R e j a:
1. Pestitsidlarni kimyoviy tarkibiga qarab tasniflanishi.
2. Pestitsidlarni qo‘llanilishiga qarab tasniflanishi.
3. Pestitsidlarni gigiyenik tasniflanishi. Umuman qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan barcha zaharli moddalarga PESTITSIDLAR deb ataladi. Pestitsidlar o‘z navbatida kimyoviy tarkibi, qo‘llanilish joyi, organizmga o‘tishi, ta’sir etish xarakteri (tavsifiga) qarab o‘ziga xos tasniflanadi.
I Kimyoviy tarkibiga qarab
1. Anorganik (simob, ftor, bariy, oltingugurt, mis, xlorat, boratlar)
2.O‘simliklardan, bakteriya, zamburug‘lardan tayyorlangan (peretinlar, bakterial, zamburug‘, antibiotiklar, fitonsidlar)
3. Organik birikmalar- juda katta guruh hisoblanadi
а. XOS xlor organik birikmalar (geksaxlorsiklogeksan, GXSG va boshqalar).
b.FOS fosfororganikbirikmalar (Gardona, xlorofos, karbofos, fozalon, zalon, fosfamid, antio va boshqalar).
v. Piretroidlarr- permetrin (ambush, korsar) detsis (deltametrin), sipermetrin (ripkoord, simbush) sumitsidin (fenvalerat) va boshqalar.
g. Karbin, tio-ditiokarbamin kislotasi asosida, sevin, pirimor, sineb, polikarbatsin, TMTD va hokazo
II Qo‘llanilishiga (joyiga) qarab:
1. Insektitsidlar- insectum-hasharot cidue-o‘ldiraman
2. Akaritsid- acorus-kana
3. insektoakoritsid- hasharot va kanalarga qarshi;
4. Ovitsid- (ovium-tuxum) tuxumga qarshi;
5. Larvitsid- (Larva-qurt ) qurtlarga qarshi;
6. Molyuskatsid- mollusca chuvalchang qurt
7. Nematitsid- (hematodas)-yumalok qurt, fitogelmintlarga qarshi;
8. Rodentitsid (Zootsid)- Rotenda-kemiruvchi hayvonlarga.
9. Fungitsid (Fungus-zamburug‘) zamburug‘li kasalliklarga.
10. Bakteritsid (Bacteria)- bakteriyali kasalliklarga.
11. Gerbitsid (herbum- ut)- o‘tlarga qarshi;
12. Arboritsid-butazorlarni yo‘qotishda;
13. ALGITSID- SUV O‘TLARIGA QARSHI;
14. Afiditsidlar- o‘simlik bitlari (shirincha)ga qarshi;
15. larvitsidlar- qurtlarga qarshi;
16. virusotsidlar- virusli kasalliklariga qarshi;
17. Xemosteriyantlar- xemosterilyantlar jinsiy sterilizatsiya uchun
III Pestitsidlarning organizmga o‘tishiga qarab:
1. Ichdan ta’sir etuvchi
2. Teri orqali
3. Nafas yuli (gaz, bug‘)
4. Sistemali ta’sir etish
IV Odamlarga, issiqqonli hayvonlarga ta’siriga qarab:
1. O‘ta kuchli ta’sir etuvchi- UD_50 50 mg/kg gacha.
2. Kuchli ta’sir etuvchi - UD_50 50-200 mg/kg.
3. O‘rta ta’sir etuvchi - UD_50 200-1000 mg/kg.
4. Kam ta’sir etuvchi - UD_50 1000 mg/kg dan ortiq.
Gigiyenik tasniflanishi orqali pestitsidlarga va ularning turlariga to‘la tavsif beriladi. Bunda qaysi turdagi pestitsidlar qanday zaharlilik xususiyatiga ega. Ishlatiladigan qanday xavfsizlik chora-tadbirlarini ko‘rish kerakligi xaqida to‘la ma’lumot beradi.
Pestitsidlar zaharliligiga qarab quyidagicha bo‘linadi. Pestitsidlarning zararli hasharotlar yoki yumronqoziq oshqozoniga tushgandagi zaharliligi quyidagicha belgiladi:
1. Juda kuchli zaharli modda – SD 50 1 kg tirik vaznga 50 mg. gacha
2. Kuchli zaharli modda – SD 50 1 kg tirik vaznga 50-200 mg. gacha
3. O‘rtacha zaharli modda – SD50 1 kg tirik vaznga 200-1000 mg. ga
4. Kam zaharli modda – SD50 1 kg tirik vaznni halok qilish uchun 1000 mg dan ko‘proq modda sarflanishi kerak.
Pestitsidlarning bunday bo‘linishi tasniflanishiga qarab, qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan pestitsidlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi.
1. Juda kuchli ta’sir etuvchi guruhga – metil bromidi, zookumarin, preperat 242, rux fosforidi va boshqalar;
2. Kuchli ta’sir etuvchi guruh Bazudin, Geksoxloranning gamma izomeri, tiodon, DNOK, Metafos, Fozalon, Fosfamid (BI - 58) va boshqalar kiradi.
3. O‘rtacha zaharli guruhga Butil kaptafos, karbofos, keltan, karbation, mis kuporosi, nitrafen, kuprozan, polixom, formalin, sianamid kalsiy, mis ikki oksidi, fitobakteriomitsin kabi preparatlar kiradi.
4. Kam zaharlilik xususiyatiga ega bo‘lgan pestitsidlarga: Bangvel – D, Benamid, Bordo suyuqligi, Vitovaks, gardona, dalapon, temir kuporosi, ko‘k sovun, ISO – ohak oltingugurt qaynatmasi, katoran, neoron, preparat, № 30, 30A, 30S, 30 – SS, 30M, polikarbamitsin, prometrin, prepazin, propanid, renstor, sayfos, oltingugurt talqoni, kolloid oltingugurt, oltingugurtning ho‘llanuvchi kukuni, simazin, semeron, tedio,n topsin – m, treflan, magniy xlorati, kalsiy xlorat xloridi, sineb, entobakterion, dendrobatsillin kabi preparatlar kiradi.
Pestitsidlar ichida juda xavfli va kuchli tasir etuvchilarga kiradiganlarga kishilar hamda issiqqonli hayvonlarga kuchli darajada xavfli bo‘lib, ular ta’sirida kuchli zaharlanib kelishi mumkin. Hozirgi paytda dunyoda juda kuchli va kuchli zararli preparatlarni ishlab chiqarishni keskin kamaytirish ustida keng ko‘lamda ish olib borilayotir, birgina Rossiyada 1980 yilda ana shunday kuchli zaharli moddalardan umumiy ishlab chiqariladigan pestitsidlar miqdoriga nisbatan 20% ishlab chiqarilgan bo‘lsa, hozirgi paytda atiga 5 foizga tushirish ustida ish olib borilyapti. Kuchli zaharlilikka ega bo‘lgan pestitsidlar bilan ishlov berilganida ayniqsa oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida ularning qoldiqlarini bo‘lishi mumkin emas, agarda juda kam miqdorda qoldig‘i qolgan bo‘lsa ham iste’mol uchun yaroqsiz hisoblanadi. Shuning uchun ham hozirgi paytda kishilar va issiqqonli hayvonlarga kam ta’sir etadigan, ishlatilganda tez parchalanib zararsiz holatga keladigan sintetik piretroidli preparatlar ishlab chiqarilayotir. Bular jumlasiga detsis, karate, deltofos, ambush, simbush, deltametrin, sipermetrin va boshqalar kiradi.
Zararli hasharotlar va issiqqonli hayvonlarning tanasi ustiga tushgandagi miqdorining darhol ko‘rinishiga qarab quyidagilarga bo‘linadi.
1. Juda tezlik bilan ta’siri ko‘rsatadigan preparatlar: o‘rtacha ta’sir etuvchilar (SD50) – SD50 1 kilogrammda 300 milligrammdan kami, ta’sir etish koeffitsenti 1 dan kam.
2. ta’siri bilinib turadiganlar – S50 300 – 1000 mg/kg buning ta’sir etish koeffitsenti 1-3 gacha.
3. Ta’sir etishi kam bilinadiganlar – SD50 1000 mg/kg bularning ta’sir etish koeffitsenti 3 dan yuqoridir.
Pestitsidlar San Pikning 0059 – 96 raqamli Pestitsidlarning zaharlilik va xavfsizlik darajasi bo‘yicha gigiyenik tasnifi ga binoan toifalanadi.
3.1. Pestitsidlarning xavflilik darajasi qo‘yidagi jadvalda qayd etilgan ko‘rsatkichlarga binoan belgilanadi.
Pestitsidlarning zaharlilik va xavflilik darajasi bo‘yicha tavsifi.
Do'stlaringiz bilan baham: |