Filologiya fakulteti


O`zbek nasrida ona qiyofasining realistik tasviri



Download 378,5 Kb.
bet11/13
Sana02.07.2021
Hajmi378,5 Kb.
#106932
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Diplom ishim Yangi.

2.2 O`zbek nasrida ona qiyofasining realistik tasviri

O`zbek adabiyoti ikkiga nazm hamda nasrga bo`linadi. Bu bo`linish endigina o`ylab topilmagan. Har ikkala yo`nalishda ham mavzularning dozarbligi, ular aynan insonning hayot tarzidan olinganligi, bugungi kundagi ijtimoiy muammolarning yoritilishi asosiy vazifa sanaladi. Biz yuqorida nazm yo`nalishida ona mavzusining yortilishi va uning hech qachon eskirmasligini guvohi bo`ldik. Ona mehri uning jasorati va boshqalardan ajralib turuvchi buyuk va ulkan hislatlari nafaqat, nazmda balki nasrda ham bosh va asosiy mavzulardan biri sanaladi.



Xususan, biz o`zbek adabiyotimizni Abdulla Qodiriy asarlarisiz tasavvur qilolmaymiz. O`zbek romanchiligi deganda, avvalo, ushbu yozuvchi ko`z oldimizda gavdalanadi. Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar” romanini mutolaa qilar ekanmiz, moziyda, “tariximizning eng kirlik, qora kunlari”29da asar qahramonlarining ichki olami, ruhiyati, dunyoqarashi bizni o`yga toldiradi. O`tkan kunlar romanining ma`no- mundarijasi doirasi nihoyatda keng. Unda xilma-xil insoniy taqdirlar, ijtimoiy - siyosiy, ma`naviy – ahloqiy, oilaviy – ishqiy muammolar qalamga olingan. Biroq, ular orasida yurtning, millatning taqdiri, mustaqilligi masalasi alohida ajralib turadi. Binobarin el –yurtning mustaqilligi, birligi romanning pafosini tashkil qiladi desak mubolag`a bo`lmaydi. Asarning bosh qahramonlari Otabek va Yusufbek hojilar shu yurt istiqloli, farovonligi, osoyishtaligi yo`lida hayotini, jonini tikkan fidoyi kishilardir. To`g`ri, u asarda avvalo, ishq - muhabbat, insoning eng nozik parchasi yuragining tub - tubida joylashgan ko`ngil ishi yetakchilik qiladi, ammo bundan tashqari, unda ota-ona orzusi, ularning umidlari, farzandining baxt-u kamolini ko`rish kabi ajoyib bir o`zbekona mentalitet hamda o`zbekona ruh ajib bir chizgilar orqali ochib beriladi. Muhabbat deganda biz eng avvalo, ikki qalb tilida jaranglagan so’zlar, ular qadrlagan sharqona qarashlar, zamona chig’iriqlarida zavol ko’rmagan qadriyatlarning bari hayrat va muhabbatimizni tushunamiz. Va har gal dunyo romanchigidagi o’xshashi bo’lmagan, o’zbek adabiy tilining nafosati va o’ziga xos hidini tuyish imkonini beradigan, eng muhimi, asl o’zbekona qadriyatlarning aks-sadosi bo’lgan “O’tkan kunlar”ning chindan ham Qodiriy yaratgan mo`jiza ekanligiga iqror bo’laveramiz. Roman, tom ma’noda, go’zal xulq, o’zbekona odob va madaniyatning jonboz targ’ibotchisidir. Avvalo, oqil ota va dono farzandlar timsoli Yusufbek hoji va Otabek qiyofasida yaqqol ko’rinadi. Yusufbek hojidagi salobat va tafakkur qudrati, Otabekdagi vijdon va yigitlik haqidagi mustahkam tasavvur Qodiriy qahramonlarining aql-u zakosi, mulohazakorligini ko’rsatadi. Romanda O`zbekoyim obrazi ham nihoyatda tabiiy va go`zal siymolardan biridir. Dumbul tabiat bu ayol o`g`li Otabek, qolaversa kelinlari – Kumush, Zaynab taqdirlarining chigallashib ketishi, ohri fojeaga yuz tutishida bosh sababchi ekani hammaga ayon. O`zbekoyim obrazida “ichki men” kuchliroqdir. Chunki u ota – ona orzusini o`z manfaatlari bilan yonma – yon qo`yadi. O`z “men” ustunlik qilib, farzandining baxtiga zavol bo`ladi. Onalik mehridan ko`ra ko`proq unda mol – davlatga, mansab, shon- shuratga bo`lgan ishtiyoq kuchliroq qiladi. U Otabekning baxtini ham ko`nglini ham o`ylab o`tirmay o`z bilganicha, o`zining xohishiga ko`ra uylantirib qo`yadi. Otabek esa, andisha qilib onasiga bir so`z ham aytolmaydi. Bu esa o`g`lining o`z onasiga nisbatan cheksiz hurmati borligidan dalolatdir. O`zbekoyim o`g`lini baxtli qilaman deb, uning taqdirini chigalashtirib yuboradi va natijada Otabek baxtsiz bo`ladi. U shunday ayol ediki, Qodiriy ham bejizga uni “ O`zbekoyim o`tkirligi bilan mashhur edi, uning o`tkirligi yolg`iz erigagina emas, Toshqand xotinlarig`a ham om edi. O`zg`a xotinlar uning soyasiga salom berib to`ylarida, a`zalarida, qisqasi tiq etgan yig`inlarida to`rini O`zbekoyimg`a atag`an edilar. O`zbekoyim ham uncha- muncha a`zalarga “kavshim ko`chada qolg`an emas” deb bormas edi.” 30 Bularni yozuvchi bejizga keltirmagan. O`zbekoyimning xarakterini shu jumlalar ham yaqqol ochib bera oladi. Uning mol – davlatga, shon – shuhratga haddan tashqari ruju qo`yganini yuqoridagi asardan keltirilgan parchada ko`rishimiz mumkin. U shu oddiy “kovushim yerda qolg`an emas” iborasini ishlatar ekan, uning shu so`zini o`zigina uning kibrli,e`tibortalab ayol ekanini ko`rsatib beradi. Lekin uning bu hislatlarini ayrim jihatlarini keskin qoralash ham noto`g`ri. Negaki, hatto yozuvchining o`zi ham uni qoralashga tili bormaydi. Biroq har qancha gunohkor bo`lmasin, o`ta andishali adib uni keskin qoralashga tili bormaydi. Nima bo`lganda ham O`zbekoyim baribir ona… Ayni paytda rostgo`y, realist yozuvchi onaning pala - partish xatti – harakatlaridan, tabiatidagi ayrim kamchiliklaridan ko`z yumib o`tolmaydi. Bu borada adibga xalqona yumor qo`l keladi. Bu obraz tasviri serjilo- ham kinoya – kesatiqlarga, ham ardoq – mehrga to`la yumor bilan yog`irilgan. O’zbekoyim o’z xohishi bilan Otabekka Zaynabni unashib qaytadi. Otabek bundan bexabar bo’lsa-da, bir dilxiralikni sezib turgandek onasiga indamaydi. Romanning quyidagi parchasida yuqoridagi fikrlarimiz o`z tasdig`ini topadi va shunday deyiladi:

“...Anchagina so’zsiz ulturgandan so’ng hoji muloyimona so’z ochdi:

-O’g’lim, hali san eshitdingmi, yo’qmi, haytovur, biz saning ustingdan bir ish qilib qo’ydiq...

Otabek, ma’lumki, ularning “qilib qo’yg’an yoki qilmoqchi bo’lg’an ishlarini” albatta bilar edi. Shundoq ham bo’lsa bilmaganga solindi:



-Aqllik kishilarning o’g’ullari ustidan qilg’an ishlari albatta noma’qul bo’lmas, -dedi.”31 Farzand javobidagi mantiqiy qudrat va ota-onaga nisbatan tavoze’ shu qadar kuchli ediki, ota bundan qattiq ta’sirlanadi. Hoji O’zbek oyimdagi biroz kaltabinlik nuqsini bilsa-da, aybni boricha unga to’nkab qo’ymaydi, “biz” deb ko’rsatadi. Endi bu og’ir masalani uzil-kesil hal qiladigan qat’iy tamoyil bor. Bu ham bo’lsa, ushbu oila a’zolariga xos bo’lgan lafzga sadoqat tuyg’usidir. Ayni shu parchaning o’zida noyob o’zbekona qadriyatlar – farzandning ota-ona ixtiyoriga keskin qarshi chiqmasligi, ota hurmati, farzand e’zozi, oilaboshining ayoli izzatini oshkora to’kmasligi, ayniqsa, lafzga vafodorlik fazilati mahorat bilan ochib beriladi. Ushbu asar haqida, bu asardagi ayollar xususan, O`zbekoyim portreti va uning ruhiyati, ona obrazi sifatida gavdalanishi haqida adabiyoshunos Umarali Normatov quyidagi fikrlarni bildiradi: “ Oybek Abdulla Qodiriy haqidagi risolasida O`zbekoyim obraziga yuksak baho berib, uni romandagi “eng jonli, realistik chiziqlar bilan ko`rsatilgan shaxs” deb ataydi. Bu ayol, bir arasanggiz chala dumbul, o`jar, basir, “o`z xohishiga teskari kelgan haqiqatni ko`rmaydigan qiziq tabiatga molik” kimsa. Qizig`i shundaki, mana shunday o`jar, basir, chala, dumbul ayolni-mulohazasiz xatti- harakatlari bilan Hojini noqulay ahvolga solib qo`ygan , yakka-yu yagona o`g`lining baxtiga zomin bo`lgan, alomat kelini Kumush, bu yoqda Zaynab turmushining hazon bo`lishiga yo`l ochgan O`zbekoyimni, “qahr-g`azab” bilan fosh etish, qoralash yo`lini tutmaydi, aksincha, uni g`aroyib jumboq sifatida tushunishga intilib alohida mehr, aniqrog`i g`aroyib yumor, iliq bir tabassum bilan qalam tebratadi. E`tibor bersak, g`oyat jiddiy, salobatli siymo Hoji O`zbekoyim bilan muloqotda har doim o`zgacha holatda ko`rinadi, kulgi, hazil-mutoyiba, qisman quvlik yo`lini tutadi, ayni shu usul orqali uning o`jar qalbiga yo`l topishga urinadi. Nima bo`lganda ham O`zbekoyim- baribir ona; tabiatidagi barcha ziddiyatlar, ojiz tomonlariga qaramay, u o`zbekning mag`rur, tanti onasi! Har qancha gunohkor bo`lmasin, o`ta andishali adib uni qoralashga tili bormaydi. Ayni paytda rostgo`y, realist yozuvchi nu o`jar, “chala dumbul tabiatli” ayolning nojo`ya qiliqlari, xatti- harakatlarini batafsil qalamga olish bilan birga, uning qalbi tubidagi bir ajib mehr, muruvvat tuyg`usini, tantilik kabi fazilatlarini ham favqulodda mahorat, teran va nozik ruhshunos sifatida badiiy inkishof etadi. Marg`ilonlik qudalarini kutib olish jarayoni tasviri bu jihatdan noyob badiiy ixtiro! Kuni kecha marg`ilonlik kelinini ham, qudalarini ham ko`rarga ko`zi yo`q ayol bugun ularni alohida ehtirom bilan munosib kutib olishga hozirlanadi, uyining eng to`g`risini ularga ravo ko`radi. Yaqin- yaqinlarcha “andi” deb haqoratlab yurgan marg`ilonlik keliniga ilk bor duch kelganida uning qaddi- bastiga , vujudidan y og`ilib turgan ibo- latofatga mahliyo bo`lib, mehri jo`shib, uni mahkam siqib quchoqlab oldi, yuzidan shap-shap o`pib aylanib o`rgiladi, Kumushga tikilib- tikilibnima uvhundir yig`laydi… Mana shu “noaniq” yig`ida g`aroyib sehr bor, shu xatti-harakatda O`zbekoyimning asl bisoti, o`zi qilib qo`ygan gunohini savqi tabiiy tarzda his etish, anglashi yarq etib ko`zga tashlanadi, go`yo, mana shu ko`z yosh bu ayolning Kumush oldidagi jamiki gunohlarini yuvib ketganday bo`ladi. Shu daqiqadan e`tiboran O`zbekoyim baxtiyor Zaynab qolib, Kumush tomonga o`tadi. Kumush o`limidan keyin Otabek dilini tushunib, uning xohish- irodasiga mutlaqo qarshilik ko`rsatmaydi. Bu obraz boshdan-oyoq ajib serjilo- ham kinoya- kesatiqlarga, ham ardoq, mehr- muruvvatga to`la yumor bilan yo`g`rilgan. Shu serjilo komik tasvir orqali O`zbekoyimning fazilatlarini ham, ojiz tomonlarini ham fojiasini ham- barcha-barchasini ko`rib, his etib turamiz. Ulug` adib qalami sehri tufayli mana shu “ chala-dumbul” ayol millatning timsoli, millatning onasi darajasiga ko`tariladi”.32 Yuqoridagi fikrlar o`rinli hisoblanadi. Chunki chin ma`noda O`zbekoyim o`z farzandi uchun hamma ishni qiladi. Yozuvchi o`zbekning onasi deb bejizga aytmaydi. Negaki, u ayol xarakterida boshqaruvchanlik qobiliyati ham bor. Buni biz o`z o`g`liga so`zini o`tkazib , xotin ustiga xotin olib berganidan hatto, o`z turmush o`rtog`i Yusufbek hojining har bir so`ziga ta`sirini o`tkazib, har savolga hozirjavobligidan ko`rishimiz mumkin. Lekin bu asarni o`qiyotgan har bir insonda u xoh katta bo`lsin, xoh kichik bir qancha savollar tug`iladi. Zero, bulardan o`g`lini qayta uylantirish ishini nima uchun qildi? Nega farzandining baxtini qabul qilmay, ko`nglini anglolmadi? Axir ona ediku!? Ushbu savollar har bir insonning ko`nglidan o`tadigon jumboqli ammo, yechimi va xulosasi esa har bir kishining o`ziga qoldirilgan masala hisoblanadi. Shunday bo`lsa- da asarni bir yoki bir necha marta mutolaa qilib unga huddi tanqidchi yoki adabiyoshunos sifatida nazar solsak, bu savollarning javobini qisman bo`lsa ham topa olamiz. U nima qilgan bo`lsa ham faqat shu dilbandining baxti, porloq kelajagi tufayli shu ishlarni qildi. Garchi ishi noma`qul ish bo`lsa – da u ish O`zbekoyim uchun tog`ridek tuyilgandir Asarda Otabek bosh obraz hisoblanadi. U otameros bo’lgan bosiqliq, suhbat odobi, oz va ma’nili so’zlash, faqat muhim gap uchun og’iz ochish hislatlari ham o’g’il-qizlar tarbiyasi uchun har qachon ibrat olishga arziydi. Kumush – sharqona va orzudagi obraz. Ta’kidlash kerakki, Qodiriy Kumushni behad erkalatadi. Uni so’zlatishda, unga qaratilgan munosabatlarda nihoyatda latiflik ko’rsatadi. Aslida Kumush portreti, undagi xarakter va go’zal axloq bunga loyiqdir. O’z to’yini g’amnok chehra bilan o’tkazgan Kumush jufti haloli Otabek ekanligini ko’rib, cheksiz hayrat va quvonch tuyadi, biroq, hayajonini nafosatga o’rab, “Siz o’shami?... Kutilmagan baxt” deya oladi, xolos. Sharqona iboning Kumush tilidagi jarangi bu. Aslida ikki dilning birlashishi ham shunchaki tasodif emas, ilohiy bog’lanish edi. Qolaversa, g’arblashgan olam “oshiq - ma’shuqa”larining hech qanday chegara va axloq me’yorlarini pisand etmas munosabatlari bilan Otabek va Kumushning andisha va oriyat suvini ichgan mehrli qarashlarini qiyoslasak, asarning tarbiyaviy kuchini teranroq anglaymiz. Asar voqealarining keyingi bayonlarida Kumush o’z baxtining fojiasi bo’lgan Otabekning ikkinchi uylanishi haqida eshitib ham dod-faryod qilmaydi, axloq chegarasida turadi. Uning “Meni unutmaysizmi?”33 degan munis so’zi Otabekni nafis qalb sohibasiga yanada qattiqroq bog’laydi. O’zbekoyim Toshkentga kelgan marg’ilonlik keliniga “senlab” murojaat qiladi, ozg’inligini esa injiqlik yoki fe’li torlikka emas fikrchanlikka yo’yadi. Bu o’zbek onasining o’z farzandiga qilgan samimiy muomalasi kabidir.

Yuqoridagi misollar romanda haqiqiy o’zbek xonadoni, hayoti va turmushidagi o’ziga xos an’analar, oilaviy munosabatlar va qarashlarning aslicha namoyon qilinganini ko’rsatadi. Yusufbek hoji, Qutidor, Otabek, Kumush, Hasanali, Usta Alim singari qahramonlar timsolida insoniylik, yuksak axloq-odob, tarbiya omillarini ko’kka ko’taradi, Musulmonqul, Homid, Jannat, Sodiq kabilardagi fisqu fasod, iymonsizlik, badkirdorlik singari illatlarga nafrat tuyg’usini uyg’otadi. “O’tkan kunlar”ni o’qish asnosida, shubhasiz, unda yashaysiz, Otabek va Kumush bilan birga dard chekasiz, quvonasiz, ularning taqdiriga o’z taqdiringizni tutash bilasiz. Qolaversa, asar tilining ta’sirchanligi, qahramonlar so’zlashuvidagi joziba va tarbiyaviylik qudrati romanni qayta - qayta mutolaa qilishga chorlaydi. Shubhasiz, “O’tkan kunlar” adabiy yodgorlik maqomidagi yuksak badiiy obida, uning har bir so’zi ruhiyatimizni yoritadigan va asrab-avaylanadigan inju kabidir.



O’tkan asrning 60-yillari uchun ham adabiyotda milliy xarakterlar yaratish an’anasi favqulodda voqea edi yoinki milliy badiiy tafakkurdagi burilish edi. Shu nuqtai nazardan o’sha davr o’zbek she’riyatida Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Rauf Parfi nomlari bilan bog’liq yuz bergan yangilanishga qisman olinsa, nasrimizdagi yangilanishi jarayonlari O’lmas Umarbekov, Shukur Xolmirzayev, O’tkir Hoshimov, Abdulla Qodiriy, Oybek nomlari bilan bog’liqdir. Muhimi, o’sha o’ttiz - qirq yil burungi tarixiy evrilishlar mualliflari adabiyotimizning ko’rkiga ko’rk bo’lib qo’shilgan ko’plab asarlar yaratdilar. “Ikki eshik orasi”, “Tushda kechgan umrlar”, “Dunyoning ishlari”, “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” asarlari O’tkir Hoshimovning epik ko’lamdagi salmoqli namunalariga aylandi. “Dunyoning ishlari”da o’zbekning mushtipar, mushfiq va jafokash Onasiga tirik haykal qo’yildi. Uning biror novellasi sahnasini befarq o’qib bo’lmaydi. Har bir inson ushbu asar mutolasiga kirishdi deguncha o’z bolaligi, go’daklik xotirasiga muhrlangan volidasini eslaydi. Bu eslash har qanday bag’ri tosh odamning ham ko’nglini halimlashtiradi, uni ezgu tuyg’ular girdobiga tortadi. Asarning ikkinchi e’tiborli jihati shundaki, yozuvchi odamlarni Onaga bo’lgan munosabatidan kelib chiqib kimligini qanday insonligini ko’rsatadi. Qissaning uchinchi yo’nalishini asar qahramoni “Men”idagi evolyutsiya tashkil etadi. Bu “Men” dunyoni asosan ona timsoli orqali idrok etib ulg’ayadi, neki voqea-hodisa bo’lsa ona konteksida qabul qiladi va shu konteksdan kelib chiqib ularning bahosini beradi. Do’st xiyonatiga uchragan qa hramonning iztirobga tushganini eslaylik. Vaziyat shu qadar og’irki, azbaroyi osmondagi oy ham xoindek, uning nurlari xiradek, yulduzlar xoinlarcha ko’z qisayotgandek, shamol xoinona qiqirlayotgandek tuyuladi. Bir so’z bilan aytganda, qahramon uchun dunyo zimiston uning nazarida bu yorug’ olamda yaxshilik yo yoqimli narsaning o’zi qolmagan. Mana shunday depressiv holatdan uni faqat ona faqat onadagi bag’rikenglik, kechirimlilik xalos etishi mumkin. Onadagi kechirimlilik, bag’rikenglik o’g’ilning mushkulini osonlashtiradi. “Dunyoning ishlari”da kashf qilingan Ona obrazi O’tkir Hoshimovning keyingi asarlarida ham boshqa zamon va boshqa makonlarda o’quvchining ko’z o’ngida gavdalanadi. Chunonchi, “Tushda kechgan umrlar”dagi Qurbonoy xola ko’p jihatdan qissadagi Ona obrazini mantiqan davom ettiradi. “Urushning so’nggi qurboni” hikoyasidagi Umri onaning mushfiqligi, hokisorligi ham bu ikki asardagi onadagi fazilatlarda deyarli farq qilmaydi. Turli asarlardagi turli obrazlarga bunday yondashuv to’g’ri yo noto’g’riligini butkul boshqa masalan, lekin bu o’rinda gap boshqa yoqda. “Dunyoning ishlari”da Onaning quyma obrazini yaratishga muvaffaq bo’lgan muallif endi boshqacha onani tasavvuriga sig’dirolmasligi aniq edi, binobarin basharti u onani boshqacha tasvirlasa go’yo o’sha Onaga xiyonat qilayotgandek ona timsoliga putur yetkazib qo’yayotgandek ahvolga tushardi. U adib O’tkir Hoshimovning onasi, o’zbekning onasi edi. Ona obrazini yaratishda bosqichma - bosqich bosib o’tilgan “Dunyoning ishlari” qissasi, ”Urushning so’nggi qurboni” hikoyalari, yirik polotnodan tashkil topgan “Ikki eshik orasi” romanidagi qator onalar obrazi va ularning milliy xarakterini yaratishdagi lirik ifoda va epik ko’lam uyg’unligining yetakchi uslubiy yo’nalish tariqasida shakllanganini ko’ramiz. “Odam ovozi” hikoyasida ona qiyofasi asosiy planga chiqadi. Matbuotda jiddiy bahs-munozaralarga sabab bo’lgan bu asar bir qarashda, sotsialistik realizm metodiga tayanib yozilgandek taassurot qoldirsada, unda hukmron mafkura qoliplariga to’g’ri kelmaydigan jihatlar oz emas. Adabiyotshunos olima M. Sultonova yozadi: “Mastura xolaning yolg’iz qolishga faqat o’zi aybdor. Axir Yevropa adabiyotida yolg’izlik fojiasi katta sotsial fojia sifatida talqin qilinayotgan bir pallada bizda yolg’izlik tushunchasining nisbiy ekanligi, bunday fojialar chiqib kelishi mumkin emasligini qattiqroq ta’kidlash ham mumkin edi”. Olima fikrlarida ijtimoiy davr ta’siridagi mafkuraviy talab yaqqol ko’zga tashlanib turibdi. Chunki sovetlar jamiyatida “ inson o’zini mutlaqo yolg’iz his etmaydi! Chunki sovetlar jamiyati kollektiv jamiyat” – degan idea hukmron edi. 1972-yilda yaratilgan “Urushning so’nggi qurboni” hikoyasi lirik ifoda va epik ko’lam mushtarakligini yorqin aks ettiradi. Hikoya ikkinchi jahon urushining insoniyat taqdiriga, jumladan, millat psixologiyasiga ko’rsatgan ta’sirini aks ettiradi. Asosiy qahramon – Umri xola va uning ikki o’g’li. Kattasi – Shoikrom o’z oilasi bilan alohida yashaydi. Kichik o’g’li Shone’mat dardga chalingan. Tabib unga qo’y suti buyurgan, lekin Ona o’z farzandiga sut olib berishga qodir emas. Asar davomida kuzatiladigan tushkun kayfiyat ustuvorligi alamzada o’g’ilning qarori yordamida fojiaviy nuqtaga ko’tariladi. Shu o’rinda Umri xola va Shoikrom xatti-harakatlaridagi o’xshashlik kitobxonni ajablantirmaydi. Ona o’g’rilik qilish katta gunoh ekanini o’ylab ko’rmaganidek, farzand ham birovning joniga qasd qilish salbiy illat ekanini tushunishni istamaydi. Lekin ona baribir ona. U ko`z o`ngida so`lib borayotgan farzandi uchun hatto o`g`rilik ham qiladi. Bu bir tomondan jinoyat bo`lsa, bir tomondan ona mehri va ona jasoratidir. Ammo, asosiy aybdor – urush va uning salbiy asoratlaridir. Shu tarzda ijodkorning urush va uning oqibatlariga ruhiy munosabati shakllandi. Muallif asar to’qimalariga yoyilib ketgan fojiaviy ruhni yuqori bosimda tutib turadi. Ayniqsa, Ona qiyofasini shakllantirishda yozuvchi lirizm oqimini bir qadar kuchaytiradi. Yozuvchining hikoyalaridan keyingi qissalari, romanlar unga shuhrat keltirdi. Sekin-asta uning aksar asarlarida Ona obraziga jiddiy ravishda qancha hajm ajratilishi emas, hajmdan qat’iy nazar asardan asarga Ona obrazining mohiyatidagi salmoq chuqurlashib, teranlashib borayotganida, bu obrazga adibning turli yo`nalishlar orqali yondashayotganida edi. O’tkir Hoshimov ijodida “Dunyoning ishlari” qissasi adibning ona obrazini yaratishdagi kulminatsion nuqtai bo’ldi, deyish mumkin. Zero, mazkur qissa o’zbek kitobxonlari va adabiyotshunoslarigina emas, xorij kitobshinavandalari qalbini ham zabt etdi. Ustoz adib Said Ahmad “Ijod va jasorat”34 maqolasida qissa haqida shunday e’tirof etdi: “Dunyoning ishlari” asarini qissa emas, doston deb atashni istardim. U qo’shiqday o’qiladi. Uni o’qib turib, o’z onalarimizni o’ylab ketamiz. Shu mushfiq, shu jafokash onalarmiz oldidagi bir umr uzib bo’lmas qarzlarimizning aqalli bittasini uza oldikmi, degan bir andisha, bir savol ko’z oldimizda ko’ndalang turib oladi”. Adabiyotshunos A.Rasulov shunday deb yozadi: “Dunyoning ishlari” poetikasining alohida sinchkovlik bilan o’rganish zarur. Asarda yozuvchi mahorati, topqirligi, qissa janri tabiatiga kiritgan yangiligi, eng kichik personaj mohiyatini ham bir turtki, bir imo, harakat bilan ochib yuborganligi aniq ko’rinadi. Bir qarasangiz, “Dunyoning ishlari” sentimental asar emas. Mazkur qissaning ijobiy, gumanizm targ’ibotchisi sifatida xislat va fazilatlari haqida taqriz va maqolalar e’lon qilishdi. Qissa kompozitsiyasiga e’tibor bersak, asar muallif ta’kidlaganidek, hajm jihatdan xilma - xil, katta, kichik, o’rtacha muqaddimasida shunday deydi: “Bu qissa katta – kichik novellalardan iborat. Biroq ularning barchasida men uchun aziz odam – Onam siymosi bor. Bundagi odamlarning hammasini o’z ko’zim bilan ko’rganman. Faqat ba’zilarining ismi o’zgardi, xolos. Bu odamlarning qismati ham qaysidir jihati bilan Onamga bog’langan”35. Demak, bu qissa yaratilish uslubi jihatidan Abdulla Qahhorning “O’tmishdan ertaklar”, Nazir Safarovning “Navro’z” avtobiografik xarakterdagi asarlariga o’xshab ketadi. Qissada adibning onasi Poshsho xola obraziga hayotiy asos bo’lib, uning atrofiga chamasi 20 ga yaqin onalar obrazi bog’lanadi. Lekin barcha voqealar va onalar siymosi Poshsho xola obrazi bilan bir nuqtada kesishadi. “Dunyoning ishlari” qissasidagi bosh qahramon Ona xarakteri turadi. Fikrimizni dalillash maqsadida asarga murojaat qilamiz. Qissadagi hikoyalar davomida muallif qahramon tarzida o’zini o’zi koyiydi. Ona qadriga yetmaganlikda, uning mehribonliklarini tushunmaganlikda, farzandlik burchni yaxshi ado etolmaganlikda ayblaydi. Bu iztiroblar, ayniqsa, “Xiyonat” hikoyasida yaqqol ko’zga tashlanadi. Yozuvchi bu hikoyada muallif nutqini, uning ruhiy holatini tabiat bilan qiyoslashtirib beradi. “Xiyonat” hikoyasida O’tkir Hoshimov o’zining bolalikda, o’quvchilikda, talabalikda boshidan kechirgan sarguzashtlarini ta’sirli qilib ifoda etadi. “Student edim, farishtadek pokiza qizni sevardim. Bizning o’z skameykamiz, ”o’z” anhorimiz bo’lardi”, - deydi muallif (farzand – G. Keyin qiz undan o’zini olib qochadigan, ko’zlarini yashiradigan bo’ldi. Yigit hamma sirlarini eng yaqin o’rtog’i, do’stiga aytadi. Do’sti esa indamay yuravering, bir kuni o’zi bosh egib keladi deydi. “Do’stim to’g’ri aytardi, - deydi yana muallif (farzand), men endi oqshom sayllari o’rniga qiroatxonada o’tiradigan bo’ldim”. “Iliq yoz oqshomi edi. Osmonda to’lin oy pokiza nur sochar, yulduzlar xushchaqchaq porlar, bog’ ustida shabada shodon shivirlar edi. Suv bo’yidagi o’zimizning skameykaga yaqin keldim. Keldim-u juda tanish, juda jarangdor kulgini eshitib, taqqa to’xtadim... Xuddi o’sha joyda yaqindagina men bilan o’tirgan skameykada o’sha qiz o’tirardi. Mening o’rnimda esa... do’stim o’tirar. Qizning yelkasidan quchib, ko’ksiga tortar, qiz esa undan o’zini olib qochgandek bo’lar, mening bag’rimda qanday kulgan bo’lsa, uning quchog’ida ham shunday g’amza bilan kular edi...”36 Endi muallif (farzand)ning bir yo’la ham muhabbatidan, ham do’stidan ayrilib turgan ruhiy holati, qalb iztirobi: ”Eshikdan ”Assalomu alaykum!” deb kirgan do’stimni, bilmayman, sakrab turib basharasiga musht tushirdimmi yo ustimga egilganida urib yubordimmi... Shunisi esimdaki, u so’lagi sachrab ketgan labini artib qandaydir, g’ayritabiiy, behayo iljaygancha harom nurini sochar, xiyonatkor yulduzlar xoinlarcha ko’z qisishar, xiyonatkor shamol xoinona qiqir-qiqir kular edi” (O`sha asar.29-30-bet). Ma’lumki, yozuvchilarimiz go’zal qizlarni, nafis narsalarni oyga, yulduzga o’xshatib kuylaganlar. Qissada shunday mulohazalar bor: “Ehtimol, dunyoning bu chetida turib bir odam o’z sevgilisiga aytgan dil rozini dunyoning narigi chekkasidagi boshqa bir odam tushunmas. Ehtimol, dunyoning bu chetida turib bir odam aytgan qo’shiqni dunyoning narigi chekkasidagi boshqa bir odam tushunmas. Ehtimol, dunyoning bu chekkasida turib bir odam aytgan oqilona fikrni dunyoning narigi chekkasidagi boshqa bir odam tushunmas. Biroq dunyoning bu chekkasida turib Ona aytgan allaga dunyoning narigi chekkasidagi go’dak bemalol orom oladi”37. Ona allasining sirli-sehrli kuchini muallif avvalo Alloh so’zi – Qur’oni Karim oyatlari tilovati sadosi bilan qiyos qiladi. Qabristondagi hujra tomonidan tilovat sadosi eshitiladi, xuddi shu payt hovli tomondan ona allasi yangraydi: “Rabbano – o – o , rabbano – o – o ...” ”Allayo, alla...” Hikoyachi ajib bir holatga tushadi ”Bir tomonda tilovat sadosi, bir tomonda alla... Ajab, ular bir-biriga halaqit bermas, bir-birini rad etmas”38. Orada qandaydir sirli mushtaraklik mavjud. Qissa muallifi onasidan alla eshitgan daqiqalardagi holatini eslab ketadi, Ona aytgan satrlar oddiy qo’shiq emas, uning ovozidan qandaydir boshqa narsa, mungmi, iltijomi, tinglovchi qalbini asir etadigan ilohiy sehr borligini uqtiradi. “Keyin katta bo’lganimda ham qayerda alla eshitsam, yuragim shirin orziqish bilan talpinib ketar, nega bunaqa bo’layotganini o’zim bilmas edim” deb yozadi. Yozuvchi dunyoning ikki chekkasida o’zi guvoh bo’lgan ikki hodisani – safar chog’i qirg’iz o’tovida qirg’iz ayol aytgan alla va olis Kislovodskda sibirlik juvondan alla eshitgan chog’dagi g’aroyib holati – yurakdagi shirin orziqish tuyg’ularini to’kib soladi. Qirg’iz va rus ayollarining o’z ona tillarida aytgan dil rozlari muallif qalbini onasidan eshitgan alla kabi tug’yonga soladi, allalaydi. Shu tariqa yozuvchi voqea-hodisalarni shunchaki hikoya qilib bermaydi, hodisa bilan bog’liq tuyg’ularning ajib sehrini, nafosatini kitobxon qalbiga olib kirishga muvaffaq bo’ladi. Qissaning deyarli barcha boblari ayni shu ruhda bitilgan. Milliy to’y, aza marosimi bilan bog’liq tasvirlar “Dunyoning ishlari”, “Ikki eshik orasi”, “Tushda kechgan umrlar” va h.k. asarlarida batafsil uchraydi. “Ikki eshik orasi” asarida to’y marosimi bilan bog’liq tafsilotlarga va ona obraziga keng o’rin ajratilgan. Asrlar davomida shakllangan mi lliy an’ana uch qahramon tomonidan izohlanadi.

“Ikki eshik orasi”da millat turmush tarzini uch tarixiy o’lchamda gavdalantiradi. Bu vaziyat bir tomondan, o’sish-o’zgarishlar hajmini to’liq tasavvurga sig’dirish imkonini bersa, ikkinchi tomondan, individual badiiy uslubni aniqlashtirishga yordamlashadi. Ayni chog’da muallif biografik chizgilarni ikkita mantiqiy joylashuvda beradi. Asarda fojiaviy Onalar obrazidan biri, shubhasiz, Bashoratdir. “Dunyoning ishlari” va “Ikki eshik orasi” asarlarida erkakshoda ayollarning bir nechtasi ishtirok etadi. Jumladan, Zebi, Bashorat, Parcha obrazlari bo’lib, ular ko’p jihatdan bir- biriga o’xshash. Adib ijtimoiy davr talabi tufayli erkak singari ishlashga majbur bo’lgan fojiaviy ayollar qismatini ochadi. Zebi, Bashorat, Robiya, Zuhralar traktor minib, kechani kecha, kunduzni kunduz demay dalalarda tinim bilmaydi. Nozik yelkalarga ulkan mas’uliyat oladi, natijada Bashorat shaxsiy hayotida juda ko’p yo’qotishlar qiladi. Fojiaviy taqdirlar Bashorat shaxsiy hayotida juda ko’p yo’qotishlar qiladi. Fojiaviy taqdirlar roman sahifalari bo’ylab kengayib, bo’rtib boradi.



“Ikki eshik orasi” romani keng planli, keng tarmoqli, ko’povozli polifonik asar hisoblanadi. Ona avvalo yaratuvchanligi bilan ulug’lanadi, sharaflanadi. Zero, adibning o’zi “Ayol” nomli publisistik maqolasida Onaning yaratuvchanlik qobiliyatini kurrai zaminga qiyoslab yozgan fikrlari bilan buni dalillaydi: Ona mehrini to’sadigan qudrati mana shundadir. Ehtimol, ona yurt, ona tili, ona vatan degan iboralar mana shundan kelib chiqqandir. Ehtimol, ona –yer degan ibora shundan kelib chiqqandir. Shuning uchun ham men er kurrasini ayolga o’xshataman”39. Shu ma’noda, O`.Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romanini onalar jasorati haqida yozilgan betakror asar deyish mumkin. Albatta, bu baho romanning bitta qirrasi haqida aytilmoqda. “Ikki eshik orasi” romanida, hatto, eng kichik epizodik tasvirlarda ham onaning farzandiga bo’lgan cheksiz mehri va muhabbati yuqori pardalarda kuylanadi va ta’sirchan hikoya etiladi. Adabiyotshunos B.Sarimsoqov: “Shartlilik badiiylikning mezoni sifatida asardagi bosh g’oyani to’laqonli ifodalashga xizmat qiladi. Haqiqiy badiiy asar ko’p g’oyali bo’ladi. Asardagi barcha g’oyalar, barcha unsurlar ana shu bosh g’oya atrofida markazlashib, uni yorqin va to’laqonli ifodalanishiga xizmat qiladilar” – deydi40. Olim e’tirof etganidek, “Ikki eshik orasi” romanida ham bosh g’oya urushdan jabrlangan o’zbekning, uch avlodning fojiaviy qismatini keng planda ochib berishdir. Ammo asardagi juda ko’plab taqdirlar, maishiy lavhalar, psixologik tasvirlar, qistirma hikoyalar, epizodik obrazlar barcha-barchasi bosh g’oya atrofida birlashib, jipslashgan. Jumladan, asira ayol hikoyasi ham ana shunday badiiy maqsad yo’lida kiritilgan. Qora amma obrazi bilan g’amboda Ona haykali, Qora amma bilan noma’lum soldat monumental haykalining kiritilishi ham asardagi bosh g’oyaga juda uyqash keladi. Binobarin: “General haykallardan uzoqlarga ma’yus termilib o’tirgan Ona paydo bo’ldi. U katta-katta, sertomir qo’llarini tizzasiga qo’yib, boshini quyi solib o’tirar, ko’zlarida cheksiz mung... umid bor edi. Negadir vujudim seskanib ketdi. Axir bu....ammam-ku. Qora ammamning o’zi-ku! No’g’ayqo’rg’onga, uyiga borganda xuddi shu alpozda o’tirganini ko`rganman”41. Mazkur parcha ikkinchi kurs talabasi Muzaffar tilidan hikoya etiladi. Motamsaro Ona haykali aslida, ramziy ma’noda o’zbek Onalarining timsoli. Asar qahramoni Muzaffar g’amboda Ona haykali bilan Qora amma o’rtasidagi o’xshashliklarni juda nozik hissiyot bilan ilg’aydi. Boshini quyi solib, sertomir qo’llarini tizzasiga qo’yib, ko’zlariga mung bilan uzoqlarga tikilib o’tirgan Ona haykali aslida Qora amma taqdiriga ramziy ishora beradi. Qora amma o’g’li Kimsanni urush tugaganiga yigirma yildan oshib ketsa ham kutaveradi. Zero, farzandi dog’ida kutaverib ado bo’lgan onaning ruhiy holatini shu bir kichik parchada ham kuzatishimiz mumkin: “- Bola-m! – Qulog`imning tagida yangragan faryoddan seskanim ketdim. – Onasining go’riga tushgan bola-a-am! – Ammam dadamning qo’lidan yulqinib chiqdi-yu, kalovlanib, yigit haykaliga talpindi. Yugurib borib haykalni quchoqladi. – Onasini dog’da qoldirib ketgan Kimsani-i-im! Jon bolam. Jonim bolam! – U haykalning kaskali boshidan quchoqlab o’pa boshladi. Ro`moli sirg’alib tushib, haykalning avtomatiga ilinib qoldi. Oppoq sochlari to`zg’ib ketdi”42. Unda qatnashayotgan personajlar esa qalamga olingan davr, muhit va joyning aniq vakili sifatida namoyon bo’ladi. Bu badiiylikning muhim shartlaridan biri bo’lib, hayotiylik va xalqchillik fazilatlarini ta’minlashga yordam beradi. Badiiy asarda zamon va makon kategoriyasi yozuvchi dunyoqarashi hamda adabiy tafakkuri darajasi bilan chambarchas bog’liq holda namoyon bo’ladi. Adib o`zi qalamiga olayotgan davr hamda hudud to’g’risida yetarli ma’lumotga, tugal xulosaga ega bo’lishi kerak. Romanning muhim ijtimoiy, umuminsoniy, zamonaviy qimmati ham ana shunda yozuvchi uzoq davrlik voqealarni, ko’plab insoniy taqdirlarni bosh qahramonning bir necha soatlik kechinmalari ichiga jo etadi. Shunisi xarakterliki, muallif voqealarga bevosita aralashmaydi, muxtasargina so’z boshidan keyin u bevosita ko’rinmaydi, so’z, ixtiyor butunasiga qahramonlarning o’zlariga beriladi. Qahramonlar esa o’z boshlaridan o’tganlarini o’zlari so’zlashga kirishadilar. Shu paytga qadar bizda asar voqealarini qahramon tilidan hikoya usuli bor edi. Bunda voqea ko’proq bir, goho ikki personaj tili, nigohi orqali berilar, ba’zan bir necha personaj boshidan o’tganlarini hikoya qilib berar edi. Bir emas, bir necha personajlar tilidan hikoya qilingan asarlarda har bir personaj sarguzashti ko’pincha mustaqil, tugal hikoya yoki qissa shaklini olar edi. “Ikki eshik orasi”da esa o’zgacha manzaraga duch kelamiz. Bir – ikki epizodni mustasno qilganda unda alohida mustaqil, tugal sarguzasht yo’q; asarda bir necha sarguzashtlar yondosh holda biri-biri bilan tutashgan, chirmashgan holda berilgan. O’nga yaqin har xil tabiatli, har xil yoshdagi personaj, buning ustida ular umr pog’onasining turli bosqichlarida turib sarguzashtlarini hikoya qiladilar. Ko’p o’rinda bir hodisa ikki yoki bir necha personaj nuqtai nazaridan hikoya qilinadi, baholanadi. Masalan, Ra’noning xiyonati ham uning o’zi, ham uni shu yo’lga boshlagan Umar zakunchi, ham Robiya tili, nuqtai nazaridan beriladi; bir hodisa uch shaxs nigohida uch xil talqin etiladi... Bu hol asarga o’ziga xos polifonik xususiyat, serjilo ma’no baxsh etadi, asar dramatizmini kuchaytiradi, o’quvchida hodisaga nisbatan qiziqishni oshiradi. Asarda Ra`no qora amma va Robiya obrazlariga nisbatan qarama – qarshi xarakterda ifodalanadi. Ya`ni qora amma va Robiya o`sha davrning qiyinchiliklariga sabr hamda ulkan matonat bilan bardosh bera oladigan ayol qiyofasida tasvirlanadi. Yozuvchi bu ikkala obrazni shunday mahorat bilan tasvirlaydiki, ularning birisi o`g`lining o`lganiga ishonmay, butun umr uning yo`liga intizor bo`lib kutgan mushtipar ona bo`lsa, ikkinchisi esa yosh bo`la turib birovning farzandiga onalik qilib, mehr – muhabbatini ayamay butun umrini unga bag`shida qilgan, beg`ubor o`zining orzularidan voz kecha olgan matonali qiz. Ra`no obraziga to`htaladigan bo`lsak, u yuqorida aytganimizdek yengiltabiat, vafosiz o`zbek ayoliga xos bo`lmagan o`zgacha bir xarakter orqali ochib beriladi. U o`z turmush o`rtogini urushdan qaytishini kutmaydi va xiyonat ko`chasiga qadam qo`yadi, uning bu qilayotgan xatti – harakatlari farzandining kelajakdagi taqdiri uchun qora dog` bo`lib qolishini u hatto o`ylab ham ko`rmaydi. Ra`no va Robiya obrazlari bir- biridan tubdan farq qiladi. Adib ularni ruhiyati, xarakteri va taqdirlarini qarama – qarshi ravishda tasvirlaydi. Robiyada o`zbek ayoliga xos bo`lgan barcha hislatlar mavjud bo`lib, u hattoki o`z farzandlik burchini deb muhabbatidan voz kecha olgan mardonavor, jasoratli ayol qiyofasida gavdalanadi. Ra`no esa buning aksi. Ra`no obrazi orqali yozuvchi osha davr muhitini qisman bo`lsa ham yoritib bera olgan. “Ikki eshik orasi”da esa odamlar taqdiri bilan qiziqish ustun, uni “taqdirlar romani” desa bo’ladi. Romandagi taqdirlar o’z navbatida kontseptual xarakterga ega. Yozuvchi qahramonlar taqdiri talqinida hamisha romandagi bosh kontsepsiyadan, ya’ni odamlar qismatidagi urush bilan aloqador jihatlardan kelib chiqib ish ko’radi. Umar zakunchi obrazini va boshqa ayrim personajlarni mustasno etganda, qolgan barcha qahramonlar qandaydir urush jafosini chekkan urush odamlaridir. Muzaffar urush davri chigalliklari tufayli tirik yetimga aylanadi, ko’p jabr-sitamlarni boshdan kechiradi va pirovardida uning sevgi fojiasi ham urush keltirgan chigalliklarga borib taqaladi. Sevgilisi Munavvar urush qoldirgan ma’naviy jarohatlar qurboni bo’ladi. Tuqqan onasi Ra’no urush to’zonlari ichra dovdirab, yo’ldan toyib hayot so’qmoqlariga kiradi; boqqan onasi Robiya ko’ngil bergan yigitidan judo bo’lib tutingan tog`aga xotin, Muzaffarga esa o’gay ona bo’lib qoladi. Qora amma o’g`lining sevgilisini o’z inisiga unashtirishga, ikki o`g`lidan judo bo’lgan Oqsoqol esa o’z kelinini boshqa birovning nikohiga o’tkazishga majbur bo`ladi... Roman muallifi ko’p o’rinlarda qahramonlarning g`oyat keskin, murakkab, chigal, mushkul daqiqalardagi ruhiy holatlarini mahorat bilan ifoda etadi. Ayniqsa, Oqsoqolning olomon oldida kelinini ko’ngil qo’ygan nogiron yigitga nikohlab berish lavhasi, o’sha murakkab lahzalardagi Oqsoqolning g’oyat tig`iz, ruhiy holati; Komil tabibning Robiyaga jangda halok bo’lgan ikki ko’ngil rozini izhor etishdagi dramatik kechinmalari, jangda yarador bo’lib qaytgan Shomurodning suyukli go`zal xotini xiyonatidan voqif bo’lgan kezlardagi iztiroblari, Ra’nodagi ikkilanish holatlari, so’ng aldanib chekkan alam va pushaymonlari, adadsiz qalb qiynoqlari – bunga o’xshash lavhalar tasviri har bir insonni yuragini larzaga soladi. Umuman olgan yozuvchi asarda onadeb turli xil hislatga ega ayollarni tasvirlab berib o`tadi. Asosiy eng mukammal va haqiqiy ona bu Qora amma obrazida to`liq namoyon bo`ladi.

Xulosa

O`zbek va jahon adabiyotida ona obrazi uzoq va o`chmas tarixga ega. Ona bo`lmasa, adabiyot bo`lmas edi. Adabiyot avvalo, onaga, ayolga atab, uning ko`nglidagini bilishi, ruhiyatiga ohistalik bilan kirib borish, ona degan xilqat ne o`zi?. Shuni anglash uchun badiiy adabiyotimiz yaratilgan. To`g`ri ,so`z san`atida muhabbat, tabiat go`zalligi, halollik, bolalarni sevish va shunga o`xshash mavzular bor, biroq ular ona mavzusi kabi ta`sirliroq mavqe kasb etmaydi. E`tibor berib qarasak, eng qadimda yaratilgan asarlarda ham ona mavzusi boshqa mavzulardan o`zining hissiy bo`yoqdorligi kuchli ekanligi, insonlar qalbiga tez kirib borishi bilan yaqqol ajralib turadi. So`nggi yillar adabiyotida bu obrazni jiddiy talqin etish, inson ruhiy olamining o`ziga xos qatlamlariga kirib boorish, onaning ichki dunyosi hamda ruhiyatini chuqur tahlil etish haqida mulohaza qilishga e`tibor ancha ortib borayotganini ko`rish mumkin.

Ona obrazining yorqin rangin tasvirlarini o`zbek adabiyotidan Abdulla Qodiriyning “O`tkan kunlar” romanidagi O`zbekoyim, Nodirmohbegim, O`tkir Hoshimovning bir qancha asarlarida xususan, “Dunyoning ishlari”, “Tushda kechgan umrlar” asaridagi Qurbonoy xola, “Ikki eshik orasi” romanidagi Qora amma, Robiya, Ra`no kabi xarakterlar orqali ularning ichki kechinmalari va bir – birida o`zaro farqlarining ochib berilishga xizmat qiladi. She`riyatda esa, Mirtemir yaratgan ona qiyofasi hamda Saida Zunnunova e`tirof etgan ona timsoli ham bularga misol bo`la oladi. Abdulla Qodiriy yaratgan O`zbekoyim obrazi to`la qonli ravishda ona obraziga asos bo`ladi desak mubolag`a bo`lmaydi. Negaki, u birgina Otabekning onasi emas, balki o`sha davrdagi butun bir o`zbeklarning onasi sifatida e`tirof etiladi. Uning xarakterida ko`proq ichki “Men” ni yngga olmaslikni ko`ra olishim mumkin. Sababi, u bir tamondan o`z farzandining baxtidan ko`ra, obro`- e`tiborni ustunroq qo`yadi. Ammo, bu ishi uchun uni qoralash noto`g`ri hamdir. Chunki, ne qilsa ham u baribir ona. Uning o`z bolasiga qilgan ishlari uning onalik mehridan dalolat beradi.

Bundan tashqari, O`tkir Hoshimov asarlari shakl va mazmun jihatdan rang - barang. Adib asarlarida, ayniqsa, Ona obrazining badiiy talqini o’ziga xosligi va badiiy teranligi bilan ajralib turadi. Adib ijodini o’rganish natijasida Ona siymosining asardan asarga, janrdan janrga, obrazdan obrazga tomon mukammallashib, badiiy talqini chuqurlashib borishini kuzatish mumkin. Yozuvchi talqini markazida doimo ona siymosi turadi, mazkur xarakter asardan asarga teranlashib, murakkablashib hamda mukammallashib boradi; ona siymosi janrdan janrga (publistitsik maqoladan hikoyaga, qissadan romanda) tomon, obrazdan obrazga tomon quyuqlashib boradi. (Habiba buvi (“Dunyoning ishlari”) – Otinoyi (“O’zbeklar”) – Lazakat xola (“Ikki eshik orasi”) kabi tadrijiy badiiy evoyutsiyani kuzatish mumkin. Adib asarlarida onalar qiyofasi turlicha yoritiladi. Ya`ni ba`zi bir ona obrazlarini qarama – qarshi tarzida ham olishimiz mumkin. Masalan: “Ikki eshik orasi” romanida Robiya va Ra`no obrazlari bir biriga hisoblanadi .Asarda har ikkalasi ona sifatida gavdalanadi. Biroq, biri salbiy biri esa, ijobiy xarakterda yoritiladi. Robiya yosh bo`la turib, sevgisidan voz kechib bir yetimga onalik qilgan bo`lsa, Ra`no esa qandaydur o`tkinchi hislarni deb oilasi va farzandini tashlab ketadi. Mana shu jihatlarni ochib berishi, yozuvchining boshqa yozuchilardan farqlovchi belgisidir. “Urushning so`nggi qurboni” asarida esa bir ona o`z farzandi uchun hatto, o`g`rilik qilish darajasicha borgani shunday qalamga oladiki, shundan so`ng ona qanday ulug` zot ekanligini, u farzandi uchun har qanday ishga tayyor o`z jonidan ham kechish kabi fidokorlik faqatgina onaning qo`lidan kela olishini yana bir karra isbotlab beradi. Qora amma obrazi orqali esa, onaning farzandiganechog`lik sodiqligiga guvoh bo`lamiz. Boisi, ona o`z jigarbandining vafot etganiga ishonmay, uni bir umr kutishi asarni saviyasini hamda onalarning sadoqatini qanchalik kuchli ekanini ko`rsatib beradi.

Ona obrazi nafaqat o`zbek adabiyotida balki jahon adabiyotida ham ulug`lanadi va qadrlanadi. Jahon adabiyotidagi Stefan Svaygning “Ayol hayotidan yigirma to`rt soat” deb nomlangan asarida butun boshli bir onaning farzandi uchun qilgan ishlari tasvirlanadi. Unda ona farzandi boshqalardan kam bo`lmasligi, to`kin hayotda yashashi uchun hatto or – nomusini ham pullaydi. Uning bu ishi bir qaraganda salbiydek tuyiladi. Lekin u har ne qilsa o`z farzandi uchun qiladi. Jahon adabiyotida yaratilgan ona obrazining ushbu hislati, o`zbek adabiyotidagi ona qiyofasiga o`xshab ketadi. Stefan Svayg ushbu asarining “Sherik” deb nomlangan novellasida ona o`z ayollik baxtini emas, oilasini farzandini tanlashi ham o`zbek adabiyotidagi onaga o`xshash ekanligidan dalolat beradi. Svayg asarlarida ayollarning ruhiyati ochib berilsa O`tkir Hoshimov asarlarida esa bosh markazda ayol hamda, onaning turishi har ikkala yozuvchining uslubi qaysidir jihatlardan o`xshash ekaligini ko`rsatadi.

Bundan tashqari, jahon adabiyotida ona va ayol qiyofasini yaratishda Svetlana Alekseyevichning “Urushning ayoldan yiroq qiyofasi” nomli romani ham muhim manbalardan biri sanaladi. Unda ayollar, xususan onalarning ulkan jasorati bayon etiladi. Urush davridagi qiyinchiliklar sabab, onalar xalqi uchun o`zining jonidan paydo bo`lgan farzandlarining o`limiga ham sababchi bo`ladilar. Bunday fidoyilik onaga qanchalik og`ir ekanligi hammamizga ayon. Lekin yozuvchi shunday mahorat bilan buni ochib beradiki, onaning xarakteri, uning ruhiyati o`sha davr erkaklarnikidan qolishmaganligini ko`ramiz. Darhaqiqat, ona sevish, sevilish, mehr berish va eng asosiysi baxt uchun yaratilgan, urush, jang uchun emas. Yuqoridagi asar fikrimiz dalilidir.

Umuman olganda, yer yuzida ona so`zi yagona bo`lgandek, ona ham bitta. Uni jahon adabiyotidagi, o`zbek adabiyotidagi ona deb farqlashimiz bir jihatdan no`to`gri. Negaki, har bir millatning onasi o`z millati va o`z farzandi uchu qadrlidir. To`g`ri, ba`zi paytlarda mentalitet jihatdan tubdan farq qilishi mumkin. Ammo, ba`zi bir jihatlari masalan , che`t el adabiyotida oilasi, farzandi bo`la turib, begona bir erkak bilan do`stona yaqinlik o`rnatish odatiy hol, lekin o`zbek adabiyotida bunday emas. Ona faqat oilasi va farzandi uchun yaralgan hamda shular uchun yashamog`i lozim. Shu taraflardan farqli jihatlarini ko`rishimiz mumkin. Jahon adabiyoti ona qiyofasini qanday bo`lsa shunday tasvirlasa, o`zbek adabiyotida esa, andisha, ibo – hayo kabi nozik tushunchalar bilan ifodalanadi. Ammo, yuqorida aytganimizdek, ona bebaho. Uni hech kim yomonlab ta`riflamaydi. Aksincha, ko`klarga ko`tarib, ulug`laydilar.

Zero, ona bor ekan badiiy adabiyot yuksalaveradi, bu mavzu hech qachon eskirmaydi. Har bir ijodkor esa, onaga bag`ishlab, she`r va dostonlar bitaveradilar. Badiiy adabiyotimizni eng nozik qirralarini ham aynan shu obraz ochib beradi.




Download 378,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish