnafas bo`lgan jahon adabiyotimizni yana bir vakili Ahmad Lutfi Qozonchining ”O`gay ona” nomli romani butun boshli yosh onaning buyuk jasorati haqidadir. Asar o`n to`qqiz yoshli go`zal qiz Fotimaning ikki yetim farzandi bor erkakka turmushga chiqishi, yetimlarni o`z bolasidek parvarish qilishi, o`gay ona emas, balki haqiqiy onadek mehr ko`rsatishiga bag`ishlanadi. U yosh bo`lishiga qaramay, o`zidan ancha yoshi katta bo`lgan erkak bilan oila qurishiga yagona sabab, farzandlar o`gay ona qo`lida qolib, jabr – zulmni ko`rmasligidir. Asarda Ismoil ismli bolaykayning o`gay onasi, yosh bolani og`ir yumushlarni bajarishga majbur qiladi. Otasi esa, sira e`tibor qaratmaydi. Uning hech kimga keragi yo`qdek edi, go`yo. Onasini sog`ingan bolakay nuqul qayergadir ketib qolgisi kelardi. Bir kun u onasining qabriga borib, osha yerga yotib oladi, ortidan otasi borganda, unga ”onamning bag`rida”14 yotibman deya javob beradi. Muallif mehrsizlikning oqibatini, bola uchun ona mehri qanchalik muhim ekanligini shunday ta`sirchan voqealar orqali mohirona tasvirlashga harakat qilgan. Fotimadek irodasi baquvvat qiz haqida asar davomida batafsil so`zlanadi. U ikki norasida go`dakka o`z onasidek qarayman, degan ezgu niyatni diliga tugib q`oyadi. Ha, Fotima Sahinaxonim kabi beshavqat ona bo`lishni xohlamadi. Yetim bolalarni boshini silab, o`z farzandidek tarbiyalashga qaror qildi. Ahmad Lutfi Qozonchi ”O`gay ona” romani orqali insoniyatni mehr – oqibatli bo`lishga, o`gay ona nomini yo`qotishga, o`gay onalar ham rahm – shavqatli bo`la olishini isbotlab beradi.
Umuman olganda, jahon adabiyotida ona obrazi, ona ruhiyati, ularning mardligi tasvirlangan asarlar talaygina. Biz avvalo, ona deganimizda jahon adabiyotidagi ona, o`zbek adabiyotidagi ona deb ajratmasligimiz, uni yomon, buni yaxshi deb fikr bildirmasligimiz lozim. Negaki, bu dunyoda ona so`zi yagonadir. U chet elda bolsa ham, bizni yurtimizda bo`lsa ham baribir ona. Ularning yuragi, mehr - muhabbati ham birdek faqat farzandi uchun. To`g`ri, ba`zi joylarda mentalitet tomondan o`xshash bo`lmasligi hamda, bir - biridan farqli xususiyatlarini ko`rishimiz mumkin. Shu tomondan, biz asarlarni tahlilga tortishimiz, o`rganishimiz mumkin. Xususan, “ona so`zi turkiy tillarda qon - qarindoshlik termini sifatida bola tug`ib, katta qilgan, tarbiyalagan, o`z bolasi bor yoki biror shaxsning bolasini boqib, asrab olgan ayolga nisbatan berilgan va uni aniqlovchi termindir. Bu ona so`zning bosh ma`nosi hisoblanadi”.15 O`zbek va jahon adabiyotida ona terminining ma`nosi bir xil. Ya`nikim ikkala boshqa – boshqa millatli onalar mentalitet jihatdan farq qilishi mumkin, lekin har ikkisi ham o`z farzandini dunyoga keltirib, uni qornini to`qlab, kiyimini kiydirib , u uchun qayg`uradigan ulug` zot sanaladi. Yuqorida aytganimizdek, jahon adabiyotida ona obrazi berilgan asarlar ko`p. Ular turli yo`nalishda, turli yo`sinda o`quvchini diqqatini tortadi. Chet el adabiyotida ko`proq ona obrazi deyilmasdan ayrim holatlarda, ayol hayoti, ayol ruhiyati, ayolning ichki kechinmalari tarzida ifodalanadi. Shunday asarlardan biri Stefan Svaygning “Ayol hayotidan yigirma to`rt soat” asaridir.
“Shoir, yozuvchi, adabiy tanqiqchi sifatida XX asr jahon adabiyotining yetakchi vakillaridan biri, deya e`tirof etilgan adib Stefan Svayg tomonidan yaratilgan asarlar bugungi kun o`quvchilari uchun ham o`ta jozibali va maftunkor sanaladi.”16 Yuqoridagi fikr o`z tasdig`ini topgan desak mubolag`a bo`lmaydi. Negaki, haqiqatdan ham bugungi kunda yozuvchining asarlari ko`plab kitobxon va o`quvchilarni har tamonlama o`ylashga fikrlashga undamoqda. Shu kabi har bir insonni o`yga toldirgan asarlardan “Ayol hayotidan yigirma to`rt soat” asarini olishimiz mumkin. Asar bir qancha asarlardan tashkil topgan bo`lib, ularning har biri o`zgacha bir ruhda yozilgan. Bunday olib qarasak, yozuvchining uslubi ham boshqa yozuvchilar uslubidan tubdan farq qiladi. Chunki, Stefan Svayg asarlarida ayollar, ayollarning sevgisi, ularning mardligi, ko`proq aks ettiriladi. Yozuvchi garchi erkak kishi bo`lsa ham, ayollar ruhiyatiga, ularning olamiga kirishga harakat qiladi va o`z asarlarida buni yaqqol ko`rsatib bera oladi. Aytish joizki, asarda bosh mavzu ayol va ayolning o`z sevgisi uchun qilgan jasoratidir. Ushbu asar “Sherik” deb nomlangan novelladan boshlanadi. Bu asarda ona bola munosabati, bolaning onaga mehri, ona o`z ichki tuyg`ulari bilan kurashishi aks ettiriladi. Birinchi navbatda, ona bola munosabatiga nazar soladigon bo`lsak, ona o`z bo`lasiga unchalik e`tibor bermas, ona uchun bolasi shovqin qilmasa, sho`xlik qilib boshqa odamlarning asabini buzmasa va eng asosiysi betob bo`lmasa bo`ldi. Chunki, bola tabiatan juda ham nimjon edi. Yozuvchi bolaga ajoyib bir o`xshatishlar bilan shunday ta`rif beradi: “ U ozg`in, yoshiga nisabatan yaxshi rivojlanmagan, asabiy, notekis qadam tashlaydigon, qora ko`zlari alanglab turgan o`n ikki yosh bola edi”17. Yuqoridagi berilgan tariflar bejizga emas. Chunki, asarda ona bolasiga deyarli e`tibor bermaydi, bunga sabab esa, ayol o`z turmush o`rtog`idan mehr, e`tibor ko`rmaganligidandir. Balki u o`z turmush o`rtog`idan yetarlicha mehr olganda, farzandiga ham bu mehrni to`la qonli ravishda bera olar edi. Bundan tashqari, asarda Baron ismli “xonimlarning ovchilari”18 deya ta`rif berilgan obraz ham bor. U bolakayning onasini qarmoqqa ilintirish maqsadida turli xil yo`llardan foydalanadi. Eng achinarlisi esa u bu yo`lda hatto, bolani ham qurbon qilishga tayyor edi. Asarda bolakayning ismi Edgar deb beriladi. Edgar avvaliga Baronning yolg`on uydirmalariga ishonib, uni o`ziga do`st deb biladi, uning har bir so`zini intiq bo`lib tinglaydi. Oradan vaqt ma`lum vaqt o`tgandan so`ng, u Baronning asl maqsadini sezib qoladi. Shundan keyin, Edgar o`z onasini Barondan juda qizg`onadi. Bu qizg`onish, rashk qilis h huddi katta odamlarnikdek edi go`yo`. Negaki, uni har gal onasi bilan ko`rganda, onasini tortib olayotgandek tuyilar, jahl qilar, alamini esa turli xil shoxliklar qilib hammaning asabiga tegishga harakat qilardi. Uning bu qilayotgan ishlaridan maqsad bitta u ham bo`lsa, onasini Baronning changalidan qutqarish. Bu yo`lda u hech nimadan toymasdi. Va hattoki, onasi bilan Baron aylanishga borganda Edgarni kutmay ketib qolishlari, bolaning ularning orqasidan tosh otishga, eng achinarlisi esa, uning ongida o`z onasi hamda Baronga nisbatan dushmanlik hissi uyg`onib, ularni razil va firibgar degan nomlar bilan atashiga sabab bo`ladi. Ma`lum bir vaqt o`tgan keyin, Edgarning onasi o`z qilayotgan ishi ahmoqlik, shunchaki hoyu - havas ekanligini anglay boshlagach, so`ng uning qalbida ayollik va onalik uchun kurash boshlanadi. Yoxud u o`z ko`ngli uchun ya`ni o`z baxti uchun yashasinmi?, yoki onalik yo`lini tanlab, ayollik baxtidan voz kechsinmi?. U shu savollar iskanjasida qolib, tun – kun o`ylay boshlaydi. Va qilayotgan ishlari uchun o`z farzandidan uyaladi. Uning onalik tuyg`ulari, o`z farzandi o`sha begona erkak haqida yomon fikrda ekanligini aytganda yanada jumbushga keladi. Lekin shunda ham u ichidagi hislarini yuzida , xatti – harakatlarida ifoda etmaydi, uni Edgarga bildirmaslikka harakat qiladi. Shundan so`ng, o`gli onasidan sado chiqmayotganini ko`rib hattoki, unga qo`l ko`tarishgacha boradi. Edgarning bu qilig`idan onasi hafa bo`lmaydi, aksincha ma`lum bir muddat farzandiga gapirmay , uni o`y – hayollari joy – joyiga tushishiga, ko`nglidagi barcha yomon hislatlarni chiqarib yuborish uchun vaqt beradi. Bu vaqtni o`g`il bosha uchun sarf qiladi. Ya`ni u onasidan yonidan qochib, buvisinikga poyezd orqali qochib ketadi. Poyezd bolani huddi haqiqiy dunyoga olib ketayotgandek tuyiladi. Bola uchun ota – onasi javobi topilmas jumboq hamda ajib bir tilsimotdek ko`rinardi. Edgarning uyda yo`qligini sezgach, onasi havotirga tushadi, uni topolmagach esa turmush o`rtog`iga nima deb javob berishini o`ylab qoladi. Ayolning bu o`ylanishi aslida katta bir qo`rquv edi. Farzandi borib, buvisi va otasiga eshitgan va ko`rganlarini hammasini batafsil aytib bersa, onasiga juda ham qo`rqinchli taqdirni ro`paro` qilib qo`ygan bo`lardi. Asarda Edgarning dadasi juda ham jahldor, oilasi uchun unchalik vaqt ajratmaydigon erkak sifatida tasvirlanadi. Ayol turmush o`rtog`ining fe`lini, juda ham torligini, uning sal narsaga qattiq achchiqlanishini bilganligi bois, yuragida bir sarosima bilan yo`lga tushadi. Yetib borgach esa, Edgarni bag`riga bosadi. Yozuvchi onaning oilasi buzilib ketmasligi uchun bolasiga iltijo qilib qaragandek holatini shunday tasvirlaydi unda onaning butun bir ruhiyati va tashqi ko`rinishi aks etib turadi. “ Edgar ikkilanib qoldi. Endigina arz qilmoqchi edi, xotiralar uning g`azabini qo`zg`ay boshladi. Shunda to`satdan, otasining orqasida turgan onasi unga g`alati bir imo – ishora qilayotganini ko`rdi - yu, yuragi to`xtab qolgudek bo`ldi. Bu shunday bir ishora ediki, u avvaliga tushunmadi. Ammo endi, u onasining nigohlarida jonsarak bir iltijoni ko`rardi. U sekin, judayam ehtiyotkorlik bilan jim degan ma`noda barmoqlarini lablariga yaqinlashtirdi. Shunda u to`satdan qandaydir bir iliqlik, favqulodda benihoya mehribonlik tuyg`usi butun vujudini titratib o`tganini his etdi”19. Bu parchada onaning barcha his tuyg`ulari uning yuz ifodasida aks etadi. Birgina lablariga qo`llarini bosim jim degan ishoraning o`ziyoq uning qanday sarosimali va tushkun ahvolda ekanini ko`rsatib beradi.
Shunda Edgar onasini bu ishlari bir mitti sirligini , uning go`dak lablarida bir taqdir yotganini u tushunib, otasiga hamma ishga o`zi aybdor ekanini, onasi unga juda ham yaxshi qarab mehribonchilik qilganini, o`zining xulqi yomon va onasiga nisbatan tarbiyasiz bo`lganini aytadi. Uning bu javoblaridan so`ng onasida yuzida va qalbida bir chiroq yongandek bo`ladi va u erkin nafas ola boshlaydi. So`ng u xonasiga uxlashga kirib ketadi. Ozgina vaqtdan keyin uning ortidan onasi kirib, uning yuzlaridan o`pib, sochlarini silaganda, bola buni yarashish ya`ni osha sirni otasiga aytmagani uchun oddiy bir minaddorlik deb o`ylaydi. Faqat ancha zamonlar o`tib, ko`p yillardan keyin u onasining so`zsiz bu ko`zyoshlarida yoshi o`tib borayotgan ayolning muqaddas qasami borligini anglab yetadi, bu shunday ediki, yuqorida aytganimizdek, ona ayol bo`lib baxtini emas, aksincha shu lahzadan boshlab, u o`zini faqat unga, o`z o`g`liga fido qilish, daydi sarguzashtlar va ehtiroslardan voz kechish, o`zining tuyg`ulari bilan vidolashuv qasami edi.
Yozuvchi bu novellasida onaning o`z his – tuyg`ularidan ko`ra, onalik mehri, oilaga bo`lgan muhabbat, oilaning muqaddas dargoh ekanligini isbotlab beradi. To`g`ri , avvaliga ayolning qilgan ishlari noto`g`ri edi. Uning qilgan ishlari o`zbek mentalitetiga umuman to`g`ri kelmaydi. Ammo yozuvchi jahon adabiyotining yirik vakili bo`lganiligi sabab unda bu oddiy bir holdek tuyiladi. Lekin shunday bo`lgan taqdirda ham, uning qahramoni onalik hisini ayollik baxtidan ustun qo`yadi. Mana shu hislat jahon va o`zbek adabiyotidagi onalar uchun umumiy hech qachon yo`q bo`lmaydigan hislatdir.
