VIII. FORS-MAJOR VA JAVOBGARLIKDAN OZOD ETISh
8.1. Zilzila, qurg'oqchilik, suv tanqisligi, suv toshqini, yong'in va boshqa tabiiy ofatlar natijasida engib bo'lmaydigan kuch holatlari (fors-major) munosabati bilan ularning irodasi va xohishiga bog'liq bo'lmagan sabablar bo'yicha o'z zimmalariga olgan shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi uchun bir taraf boshqa taraf oldida javob bermaydi.
8.2. Engib bo'lmaydigan kuch holatlari (fors-major) yuz berganda, taraflar tuman (shahar)lar hokimliklari huzurida tashkil etiladigan engib bo'lmaydigan kuch holatlari
(fors-major)ni tasdiqlash bo'yicha komissiyaga murojaat qiladilar.
Komissiya mazkur masalani ko'rib chiqishda vakolatli davlat organlarining ma'lumotlari va axboroti asosida engib bo'lmaydigan kuch holatlari (fors-major) oqibatida shartnomalar bo'yicha majburiyatlar bajarilmaganligi uchun “Iste’molchi” yoki “Etkazib beruvchi”ni javobgarlikdan ozod qilish yuzasidan xulosa berishi mumkin. Fors-major holatlarini aniqlashda shartnoma taraflari qatnashishi kerak.
IX. NIZOLARNI HAL ETISh TARTIBI
9.1. Mazkur shartnoma bo'yicha kelishmovchiliklar va nizoli masalalar kelib chiqqan taqdirda, taraflar qoidaga ko'ra, mustaqil ravishda talabnoma kiritadi yoki tuman (shahar)lar hokimliklari huzurida tashkil etiladigan engib bo'lmaydigan kuch-holatlari (fors-major)ni tasdiqlash bo'yicha komissiya ishtirokida ularni sudgacha hal etish choralarini ko'radilar.
Taraflar o'zaro kelisha olmagan taqdirda, kelishmovchilik va nizolar sud tartibida
hal qilinadi.
9.2.Taraflar tomonidan kelishmovchiliklar va nizolarni sudgacha o'zaro hal etish imkoni bo'lmaganida kelishmovchilik va nizolarni hal etish uchun Qorauzak tumanlararo iqtisodiy sudiga murojjat qilishga haqlidirlar.
X. YAKUNIY QOIDALAR
10.1. Mazkur shartnoma taraflar tomonidan imzolangandan so'ng, “Etkazib beruvchi” tomonidan 3 (uch) ish kuni mobaynida tuman qishloq xo'jaligi bo'limiga ro'yxatdan o'tkazish uchun taqdim etiladi.
Shartnoma ro'yxatdan o'tkazilgandan so'ng, “Etkazib beruvchi” shartnoma ro'yxatdan o'tkazilgan kundan boshlab ikki kun muddatda “Iste’molchi”ga ro'yxatdan o'tkazilgan shartnomaning bir nusxasini imzolangan holda berilishini ta'minlaydi.
10.2. Shartnoma 2022 yil moliya yiliga mo'ljallab tuzilgan va 2022-yil 1 apreldan
2022- yil 30 sentyabrgacha amal qiladi.
10.3.Ushbu shartnomaning barcha Ilovalari shartnomaning ajralmas qismini tashkil qilib, asosiy shartnomasiz haqiqiy sanalmaydi.
10.4.Mazkur shartnomaga har qanday o'zgartirish va qo'shimchalar taraflar o'rtasida tuziladigan qo'shimcha kelishuvga asosan kiritiladi.
10.5. Tuman qishloq xo'jaligi bo'limi tomonidan ro'yxatdan o'tkazilgan shartnomaga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalar shartnoma bilan rasmiylashtiriladi va tuman qishloq xo'jaligi bo'limlarida ro'yxatdan o'tkazilgandan keyin bajariladi.
10.6. Mazkur shartnoma 3 nusxada taraflardan har biri va tuman qishloq xo'jaligi bo'limi uchun bir nusxadan tuzildi. Shartnomaning barcha nusxalari bir hil yuridik kuchga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |