Patronaj hamshirasi yuqorida ko’rsatilgan xavf omillarini ayolga savollar berish va uning ahvolini baholash orqali aniqlashi kerak. Har bir tashrifda barcha xavf omillari 7 ta yo’riqnomadan foydalangan holda baholanishi zarur. Biroq 1-yo’riqnoma «Homilador ayolning hayotiga xavf soluvchi belgilar borligini aniqlash» asosida xavf omillari aniqlansa, patronaj hamshirasi baholashni to’xtatishi va homilador ayolni malakali yordam olishga yo’llashi kerak. Homilador ayolda birorta ham xavf omili aniqlanmasa, patronaj hamshirasi 1-jadvalda keltirilgan mavzulardan bittasini tanlashi yoki homilador ayolni qiziqtirgan mavzu asosida maslahat o’tkazishi lozim. Har qanday xavf aniqlanishi zahoti patronaj hamshirasi progressiv modelga o’tishi va katta hamshira, UASH yoki akusher-ginekolog, zarurat bo’lsa, bo’lim boshlig’i bilan birgalikda mazkur ayolni olib borish bo’yicha individual rejani ishlab chiqishi kerak.
BIRLAMCHI TIZIMDA ONALAR VA BOLALAR BILAN ISHLASH BO’YICHA PATRONAJ HAMSHIRALAR ISHINI TASHKIL ETISH
1-yo’riqnoma: homilador ayolning hayotiga xavf soluvchi belgilar borligini aniqlash Maqsad: homiladorlik davrida ayolning hayotiga xavf soluvchi belgilar borligini aniqlash. Tayyorgarlik: xonadonga tashrif buyurishdan avval homilador ayolning yoshini va homila muddatini bilib olish kerak. Homiladorlik davrida yuzaga keladigan xavf belgilarini va ular aniqlanganda patronaj hamshirasi bajarishi kerak bo’ladigan vazifalarni ko’rib chiqish lozim. Baholash uchun kerakli resurslar va materiallar: tonometr, fonendoskop, termometr. Homilador ayol, turmush o’rtog’i va oila a’zolari. Tavsiyalar, patronaj hamshiralar uchun uslubiy ko’rsatmalar, «Birlamchi tizimda onalar va bolalar bilan ishlash bo’yicha patronaj hamshiralar ishini tashkil etish» amaliy qo’llanmasi. Harakatlar rejasi: 1-qadam Salomlashish, tashrifning maqsadi bilan homilador ayol va uning oila a’zolarini tanishtirib chiqish, ular bilan ishonchli munosabatda bo’lish kerak.
2-qadam Homiladorlik vaqtida zudlik bilan tibbiy yordamni talab qiluvchi belgilar № Savollar HA YO’Q 1 Qindan qon ketishlar 2 Kuchli va davomli qayt qilish
3 Homilaning jadal harakati (qimirlashi) yoki harakatsizligi
4 Tug’uruq boshlanishidan (vaqtidan) oldin suv ketishi 5 Tirishishlar (shaytonlash)
6 Kuchli (o’tkir) qorin og’rig’i
7 Bosh og’rig’i
8 Ko’rish qobiliyatining buzilishi
9 Isitma
10 Oyoq, qo’l va yuzning shishib ketishi
Yuqoridagi belgilardan/savollardan birortasiga javob “HA” bo’lsa, bu yuqori xavf hisoblanadi, UASH yoki akusher-ginekologni xabardor qilish va zudlik bilan shifoxonaga yuborish yoki tez tibbiy yordamni chaqirish zarur. Zudlik bilan tibbiy yordamni talab etuvchi belgilar bo’lmasa, keyingi qadamga o’tiladi. 3-qadam Homiladorlik davrida uchraydigan xavfli belgilar Agar qadamlardagi savollardan bir yoki bir nechtasiga javob “HA” bo’lsa, bu o’rta xavf hisoblanadi, shifokor (UASH, akusher-ginekolog) va katta hamshirani xabardor qilish hamda bu oilani birgalikda olib borish uchun individual rejani ishlab chiqish lozim. Olingan natijalar patronaj hamshirasining
Do'stlaringiz bilan baham: |