Fermer xo‘jaliklarida yer resurslaridan unumli foydalanish reja


Izoh: Andijon tumanidagi “Saydullo” fermer xoʻjaligining yillik hisoboti va statistik maʼlumotlari



Download 328,64 Kb.
bet5/7
Sana14.06.2022
Hajmi328,64 Kb.
#671131
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qishloq xo\'jaligi menejmenti kus ishi

Izoh: Andijon tumanidagi “Saydullo” fermer xoʻjaligining yillik hisoboti va statistik maʼlumotlari

Yuqoridagi koʻrsatkichlar Davlat yer kadastri tomonidan belgilangan boʻlib, u yerlarning tabiiy xolati, toifalari, sifat koʻrsatkichlari va baxosi, yer uchastkalarining joylashgan manzili, ulchamlari va ularni taqsimlash xaqidagi zarur va ishonchli maʼlumotlar hamda xujjatlar tizimidan iborat.


Fermer xoʻjaligi oʻzining 51,3 gektar ekin maydoni uchun texnika vositalari bilan yetarlicha taʼminlangan. Fermer xoʻjaligida 1ta xaydov va 1ta chopik texnikasi mavjud boʻlib, ular zarur boʻlgan qishloq xoʻjaligi agregatlari bilan talab darajasida taʼminlangan.
Fermer xoʻjaligida normal mehnat sharoitini tashkil etish boʻyicha yetarlicha imkoniyatlar yaratilgan.
Fermer xoʻjaligi tasarrufida 1 ta dala shiyponi mavjud boʻlib, u 3ta katta xonalardan va oldi ayvondan iborat. Bu joyda xoʻjalik aʼzolarining ovqatlanishi, dam olishi, madaniy xordiq chiqarishi uchun sharoitlar hozirlangan. Xatto ularning boʻsh paytlarida sportning shaxmat-shashka, stol tennisi kabi turlari bilan shugʻullanishlari uchun ham imkoniyatlar yaratilgan. Xoʻjalikning 1ta pishiq gʻishtdan qurilgan omborxona binosi mavjud boʻlib, u mineral oʻgʻitlar saqlanishi uchun moʻljallangan.
Fermer xoʻjaligi joylashgan xududda turli savdo doʻkonlari, qassobxonalar, axoliga maishiy xizmat koʻrsatuvchi muassasalar va boshqa turli infratuzilma subyektlari mavjuddir.
Fermer xoʻjaligiga 1978-yil 14-sentyabrda Andijon tumanidagi Sharq Yulduzi massivining Xrabek qishloq fuqoralari yig’ini xududida tavallud topgan Rejapov Baxtiyorjon boshchilik qiladi. Fermer xoʻjaligi rahbari oliy maʼlumotli, Toshkent davlat agrar universitetini 1999-yilda tamomlab, injiner marketing mutaxassisligiga ega boʻlgan.
Baxtiyorjon Rejapov 1999-yilda Sharq Yulduzi shirkat xoʻjaligida buxgalter, Andijon tuman neft bazada qishloq xoʻjaligi rahbari, 2016-yildan boshlab Saydullo fermer xoʻjaligini boshqarib kelmokda.U jami 20 yillik ish stajiga ega. Baxtiyorjon Rejapovning 3ta farzandi bor, 1nafar oʻgʻili, 2nafar qizi bor.
Xoʻjalikda vegetatsiya davrining davomiyligi oʻrtacha 163 kunni tashkil etadi.
Saydullo fermer xoʻjaligining yerlari unumdor hisoblanib tuprogʻi och tusli, oq boʻz tuproq boʻlib u kimyoviy elementlarga va chirindiga ancha boydir. Ushbu yerlarda samarali texnologiyalarni qoʻllash asosida paxta va bugʻdoy ekinlaridan yuqori hosil olish imkoniyatlari mavjud.
Saydullo fermer xoʻjaligi yerlarining meliorativ holati yaxshi, yer osti suvlari 2-3 metr chuqurlikda joylashgan, tuprogi shoʻrlanmagan.
Fermer xoʻjaligi Xamidullo mirob suv isteʼmolchilar uyushmasiga aʼzo boʻlib, uning 51,3 gektar ekin maydonlari oqava suvlari bilan sugʻoriladi. Fermer xoʻjaligining yerlari sugʻorma suvlari bilan yaxshi taʼminlangan boʻlib, yoz oylarida maʼlum darajada suv tanqisligi sezilib turadi. SIUning maʼlumotlariga koʻra fermer xoʻjaligini oʻrtacha suv bilan taʼminlanishi darajasi hisobot yilida 92 foizni tashkil etadi.
