Filologiya fakulteti


O`zbek adabiyotshunosligida obraz, xarakter va timsol tushunchalari



Download 378,5 Kb.
bet7/13
Sana02.07.2021
Hajmi378,5 Kb.
#106932
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Diplom ishim Yangi.

1.1 O`zbek adabiyotshunosligida obraz, xarakter va timsol tushunchalari

Yuqorida aytganimizdek san'atning boshqa turlari kabi badiiy adabiyot ham hayot­ni undagi insonlarning ruhiy holati, o'y - fikrlarini aks ettiradi. Hayot hamisha insonlarning tirikchiligi, mehnat faoliyati, kurashi, his - tuyg'ulari, kechinmalaridan iborat. Adabiyotning tasvir mavzuyi, avvalambor, insondir. Inson tasviri yo'q, u ko'zda tutilmagan joyda badiiy adabiyot ham bo'lmaydi. Shunga ko'ra adabiyotshunoslik ilmida markaziy o'rinni egallovchi tushuncha ham obraz, xarakter va timsol tushunchalaridir. Obraz tushunchasiga adabiyotshunos olimlar quyidagicha ta`riflarni beradilar. Xususan, “Obraz termini rus tilidan olingan bo`lib, o`zbekcha tarjimada “aks” degan ma`noni anglatadi. Masalan, kishining oynadagi aksiga nisbatan ham “obraz” deb aytiladi. Biroq so`zning lug`aviy ma`nosi bilan ma`no anglashib qolmaydi. Shunga ko`ra , biz “obraz” deganda adabiyot va san`atning tafakkur shakli bo`lmish badiiy obrazni tushunamiz”7. Bundan ko`rinib turibdiki, obraz inson tafakkurida paydo bo`ladigan tushunchadir. Obraz – timsol tushunchasining keng va tor ma'nolari mavjud. Yozuvchi hayotni badiiy timsollar turli xil detallar va ajib bir chizgilar orqali tasvirlaydi. Shuning uchun ham biror badiiy asarni o'qiganimizda unda aks ettirilgan voqelik ongimizda shu asarda tasvirlangan kishilar­ning obrazlari qiyofasida muhrlanib qoladi. Chunki inson hamisha shular qurshovida bo'ladi. Biroq bularning hammasi inson timsolini yo o'ziga xosligini ko'rsatishga, yoki uning ham boshqalarga o'xshash tomonlari borligini ta'kidlashga, yoxud inson obraziga hissiy ta`sirchanlik bag'ishlashga, yoinki uning biror jihatini to'ldirishga xizmat qiladi. Badiiy asarning maqsadi sifatida ko'pincha  insonning  o'zi turadi. Narsa va hodisalar tasviri o'z - o'zicha mustaqil badiiy qiymatga ega bo'lmaydi, ular insonni yorqinroq ko'rsatish, uning tabiatini teranroq ochish uchun kerak. Lekin inson yolg'iz o'zi mavjud bo'la olmaydi. Qisqasi, yozuvchi ijod jarayonida asaridagi obrazlarni individuallashtiradi, umumlashtiradi. Insonni tasvirlash, avvalo, uning ichki dunyosini, kechinmalarini tasvirlash demakdir. Odam - odamlar orasida, ya'ni jamiyatda yashaydi. Shu jamiyatda ko`karadi, ildiz otadi, uning kelajakda buyuk inson bo`lishiga aynan shu jamiyat poydevor vazifasini o`taydi. Insonning kechinmalari jamiyatga oid turli - tuman masalalar bilan chambarchas aloqador bo'ladi. Shunday ekan, badiiy adabiyot inson kechinmalarini barcha murakkabliklari bilan aks ettirishi kerak. Bu esa ijodkordan yuksak iste'dod va badiiy mahorat talab qiladi. U hayot va odamlarni yaxshi bilishi, insonning holatini, imkoni boricha, haqqoniy, o'z qalbi bilan tuyganday aks ettirishi kerak. Shundagina yaratgan asarlari odamlar qalbiga kuchli ta'sir etib, zavq - shavq uyg'otishi, kishilarni ezgulikka e'tiqod va go'zallik­ka muhabbat ruhida tarbiyalashi mumkin. “Demak, obraz – san`at asaridagi inson tasviri. U atama keng va tor ma`noda qo`llanilishi mumkin. Keng ma`noda qo`llanilganda obraz tushunchasi doirasiga inson tasviridan tashqari, peyzaj, detallar, buyumlar, jismlar, hayvonot dunyosi badiiy tasvir vositalari va hokazolar tushuniladi. Tor ma`noda qo`llanilganda esa, faqat inson hayotining badiiy manzalari anglashiladi”8. Binobarin, obraz bu tasvirlash. Tasvirlashda ham shunday tasvirlashki, o`sha qahramonning ruhiyatini, xarakterini, portretini esda qolarli qilib yoritib bera olishdir. Masalan: Qori Ishkambarning xarakterli aniq qiyofasi, o`ziga xos original qilig`i, tili. “U o`rta bo`yli, qorni katta va sergo`sht bir odam edi, bo`yning yo`g`onligi va yuzining sergo`shtliligi shu daraja ediki, uning gavdasi suv to`ldirilgan meshday tekis ko`rinar edi. Qalin soqoli olinib, kiyimlari yechib tashlansa nortuyaning oshqozoniga o`xshab qolardi”9.

Obraz yaratalish jarayonida badiiy to`qima muhim ahamiyat kasb etadi. U asarni ta`sirchangligini oshirib, badiiy – estetik bo`yoqdorligini oshiradi. “Zotan, butun adabiyot badiiy to`qimalardan iborat, chunki turmush hodisalarini zamon va makon ichida sochilib yotadi”.10 Bu fikrlarga misol qilib O`tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asaridan quyidagi parchani keltirishimiz mumkin. “ Oyi men keldim… eshityapsizmi oyi, men yana keldim… Qabringizni silab qo`ysam orom olasizmi?... Mana oyijon, mana … Yo`q, yo`q, yig`laganim yo`q. Hozir, hozir o`tib ketadi…”11. Balki bu parchani alohida o`qigan kitobxon unchalik hayajonga tushmas. Biroq, “Dunyoning ishlari”ni bir boshdan o`qib , onani qattiq sevib qolgan kitobxon bu satrlarni o`qiganda larzaga tushmay qolmaydi. Shu parchaning o`zigina insonning qalbiga kirib, uning tub – tubida yashiringan hissiyotlarini jumbushga keltiradi.

Demak, obraz yaratish har bir ijodkor ijodida uchraydi. Obraz yaratish uchun yuksak mahorat egasi bo`lmog`i darkor. Bundan tashqari adabiyotshunosligimizda obraz terimini timsol tushunasi ham qo`llaniladi. Ya`nib u ikkala so`z sinonim sifatida ishlatiladi. Lekin biz timsol deganimizda ko`z oldimizda biron bir asardagi bosh yoki epizodik qahramon gavdalanadi. Nafaqat ko`z oldimizda balki u ham obrazga o`xshab, ongimizda paydo bo`lib, tafakkurimizda shakllanadi so`ng ko`z oldimizga keladi. Shuning uchun bu ikkala tushuncha deyarli bir ma`noni anglatadi. To`g`ri, ayrim manbalarda farqlanishi, ularga berilgan izohlar boshqa – boshqa bo`lishi mumkin, lekin tub mohiyati aynan o`sha ma`noni beradi. Obraz va timsol tushunchalarini sinonim tarzida qo`ydik, lekin ularga o`xshab ketadigan, ammo ba`zi jihatlardan farq qiladigan tushuncha bor bu - xarakter.

Akademik I.Sultonning ”Adabiyot nazariyasi” kitobida adabiy asar va xarakter, xarakter tasviri va estetik ideal, xarakter va badiiy to’qima kabi umumnazariy masalalar sho’ro adabiyotshunosligi nuqtai nazaridan yoritilgani holda, xarakterning milliy o’ziga xosligi haqida biror fikr bildirilmaydi. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi tomonidan tayyorlangan II jildlik ”Adabiyot nazariyasi”da xarakterning umuminsoniy, umumfalsafiy jihatiga diqqat qaratiladi. Romantizm estetikasidagi xarakter talqinlariga umumiy ta’rif beriladi. O’zbek adabiyotidagi badiiy xarakter ko’rinishlari, ko’proq ijtimoiy, siyosiy, mafkuraviy prizmalarda o’rganiladi.

Mustaqillik davrida milliy qahramon, milliy xarakter, obraz bilan bog’liq qator tadqiqotlar amalga oshirildi. Ularning aksariyatida, bugungi imkoniyatlarga qaramasdan, ushbu muammolar yetarlicha oydinlashmagan. Filologiya fanlari nomzodi G. Imomova ”Tipik milliy xarakterlar yaratishda badiiy nuqtning roli” mavzuidagi ilmiy izlanishlarida milliy xarakter muammosini ko’proq qahramon, badiiy nutqi va ijtimoiy muhit nuqtai nazaridan o’rganadi. ”Milliy muhit bilan milliy nuqtning o’zaro bog’liqligi o’zaro muvofiqligi haqqoniy badiiy asarning bosh mezoni hisonlanadi”, degan anchayin torroq fikrni o’rtaga tashlaydi. M.Hamidovaning tadqiqotida bevosita milliy qahramon muammosi qo’yilgan. Lekin tadqiqotchi Sh.Xolmirzayev ijodida milliy xarakter talqinini yoritish bilan cheklangan. Bundan tashqari, adabiyotshunos olim U. Normatovning ”O`zbekoyim va uning adabiyotdagi tutgan o`rni” maqolasida A.Qodiriyning ”O`tkan kunlar” romanidagi bosh obrazlardan biri O`zbekoyim haqida batafsil to`xtalgan. U O`zbekoyimning o`zbeklarning onasi ekanligini ta`kidlab uning xarakterini boshqa obrazlariga nisabatan boshqacharoq, yozuvchini uni nimaga aynan shunday tasvirlaganini ochib berishga harakat qilgan. Bu esa, O`zbekoyim obrazining boshqa obrazlarga nisbatan mukammalroq ekanligidan yana bir karra dalolat beradi. Yana shunday maqolalardan biri U. Sultonovaning ”Ona hislatlarining ifodasi” deb nomlanadi. Ushbu maqolada asosan, xalq og`zaki ijodiga nazar tashlanadi va tahlil qilinadi. Bizning xalq og`zaki ijodida yaratilgan dostonlarimizdagi onalar tasviri, ularning ichki ruhiyati, tabiati va hakozolar chuqur tahlil ostida berilib o`tiladi. Yuqorida berib o`tganlarimiz nasr bo`yicha tadqiqot olib borib, o`zining bir necha maqolalarini chiqargan bolsa, L.Sharipova esa nazm ya`ni she`riyat borasida o`zining ilmiy tahlilarini ”S. Zunnova ijodida ona obrazi” nomli maqolasida shoiraning she`rlarini tahlil qilib, undagi ona obrazini yanada chuqurroq va yakdilroq ochib berishga harakat qiladi.

Xarakter asosan, ijtimoiy hayotda insonning atrofdagilarga, o’ziga, narsa va hodisalarga bo’lgan munosabatiga qarab belgilanadi va baholanadi. Qisqa qilib aytganda xarakter tabiatida ijtimoiy – psixologik omillar yetakchilik qiladi.

Inson xarakteri va badiiy adabiyot masalasidagi bizga ma’lum eng salmoqli fikrni Aristotelda uchratamiz. U badiiy xarakter uchun muhim bo’lgan to’rt jihatni alohida ta’kidlaydi:


  1. xarakter yaxshi (ya’ni, ijobiy ) bo’lishi kerak...

  2. xarakter o’ziga xos bo’lishi kerak...

  3. xarakter haqqoniy (hayoliy, real) bo’lishi kerak...

  4. xarakter izchil bo’lishi kerak...”12.

Rus adabiyotshunosi N. Dragomeretskaya ”Badiiy adabiyotda xarakter” nomli tadqiqotida: ”Adabiy xarakterni hayotiy xarakterdan farqlay bilish muhim” deb yozadi. Uning fikricha, badiiy xarakter hayotiy xarakterdan farq qilib, badiiy xarakterda subyektiv omil yetakchilik qiladi. Tadqiqotchi adabiy xarakter muammosini o’rganganda, albatta, yozuvchining estetik ideali, dunyoqarashi va badiiy metodidan kelib chiqishi lozim. Adabiy xarakter tom ma’noda hayotni badiiy aks ettirish usuliga qarab belgilanadi. Hayotni badiiy aks ettirish o’z navbatida hayotiy xarakterdan badiiy xarakter yaratishdir. Natijada, inson shaxsiyati orqali badiiy xarakter yaratishdir. Natijada, inson shaxsiyati orqali badiiy xarakterning tarixiy, umumbashariy, xalqona va milliy qirralari yuzaga keladi.

Demak, badiiy xarakter yozuvchi estetik idealining obrazli ifodasi. Shu bilan birga, unda yozuvchi dunyoqarashi, ijodiy metodining yo’nalishi ham yetakchi mavqe tutadi. Badiiy xarakter hayotiy xarakterning bevosita aksi emas, balki real inson xarakteri bilan yozuvchi subyektiv fikr - o’ylarining uyg’unligidir.




Download 378,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish