Toklar ferrorezonansi Po‘lat o‘zakli induktiv g‘altak va kondensator o‘zaro parallel ulangan zanjirda toklar ferrorezonansi kuzatilishi mumkin (6.43 – rasm, a). va bog‘lanishlarning o‘zgarish xarakteri ketma-ket ulangan zanjir elementlaridagi kuchlanishlarning tokka bog‘liqlik grafiklariga o‘xshash bo‘ladi (6.43 – rasm, b).
6.43 – rasm
Zanjirning natijaviy VAXsini qurish uchun Kirxgofning 1 - qonunidan foydalaniladi:
yoki
va grafiklarning kesishgan nuqtasi P zanjirdagi toklar rezonansi rejimiga mos keladi. Bunda induktivlikdagi tokning birinchi garmonikasi sig‘imdagi tokka teng bo‘ladi. Zanjirning umumiy toki aktiv tashkil etuvchi va induktiv tashkil etuvchi tok yuqori garmonikalarining yig‘indisiga teng bo‘ladi.
Parallel zanjirda ham trigger effekti kuzatilishi mumkin. Agar manba tokining qiymati sekin asta oshirib borilsa, u holda U va I lar bog‘lanishini belgilovchi nuqta avvalgi grafikdagi 0-1-2 qism bo‘ylab harakatlanadi. Keyin kuchlanish bo‘yicha esa 2- nuqtadan 4- nuqtaga sakraydi. Manba tokining qiymati yanada oshirilishi natijasida nuqta grafikning 4-5 qismi bo‘ylab siljiydi. Tok kamaytirilganda esa qaralayotgan nuqta 5-4-3 yo‘l bo‘ylab siljib, keyin sakrab 1-nuqtaga o‘tadi va nolgacha kamayadi. Toklar ferrorezonansida kuchlanish o‘z qiymatini sakrab o‘zgartiradi.
Parallel zanjirning natijaviy VAXsidagi pasayuvchi qismini tajribada olish uchun zanjirni kuchlanish manbaidan ta’minlash lozim bo‘ladi.
Rezonans rejimida zanjir umumiy toki uchinchi garmonikasining amplitudasi birinchi garmonika amplitudasidan bir necha marta ortib ketishi mumkin.
Shuni aytib o‘tish lozimki, ferrorezonans hodisasiga o‘xshash effektni chiziqli induktivlik nochiziq sig‘im elementlaridan tashkil topgan zanjirda ham kuzatish mumkin. Ferrorezonansli kuchlanish stabilizatori Ferrorezonansli zanjirlar yordamida o‘zgaruvchan tok kuchlanishini stabillash mumkin. Energetika va avtomatika tizimlarida kuchlanishlar va toklar ferrorezonansiga asoslangan va xilma-xil sxemali kuchlanish stabilizatorlari keng qo‘llaniladi.
6.44 – rasm, a da ferrorezonansli kuchlanish stabilizatorining eng oddiy sxemalaridan biri keltirilgan. U parallel LCkonturga ketma-ket ulangan L1 induktivlik va u bilan induktiv bog‘langan Lkkompensatsiyalovchi induktivlikdan tashkil topgan. L1 va Lkg‘altaklar bitta o‘zakka o‘ralgan bo‘lib, induktiv jihatdan o‘zaro qarama-qarshi ulangan. Lkg‘altakdagi Uk kuchlanish tok bilan chiziqli bog‘langan. Shuning uchun
Stabilizator chiqish xarakteristikasi ni olish uchun rezonans konturining , chiziqli induktivlikning va kompensatsiyalovchi g‘altakning VAXlarini quramiz (6.44 – rasm, b). Bunda deb hisoblaymiz. va VAXlarni kuchlanish o‘qi bo‘ylab qo‘shamiz. bog‘lanishni hosil qilish uchun egri chizig‘idan VAXsini ayiramiz.
6.44 – rasm
Ko‘rib chiqilgan sxemada kirish kuchlanishining ma’lum diapazonda o‘zgarishi sxemaning chiqishidagi kuchlanishni deyarli o‘zgartirmaydi, ya’ni chiqish kuchlanishi stabil saqlanadi.