Ko‘ndalang kesim o‘lchamlari uzunlik o‘lchamiga nisbatan juda kichik bo‘lgan konstruksiya elementlariga bruslar deb ataladi
a) cho‘zilish yoki siqilishga qarshilik ko‘rsatuvchi ingichka brus sterjen deb ataladi
b) buralishga qarshilik ko‘rsatuvchi brusga val deb ataladi, masalan aylanma harakatni elektrodvigateldan stanokka uzatuvchi sterjen v) egilishga qarshilik ko‘rsatuvchi brusga to‘sin deb ataladi 2. Plastinka yoki plita yoxud qobiqlar guruhi.
Qalinligi qolgan boshqa o‘lchamlariga nisbatan juda kichik bo‘lgan tekis sirt bilan chegaralangan konstruksiya elementlariga plita yoki plastinka deb ataladi
3. Qalinligi qolgan boshqa o‘lchamlariga nisbatan juda kichik bo‘lgan egri sirt bilan chegaralangan konstruksiya elementlariga qobiq deb ataladi
4. Massivlar guruhi.
Uchala o‘lchami bir xil tartibda bo‘lgan konstruksiya elementlariga