Stefan Svaygning “Ayol hayotidan yigirma to`rt soat” deb nomlangan ushbu romanida yuqorida aytganimizdek, bir necha novella tartib qilingan. Uning bu asarida ikkinchi o`rinda shu asarning aynan nomi berilgan novella joy olgan. Bu asarda ayol va uning ichki kechinmalari, uning cheksiz muhabbati tasvirlangan. Asar tugundan boshlanadi. Uning bosh qahramoni asosan o`ttiz uch yoshli Xenritta xonim va K. xonimlardir. Asar Riverdagi kichik bir pansiotda yozuvchining dam olish maskanida Xenritta xonim bir yosh yigit bilan o`z eri hamda ikki farzandini tashlab qochib ketganini bir necha kishilar muhokama qilishidan boshlanadi. Ayolning bu ishini hamma qoralaydi, ammo K.xonim va muallifning o`zi bu fikrlarga qarshilik ko`rsatadilar. K. xonim yozuvchi bilan alohida suhbat olib borib, u Xenritta xonimning qilgan ishini noto`g`ri deb yoki qoralaydimi uning fikriga qiziqadi. K. xonim Xenrittaning bu ishini ko`ngilning ishi deyishiga sabab, uning boshidan bir paytlar shunday voqealar o`tgandi. O`zining boshdan kechirganlarini muallifga birma – bir aytib beradi. Uning ikki farzandi bor edi, ular allaqachon ulg`ayib, o`z yo`llarini topib ketgandilar. Qirq yoshga kirganda turmush o`rtog`idan juda bo`ladi. Bu voqea unga juda qattiq ta`sir qilib, hech kimga keraksizdek bo`lib qoladi. Stefan Svayg ayolning turmush o`rtog`idan ayirlganidagi holatni shunday bir ajoyib tasvirlaydi, u tasvirlar orqali biz K.xonimning o`z turmush o`rtog`ini qanchalik sevganini va farzandlariga juda ham mehribon ona bo`lganini ko`rishimiz mumkin. Quyidagi parchada bularning hammasi yaqqol sezilib turadi. “ Men uni og`ir kechgan o`sha ikki hafta ichida yo`qotdim. U paytda katta o`g`lim harbiy xizmatda kichigi esa, kollejda o`qir edi. Shundan so`ng, men kechalari butunlay bo`shliqqa va yolg`izlikka mahkum bo`lib qoldim. Uyning har bir burchagi erimni eslatar edi. Shu sababdan o`g`illarimga ham zararim tegmasligi uchun men keying hayotimni sayohatlarda o`tkazishga qaror qildim”20. Bundan ko`rinib turibdiki, o`zi ezilib, yolg`izlikka mahkum bo`lgan ona farzandlarini ham azoblamaslikni, ularning yoshligini zaharlamasligi uchun o`zi xohlab ulardan ma`lum bir muddatga uzoqlashadi. Uning bu ishi no`to`g`ri edi. Chunki aynan shundan keyin uning hayoti butkul o`zgarib ketadi. U har kuni kozinaga borar, u yerda o`yin o`ynamas faqat odamlarni kuzatar edi. Ayolning hayoti ostun – ustun bo`lib ketishiga shu kozino sabab bo`ladi. U o`sha yoshgina yigitni shu yerda uchratadi. O`sha yoshgina kelishgan navqiron yigit uning hayotini barbod qiladi. K.xonim yigitni birinchi bor ko`rganda, o`sha yoshlikdagi tuyg`ulari jo`sh urib ketadi. Uni sevib qoladimi, yoki onalik mehri bilan qarayadi buni o`zi ham anglay olmaydi. Lekin, u yosh yigitcha uning o`g`li bilan tengqur edi. Stefan Svayg asarda har bir so`zni o`rnida qo`llay bilganligi sababli voqealar bir – biriga juda chambarchas ravishda bog`lanib ketganki, unda har bir detalning o`z o`rni bor. Masalan: xonim u yigitni uchratganda, uni yordam berish uchun yoniga borganda osmon bulutli ham sharros yomg`ir quyayotgan edi. Ayol bilan bog`liq hayoti o`sha mudhish kunda ham yomg`irdek qorong`u va sovuq edi. Xususan ayol, o`sha yigirma to`rt soat ichida ayollik ibo va hayosini yo`qotadi, bir kechada yigitning qurboniga aylanadi. Bunga bir tomonda ayolning o`zi sababchi edi. Negaki, u o`sha yigitga zimdan oshiq bo`lib qolgandi. Osha ayanchli kunda ko`zlarini ochganda yonida begona bir yigitchaning bo`lishi ayolni esankiratib qo`yadi. Lekin u nigohlarini osha yigitchaga qaratganida go`yoki, ona o`z farzandiga mehr to`la ko`zlari bilan qaragandek, u ham o`z farzandidek bo`lib ko`rinadi. To`g`ri bu mantiqqa to`g`ri kelmasligi mumkin. Ammo, jahon adabiyotining o`zbek adabiyotidan farqi ham aynan shunda. Ayol o`zidan ancha yosh bo`lgan, farzandi tenggi yigitcha sevib qolishi bu o`zbek mentalitetiga zid sanaladi. Lekin yozuvchi bunda ko`proq ayolning ko`ngli bilan qiziqadi, uning ichki dunyosi, muhabbatini yoritib berishga harakat qiladi.
Romanning keyingi novellasi “Notanish ayol maktubi” deb nomlanadi. Bu asarda ona yoshlikdagi o`z sevgilisiga noma`lum tarzda maktub bitishi va unda butun umrlik hayotini qog`ozga tushirib unga jo`natishi tasvirlanadi. Asarda bir yosh qizcha begona bir qandaydir ayollarga mukkasidan ketgan erkakni sevib qolishi va uni deb butun umrlik hayoti ostun – ustun bo`lib ketishi, undan farzand orttirishi juda ham keng ko`lamda hamda, batafsil, ta`sirli qilib ochib beriladi. Ayol o`z maktubida ham ona, ham bir notanish sirli oshiq bo`lib gavdalanadi. Maktubi farzandining bu dunyodan ko`z yumganidan boshlanadi. Bunda ayolning ruhiy holati hamda, onalik mehri yozuvchi tomonidan juda ta`sirli qilib ochib beriladi. “ Bolam kecha vafot etdi – uch kecha – yu uch kunduz mittigina murg`ak bir jon uchun o`lim bilan olishib chiqdim, qirq soat davomida gripp uning ojiz va qaynoq vujudini istima ichida titratgan mahal men uning to`shagi tepasida o`tirib chiqdim. Yonayotgan peshonasiga malham bosdim, tunu – kun uning mittigina titroq qo`llarini tutib o`tirdim”21 . Asarning bu parchasining o`ziyoq onaning ruhiy ham tashqi qiyofasini qanday ahvolda ekanligini ko`z oldimizda gavdalantiradi. U bolasi uchun uch kun mijja qoqmay chiqishi, yonidan ketmay qo`llaridan tutib o`tirishi haqiqiy va chinakam onalik mehridan dalolatdir. Farzand u uchun muhabbatining mevasi hisoblanadi. Bolasining otasiga maktub yozar ekan, u hatto bolasini tanimasligi, uni bir marotaba bo`lsa ham ko`rmaganligini, farzandi bor ekanligini o`n bir yil churq etmaganini aytib o`tadi. Bu mittigina jon uning jonidan paydo bo`lganini, uning zurriyodi ekanini aytar ekan, onaning qalbi va tashqi qiyofasida qanday o`zgarishlar yuz berganini yozuvchi juda ham mahorta qilib tasvirlab beradi. Ayol farzandining g`arib bir jasadining oldida o`tirib, ko`nglini bo`shatganini bayon qiladi. “ Bir kechada u meni shafqatsizlarcha tashlab ketdi, u safarga ketdi, u ham meni unitdi va endi ortga qaytmaydi”22. Bu parchani o`qigan har bir insonning qalbi jumbushga keladi. Negaki, yozuvchi onaning holati shunday tasvirlaganki, unda na dod faryodlar bor, va yig`i. Shunchaki ajib bir so`zlarki , u oh - vohlardan ko`ra ancha ta`sirliroqdir. Bu novellada aynan ona tomonidan, onaning tilidan yoziladi hamda o`zining boshidan kechirganlari va ona qalbi tasvirlanadi. U o`z farzandi uchun o`z tanasini sotadi. Farzandining kelajagi va uning to`kis yashashi, hech kimdan kam bo`lmay ulg`ashi uchun o`ziga bir jarlik tomon boshlaydigan yo`lni tanlaydi. U bolasining oliy tabadan bo`lishini, zodagonlardek tarbiya ko`rishini xohlaydi. Bu yo`lda shuning uchun ham hech narsadan tab tortmaydi. Bir tomondan olib qaraganda, onaning bu ishi jirkanchlikdek tuyiladi. Ammo buning hammasi farzandi uchun, bolasining yaxshi yashashi, onasiga o`xshab qiyinchilik ko`rmasdan katta bo`lishi uchun qilganligi ozgina bo`lsa odamnning ko`ngli yumshatadi. Asarda ona ham bu ishlarni faqatgina bolasi uchun qilganini, farzandi uchun tanasini pullaganini, lekin bu ishi bilan foxisha emasligini qayta – qayta o`z maktubida yozadi. Ayol uchun or – nomus o`lib bo`lgandi, negaki u osha bir ko`rishdayoq sevib qolgan erkak uchun o`zini qurbon qilgandi. U jismini fido qilgan yagona inson edi. Shuning uchun keyinchalik farzandining boy oilada , to`kin – sochinlikda voyaga yetishi uchun, puldor tanishlarining erkalashlari - yu suyishlari unchalik qiziq mas edi. Ular bilan faqatgina bolasi uchun vaqtini o`tkazardi. Buni bir tomondan jahonda fidokorlik deyish mumkin, ammo o`zbek mentalitetida bunday jasorat qoralanadi. Chunki, o`zbeklar farzandini tarbiyalash, uni hech kimdan kam qilmay o`stirish uchun halol yo`lni tanlaydilar, o`zlari mehnat qilib, bolalarini ulg`aytiradilar. O`zbek asarlarida ham shularni aks etganini ko`rishimiz mumkin. Lekin bu bilan Stefan Svaygni asarini qoralash ham noto`g`ri. U ham o`z zamonasining ijtimoiy hayoti hamda mentalitetini yoritib berishga harakat qilgan. Jahon onalari ham o`z farzandlari uchun har narsaga qodir ekanini isbotlab bera olgan.
Stefan Svayg o`z millatining ayol va onalarini taqdirini, ularning ichki kechinmalaridan tortib, farzandlariga bo`lgan cheksiz muhabbatlarigacha ochiq oshkora ajib bir chizgilar orqali ifoda etib bergan bo`lsa, belarus adabiyotining yorqin namoyondasi Svetlana Alekseyivich ham o`z xalqining ayollarini ruhiyati va jasoratini “Urushning ayoldan yiroq qiyofasi” nomli romanida chuqurroq va kengroq yoritib berishga harakat qilgan.
Avallo belarus adabiyotiga to`xtaladigan bo`lsak, bizning ko`z oldimizga Fransisk Kazimirovich, F. Bogushevich, Yanka Kupala, Yakub Kolas kabi shoir va adiblar gavdalanadi. Boisi, bu kabi belarus adabiyoti vakillari ijodi nafaqat purma`noligi, gumanitar, insonparvarligi , mehr – muhabbatga limmo – lim ekani, tabiat latofatining bundan tashqari, belarus ayollarining xususan, onalarning jasoratlarini kuylashi, o`z davrining ilg`or bo`lganliklari, ularni to bugungi kunga qadar nafaqat belarus adabiyotida, balki jahonning boshqa adabiyotida ham o`chmas iz qoldirgan va ularning asarlari jahon mumtoz adabiyoti durdonalariga aylangan. Jahon adabiyotida o`zining ta`sirli va buyuk asari bilan tanilgan ayol yozuvchi Svetlana Alekseyevichning ham o`rni beqiyos. U ayol kishi bo`lishiga qaramay urush, jang haqida kitoblar yozadi. Butun o`z ko`rgan kechirganlarini qog`ozga tushiradi. Uning “ Urishning ayoldan yiroq qiyofasi” nomli asari 1984 yilda yozilgan bo`lib, u bu asari uchun Nobel mukofatiga sazovor bo`lgan. Negaki, asarning saviyasi, uning ta`sir qilish kuchi juda ham kuchli. Romanni mutolaa qilgan kishi osha davr muhitiga, urushlar girdobiga tushib qoladi. Adiba ushbu asarni yozishdan oldin ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan sobiq ittifoq ayollarining jasoratini insoniyatga ko`rsatib berishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan. Urush davrida front ortidagi ayollar va bolalarga ham oson bo`lmagan. Ayriliq, qayg`u – alam, judolik hech bir xonadonni chetlab o`tmagan. Ular orasida yosh qizlar ham bo`lgani barchaga ma`lum. Yoshlar o`z yaqinlarining tinch – osuda yashashini istaganlari uchun qahramonlarcha halok bo`lishgan. Front ortida ham fashizmga qarshi kurash olib borildi. Qo`lda qurol olib jangga kirmagan bo`lsa – da , jonini jabborga berib, dalada, zavod – fabrikalarda o`zi yemay yedirgan, kechayu - kunduz mehnat qilgan ota – onalarimiz, bobo va buvilarimiz, ayniqsa onalarimizni aslo unitishga haqqimiz yo`q. Shularning hammasini Svetlana Alekseyevich o`z asarida bayon qiladi. Asarda badiiylikdan yiroq bo`lgan voqea – hodisalar, ya`ni urushning jirkanch va sovuq qiyofasi tasvirlanadi. Shoira o`z romanida urushda qatnashgan ayollar bilan suhbatlarini to`plab bir kitobga jamlaydi. Unda har bir ayol va onalarning ayanchli taqdirlari hikoya qilinadi. Bu asarda asosan ayollarning jasorati ularning o`z yurtlari uchun qilgan buyuk fidokorliklari ta`sirli qilib ochib beriladi. Xususan, shoira shunday bir jasoratni qog`ozga tushirar ekan, unda bir onaning o`z yurtoshlari hamda yetmish kishilik xalqini qutqarib qolish uchun o`zing jonidan paydo bo`lgan sevimli va suyukli, endigina bu dunyo yuzini ko`rgan chaqalog`ini qurbon qilishgacha borgan bir onaning holatini shunday tasvirlaydiki, uni mutolaa qilayotgan har qanday inson qalbidan, achinish va qayg`urish, nadomat hislari o`tadi. “ Kimdur bizni sotdi.. Nemis partizanlar qarorgohidan xabardor bo`lishdi. Biz odam oyog`i yetib bormagan changgalzorlarga berkinardik, bizni botqoqliklar qutqarardi. Oramizda radiast ayol bor edi. U yaqinda bola ko`rgan edi. Bola och… Ko`krak so`rib tamshanadi… onaning o`zi och bo`lsa sut qayerdan kelsin? Bola yig`laydi. Jazo otryadi esa shu atrofda. Itlar bilan… eshitib qolsa hammamiz o`lamiz. Butun guruh. Komandir buyruq berdi, ammo bu buyruqni onaga yetkazish vazifasini hech kim bo`yniga olmadi. Biroq onaning o`zi tushundi. Bola o`ralgan choyshabni suvga tushirib, uni uzoq vaqt suvdan olmadi… Bola boshqa yig`lamadi. Bitta ham sas chiqmadi. Biz esa boshimizni ko`tara olmadik. Na onaga, na bir – birimizga qaray oldik”23. Asarning bu parchasidan ma`lumki, ona o`z jigarbandini o`z xalqini qutqarish uchun qurbon qilgani haqiqiy fidokorlikdir. Ona nega bunday qildi, o`z bolasini o`ldirish u uchun shunchalik osonmi? Bunday qilmasa ham bo`lardiku degan savollar asarni birinchi marta o`qiyotgan har bir insonning ko`nglidan kechadi. Ammo, onaning bunday ish tutishiga faqatgina o`sha sovuq ham qahrli urush sababchidir. Agar noming o`chgur urush bo`lmaganida bir ona o`zi qiynalib dunyoga keltirgan dilbandining o`limiga sababchi bo`lmas edi. Onaning bu ishining qisman to`g`ri desak mubolag`a bo`lmaydi. Negaki, dushmanlar yon – atrofda izg`ib yurganda, bolaning yig`isini eshitib, ularni topib so`ng juda ham ayanchli qiynoqlar va azoblar bilan ularni o`limga mahkum qilar edilar. Ona o`zini hamda farzandi, bundan tashqari, butun boshli xalqining dushmanning qo`lida qiyonoqli ayanchli o`lim topishidan ko`ra, farzandining o`limini afzal deb biladi. O`sha birgina go`dakning o`limi bir xalqning odamlarini saqlab qoladi.
Yozuvchi ayol bularni o`z asarida tasvirlar ekan, uning qalbidan nimalar kechganini faqat o`zi biladi. Chunki ayollarning butun ayanchli taqdirlarini hamda o`z farzandlarini o`ldirishgacha borganini ochib berish uchun ulkan jasorat ham metin – iroda kerak. U shularni keragidan ortiq darajada bajara oladi. Osha davrda urushning deb qanchadan – qancha ayola va onalar o`z farzandlarining o`limlariga sabab bo`lganini, ochlik, bir burda nonga zor bo`lib bularga chidolmay o`zini qurbon qilishilarini juda ajoyib chizgilar bilan kitobxonga yetkazib beradi. Bulardan tashqari asarda, Nastya degan ayolning ham ulkan fidokorligi tilga olinadi. Uning beshta farzandi bo`lib, ularning qornini to`ydirishga bir burda non ham topa olmay, radiast ayol qilgan ishni qilib, bolalarining hayotiga zomin bo`ladi. Bolalar ochlikdan non deb zirrillab, ko`zlari esa ovqat deb jovdirab turganda, onaning xo`rligi keladi. Urush sababli, o`z farzandlariga kiyim – kechak hamda oziq – ovqat topib bera olmaganiga ayol o`zini aybdor his qiladi. Shu tufayli u o`z bolalari ham o`zining joniga qasd qiladi. Qizalog`ini suvga cho`ktirib, o`zini esa olma daraxtiga osib o`ldiradi. Aslida ona ham buni xohlamaydi, ammo o`sha davr va muhitning ta`siri sababli shunday yo`l tutishga majbur bo`ladi. Shoira bu asarida urush qatnashchisi Tamara Ulyanova Ladinina bilan suhbatini keltirar ekan, u o`z onasining sovuqqon hamda bag`ritosh bo`lganini yozuvchiga so`zlab beradi. U onasini juda ham qattiqqo`l , farzandlarini hech qachon o`pib erkalamaganini, goh – gohida quvonchli voqea sodir bo`lsa mehr bilan qarab qo`yishini aytar ekan, uning ko`nglidan ajib bir hislar o`tadi. Onamni urushga olib ketayotganlarida u meni bag`riga bosib peshanam va yuz – ko`zimdan o`pdi, ko`zlarimga uzoq termuldi. Onasining bu ishidan qizning yuragi hapqirib ketadi. Chunki u ich – ichidan onasi endi boshqa ko`rmasligini his qilib turardi. Svetlana Aleksiyevich ona o`z mehrini farzandiga ko`rsatishi uchun, uni suyib – erkalashi aynan urush tufayli ekanini achinish bilan bayon qiladi. Negaki, ona o`z bolasi kichlikligidan erkalab, uni suyib o`pishi, bor mehr – muhabbatini unga hadya qilishi lozim. Masalan: o`zbeklarda onalar o`z farzandlariga go`daklik chog`idan allalar aytib, ularni “toychog`im” , “qo`zichog`im” , “nuridiydam”, “ko`zimning nuri” kabi iboralar bilan suyub erkalashlari bizning millatning naqadar bolajon ekanligidan dalolatdir. Lekin, bu asarda esa unday emas. Front ortiga ketayotgan ayol o`z qizi bilan xayrlashar chog`ida uni birinchi marta o`pib, bag`riga bosishi bu o`sha davrning zero, sovuq urushning alomatidir. Ushbu asarda ayollarning ulkan jasoratini, ayrim insonlar sarguzashttalablik desalar xato o`ylaydilar. Urushda qatnashgan ayollarga juda yomon munosabda bo`lishgan, ayblashgan, tahqirlashgan, xo`rlashgan. Hatto o`z bolalarini o`z qo`llari bilan o`ldirishgacha majburlashgan. Bu sarguzashttalablik emas, aksincha bir ayolning haqiqiy va mardonavor jasoratidir. O`zbek adabiyotida ham ayollarning bu kabi fidokorlikalari haqida taniqli adib Alinazar Egamnazarning “Oqlovdan so`ng” nomli kitobidagi “Besh jangchining onasi” ocherkini juda ham iztirob bilan yozilgan. Muallifning ikkinchi jahon urushi davrida yurtdoshlarimiz matonatiga bag`ishlangan ocherkidan katta bir roman o`qigandek bo`lamiz. Mazkur ocherkda Zangiota tumaning Xonobod mahallasida Zulfiya Zokirova degan ayol yashab o`tganligi uning besh o`g`li front ortidan qaytmaganligi tasvirlanadi. Bu asar ham Svetlana Alekseksiyevichning yuqoridagi asariga o`xshab ketadi. Unda ham bunda ham urush tufayli hayoti barbot bo`lgan ayol va onalarning ichki kechinmalari, ruhiy ahvoli yoritilib beriladi.
“Urushning ayoldan yiroq qiyofasi” asarida o`sha millat onalarining mardonavor fazilatlari, farzandlari uchun urushlarda qon kechib yurgan erkakdan ham bardoshliroq ayol qiyofasi tasvirlangan. Unda bir emas, ko`plab onalarning o`z farzandlariga bo`lgan cheksiz mehr – muhabbati ochib beriladi. Xususan, partizan Raisa Grigorevna Xosenevich bilan suhbati haqidagi sahifada shoira o`zining iliq va samimiy fikrlarini ham partizan ayolning boshidan o`tkazganlari juda ham ta`sirchan qilib qog`ozga tushiradi. U ayol boshi bilan urushda qatnashib, bu ham yetmagandek, o`gli va qizini ham dushmanlardan himoya qilish uchun, o`zi bilan birga olib yurgani taqsinga sazovor. O`g`li yosh jihatdan ancha ulg`aygani sababli uni qaynonasiga tashlab, o`zining yoniga faqat to`rt yoshli Ella ismli qizalog`ini olib yozuv mashinasi bilan qo`shni partizanlar hududiga jo`nab ketishi bir onaning faxr bilan aytadigon fidokorligi desak adashmagan bo`lamiz. O`sha paytda urushda erkaklar ham hattoki, qo`llariga birgina qurol olib jang qilib, dushmanlardan zo`rg`a himoyalangan bo`lsa, Raisa esa ham yozuv mashinasi va bolasini ko`tarib yurishi o`nta erkak bajara olmagan ishdir. U jangu - jadallarda yursa ham, yurtda notinchlik bo`lib, turli xil nizolar bo`lsa ham farzandi tashlab qo`ymadi. O`zi qayerga borsa birga olib yurar, qizalog`ini hech kimga ishonmaydi, hattoki, yozuv mashinasida botqoqlikda harakatlanayotganda ham, erkak partizanlar uni qiynalayotganini ko`rib, qo`lidagi farzandini bir muddatga ularga berishini so`rashsa ham ko`nmaydi. Ayol uchun qizi eng muhim va aziz insoni edi. Chunki oilasi uzoqda, o`g`li esa qaynonasi bilan. Shu qizigina unga kuch bag`ishlardi. Shu sababli, qancha qiynalsa ham, uni o`zining bag`ridan bir qadam ham uzoqlashtirmaydi.
Svetlana Alekseyevich shularni o`z asarida bayon qilar ekan, u ham ayol, ona bo`lib turib, ko`nglidan nimalar o`tganini faqat o`zi biladi. Bu asarda har xil ayollar va onalarning turli xil taqdirlari batafsil bayon etilgan. Har bir jangchi ayol o`z bolasini, yoki o`z xalqini asrab qolish uchun qo`lidan kelganini qiladi. To`g`ri, asarda turli xil onalarning ayanchli taqdirlari hikoya qilinadi, ularning birisi xalqi uchun o`z farzandini o`ldirgan bo`lsa, boshqasi bo`lsa, farzandini yer – ko`kka ishonmay o`zi bilan jang maydonlarida olib yurgandir. Vaziyatlar turlicha bo`lishi mumkin, ammo sabab bitta. U ham bo`lsa urushning sovuq qiyofasi. Shu urush tufali ayollar beva, bolalar esa yetim, onalar esa o`z farzandlarining qotili bo`lib qolgan. Shoira bu asari bilan bizni o`sha davr muhiti, o`sha paytdagi onalar va ayollarning buyuk jasoratlari tomon yetaklaydi.
Bu asar voqealar realligi hamda badiiy tili uslubi boshqachali bilan, boshqa jahon adabiyotida yaratilgan asarlardan tubdan farq qiladi. Ha, jahon adabiyotida urush, jang haqida yaratilgan asarlar ko`p. Ammo, ularda ayollar va ularning jasorati madh qilinmaydi. Ko`proq o`sha davr qiyinchiliklari, urush olib kelgan oqibatlari ham bayon etiladi. Bu asarda esa umuman boshqacha, urushda qatnashgan ayollarning o`z tillaridan o`sha mudhish voqealar so`zlab beriladi. Yozuvchi esa, bularni hech qanday o`zgarishlariz qog`ozga tushiradi. Romanda asosan, ayollar ruhiyatiga, ularning ona qiyofasida tasvirlanishiga ko`proq urg`u beriladi. Bu esa asarning saviyasini yana oshiradi.
Yuqoridagi ikki ijodkor ham o`z asarlarida asosan, ayollar va ularning sevgisi, ularning onalik mehr - muhabbati hamda, o`z xalqi uchun qilgan mardonavor jasorati yorqin aks ettirib beradi. Biri erkak yozuvchi bo`lishiga qaramay, ayollar olamiga, ularning ichki dunyosiga kirishga harakat qilsa, ikkinchisi esa, ayol kishi bo`lishiga qaramay urush deb nomlagan sovuq va shafqatsiz jangda ayollarni tasvirlashga urinadi.
Umuman olganda, jahon adabiyotiga nazar tashlaydigan bo`lsak, unda ko`proq realistik ham modernistik ruhda yozilgan asarlar ko`p. Yani qanday bo`lsa shunday qog`ozga tushirish. Unda ayollar o`z turmush o`rtoqlari bo`la turib, boshqa bir begona erkakka ko`ngil qo`yishi, yoki yana boshqa biri, o`zidan ancha kichik bo`lgan farzandi tegqur yigitchani sevib qolishi odatiy holdek go`yo. Shu taraflama mentalitet, urf – odat jihatdan anchagina farq qiladi. Lekin shunday bo`lsa ham, ularda ham ona so`zi ulug`lanadi, uning cheksiz mehr – muhabbati ko`klarga ko`tariladi. Chet elda ota – ona farzandini voyaga yetgan so`ng, mustaqil bo`lishi uchun alohida bo`lishga o`rgatadi. Farzandlar esa vaqti kelsa ota – onalaridan xabar ham olmaydilar. To`g`ri ota – onalarning bu ishlari qisman to`g`ri bo`lishi mumkin, ammo o`zbek millatida esa bu aksincha. Farzandining yoshi qirq yoki, ellikka chiqsa ham bolaginam deb erkalaydi. Lekin guruch kurmaksiz bo`lmagindek, o`zbeklarda ham, qandaydir o`tkinchi tuyg`ularni deb o`z oilasi, farzandini tashlab ketadigon onalar ham uchrab turadi. Buni biz O`tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romanidagi Ra`no obrazi orqali ko`rishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |