Oshqozonga tushganda o‘ldiradigan o‘rtacha miqdori mg Gkg
1000 dan ortiq
Preparatning qattiq shakli
10 dan
11-100
101-1000
3000 dan ortiq
Preparatning suyuq shakli
30 dan kam
31-300
301-3000
ortiq
Teriga tushganda o‘ldiradigan o‘rtacha miqdori mg Gkg
501-2500
2500 dan ortiq
Preparatning qattiq shakli
100 va kam
101-500
1001-5000
5000 dan ortiq
Preparatning suyuq shakli
200 va kam
201-1000
5000
Havodagi o‘ldiradigan miqdori o‘rtacha mgGm3
500 va kam
500-5000
5001-50000
50000 dan ortiq
1
2
3
4
5
Ingalatsion zaharlanish extimoli koeffitsenti
300 va ko‘p
300-30
29-3
3 dan kam
Kulminatsiya koeffitsenti
1 dan kam
1-3
3,1-5
5 dan kam
Hasharotlarni va issiqqonli hayvonlarni terisiga darhol ta’sir qiladigan preparatlar ishlatilishi man etilgan. Butifos, Bromofos, Tiodan, DDVF va boshqalar kiradi. Bu preparatlarni ishlatishda maxsus kiyim, ko‘z oynak, rezina etik, rezina yopinchiqlar bilan to‘la ta’minlangan bo‘lishi shart.
Pestitsidlar uchuvchanligi bo‘yicha ham bir necha guruhga bo‘linadi:
Uchuvchanligi bo‘yicha juda xavfli moddalar
Uchuvchanligi bo‘yicha xavfli moddalar
Kam xavfli uchuvchanlikka ega bo‘lgan moddalar.
Uchuvchanligi bo‘yicha juda xavfli bo‘lgan moddalarni ishlatishda nafas olish yo‘llarini ehtiyot qilish lozim, albatta yuqori darajadagi xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilgan holda ishlatilishi zarur.
Pestitsidlar kulminatsion xossasiga ko‘ra ham qo‘yidagilarga bo‘linadi:
1. Kulminatsion xossasi juda kuchli bo‘lgan pestitsidlar, ularning kulminatsion koeffitsiyenti 1 dan kam.
2. Kulminatsion xossasi bo‘linib turadigan pestitsidlarning koeffitsiyenti 1-3 gacha.
3. Kulminatsion xossasi sekinlik bilan bilinib turadigan preparatlarning koeffitsenti 3-5 gacha.
4. Kulminatsion xossasi sezilar sezilmas bilinib turadigan pestitsidlar ularning kulminatsion koeffitsenti 5 dan yuqoridir.
Kulminatsion tushunchasi zaharli moddaning organizmda to‘planib qolishidir, chunki pestitsidlarning ko‘pchiligi detoksikatsiyalanib hasharotlar va issiqqonli hayvonlar tanasidan chiqib keta olmaydilar. Pestitsidlarning kulminatsion xususiyati bir-biridan farq qiladi. Kulminatsion xususiyat material va funksional jihatdan bo‘lishi mumkin. Material kulminatsiyada hasharotlar tanasida zaharli moddalar to‘planadi, bunday hodisa xlororganik va simobli preparatlar bilan qayta-qayta ishlov berilishi natijasida sodir bo‘ladi.
Funksional kulminatsiya natijasida organizm tanasida zahar to‘planmaydi, uning tez ta’siri xususiyati hisobiga olinadi, bunday holat fosfororganik moddalarni ishlatilganda sodir bo‘ladi. Pestitsidlarning tuproqda saqlanishi turg‘unligiga qarab ham quyidagilarga bo‘linadi:
1. Juda yuqori turg‘un modda – zararsiz holga kelguncha parchalanish muddati o‘rtacha 2 yildan yuqori.
2. Turg‘un modda – parchalanib zararsiz holatga kelishi muddati 0,5-2 yilgacha.
3. O‘rtacha turg‘unlikka ega bo‘lgan moddalar – bularni parchalanib zararsiz holatga kelish muddati 1-6 oygacha.
4. Kam turg‘unlik xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar – ularning parchalanib, zaharsiz holatga kelish muddati 1 oygachadir.
Juda yuqori tug‘un moddalar qishloq xo‘jaligida umuman ishlatilmasligi kerak. Bunday preparatlar kishilar va issiqqonli hayvonlar uchun o‘ta xavfli hisoblanadi.
Pestitsidlarning gigiyenik tasniflanishi orqali ularni har tomonlama baholash imkoniyatini beradi. Preparatning bir ko‘rsatkichi bo‘yicha gigiyenik tasniflanishining birinchi guruhidagi pestitsidlarga kirsa uni ishlatish qat’iyan ta’qiqlanadi yoki maxsus ruxsatnoma orqali juda ehtiyotkorlik bilan ishlatilishi mumkin.
Shuning uchun ham qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan pestitsidlarga quyidagi gigiyenik talablar qo‘yiladi:
1. Qishloq xo‘jaligida kishilar va issiqqonli hayvonlarga kam ta’sir qiladigan pestitsidlar ishlatilishi kerak.
2. Tuproqda va tashqi muhitda 2 yil va undan ortiq muddatda parchalanib zararsiz holga kelmaydigan pestitsidlarni qishloq xo‘jaligida ishlatish mumkin emas.
3. Qishloq xo‘jaligida kuchli kulminatsion xossaga ega bo‘lgan pestitsidlar ishlatilmaydi.
4. Pestitsidlar tekshirilganda unda kanserogenlik, mutagenlik, endokrinologik va embronallik ta’sir etish xususiyatiga ega bo‘lsa bu preparatlarni qishloq xo‘jaligida ishlatishga ruxsat etilmaydi.
Hozirgi paytda pestitsidlarni zaharliligi va gigiyenik xususiyatlarini aniqlash imkoni tug‘ilgandan so‘ng pestitsidlarning gigiyenik tasniflanishi yildan yilga o‘zgarib takomillashmoqda, ular xaqida to‘liq ma’lumotlar ishlab chiqarilmoqda.
V Biologik aktiv moddalar.
1. Feromonlar- hasharotlardan olingan moddalar, hid tarqatuvchi.
2. Attraktantlar- hidi, ta’mi hasharot va hayvonlarni chaqiruvchi.
3. Repellentlar- hidi, ta’mi hurkituvchi, qochiruvchi
4. Ingibitorlar- fermentlarni faoliyatini buzuvchi
5. Antifidantlar- hasharotlar ishtahasini, oziqlanishini buzuvchi
6. Defoliantlar- O‘simlik bargini to‘kuvchi moddalar
7. Desikantlar- o‘simlikni qurituvchi
8. Retardantlar- o‘simliklarni o‘sishini susaytiruvchi
9. Sterilyantlar- organizmga o‘tib urchish, ko‘payishni to‘xtatadi, yuqotadi
10. Gormonlar- yuqori biologik aktiv moddalar ( hasharotlar metamorfoziga ta’sir etuvchi)