IV. ShARTNOMANING BAJARILIShI
4.1.Taraflar tomonidan majburiyatlar mazkur shartnoma shartlari va qonun hujjatlari talablariga muvofiq zarur tarzda bajarishlari kerak.
4.2.Agar taraflar o'z zimmalariga olgan barcha shartnomaviy majburiyatlarini bajarilishini to'liq ta'minlasalar shartnoma bajarilgan deb hisoblanadi.
V. ShARTNOMANING AMAL QILISh MUDDATI
5.1.Mazkur shartnoma tuman qishloq xo'jalik bo'limidan ro'yxatan o'tkazilgan kundan boshlab amalga kiritiladi.
5.2.Mazkur shartnoma 2022 yil moliya yiliga mo'ljalllab tuzilgan bo'lib,
2022-yil 1 apreldan 2022- yil 30 sentyabrgacha amal qiladi.
5.3.Mazkur shartnoma 3(uch) kun mobaynida “Etkazib beruvchi” tomonidan tuman qishloq va suv xo'jaligi bo'limiga ro'yxatan o'tkazish uchun taqdim etiladi va tuman qishloq xo'jaligi bo'limi tomonidan imzolanad va muhr bilan tasdiqlanadi.
5.4.Tomonlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar ular tomonidan mazkur shartnomaning barcha shartlari bajarilgan va hisob-kitob to'liq tugatilgan taqdirda to'xtatiladi.
VI.TARAFLARNING MULKIY JAVOBGARLIGI
6.1. “Etkazib beruvchi” hisobidagi sug'orish va meliorativ tarmoqlariga “Iste’molchi” tomonidan shikast yoki zarar etkazilganda, ularni qayta tiklash va ta’mirlash ishlari “Iste’molchi” tomonidan amalga oshiriladi yoki nizolar kelib chiqqan taqdirda etkazilgan zarar tegishli ravishda iqtisodiy sud qarori asosida “Etkazib beruvchi” ga to'lab beriladi.
6.2. “Iste’molchi” tomonidan to'lovlar belgilangan muddatlarda amalga oshirilmaganda va to'lov belgilangan muddatdan kechiktirilgan taqdirda, “ Etkazib beruvchi” ga berilayotgan suvni to'xtatib qo'yishi hamda to'lovlar amalga oshirilgandan so'ng suvni qaytadan ochib berishga xaqlidir.
6.3. “Iste’molchi” tomonidan suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalariga rioya qilinmagan taqdirda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi va uning joylardagi bo'limlari tomonidan belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
6.4. O'zboshimchalik bilan suv olish joyini tugatish va uni dastlabki holatiga keltirish qonunbuzuvchining o'zi tomonidan yoki uning mablag'i hisobiga amalga oshiriladi.
6.5. Ushbu shartnomada nazarda tutilmagan javobgarlik choralari va boshqa masalalar O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
6.6. “Etkazib beruvchi” suvni etkazib berishni kechiktirilgan yoki to'liq etkazib berilmagan taqdirda “Iste’molchi”ga kechiktirilgan har bir kuni uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 miqdorida penya to'laydi. Biroq,bunda penyaning umumiy summasi etkazib benrilmagan suv qiymatining 50 foizidan ortiq bo'lmasligi kerak.
6.7. “Iste’molchi” . “Etkazib beruvchi” tomonidan shartnomada belgilangan etkazib berilgan suv miqdori uchun o'z vaqtida haq to'lmagani yoki muddatini kechiktirgani uchun har bir kun uchun kechiktirilgan to'lov summasining 0,4 foizi miqdorida penya to'laydi. Biroq,bu kechiktirilgan to'lov summasining
Do'stlaringiz bilan baham: |