.3. “Iste’molchi”quyidagi huquqlarga ega: a) mazkur shartnomada ko'rsatilgan suvdan foydalanish limiti va berilgan talabnoma asosida “Etkazib beruvchi”dan suv etkazib berilishini talab qilish;
b) etkazib berilayotgan suvning miqdorini va sifatini tekshirish;
v) ekin maydonlari, sug'orish tarmoqlari suv olishga tayyor bo'lmaganda suv olishdan voz kechish yoki uni “Etkazib beruvchi” bilan kelishilgan holda boshqa muddatga ko'chirish;
g) o'z ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda suv olish limitlarini o'zgartirish va manbadagi suv resurslaridan samarali foydalanish to'g'risida takliflar kiritish;
d) manbalardan suv olish joylarida o'rnatilgan suv o'lchash vositalari (gidropostlar) ishining hamda suv hisob-kitobining to'g'riligiga shubha paydo bo'lganda, “Etkazib beruvchi”dan navbatdan tashqari qo'shimcha o'lchov o'tkazilishini talab qilish.
“Iste’molchi” qonun hujjatlariga va ushbu shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo'lishi mumkin.
3.4. “Iste’molchi”ning majburiyatlari: a) mazkur shartnomaning 1- va 2-ilovalarida belgilangan suv iste’moli rejasiga,
3- va 4-ilovalarida belgilangan to'lovlarni to'lash grafigiga hamda belgilangan suv olish limitlariga va suvdan foydalanish qoidalariga qat’iy rioya etish;
b) olingan suvdan maqsadli va samarali foydalanishni, er maydonlarini ko'llatishga, sug'orish tarmoqlaridan hamda ekin maydonlarida suvni behuda sarflashga yo'l qo'ymaslik;
v) sug'orish uchun berilgan suvlarning kollektor-drenaj tarmog'iga va boshqa suv ob’ektlariga oqizib yuborilishiga yo'l qo'ymaslik;
g) hududdagi sug'orish tarmog'ini suv taqsimlash va o'lchash vositalari (gidropostlar) bilan o'z mablag'lari hisobidan jihozlash hamd ularni soz holda saqlash;.
d) suv olish uchun 10 kun oldin yozma talabnomani “Etkazib beruvchi”ga taqdim etish va sug'oriladigan maydonni sug'orishga tayyorlash;
e) o'zboshimchalik bilan suvdan foydalanmaslik;
j) manbada suv miqdori kamayib yoki ko'payib ketganda zudlik bilan “Etkazib beruvchi”ni yozma ravishda (avariya holatlarida - telefon orqali) xabardor qilish;
z) sug'orishda suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni va innovatsion echimlarni joriy qilish, ekin maydonlarini tekislash, suvchilar sonining etarlicha bo'lishini va ularga ish haqlarini o'z vaqtida to'lanishini hamda suvchilarga dalada etarli shart-sharoitlar yaratish;
i) xizmat haqi bo'yicha to'lovlarning o'z vaqtida to'lanishini ta’minlash;
k) irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarini tozalash-ta’mirlash, obodonlashtirish maqsadida tashkil etiladigan ommaviy hasharlarda (ishchi kuchi, texnika va boshqalar bilan) ishtirok etish;
“Iste’molchi” qonun hujjatlariga va ushbu shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajaradi.