Mustaxkamlik deb konstruksiya va uning elementlarini buzilmasdan ma’lum yuklarni ko‘tarib turish qobiliyatiga aytiladi.
Bikrlik deganda konstruksiya va uning elementlarini tashqi kuchlar ta’siridan deformatsiyalanishga qarshilik ko‘rsatish qobiliyati tushuniladi. Ekspluatatsiya davrida konstruksiyalar va ularning ayrim elementlari tashqi kuchlar ta’siridan katta deformatsiyalar xosil qilmasligi kerak.
Ustivorlik deb konstruksiya va uning elementlarining tashqi kuchlar ta’siridan ma’lum elastik muvozanatni boshlang’ich formasini saqlash qobiliyatiga aytiladi.
Materiallar qarshiligi fanini o‘qitishdan maqsad talabalarga ekspluatatsiya davrida inshoot va mashina konstruksiyalari elementlarida tashqi kuchlar ta’sirida xosil bo‘ladigan ichki kuchlarni aniqlash usullarini o‘rgatishdan, xamda ularda dastlabki muxandislik hisob-loyixa ishlarini bajarish bo‘yicha ko‘nikmalar xosil qilishdir. Materiallar qarshiligi fanining vazifasi bino, inshootlar va mashinalar elementlarida hosil bo‘ladigan kuchlanganlik xolatini va deformatsiyalanishni muhandisona tahlil qilishni, konstruksiya uchun hisobiy sxema tanlashni ularning ko‘ndalang kesimlaridagi ichki kuchlarni aniqlash uchun kerakli usullarni qo‘llay olishni, konstruksiya materiallarining fizik - mexanik xarakteristikalarini aniqlash usullarini talabalarga o’rgatishdan iboratdir.
2. Materiallar qarshiligi fani umum ta’lim fanlari bo‘lgan fizika, oliy matematika, nazariy mexanika fanlariga asoslanib, o‘zining xisoblash usullarini yaratadi.
Muhandislarni shakllantirishda asosiy rol o‘ynaydigan umummuxandislik fanlarini o‘rganishda materiallar qarshiligi fani asos bo‘lib xizmat qiladi.
Hozirgi zamon binolari hamda inshootlari oldindan tayyorlangan loyixalar asosida bunyod etilishi xech kimga sir emas. Loyihada bino va inshootlarning umumiy o‘lchamlari bilan bir qatorda har bir alohida elementning o‘lchamlari ham to‘liq ko‘rsatiladi. Konstruksiya elementlarining uzunliklari hamda ko‘ndalang kesim.o‘lchamlari elementlarga ta’sir etuvchi kuchlar va elementning materialiga bog‘lik holda xisoblash yo‘li bilan aniqlanadi. Hisoblash usullari esa qurilish mexanikasi va materiallar qarshiligi fanlarida bayon etiladi.
3. Qurilish muhandislarining saviyasini belgilashda bu fanlarning ahamiyati benixoya kattadir. Har qanday fanni talaba o’z ona tilida oson o‘zlashtira olishini yaxshi tushungan alloma olim akademik M.T. O‘rozboyev 1954 yilda nazariy mexanika, 1960 yilda materiallar qarshiligi fanlaridan birinchi
bo‘lib o’zbek tilida darslik yaratdi. Oradan chorak asr o‘tgach, 3.A. Odilxo‘jayev, T.G. G‘ulomov va T.K. Abdukarimovlar ustoz M. T O‘rozboyev boshlab bergan xayrli ishni davom ettirib, o‘zbek tilida ilk bor qurilish mexanikasi fanidan darslik yaratib, talabalarga tortiq etdilar.
4. Qurilish mexanikasi fanining asosiy vazifalaridan biri tashki kuchlar (yuklar) ta’sirida konstruksiya elementlarida hosil bo‘ladigan ichki kuchlarni (zo‘riqishlarni) aniqlashdan iboratdir. Zo‘rikish nimaligini to‘liqroq tasavvur etish uchun oddiy bir misol keltiramiz. Ikki qo‘lingizda suv to‘ldirilgan ikki chelakni ko‘tarib turibsiz, deylik. Dastlabki daqiqalarda qo‘lingiz toliqish yoki og‘riqni his etmaydi. Biroq vaqt o‘tgan sayin qo‘lingizda og‘riqqa o‘xshash yengil toliqish paydo bo‘ladi va u borgan sari kuchayib boradi. Ana shu og‘rikka o‘xshash toliqish mexanika tilida zo‘riqish yoki ichki kuch deb ataladi. Konstruksiya elementlariga qo‘yilgan tashqi kuchlarning (masalan, chelakdagi suv) miqdori ma’lum bo‘lsa, elementlarda hosil bo‘ladigan zo‘riqishlarni aniqlash qiyin emas. Konstruksiya elementlarining ko‘ndalang kesim o‘lchamlari aniqlangan zo‘riqishlarning miqdoriga qarab belgilanadi.
Xar bir jismda unga qo‘yilgan kuchlar ta’siridan uning zarralarining o‘zaro joylashuvi o‘zgaradi, ammo uning tarkibidagi moddalarning umumiy mikdori o‘zgarmaganligi tufayli uning massasi o‘zgarmaydi. Bunday xolda jism deformatsiyalandi deyiladi. Masalan, brus cho‘zilganida uning uzunligi, egilishda esa shakli, ko‘ndalang kesimi doiraviy bo‘lgan valning buralishida – xajm o’lchamlari va shakli o‘zgarmasa ham elementar zarralarning o‘zaro joylashishi o‘zgaradi.
Deformatsiya deganda, odatda, jism o’lchamlari va shaklining o‘zgarishiga olib keluvchi jism zarralari o‘zaro joylashish holatining o‘zgarishi tushuniladi va u quyidagilarga bo‘linadi: 1. Jism tashqi yukdan ozod qilingandan keyin, u o‘zining oldingi o‘lchamlari va shaklini to‘liq qayta tiklasa, bunday deformatsiyaga elastik deformatsiya deyiladi.
2. Jism tashqi yukdan ozod qilingandan keyin, u o‘zining oldingi o‘lchamlari va shaklini qayta tiklay olmasa, bunday deformatsiyaga plastik (qoldiq) deformatsiya deyiladi.
Ba’zi materiallarning elastik xossalari barcha yo‘nalishlarda bir xil bo‘ladi. Bunday jismlar izotrop jismlar deb ataladi. Elastiklik xossalari barcha yo‘nalishlarda bir xil bo‘lmagan materiallar anizotrop materiallar deyiladi.
Materiallar qarshiligi fanini hisoblash nazariyasini yaratishda real materiallarning barcha xossalarini hisobga olib bo‘lmaydi, shuning uchun qator farazlar (gipotezalar) qabul qilinadi. Har gal hisoblash formulalarini keltirib chiqarishda qabul qilingan farazlar tushuntirilib, asoslab beriladi. Bu farazlarni ko‘rib o’tamiz:
- material jism yaxlit (govaksiz) deb xisoblanadi;
jism materiali bir jinsli va izotrop deb olinadi.
Material xar bir nuqtada, xar bir yo‘nalishda bir xil xususiyatga ega deb hisoblanadi;
jism yuklanishidan oldin unda boshlangich zo’riqish kuchlari bo‘lmaydi deb faraz qilinadi;
- kuchlar ta’sirining mustaqillik prinsipidan foydalaniladi, bu prinsipning mohiyati quyidagicha: salqilik yoki reaksiya kuchining bir necha kuch ta’sirida hosil bo‘ladigan qiymati har qaysi kuch ta’sirida hosil bo‘ladigan qiymatlar yig’indisiga tengdir;
-Sen-Venan prinsipi. Jismga qo‘yilgan kuchning ta’sir nuqtasidan yetarlicha uzoqda joylashgan nuqtalarida hosil bo‘ladigan ichki kuchlar xarakteri tashqi kuchning ta’sir xarakteriga bog’lik bo‘lmaydi. Bu prinsip asosida jismga u qadar katta bo‘lmagan yuzachalarda taqsimlangan kuchlar shu kuchlarning teng ta’sir etuvchisini ifodalovchi bitta to’plangan kuch bilan almashtirilishi mumkin, buning natijasida hisoblash ishi osonlashadi.
-Deformatsiya kichikligi prinsipi. Bunda deformatsiya jismning o’lchamlariga nisbatan juda kichik deb faraz qilinadi. Deformatsiya natijasida kuch qo‘yilgan nuqtalarning jismning biror nuqtasiga nisbatan masofasini o‘zgarishini hisobga olmaslik mumkin. Bu o‘z navbatida materiallar qarshiligi fanida ichki va tashqi kuchlarni aniqlashda nazariy mexanikaning muvozanat tenglamalaridan foydalanish imkoniyatini beradi.
Nazariy mexanika fanining materiallar qarshiligi fanidan farqi shundaki, nazariy mexanika fanida jism