Fermer xoʻjaligi mexnat jamoasining tarkibi quyidagicha. Xoʻjalik xodimlarining 2 nafari oliy maʼlumotli hamda 13 nafari esa oʻrta maxsus maʼlumotli boʻlib qolgan 10 nafari umumiy oʻrta maʼlumotga egadir.
Ularning barchasi qishloq xoʻjaligi boʻyicha yetarlicha ish tajribasiga ega boʻlgan xodimlar boʻlib hisoblanadi. Lekin shartnoma asosida ishlayotgan xodimlarning tarkibi sifat jihatidan qoʻyilgan talablarga mos kelmaydi.
Mehnat jamoasining tarkibida oʻrta maxsus maʼlumotli xodimlar-ning xissasi 52 foizni tashkil etadi. Bu holatda fermer xoʻjaligida paxta va bugʻdoy yetishtirishning yangi texnologiyalaridan samarali foydalanish va xoʻjalikni tejab tergab yuritish juda qiyin boʻladi. Fermer xoʻjaligining qolgan 10 nafar yoki 42 foizi xodimi umumiy -oʻrta maʼlumotga ega boʻlib alohida mutaxassisliklarni va kasblarni egallashmagan.Fermer hoʻjaligi xodimlarining qoʻshimcha kasblarni egʻallash darajasi ham talab darajasidan ancha past. Fermer xoʻjaligi xodimlarining 8 nafarigina kushimcha kasblarga egadir xolos . Ular shofyor, duradgor- usta, chevar va oshpazlik kushimcha kasblarini egʻallashgan. Fermer xoʻjaligida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarning bilimi, kasbiy tayyorgarliklari, kunikmalari va ularni egʻallagan kushimcha kasblari ishlab chiqarishni inovatsion asosda modernizatsiyalash jarayonini amalga oshirish talablariga va fermer xoʻjaligining yunalishiga mos kelishi zarur.
2016-yilda 21,2 gektar ekin maydonida paxta yetishtirgan boʻlsa, 2018-yilga kelib 26,1 gektar maydonda paxtaning “Andijon-35” navlarini yetishtirgan. Va buni hisobiga bugʻdoy ekin maydonlari hajmi 4,9 gektarga kamaygan, yaʼni bugʻdoy yetishtiriladigan maydon 30,1 gektardan 25,2 gektarga ortgan. Har ikkala ekin turi boʻyicha ham hosildorlik ortib borgan.
Fermer xoʻjaligida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda jami 25 nafar mexnat jamoasi mavjud boʻlib, ulardan 4 tasi gʻallachilikda, qolgan 21nafari sermehnat soha hisoblangan paxtachilikda faoliyat yuritadi. Fermer xoʻjaligida mehnatni tashkil etishda mexnat jamoasidan tashqari yollanma ishchi va hizmatchilar mehnatidan ham foydalaniladi.
Andijon tumanidagi Saydullo fermer xoʻjaligi boshligʻi Baxtiyorjon Rejapov rahbarligida doimo oʻz oldiga qoʻyilgan barcha vazifalarni xususan paxta va gʻallachilikda shartnomaviy rejalarini ortigi bilan bajarib kelmoqda.
Mahsulot sifatini yaxshilash bir tomondan ozik-ovkat mahsulotlari mikdorining qupayganligi bildirsa, yengil sanoat uchun qishloq xoʻjalik hom ashyosi sifatining yaxshilanishi aholining keng isteʼmol buyumlariga bulgan talabini toʻlarok kondirishiga imkoniyat yaratadi.Mehnat unumdor-ligi yoki yer qaytimi maʼlum birligi ichida ishlab chiqarilgan mahsulot mikdorigi sarflangan jami mehnat harajatlarining samaradorligini tavsiflaydi.
Yer qaytimi qishloq xoʻjaligida bosh ishlab chiqarish vositasi hisoblangan yer resurslaridan foydalanish samaradorligini aks ettiradi. Fond qaytimini qishloq xoʻjaligiga taalluqli asosiy ishlab chiqarish vositalariga mujassamlashgan, buyumlashgan mehnat harajatlaridan kay darajada samarali foydalanayotganligini koʻrsatadi. Material qaytimi barcha turdagi moddiy resurslarda, shu jumladan, buyumlashgan mexnat harajatlaridan foydalanish samaradorligi aks yettiradi. Mahsulot birligi, tannarhi umumlashgan holda jami isteʼmol qilingan ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligini tavsiflaydi, qishloq xoʻjaligi mahsuloti kanday darajadagi harajatlar hisobiga ishlab chiqarilganligini koʻrsatadi.

2.2. Andijon tumanidagi Saydullo fermer xoʻjaligini erishilgan iqtisodiy samaradorlik koʻrsatkichlari va ularning taxlili.


Qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishi iqtisodiy samaradorlik koʻrsatgichlari bir tomondan ishlab chiqarish resurslari va samara (natija) oʻrtasidagi nisbatni va boshqa tomondan,joriy ishlab chiqarish harajatlari bilan samara oʻrtasidagi nisbatni ifodalaydi, bu ishlab chiqarish samaradorligining ikki konsepsiyasini – resurs va harajat vujudga keltiradi. Resurs konsepsiyasi – takror ishlab chiqarish jarayoniga qullanilgan ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligini isteʼmol qilingan kismi samaradorligini baholashga imkon beradi. Maqsadga karab resurs yoki harajatlar konsepsiyasi yoki ikkovidan har bir vaktda foydalanish mumkin.
Qabul qilingan samaradorlikni konsepsiyalariga mos ravishda koʻrsatkichlari ham aniklanadi:
Bitta hodimga, 1 kishi soatiga, 1 gaqishloq xoʻjaligiga yarokli yerga, 100 soʻmlik asosiy vositaga 100 soʻmlik aylanma vositalarga vositalarga toʻgʻri kelgan samara koʻllanilgan resursdan foydalanish samaradorlikni tafsiyalaydi. 100 soʻm ish vaktiga, amortizatsiya ajratmasiga, moddiy aylanish vositalariga hamda mahsulot tannarhiga toʻgʻri kelgan mahsulot tannarhiga kiritilgan barcha bevosita va bilvosita harajatlar samaradorligini ifodalaydi. Shuning uchun ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligini har tomonlama anik baholash uchun, alohida usulda hisoblanadigan koʻrsatkichlarni, har bir ishlab chiqarish resursining umumiy samarani yaratishdagi rolini va ularning ishlab chiqarish provard natijasiga taʼsirini hisobga oladigan koʻrsatkichlar bilan tuldirish lozim. Buning uchun elastiklik detterminatsiya koeffitsiyentlaridan shuningdek, iqtisodiy-matematik modelidan foydalanish kerak boʻladi.
Biz fermer xoʻjaligida rivojlantirishning iqtisodiy samarador-ligini aniklashda asosiy yaqunlovchi koʻrsatkich sifatida rentabellik darajasidan foydalandik. Rentabellik foydani ishlab chiqarishi harajat-lari bilan takkoslash asosida aniklab bir soʻmlik ishlab chiqarish harajat-lari evaziga kancha foyda olinganligini koʻrsatib turadi. Bir soʻz bilan aytganda bu koʻrsatkich jadal rivojlantirishning asosiy omilini, uning natijalari bilan takkoslash imkoniyatini beradi. Bu koʻrsatkich samarador-likni dinamikasinti aniklashda ham juda qulaydir.
Fermer xoʻjaligida mahsulot ishlab chiqarish, uni qayta ishlash va boshqaruv jarayonida amaldagi huquqiy-meʼyoriy xujjatlardan samarali foydalanilgani tufayli ohirgi yillarda barcha sohalar qatori qishloq xoʻjalik sohasida ham aytarli ijobiy natijalarga erishib kelinmoqda. Buni biz Andijon tumanidagi Saydullo fermer xoʻjaligining ohirgi uch yil mobaynidagi iqtisodiy samaradorlik koʻrsatkichlarida yaqqol koʻrishi-miz mumkin. Fermer xoʻjaligida ishlab chiqarishning iqtisodiy samarador-ligi haqidagi batafsil maʼlumotlar 5- jadvalda keltirilgan.
Jadval maʼlumotlaridan koʻrinib turibdiki, fermer xoʻjaligida ohirgi uch yil mobaynida qishloq xoʻjalik mahsulotlarini ishlab chiqarish-ning iqtisodiy koʻrsatkichlari ortgan.
Ohirgi 3 yilda xoʻjalik ekin maydoni oʻzgarmagan, lekin uning tarki-bi oʻzgarib borgan. Bu holatga holis baho berish uchun 1 gektar ekin maydoni yoki 1 hodim hisobiga olingan koʻrsatkichlarni taxlil qilib chiqamiz. 1 gektardan olingan yalpi mahsulot ohirgi 3 yilda 293 foizga, foyda esa 305,3 foizga ortgan.
1 hodim hisobiga olingan koʻrsatkichlarda ham shu kabi holatning guvohi bulishimiz mumkin. 1 hodim hisobiga olingin yalpi mahsulot ham mos holda 293 foiz koʻrsatkichlarni tashkil etadi.
Xoʻjalikda hodimlarni moddiy ragbatlantirishga berilgan eʼtiborni 1 hodim hisobiga toʻlangan ish hakining ohirgi 3 yilda 3,7-martaga ortganligida qoʻrishimiz mumkin.
Bu esa ohirgi uch yildagi inflyatsiya darajasini inobatga olsak, moddiy ragbatlantirishda ijobiy oʻzgarishni qurishimiz mumkin. Iqtisodiy samaradorlikning yaqunlovchi koʻrsatkichi hisoblangan rentabellik darajasini 14,9 foizdan 15,6 foizgacha koʻpaygan
Lekin, yukorida keltirilgan iqtisodiy koʻrsatkichlar asosidagi erishilgan samaradorlik koʻrsatkichlari hali talab darajasiga yakin bulsada, optimal samaradorlikni toʻla taʼminlamaydi. Fermer xoʻjaligi ishlab chiqarishida optimal samaradorlikka erishish rentabellikni kamida 40,0 foiz boʻlishini taqozo etadi. Demak, xoʻjalik FTT yutuklaridan foydalanib, yul koʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda xoʻjalik iqtisodiy rentabelligini optimal darajaga koʻtarishi lozim.
Shu nuqtai nazar qaraganimizda jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida fermer xoʻjaligida iqtisodiy samaradorlikni nafaqat optimal darajaga yetkazish, balki, undan ham yuqori darajalarga koʻtarish bilan bogʻliq boʻlgan chora tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi.
6-jadval maʼlumotlaridan koʻrinib turibdiki, 2016-2018-yillarda xoʻjalik paxta ekin maydoni 4,9 gektarga ortgan boʻlib, unda paxtaning “Andijon-35” navlarini yetishtirilgan. Mavjud ekin maydonidan unumli foydalangan holda yildan-yilga hosildorlikni oshirib borishga erishgan.
Hosildorlikning 105,8 foizga ortgan, ekin maydonini 4,9gektarga ortgan, ular ekin maydonini almashtirish hisobiga 2018-yilda 2016-yilga nisbatan 130,2 foiz ortiq yalpi hosil olishga erishgan. Hosilni yetishtirish uchun sarflangan harajatlarga nisbatan yalpi mahsulotning 321 foizga oʻsganligi olingan foydaning ham ohirgi 3 yilda 3,5-martaga ortishi sabab boʻlgan. Ekin maydonlari hajmining oz miqdorda oʻzgarganligi tufayli, umumiy baho beruvchi yalpi hosil, yalpi mahsulot, foyda kabi koʻrsatkichlar xoʻjalik faoliyatiga holis baho bera oladi.
Shu sababdan xoʻjalik faoliyatini taxlil qilishda xususiy koʻrsatkich-larga murojaat qilamiz. Paxta yetishtirishda mavjud resurslardan qay darajada foydalanishga erishganligini 1 birlik resurs hisobiga olingan koʻrsatkichlar taxlilida yakkol koʻrishimiz mumkin.
Yildan-yilga ob-havoning qiyin kelayotgani, tarmokda ishlatiladigan sanoat mahsulotlarining baland narxlarda kelayotganligi, paxtachilikning sermehnat hamda mehanizatsiyalashganlik darajasining pastligi uning tannarhini keskin koʻtarilishiga sabab boʻlmokda. Paxta bozorida esa monopoliyaning mavjudligi uning jahon bozori narxlaridan ancha past boʻlishiga olib kelmokda. Lekin bu holatlardan katʼiy nazar, qalovini topsang qor yonibdi, degan naqlga amal qilgan xoʻjalik paxtakorlari mahsulot yetishtirishning yaquniy iqtisodiy samaradorlik koʻrsatkichini 6,1 foizdan 6,7 foizga ortgan. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inkirozi taʼsiri davom etayotgan bir paytda nafakat xoʻjalik, balki tarmok oldida mahsulot tannarhini 20% ga tushirish hamda rentabellik darajasini optimal, yaʼni 35-40 foizga yetkazish vazifasi turibdi.
Qishloq xoʻjaligida sarflangan harajatlar oʻsishi bilan yetishtirilgan mahsulotlar tannarxlarining oʻsishi oʻrtasida uzviy bogʻliqlik mavjud. Xoʻjalikda mahsulotlar yetishtirish, ishlar hizmatlar bajarish bilan bogʻliq boʻlgan harajatlarning ortishi natijasida yetishtirilayotgan mahsulotlarning tannarxlari ham oshgan.
paxta yetishtirish harajatlarining asosiy kismini moddiy harajatlar tashkil etib, ular ohirgi yillarda jami harajatlarning 59,7-52,5 % ini tashkil etgan. Jumladan moddiy harajatlarning asosiy kismini YOMM, oʻgʻitlar hamda ish va hizmatlar uchun sarflangan harajatlar tashkil qilgan. Paxta yetishtirish sermehnat jarayon hisoblangani sababli, harajatlarning 32-41,7 % ini mehnat haki ajratmalari bilan tashkil qilgan. Mavjud texnikalariga ajratilgan amortizatsiya harajatlari ham tashkil qilgan.
Xoʻjalikda bajarilgan ish va hizmatlar hamda sarflangan harajatlar samardorlikni oshirish, tannarxni pasaytirishga hizmat qilishi kerak.
Yetishtirilgan paxta xosilining yalpi mahsuloti miqdori tayyorlov korxonalariga yetkazilgan paxtaning kaysi navga kabul kilinishiga bogʻliq.
Paxta hom ashyosining iqtisodiy samaradorligi uni sotish baholarining tashkil topish darajasiga bevosita bogʻliq. Bu mahsulotning davlat iqtisodiyotidagi ahamiyatini hisobga olib, uni koʻtara harid baholarida sotiladi. Uni belgilashda biologik navlarning tola tiplari va sanoat assortimenti asos qilib olinadi. Uning darajasiga jahon bozorida tashkil topadigan oʻrta baholar ham taʼsir etadi.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish xoʻjaliklarning daromadi-ning koʻpayishga va rentabellikning oshishiga olib keladi. Qancha koʻp sifatli va arzon mahsulot ishlab chiqarilsa va sotilsa, ishlab chiqaruv-chilarning daromad koʻpayadi, koʻproq ishlab chiqarishni rivojlantirishga, mehnat haqini oshirishga va madaniy-maishiy sharoitlarga mablagʻ ajratiladi.
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini yaxshilash faqat aholining oziq-ovqatga boʻlgan isteʼmolni toʻliq qondiribgina qolmay, balki u qishloq xoʻjaligi iqtisodiy samaradorligini oshirishning muhim omilidir.
Maʼlumki, agrar sohada olib borilayotgan islohotlar tarmoqda koʻp ukladli iqtisodiyotni shakllantirish yoʻli bilan qishloq xoʻjaligi ekinlari tarkibini optimallashtirish asosida paxta ekin maydonlarini qisqartirish hisobiga boshqa turdagi qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarini kengaytirish orqali mamlakatni oziq-ovqat havfsizligini taʼminlashgaqaratilgan. Oʻzbekistonda mustaqil rivojlanish yillarida gʻallachilikni tezroq rivoj-lantirish kompleks chora-tadbirlari amalga oshirildi. Jumladan, Andijon tumanidagi Saydullo fermer xoʻjaligida ham bugʻdoy yetishtirishga moʻljal-langan. Bu sohada olib borilayotgan ishlarni quyidagi 9-jadval maʼlumot-lari orqali tahlil qilishimiz mumkin.
Jadval maʼlumotlaridan koʻrinib turibdiki, Andijon tumanidagi fermer xoʻjaligi ohirgi 3 yilda nafaqat paxta yetishtirishda, balki gʻallachilikda ham bir qator yutuqlarga erishgan. Xoʻjalik oʻziga biriqtirilgan yer uchastkasining 49,1 foizga yaqinida yaʼni 22,2 gektar yer maydonida quzgi bugʻdoyning Tanya navini yetishtirgan. Xoʻjalik 2018-yilda 2016-yilga nisbatan bugʻdoy yetishtiriladigan ekin maydoni 4,9 gektarga kamaygan, 44,8 foizga yukori hosildorlikka erishishgani hisobiga yalpi hosil ham 21,2foizga ortgan.
Narx-navoning muttasil oshib borishi sharoitida xoʻjalikda olingan yalpi mahsulot qiymati ohirgi 3 yilda 246,4 foizga oshgan. 1sentner hosilning tannarhiga 91,6 foizga nisbatan sotish bahosining 103,2 foizga tezroq oʻsishi sababli 2018-yilda gʻalla yetishtirishdan olingan foyda 2016-yilga nisbatan 188,4 foizga ortgan. Lekin bu xoʻjalik faoliyatiga holis baho berishga imkon bermaydi. Buning uchun biz 1 gektar hisobiga hamda 1 hodim hisobiga olingan koʻrsatkichlarni taxlil qilib chikamiz.
1 gektar hisobiga yetishtirilgan yalpi mahsulot va foyda koʻrsatkich-lari mos holda 2,9 hamda 3,4-martaga oshgan. 1 hodim tomonidan yetishti-rilgan yalpi mahsulot esa 246,4 foizga oshgan. Bu natijaga erishishda oʻz bilim va tajribalari bilan qatnashgan hodimlarga berilayotgan eʼtiborni 1 ishchiga toʻgʻri kelgan ish haqi miqdorining 247,4 foizga yetganligida koʻrishimiz mumkin. Bu xoʻjalikning mavjud resurslaridan oqilona foyda-langanligidan dalolat beradi. Xoʻjalikning gʻallachilikdagi iqtisodiy samaradorligiga yaquniy xulosani rentabellik darajasining 33,5% dan 41,6 % ga ortganligi beradi.
Biz faoliyatini oʻrganayotgan Andijon tumanidagi Saydullo fermer xoʻjaligida yilma-yil mahsulot miqdorining oʻsib borish holatini quzatishimiz mumkin.
Shu sababdan xoʻjalikda yetishtirilgan bugʻdoy hosili uchun sarflangan harajatlar tarkibini tahlil qilib chiqishni maqsadga muvofiq deb topdik.
Jadval maʼlumotlaridan koʻrinib turibdiki, gʻalla yetishtirish uchun sarflangan harajatlar ohirgi 3 yil mobaynida ham narx-navoning koʻtarilishi natijasida muttasil ortib borgan. Bugʻdoy yetishtirish uchun sarflangan harajatlar tarkibida salmokli ulushni moddiy harajatlar tashkil qilib, ohirgi 3 yilda 66,9-68,4 foizni tashkil etgan. Moddiy harajatlarning asosiy qismini oʻgʻitlar hamda uruglik uchun ketgan sarf-harajatlar tashkil etgan. Ish haqi uchun ajratilgan harajatlar yildan-yilga qupayib borib, oʻrtacha 20-21,3 foizni tashkil qilgan. Sarf harajatlar tarkibini toʻgʻri taqsimlash xoʻjalikning iqtisodiy samarador-ligini oshirishga hizmat qiluvchi omil boʻla oladi.
Fermer xoʻjaliklari ning yer maydonlarini optimallashtirish xoʻjalikning yangi zamonaviy texnika vositalari bilan taʼminlanishi uchun qulaylik yaratadi. Bu esa oʻz navbatida qoʻl mehnatining kamayib, mehanizatsiyalashgan ish hajmining oshishiga olib keladi.
Mexanizatsiyalashgan ish hajmining ortishi asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning eskirishi nomli harajat moddasining salmogʻi koʻpayishini taqazo etadi. Fermer xoʻjaligida mahsulot ishlab chiqarish, uni qayta ishlash va boshqaruv jarayonida amaldagi huquqiy-meʼyo-riy xujjatlardan samarali foydalanilgani tufayli ohirgi yillarda barcha sohalar qatori qishloq xoʻjalik sohasida ham aytarli ijobiy natijalarga erishib kelinmoqda.
Lekin, yuqorida keltirilgan iqtisodiy koʻrsatkichlar asosidagi eri-shilgan samaradorlik koʻrsatkichlari hali talab darajasiga yakin boʻlsada, optimal samaradorlikni toʻla taʼminlamaydi.Fermer xoʻjaligi ishlab chiqarishida optimal samaradorlikka erishish rentabellikni kamida 40 foiz boʻlishini taqozo etadi.



Download 328,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish