Fermer xo‘jaliklarida yer resurslaridan unumli foydalanish reja


Yer resurslaridan foydalanishning huquqiy asoslari



Download 328,64 Kb.
bet3/7
Sana14.06.2022
Hajmi328,64 Kb.
#671131
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qishloq xo\'jaligi menejmenti kus ishi

Yer resurslaridan foydalanishning huquqiy asoslari.

Respublikamizda yer resurslari, jumladan, qishloq xoʻjaligi yerlarning butligini taʼminlash, unumdorligini oshirish hamda samarali foydalanish-ning huquqiy asosini Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi tashkil etib, unda yer fondi tarkibi, shuningdek, qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlarning tavsifi keltirilgan. Bundan tashqari, yer resurslaridan oqilona va unumli foydalanish hamda samaradorligini oshirish undan foydalanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning asosiy burchi ekanligi belgilab qoʻyilgan boʻlib, ushbu huquqiy hujjat tarkibiy islohotlardan kelib chiqqan holda takomillashtirib borilmoqda[. Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi // “Soliq toʻlovchi” jurnali. 1998. - №7-8. – B.12] .
Bugungi kunda qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlardan foydalanish iqtisodiy samaradorligi darajasini baholash ilmiy jihatdan yer resurslaridan samarali foydalanishning uzoq istiqbolga moʻljallangan rejalarini va hududlar tarmoq diversifikatsiyasini asoslashga xizmat qilsa, amaliy jihatdan, sohaga ilgʻor tajriba va innovatsion gʻoya hamda texnologiyalarni joriy etishga shart-sharoitlarning mavjudligini obyektiv baholashga imkon beradi. Eng asosiysi esa, fermer va dehqonlarda yer resurslarini muhofaza qilish hamda dehqonchilik madaniyatini yanada yuksaltirishga zamin yaratadi.
Bizningcha, qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanish iqtisodiy samaradorligi darajasini baholash borasida fikr yuritilganda, avvalambor, sugʻoriladigan yerlardan samarali foydalanish xususida gapirish lozim. Chunki, bugungi kunda respublikamizda sugʻoriladigan maydonlar jami qishloq xoʻjaligiga yaroqli maydonlarning 15,1 foizini tashkil etgan holda, qishloq xoʻjaligi yalpi mahsulotining 90 foizidan ortiqrogʻi, aynan sugʻoriladigan yerlar hisobiga shakllanmoqda.
Hozirda harakatda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga binoan mamlakatimizda Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish bilan fermer xoʻjaliklari, Dehqon xoʻjaliklari shugʻullanadilar. Ularning yerdan foydalanish xuquqi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, yer Kodeksi, “Qishloq xoʻjalik kooperativlari toʻgʻrisida”gi qonun, “Ijara toʻgʻrisida”gi qonun, “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi qonun, “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi qonun, “Yer soligʻi toʻgʻrisida”gi qonunlari bilan tartibga solinadi.
Qishloq xoʻjalik korxonalarining yerdan foydalanish xuquqi Qishloq xoʻjaligi xuquqining mustaqil va markaziy institutlaridan biri xisobla-nadi. Qishloq xoʻjalik qonunchiligi korxonalari Yerdan foydalanish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soluvchi bir kator xuquqiy normalarni oʻzida jamlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi bilan “Qishloq xoʻjalik kooperativlari toʻgʻrisida”gi qonunga koʻra qishloq xoʻjaligi kooperativ-lariga berib qoʻyilgan yer uchastkalari xususiylashtirish va oldi-sotdi, garov, xadya, ayirboshlash obyektlari boʻlishi mumkin emas.
Qishloq xoʻjalik korxonalari ichida fermer xoʻjaliklari alohida ahamiyat kasb etadi. Fermer xoʻjaliklari faoliyatida ham qishloq xoʻjaligi-ga moʻljallangan yerlardan foydalanish muxim urinni egallaydi. Fermer xoʻjaliklariga Yer uchastkalari ijara asosida beriladi yer uchastkasini ijaraga berish muddati “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi qonunga koʻra 10 yildan kam boʻlmasligi, 50 yildan oshib ketmasligi kerak. Yer uchastkasini oʻzok muddatli ijaraga olish shartnomasi qishloq xoʻjaligi boshqaruvi va fermer xoʻjaligi boshligi tomonidan imzolanadi.
Fermer xoʻjaliklariga zaxiradagi yerlar, maxsus respublika fondi yerlari, mehnat resurslari yetarli boʻlmagan xoʻjaliklardagi va sugʻorila-digan yerlar beriladi. Ularga zarar koʻrib ishlayotgan yoki rentabelli qishloq xoʻjaligi korxonalarining yerlari ham berilishi mumkin. Qishloq xoʻjalik kooperativlarining yerlari fermer xoʻjaliklari kooperativ aʼzolari umumiy majlisi qaroriga binoan beriladi va bu qaror asosida tuman xokimi tegishli qaror qabul qiladi.
Fermer xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkasining oʻlchami Yer uchastkasini beradigan organ tomonidan har bir muayyan xolatda maxalliy sharoitlarni, shuningdek fermer xoʻjaligida ishlovchilar sonini xisobga olgan xolda belgilanadi. Shu bilan birgalikda fermer xoʻjaliklariga yer berish miqdorlari qonunda belgilangan. Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisidagi qonunning 5-moddasiga koʻra, fermer xoʻjaligiga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam ulchami bir shartli bosh Chorva molga xisoblan-ganda Andijon, Samarkand, Toshkent, Fargona va Xorazm viloyatlaridan sugʻoriladigan Yerlarda kamida 0,3 gektar, Korakalpogiston Respublikasi va boshqa viloyatlardagi sugʻoriladigan Yerlarda kamida 0,45 gektar, sugʻorilmaydigan Yerlarda esa kamida 2 gektarni tashkil etishi kerak. Fermer xoʻjaliklariga berilgan yer uchastkalari davlat mulki xisoblanadi, shu sababdan u xususiylashtirilishi, oldi-sotdi, xadya, ayirboshlash obyekti boʻlishi mumkin emas. Shuningdek, fermer xoʻjaliklariga ijaraga berilgan uchastkalari ikqilamchi ijaraga ham berilishi mumkin emas.
Qishloq xoʻjalik ishlab chiqarish tizimida qishloq xoʻjalik korxonasi sifatida yuridik shaxs xuquqiga ega boʻlgan Dehqon xoʻjaliklari muxim urinni egallaydi. Yuridik shaxs xuquqiga ega boʻlgan Dehqon xoʻjaligini qishloq xoʻjalik korxonasi sifatida tan olinishining sababi uning qonunda koʻrsatilgan mayda tovar xoʻjaligi ekanligi, Qishloq xoʻjaligi maxsuloti yetishtirish va realizatsiya qilish, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi kabi belgilari bilan xarakterlanadi (Oʻzbekiston Respublikasi “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi qonuni 1-moddasi).
Dehqon xoʻjaliklarining yerdan foydalanish xuquqi Oʻzbekiston Respublikasi Yer Kodeksi (55-modda) hamda “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi qonunning 2-bobi bilan tartibga solinadi. Ushbu xuquqiy koidalarga binoan qishloq xoʻjalik kooperativi har bir aʼzosining, boshqa qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkil otlari har bir xodimining oilasiga, shuningdek qishloq joylarda yashovchi oʻqituvchilar, shifokorlar va boshqa mutaxassislarning oilalariga Dehqon xoʻjaligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga tomorqa yer uchastkasi imorat va xovli egallagan maydonni ham qoʻshganda sugʻoriladigan yerlarda 0,35 gektargacha va sugʻorilmaydigan yerlarda 0,5 gektargacha oʻlchamda, choʻl va saxro mintaqada esa sugʻorilmaydigan yerlarda 1 gektargacha ulchamda beriladi.
Dehqon xoʻjaligi yuritish uchun beriladigan yer uchastkalarining ulchamlari yer resurslarining mavjudligiga karab hamda oilaning jamoat ishlab chiqarishdagi ishtirokini xisobga olgan xolda qishloq xoʻjaligi kooperativlarida, boshqa jamoa qishloq xoʻjaligi korxonalarida ularning yuqori boshqaruv organlari tomonidan, boshqa qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi korxonalari, muassasalari, tashkil otlarida ularning ish beruvchisi (maʼmuriyati) qarori bilan belgilanadi, mazkur qaror asosida tuman xokimi tegishli qaror qabul qiladi.
Fuqarolarga Dehqon xoʻjaligi kiritish uchun 0,06 gektar doirasida tomorqa yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish xuquqi kimoshdi savdosi asosida sotilishi mumkinligi qonunda koʻrsatilgan (Yer Kodeksining 55-moddasi, “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi qonunning 8-moddasi).
“Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi qonunning 8-moddasiga koʻra, tashkil etilayotgan Dehqon xoʻjaligi uchun tomorqa yer uchastkasi olish xuquqidan mazkur joyda kamida uch yil mobaynida doimiy yashab kelayotgan shaxslar foydalanadilar.
Tomorqa yer uchastkasidan oqilona va samarali foydalanayotgan xoʻjaliklariga qishloq xoʻjalik kooperativi boshqaruvi tomonidan umumiy majlisining qarori asosida qishloq xoʻjalik maxsuloti yetishtirish va realizatsiya qilish, ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek yaylov yaratish uchun qisqa muddatli ijaraga kushimcha ravishda Yer uchastkalari beriladi.
Dehqon xoʻjaligi boshligi vafot etgan takdirda tomorqa yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish xuquqi shu xoʻjalik aʼzolarining oʻzaro kelishuvi asosida xoʻjalik aʼzolaridan biriga meros buyicha utadi.
Qishloq xoʻjalik korxonalari yerdan foydalanish xuquqining asosiy xususiyatlari kuyidagilardan iborat: birinchidan, qishloq xoʻjalik korxo-nalari oʻzlariga berilgan yer maydonlaridan asosan qishloq xoʻjaligi maxsu-lotlari yetishtirish uchun foydalanadilar; ikkinchidan, Yer qishloq xoʻjalik korxonalari uchun asosiy ishlab chiqarish vositasi boʻlganligi uchun undan oqilona foydalanishlari, uni xosildorligini doimo oshirib borishlari lozim; uchinchidan, qishloq xoʻjalik korxonalari foydalanishida boʻlgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar oltin fondimizni tashkil etganligi uchun xususiylashtirilishi, oldi-sotdi qilinishi, garov, xadya, ayirboshlash obyektlari boʻlishi mumkin emas; turtinchichdan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar davlat mulki xisoblanib, qishloq xoʻjalik korxonalari uni egallash va undan foydalanish xuquqlariga ega boʻladilar.
Yuqorida bildirilgan fikr va muloxazalardan kelib chiqib, qishloq xoʻjalik korxonalarining yerdan foydalanish xuquqit deganda, ularga foydalanish uchun berib qoʻyilgan yer uchastkalariga egalik qilish, undan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan xuquqiy normalar yigʻindisi tushuniladi. Bu xuquqiy normalar qishloq xoʻjalik korxonalarining yerdan foydalanish xuquqining vujudga kelish tartibi va asoslari, ularning yerdan foydalanishdagi xuquq va majburiyatlari, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni muxofaza qilish, yer qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik kabi munosabatlarni tartibga soladi.
Qishloq xoʻjalik korxonalari yerdan foydalanish xuquqi obyektlari-ni bir qancha jixatlariga qarab tavsiflash mumkin. Yer uchastkalaridan foydalanish maqsadiga qarab qishloq xoʻjalik korxonalari yerlari tovar qishloq xoʻjaligi maxsuloti yetishtirishga moʻljallangan hamda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga (uy-joylar, binolar, inshootlar, yoʻllar.) boʻlinadi. Suv bilan taxminlanganlik darajasiga qarab qishloq xoʻjaligi korxonalari yerlari sugʻoriladigan yerlar hamda yerlari toifalariga boʻlinadi. Yuqoridagilardan tashqari, qishloq xoʻjalik korxonalarning yerlari xoʻjalik yuritish shakliga qarab jamoa fondi yerlari va Dehqon xoʻjaligi yuritish uchun ajratilgan yerlar toifalariga boʻlinadi.
Umumiy qoidaga koʻra, yerdan foydalanish va uni muhofaza qilishga qaratilgan xuquq va majburiyatlarni tartibga soluvchi xuquqiy normalar yigʻindisi yerdan foydalanish xuquqi mazmunini tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda, yerdan foydalanish xuquqining mazmuni yerdan foydalanuvchi subyektlarga tegishli boʻlgan xuquq va majburiyatlar yigʻindisidir. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, qishloq xoʻjaligi korxonalarining yer bilan bogʻliq munosabatlarga doir xuquq va majburiyatlarini tartibga soluvchi xuquqiy normalar yigʻindisi ularning yerdan foydalanish xuquqi mazmunini tashkil etadi. Yaʼni qishloq xoʻjalik korxonalarining yerdan foydalanish xuquqi mazmuni ularga tegishli yerdan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan xuquq va majburiyatlar yigʻindisidan iboratdir.
Maʼlumki, yer xuquqiy munosabatlar mazmuni uchta elementdan: yerni egallash, undan foydalanish va uni tasarruf qilish xuquqidan iborat boʻladi. Demak, yer xuquqiy munosabatlar subyektlarining, jumladan qishloq xoʻjalik korxonalarining xuquq va majburiyatlari mazmuni yerni egallash, undan foydalanish va uni tasarruf qilish xuquqlari bilan xarakterlanadi, yaʼni qishloq xoʻjalik kooperativlari yuqorida sanalgan xuquqlarga ega boʻlishlari mumkin.
Dastavval taʼkidlash oʻrinliki, yer qonunchiligiga koʻra, qishloq xoʻjalik korxonalari yerning egasi boʻlmaganligi sababli uni tasarruf qilish xuquqiga ega emaslar. Bu xuquq faqat yerning egasi boʻlgan davlatda saqlanib qoladi. Demak, qishloq xoʻjalik korxonalariga xoʻjalik faoliyati yuritish uchun yer berilganda unga nisbatan mulk xuquqi davlatda saqlanib qoladi va hech vaqt u ikkinchi tomonga oʻtmaydi. Shunday ekan, qishloq xoʻjalik korxonalari yerning egasi xisoblanmaydilar va tasarruf qilish xuquqiga ham ega boʻlmaydilar.
Shundan kelib chiqqan xolda aytish mumkinki, qishloq xoʻjalik korxonalari faqat yerni egallash va undan foydalanish xuquqiga egadirlar. Subyektiv mulk xuquqining asosiy elementi boʻlgan tasarruf etish xuquqi esa mulk egasida, yaʼni davlatda saqlanib qoladi.
Qishloq xoʻjalik korxonalarining yer bilan bogʻliq boʻlgan munosabatlarda yerga egalik xuquqi muxim ahamiyat kasb etadi. Yerga egalik xuquqi tufayli qishloq xoʻjalik korxonalari undan mustaqil tarzda foydalanishlari, oʻzlari xoxlagan ekin turlarini yetishtirishlari, yetishtirilgan xosilni mustaqil ayirboshlashlari mumkin.
Yerga nisbatan egalik xuquqi undan foydalanish xuquqini ham keltirib chikaradi. Yerni egallamasdan turib, undan foydalanib ham bulmaydi. Shuning uchun ularni kup jixatdan bir-biri bilan oʻzviy bogʻliq deyishi mumkin. Shuni aytish kerakki, yerdan foydalanish xuquqi mustaqil element sifatida yer xuquqiy munosabatlarda aloxida ahamiyatga va oʻziga xos xususiyatlarga ega. Yerdan foydalanish xuquqi deganda, Qishloq xoʻjalik korxonalari tomonidan yerning foydali xususiyatlarini oʻzlashtirish, Yerni iktisodiy mahnoda ekspluatatsiya qilish tushuniladi.
Yer toʻgʻrisidagi qonun avvalo qishloq xoʻjalik korxonalarining yerlarini noqishloq xoʻjalik extiyojlariga oʻtkazishdan ximoya etadi. Ayniksa sugʻoriladigan Yerlarni boshqa toifaga oʻtkazishga aloxida xollardagina yoʻl qoʻyiladi. Bunda qishloq xoʻjaligi, suv xoʻjaligi idoralari, shuningdek tabiatni muxofaza qilish idoralari bilan kelishib amalga oshirilish, oʻta zarur shart-sharoitlar vujudga kelgandagina berilishi lozim. Yer kodeksining 44-moddasiga koʻra sugʻoriladigan yerlarni sugʻorilmaydigan yerlar sirasiga oʻtkazish aloxida xollarda tuprok-meliorativ va iktisodiy shartlari hamda yerlarning suv bilan taminlanganligini, ulardagi mavjud suv resurslarini va bu suvlarga belgilangan limitlarni inobatga olib Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi bilan kelishilgan xolda viloyat xokimi qaroriga binoan amalga oshiriladi. Qishloq xoʻjaligi korxonalari foydalanishida boʻlgan aloxida kimmatga ega boʻlgan unumdor sugʻoriladigan yerlar sugʻorilmaydigan yerlar jumlasiga utkazilmaydi, zarur xollarda esa korxonalar, binolar va inshootlar kurilish uchun berishga aloxida xollarda Vazirlar Maxkamasining qaroriga binoan yoʻl qoʻyiladi (Yer kodeksi 45-modda).
Yer qonunchiligi qishloq xoʻjalik korxonalarining yerlarini asossiz ravishda tortib olishda, olib qoʻyishdan ximoya qiladi. Chunonchi, yer kodeksining 37-moddasida koʻrsatilishicha, yer uchastkasi yoki uning bir kismi davlat va jamoat extiyojlari uchun yer egasining roziligi bilan yoki yerdan foydalanuvchi va ijarachi bilan kelishilgan xolda tegishlicha tuman, shahar, viloyat xokimining qaroriga yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qaroriga binoan olib qoʻyiladi. Agar yer egasi yer uchastkasini olib qoʻyish haqidagi tuman, shahar, viloyat xokimining qaroriga yoki Vazirlar Maxkamasining qaroriga rozi boʻlmasa bu qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
Qishloq xoʻjalik korxonalarining yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olinishdan ximoya qilinishi Yer Kodeksida aloxida belgilangan. Ushbu kodeksning 91-moddasiga binoan oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga gayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-harajatlar koplanmagan tarzda tegishliligiga koʻra kaytariladi. yer uchastkalarini foydalanish uchun yarokli xolatga keltirish yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar xisobidan amalga oshiriladi.
Yuqorida aytilganlardan tashqari, yer qonunchiligi Qishloq xoʻjalik korxonalarining ishlab chiqarish faoliyati davrida ularga yetkazilgan zarar, nobudgarchilikning urnini koplash masalasini ham xal qilgan. Yer kodeksining 86-moddasid koʻrsatilishicha, yeruchastkasidan foydalanuvchiga yetkazilgan zarar (shu jumladan boy berilgan foyda)ning oʻrni kuyidagi xollarda tula xajmda koplanadi: yerlar olib qoʻyilgan, kayta sotib olingan yoki vaktincha egallab turilganida; suv xavzalari, kanallar, kollektorlar, shuningdek qishloq xoʻjaligi ekinlari va dov-daraxtlar uchun zararli moddalar chikaradigan boshqa obyektlar kurish va ulardan foydalanishning tasiri hamda yuridik va jismoniy shaxslarning xosil kamayishiga va qishloq xoʻjaligi maxsulotining sifati yomonlashuviga olib boradigan boshqa xatti-harakatlari okibatida yerlarning sifati yomonlashgan takdirda koplanishi kerak. yetkazilgan zarar aybdor korxona, tashkil ot tomonidan koplanadi.
Yer kodeksining 41-moddasida urnatilishicha, yer egalari faoliyatiga davlat, xoʻjalik organlari, hamda mansabdor shaxslarning aralashuvi tahkiklanadi. Shuningdek, yer egalarining boʻzilgan xuquqlari tiklanishi kerak. Qishloq xoʻjalik korxonalarining yerdan foydalanish xuquqini kafolatlanganligi, qonun bilan muxofaza qilinishi ular ishlab chiqarish faoliyati barqarorligini taminlashga, qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishni rivojlantirishga olib keladi.

Download 328,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish