Ferma 4-fasl



Download 188,69 Kb.
bet31/33
Sana29.01.2021
Hajmi188,69 Kb.
#57574
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
Документ

Hozirgi payt

–Esingdami Lyuvis, mendan "senga yana nima yetmayapti" deb so'raganding. Men o'sha payt rosa javob berishga urindim, ammo o'zimni zo'rg'a tiyib turdim. Menga ozodlik yetmayapti! Tupurdim shu lavozimingga ham, shtabingga ham! Menga ozod hayotni yaratib ber! Bu qo'lingdan keladimi? Albatta yo'q. Shu sabab ham o'zim uchun o'zim ozod hayot yarataman...

Emma Elizabetning bo'ynidagi raqami va Lyuvis uni "1041" deb chaqirganini eshitib, Kara yovvoyi sarimsoqqa qo'shib bergan qog'oz parchasi esiga tushib ketdi:

«3866-1041»

–Demak...Kara oyi o'sha payt biz ishonishimiz mumkin bo'lgan insonga ishora qilmoqchi bo'lgan ekan-da...-Emma Elizabetga yuzlanib savol berdi,-Siz Kara oyini tanirmidingiz? Nega bizga yordam beryapsiz?

–Axir hozirgina aytdim, men ozod bo'lmoqchiman. Keyin, sizlarga yordam bermayapman. Noto'g'ri tushunmang. Shunchaki maqsadimiz bir, xolos.

–Hamma qurolini tashlasin!-baqirdi Lyuvis,-Aks holda bolalar o'ladi!

–Aksincha, siz qurolingizni tashlang,-dedi William,-Agar bolalar o'lsa, siz ham o'lasiz. Sizlarga oxirgi imkonni beraman, yaxshilikcha qurolingizni tashlab, taslim bo'ling. Aks holda lordingizga qo'shilib o'lib ketasiz.

–Yo'q...men yutkazmayman...-shivirladi Lyuvis,-Bunga tayyor emasman! Yutkazishni xohlamayman...

–Uchgacha sanayman,-William chap qo'lini ko'tarib, uchta barmog'ini ochdi,-Bir...

Uchta vampir qurolini tashlab, bolalarni qo'yib yubordi.

–Ikki...

Lyuvisning atrofida turgan beshta vampir ham taslim bo'ldi. Lyuvisning tishlari g'ichirlab, boshidan sovuq ter oqib ketdi.

–Uch deyishga majbur qilmang!

Lyuvisdan tashqari qolgan barcha qurolini tashladi. U esa taslim bo'lmay, bor ovozi bilan baqirib yubordi:

–Yo'q!!! Men taslim bo'lmayman! Yutkazmayman...hech qachon! Men mag'lub bo'lmasligim kerak!!!-Lyuvis Tedni Emma tomonga otib, bor kuchi bilan tepaga sakradi. Unga ikki marta o'q uzishdi, ammo hech qaysisi tegmadi. Lyuvis askarlardan birini o'ldirib, qurolini tortib oldi va bor kuchi bilan yo'lak tashqarisiga otildi. William uning ortidan uch-to'rt marta o'q uzdi, ammo yana hech qaysisi tegmadi.

–Ortidan! Qochib ketishiga yo'l qo'ymang! U o'lishi shart!!!

* * *

–Yo'q...men yutkazmayman! Bunday bo'lmasligi kerak...jin ursin hammasini!-Lyuvis hansirab yo'lak bo'ylab yugurib ketyapti,-Agar...agar men sistemagacha yetib bora olsam, o'sha xoinlarning barchasini yo'q qila olaman! Birinchi o'rinda 1041 ni gumdon qilaman...



Lyuvis tashqariga chiqqach, hali ham odamlar va vampirlar jang qilayotganiga guvoh bo'ldi. Ammo vampirlarning soni ancha kamayib bo'lgandi. Lyuvis qo'rqoqlarcha pisib, labaratoriya bo'limiga qarab yugurib ketdi.

–Sistemaga kirib, ularning barining yuragini to'xtatib qo'yaman! Xoinlik qanaqa bo'lishini bilib qo'yishadi...

Lyuvis labaratoriya bo'limining ikkinchi qavatiga ko'tarilib, Piter Minervaning xonasiga kirdi. U yerdan omborxonaga va sistemaga kirish mumkin. Lyuvis sistemaga olib kiruvchi eshikni tepib kirib, ichkaridagi yuzlab o'chib yonayotgan har xil rangli chiroqlar va hech narsa bo'lmaganday devorga suyanib turgan Piter Minervaga duch keldi.

–Sen...sen o'lmaganmiding? Hali ham tirikmisan?

–Ko'rib turganingday tirikman, Lyuvis,-Piter qo'liga ratsiyasini olib, gapira boshladi: William, meni eshityapsanmi?

Ratsiyadan Williamning xirildoq tovushi eshitildi:

–Ha, eshityapman. Lyuvis qochib ketdi! Hozir uni qidiryapmiz!

–Tushunarli...-shivirladi Lyuvis Piterni nishonga olib,-Sen ham meni sotgansan.

Piter Lyuvisga e'tibor bermay, ratsiyaga gapirishda davom etdi:

–Lyuvis onalar bo'limiga yugurib ketganini ko'rdim. Hozir men ham o'sha yerdaman.

–Yaxshi! Hoziroq yetib boramiz! Uni ko'zdan qochirma!

–Aloqa tamom...

Piter ratsiyani cho'ntagiga solib, qarshisida turgan sistemaga tikildi.

–Bilasanmi, Lyuvis, bu sistemani qanday o'chirishga umuman aqlim yetmayapti. Agar o'chirilmasa, shtab tashqarisida bo'lgan onalarni bir hafta ichida avtomatik ravishda yuragini to'xtatib qo'yadi. Mabodo o'chirish yo'lini bilmaysanmi?

–Sistemani o'chirib bo'lmaydi!-baqirdi Piterni nishonga olib turgan Lyuvis,-Hammangiz o'lib ketasiz. Aytgancha, bu yerda nima qilib o'ralashib yuribsan, o'zi?

–Shunday deyishingni bilgandim. Sistemani o'chirib bo'lmaydimi, demak faqat yo'q qilish mumkin...-Piter shunday deb xonaning nargi burchagiga qadam bosdi.

–Nima qilmoqchisan? Nimani o'ylading? So'rab o'tiramanmi...alvido, Piter Minerva!-Lyuvis qo'lidagi miltiq bilan Piterga o'q uzdi. O'q Piterning ko'ksini teshib o'tib, yerga yiqitdi. Lekin Piter taslim bo'lmay, qayergadir bor kuchi bilan intilayotgandi. Yerda emaklab ketayotgan Piterni ko'rib, asabi buzila boshlagan Lyuvis unga yana bir marta o'q uzdi.

–Jon deb qoningni ichgan bo'lardim, ammo avval sistemani o'chirishim kerak...

Piter og'zidan otilib chiqayotgan qonni tupurib, arang ovoz chiqardi:

–Sen ham o'lasan, Lyuvis...minalar esingdami?

–Nima?! Yana qanaqa...

Piter o'ng qo'lini ko'tarib, xonaning burchagidagi, o'zidan biroz nariga berkitilgan minani qattiq bosdi.

Shu zahoti sistema ham, butun labaratoriya bo'limi ham portlab ketdi...

Oradan yana biroz vaqt o'tib, Lyuvis o'lgani ma'lum bo'lgach, qolgan vampirlar ham taslim bo'lishdi. Emma buni avvaldan kutgandi...g'alaba nashidasini his qilishni anchadan beri orzu qilib yurgandi. William Piter o'zini Lyuvisga qo'shib portlatib yuborganini tushunib yetdi. Emma, Rey va Mayk 3-fermaga tashlab kelgan bolalaridan yana bir marta kechirim so'rab, barchasini birma bir quchib chiqishdi.

–Sen juda ham zo'r harakat qilding, Ted,-dedi Emma,-Sen bilan faxrlanaman. Sizlarni o'ldirib yuborishlariga sal qoldi...meni kechir.

–Yo'q, agar siz bo'lmaganingizda biz allaqachon o'lib ketgan bo'lardik. Bizga Linda opam ham yordam berdi...

–Linda? Kim u? Yangi onami?

–Menman Linda...-Emmaning orqasida kiyimi va yuzlari

qora kul bo'lib ketgan Linda paydo bo'ldi.

–Sen...mabodo sen bilan avval ham uchrashmaganmizmi?

–Nahotki unutib yuborgan bo'lsang, Emma? Axir 3-fermada birga yashaganmiz-ku.

–Ha! Esladim!-Emma borib, Lindani quchoqladi,-Demak Kara oyi seni ham onalikka jo'natib yuboribdi-da?

–Ha...ammo u siz o'ylaganchalik yomon emas. Xohlasang, tushuntirib beraman...

–Shart emas. Buni juda yaxshi bilaman. Ha aytgancha, bizga yordam bergan buvi qani?

Emma urushdan keyingi yaralarini davolab o'tirgan askarlar va qora tutunlar orasidan qo'liga uzatgichlardan signal qabul qilib turadigan soatini ushlab turgan Elizabetni topib bordi. Elizabet haligacha soatga hayron bo'lib qarab turgandi.

–Bezovta qilmadimmi?

–Mana buni qara, 3866, ekranda hech narsa yo'q. Hech narsa qolmadi...hammasi kuyib kulga aylandi! Buning nima ekanligiga tushunyapsanmi? Biz ozod bo'ldik! Ozodmiz! Men aynan shu narsani xohlagandim...

–Xonim...menga oyim o'limidan avval bir qog'oz qoldirgandi. Unda "1041-3866" deb yozilgandi. Buning nima ekanini bilmaysizmi?

–Oying?

–Ha, Kara oyi. Uni tanigansiz-ku.

–Tushunarli...

–Xo'sh?


–Bilmayman. Menimcha shunchaki menga ishonishing mumkinligini aytmoqchi bo'lgan.

–Men ham shunday deb o'ylagandim. Nima bo'lganda ham yordam uchun rahmat.

–Sizga ham rahmat. Endi mumkin bo'lsa, meni biroz holi qoldirsang.

Emma yana bir marta rahmat aytib qo'yib, qolgan bolalar tomonga qarab ketdi. Elizabet esa uning ortidan qarab chuqur xo'rsinib qo'ydi:

–Omad yor bo'lsin, qizim...


Download 188,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish