FILOLOGIK TADQIQOTLAR — X
76
unga bo‗lgan munosabati – hammasi S. Aliyevich obrazini xarakter-ruhiyatini ochib berishga
xizmat qiladi: ―Yo‗q, bu kursining S. Aliyevich hayoti, taqdiri, ehtimol, kelgusidagi hayoti,
amalida qanday asqotganini uning o‗zidan bo‗lak hech kim bilmaydi, tushunmaydi, anglamaydi!
Har bir inson o‗zicha qanchalar sir-sinohatlarning qoni bo‗lasa, u egallab o‗tirgan kursi ham
shunchalar aytib, ado qilib bo‗lmaydigan ajabtovur sarguzashtlarga to‗lib-toshib yotibdi
25
.‖
Yozuvchining aksariyat hikoyalari tugun bilan boshlanadi va voqealar rivojida tugunning
sabablari, yechimlari o‗zini asta-sekin ko‗rsata beradi. Ba‘zida esa yechim kitobxon hukmiga
havola qilinadi. ―Katta ko‗cha‖ hikoyasida ham voqealar ananaviy usulda, ketma-ketlik va bir
butunlikda berilmaydi. Hikoya tugun bilan boshlanadi, voqealar asta-sekin rivojlanadi. Masalan:
S. Aliyevichning yordamchisiga ko‗rsatgan himmati, o‗zi bosh bo‗lib uning to‗yini o‗tkazgani,
yordamchisining onasi unga uzoq umr, ulug‗ martaba tilab duo qilgani asar so‗ngida bayon
etiladi. Vaholangki, bu hodisalar mansab kursisida o‗tirganda yuzberadi.
26
Xullas, X. Do‗stmuhammad asarlari tili va uslubi jihatdan boshqa adiblar asarlaridan
o‗ziga xos tomonlari bilan ajralib turadi. Yuqorida biz ko‗rib chiqqan ―Katta ko‗cha‖ hikoyasida
ham buni anglab oldik. Aslida yozuvchi bitta detal asosida juda ko‗p hayotiy voqealarni obrazli
qilib tasvirlaydi.
Tilidagi so‗z ko‗chimlari orqali konnotativ – pragmatic ma‘nolarning xosil bo‗lishi bilan
bog‗liq holatlarni yoritishga qaratiladi.
Ma‘lumki, konnotativ ma‘no nutq jarayonida yuzaga keladigan emotsional –
ekspressivlikni ta‘minlaydi. Sistem-struktur tilshunoslikda leksemaning ikkita semasi –
denotative va konnotativ ma‘nolari faqrlanadi. Konnotativ sema tarkibida turli qo‗shimcha
ma‘nolar ya‘ni uslubiy bo‗yoqdorlik, shaxsiy munosabat, qo‗llanish doirasi va boshqa his-
tuyg‗ular ifodalanadi.
Adib asarlari tilining pragmatic tomonlarini yorotishda biz uning asarlari matnini lisoniy,
mantiqiy, ijtimoiy va psixologik jixatlardan o‗rgandik. Lingvopragmatika talablaridan kelib
chiqib jumla tarkibidagi deskriptiv bo‗lmagan so‗zlar (olmosh va atoqli otlar) aniqlanib, ular
tarkibida yashiringan tagma‘nolar aniqlandi. Jumla orqali ifodalangan
propozitsiyani
to‗g‗ri
anglash uchun nutq ishtirokchilarining barchasi kontekstual vaziyatdan habardor bo‗lishlari
kerak. Shundagina nutq subyekti tomonidan bayon qilingan jumla tarkibidagi
Do'stlaringiz bilan baham: