Fe’llarning vazifa shakllari



Download 68,16 Kb.
Sana07.11.2019
Hajmi68,16 Kb.
#25268
Bog'liq
dars ishlanma

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

NAVOIY VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI

ZARAFSHON SHAHAR XALQ TA`LIMI

BO`LIMI

Zarafshon shahar 3-umumiy o`rta ta`lim maktabi ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Jo’rayeva Xolida Hikmatullayevnaning 6-sinflar uchun ona tili fanidan “Fe’llarning vazifa shakllari” mavzusida tayyorlagan bir soatlik

DARS ISHLANMASI

Manzil:

Navoiy viloyati Zarafshon shahar

3-umumiy o`rta ta`lim maktabi



Ishtirokchi:

Jo’rayeva Xolida Hikmatullayevna

Lavozimi:

I toifali ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi

Fan nomi:

Ona tili

Sinf:

6-sinf

Dars ishlanma nomi:

Fe’llarning vazifa shakllari

O’quvchi soni:

31 ta

Dars uchun olingan rasmlar kun.uz internet sayti va Google sahifasidagi rasmlardan olindi.

2017-2018- o’quv yili

Texnologik xarita



Mavzu

Fe’llarning vazifa shakllari

Darsning maqsadi


Ta’limiy: o’quvchilarda fe’llarning vazifa shakllari, ularning o’ziga xos xususiyatlari haqida kerakli bilim, malaka va ko’nikmalarni hosil qilish; lingvistik kompetensiya elementlarini shakllantirish;

Tarbiyaviy: o’quvchilarni vatanparvarlik, kitobsevarlik, bunyod-korlik, tadbirkorlik, rostgo’ylik, tabiatni sevish ruhida tarbiyalash; milliy va umummadaniy kompetensiya elementlarini shakllantirish;

Rivojlantiruvchi: fe’lning vazifa shakllariga oid bilimlarini, ular-dan o’z nutqida to’g’ri foydalana olish malakasini rivojlantirish; o’z-o’zini rivojlantirish kompetensiya elementlarini shakllantirish;

O`quvchilar egallashi lozim bo`lgan bilimlar va ko`nikmalar

Bilimlar : fe’lning vazifa shakllari haqida tushunchaga ega bo’lish;

Ko`nikmalar : fe’lning vazifa shakllarini matn tarkibidan ajrata olish, ularning o’zaro bir-biridan va ot, sifat, ravishdan farqlash malakasini hosil qilish.

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Uslub : o’quvchilar bilan individual ishlash, xotira mashqi,

“Uch yolg’on, bir haqiqat” va “Ikki qismli kundalik” usuli;



Shakl: amaliy-yozma, og`zaki, yakka tartibda ishlash;

Nazorat : o`z – o`zini nazorat qila olish, kuzatish, tekshirish;

Baholash : “Harakatlar strategiyasi” ranglari bo’yicha jamlangan doiralarni hisoblab 5 ballik tizim asosida rag`batlantirish.

Dars jihozi

slayd, multimedia vositalari, proyektor va ekran, 6-sinf ona tili darsligi, ko’rgazma va tarqatmalar

Dars turi

Yangi bilimlar va tushunchalarni hosil qilish va o’zlashtirish darsi


Kutiladigan natijalar

O`qituvchi: belgilangan vaqt ichida o`quvchilarning o`zlashtirishini nazorat qilish. Yakka tartibda va juftlikda ishlash orqali o’quvchilar faolligini oshirish;

O`quvchi: mavzu yuzasidan olingan bilimlar mustahkamlanadi, o`zlari mustaqil holda fe’lning vazifa shakllarini topa olish ko’nikmasini shakllantirish.

Sana: 27-oktabr

Sinf: 6- “V” sinf

Mavzu: Fe’lning vazifa shakllari

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: o’quvchilarda fe’llarning vazifa shakllari, ularning o’ziga xos xususiyatlari haqida kerakli bilim, malaka va ko’nikmalarni hosil qilish; lingvistik kompetensiya elementlarini shakllantirish;

Tarbiyaviy: o’quvchilarni vatanparvarlik, kitobsevarlik, bunyodkorlik, tadbirkorlik, rostgo’ylik, tabiatni sevish ruhida tarbiyalash; milliy va umummadaniy kompetensiya elementlarini shakllantirish;

Rivojlantiruvchi: fe’lning vazifa shakllariga oid bilimlarini, ulardan o’z nutqida to’g’ri foydalana olish malakasini rivojlantirish; o’z-o’zini rivojlantirish kompetensiya elementlarini shakllantirish;

Dars turi: yangi bilim beruvchi.

Dars uslubi: slaydli dars, guruhlarda ishlash, interfaol o’yinlar.

Dars jihozi: multimedia vositalari, proyektor va ekran, 6-sinf ona tili darsligi, ko’rgazma va tarqatmalar.

Dars bosqichlari:



T/r

Dars bosqichlari

Vaqt

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

O`tilgan mavzuni takrorlash

10 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

Darsni yakunlash, baholash

3 daqiqa

6

Uyga vazifa berish

2 daqiqa




J A M I :

45 daqiqa

O’qituvchi: O’quvchilar, kitob nima?

- Kitob – bilim bulog’i. Kitob – insonning eng yaqin do’sti.

-Juda yaxshi. Bugungi darsimizni ham kitob tarzida tashkil etamiz. Qo’limdagi “Fe’llarning vazifa shakllari” nomli kitobni bugungi darsimizda ramziy ma’noda o’qib chiqamiz. Kitobimizning ilk sahifasidan boshlaymiz.

Go’zal ibtidodan boshlansa saboq, To so’ngiga qadar vaqting o’tar choq.

Darsimizni go’zal ibtido bilan boshlaymiz.



I.Tashkiliy qism:

a) salomlashish;

b) navbatchi axboroti (ingliz tilida ham) tinglanadi;

d) kun yangiliklarini tinglash - (Yurtimiz yangiliklari. Bunda 15-16-oktabr kunlari Checheniston Prezidenti Ramzan Qodirovning yurtimizga tashrifi, 25-26-oktabr kunlari Prezidentimizning Turkiya Respublikasiga tashrifi esga olinadi.)

- Aziz o’quvchilar, 2017-yil yurtimizda qanday nomlandi?

- 2017-yil – Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili.

- Hozir oktabr oyi. Bu oyda qanday muhim sanalar bor?

- 1-oktabr – O’qituvchi va murabbiylar kuni, 21-oktabr esa o’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun.

- Nechanchi yilda tilimizga Davlat tili maqomi berilgan?

- 1989-yil 21-oktabrda.

- Bu Qonunga qachon o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan?

-1995-yil 21-dekabrda.

-Hozir qaysi darsni o’tyapmiz?

- Ona tili darsini.

- Bugungi darsimiz shiori qanday?

Darsimiz shiori: Barkamol avlod bo`lib,

El-yurtga xizmat qilish.

Kitobni e`zoz aylab,

Vatanni yuksaltirish.



O’qituvchi: “2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi” haqida ma’lumotga egamisiz? Bugun shu strategiya asosida dars o’tamiz. Bunda Harakatlar strategiyasini ifodalovchi 5 ta rang uchun quyidagi ballar ajratildi (slayd orqali ko’rsatiladi). Dars davomidagi har bir ishtirokingizga qarab sizga shu rangdagi doirachalar berib boriladi. Siz matematikadan egallagan bilimlaringiz asosida ballaringizni hisoblab borasiz. Barchamizga ma’lumki, Yurtboshimiz Sh.M. Mirziyoyev tashabbuslari bilan juda foydali bo’lgan limon va yong’oq daraxtlarini ko’paytirishga katta e’tibor qaratilyapti. Mana bu yerda esa limon va yong’oq ko’chatlari. Iqtisod fani orqali sizga ma’lumki, tovarni olish uchun mablag’ zarur. Sizning yiqqan balingiz 15 balga yetsa, bu ko’chatlardan sotib olishingiz va mana bu ramziy “Barkamol avlod bog’i”ga o’tqazishingiz mumkin. Bu bilan siz yurtimiz obodligiga ramziy hissa qo’shgan bo’lasiz. Bu esa haqiqiy hissa qo’shishingizga turtki bo’ladi.

  • Endi kitobimizning ikkinchi sahifasiga keldik. Qani, unda nima bitilgan ekan?

Bilim erur aqlning hamxonasi,

Takrorlash esa bilimning onasi.

II. O’tgan mavzuni va uyga vazifani so’rash.

O’qituvchi: O’tgan ona tili darsida qanday mavzu o’tilgan edi?

O’quvchi: O’tgan darsda fe’l nisbatlariga oid bilimlarni mustahkamlash maqsadida “Matn va lug’atlar bilan ishlash” mavzusini o’tgan edik.



O’qituvchi: Uyga vazifa sifatida qanday topshiriq berilgan edi?

O’quvchi: Uyga vazifa izohli lug’atdan fe’l so’z turkumiga oid beshta so’zning izohini yozib, shu so’z ishtirokida gap tuzish edi.



O’qituvchi: Keling, uy vazifasini qanchalik to’g’ri bajarganligingizni tekshirib olamiz.

O’qituvchi: O’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun “Tez yurar” o’yinini o’tkazamiz. Bunda har bir o’quvchiga o’tilgan mavzulardan savol beriladi, javob berolmagan o’quvchi tik turib qoladi.

Bu o’yin tugagandan so’ng “Uch yolg’on, bir haqiqat” o’yinini o’tkazamiz. Bunda o’quvchilarning majhul nisbat shakli bo’yicha olgan bilimlari sinovdan o’tkaziladi. Sinf taxtasi oldiga 6-7 o’quvchi chiqariladi. Bu o’yin shartiga ko’ra o’quvchi daraxtdagi xazon bo’layotgan barglardan birini oladi, uning orqasiga yozilgan to’rtta gapdan qaysi birida majhul nisbat shaklidagi fe’l mavjud bo’lsa haqiqat, bo’lmasa yolg’on deb hisoblab, bir “haqiqat”ni topib aytadi.

-Kitobimizning yangi sahifasiga keldik. Unda nima deyilgan ekan?

Oz-oz o’rganib dono bo’lur,

Qatra-qatra yig’ilib daryo bo’lur.

Demak, kitobimiz bizni bilim olishga undayapti. Kelinglar, yangi mavzuni o’rganamiz.



III.Yangi mavzu bayoni:

Fe’llarning vazifa shakllari

1-topshiriq. Berilgan fe’l shakllarni tarkibiy qismlarga ajrating.

Kel+gach, kel+guncha, o’qi+b, o’qi+sh, o’tir+gan, qo’rq+ma+s (-r).

2-topshiriq. Yuqoridagi fe’llar ishtirokida gaplar tuzing. Gap tarkibida fe’llarning qaysi gap bo’lagi bo’lib kelayotganini ayting.

Masalan: A’lo o’qish – burchimiz. (ega) Anvar – qo’rqmas bola. (aniqlovchi)

Topshiriqlar bajarilgach, yangi mavzu tushuntiriladi. Yangi mavzu avval ertak tarzida tushuntiriladi.

Bir bor ekan, bir yo’q ekan. Qadim zamonda Harakat va holat degan saltanat bo’lgan ekan. Bu saltanatni Fe’l ismli odil podshoh boshqarar ekan. Fe’lning to’rt farzandi bor ekan: bir o’g’il va uch qiz. O’g’lining ismi sof fe’l ekan. U xuddi otasining o’zi ekan.

Fe’l qizlarini dono, aqlli, bilimli qilib tarbiyalabdi. Ular voyaga yetgan kattasini Otga, ikkinchi qizini Sifatga, kenja qizini esa Ravishga turmushga beribdi. Qizlari bilimli va tadbirli bo’lganliklari bois hayotda ko’p qiynalishmabdi. Oradan kunlar o’tib, ularning har biri farzandli bo’libdi. Nabiralariga Fe’lning o’zi ism beribdi. Katta qizi va Otning bolasiga Harakat nomi, ikkinchi qizi va Sifatning bolasiga Sifatdosh, kenja qizi va Ravishning farzandiga esa Ravishdosh deb nom qo’yibdi.

Fe’lning o’g’li Sof fe’l yolg’iz qolmaslik uchun jiyanlarini yoniga olib, otasining ishlarini a’lo darajada davom ettiribdi. Shunday qilib, hamma murod-maqsadiga yetibdi.

Fe’llar gapda boshqa so’zlar bilan bog’lanib, kesim, ega, to’ldiruvchi, aniqlovchi, hol vazifasida kelishi mumkin. Buning uchun fe’l maxsus shakllarga ega bo’ladi. Turli gap bo’laklari vazifasida kelish uchun xoslangan fe’l shakllari fe’lning vazifa shakllari sanaladi.

Fe’llarning to’rt vazifa shakli mavjud: 1) sof fe’l shakli (o’qidi); 2) harakat nomi shakli (o’qimoq, o’qish); 3) sifatdosh shakli (o’qigan, oqar); 4) ravishdosh shakli (o’qib, kelgach).

Darslikdagi 137-mashqni bajaramiz. Berilgan gaplardagi fe’llarning vazifa shakllarini aniqlang va tushuntiring. Lingvistik kompetentsiya elementlarini rivojlantirish maqsadida mashq o’quvchilar tomonidan yozma bajariladi.

1.Alisher uyga kirishi bilan qolganlar jim bo’lishdi. (kirishi- harakat nomi; qolganlar – otlashgan sifatdosh; jim bo’lishdi –sof fe’l) 2.Azizim, qizingizning baxtini birovlarning ostonasidan qidirmang. (qidirmang-sof fe’l) 3. Suv kelguncha podani tepaga haydab chiqdi. Misoli suvga kalla qilganday o’zini soyga otdi. (kelguncha, haydab –ravishdosh; chiqdi, otdi –sof fe’l; qilgan -sifatdosh )



138-mashq. Berilgan gaplardagi fe’llarning vazifa shakllarini toping, tahlil qiling. Nutqiy kompetentsiya elementlarini rivojlantirish maqsadida mashq o’quvchilar tomonidan o’g’zaki bajariladi.

Bo’lib, ko’tarib, deb, surib, o’tgach – ravishdosh; o’lmas, atalayotgan – sifatdosh; uyg’onish, burilish- harakat nomi; boyitdi, yasadi, yoydi, tilga olyapmiz – sof fe’l.

Kitobimizning to’rtinchi sahifasiga keldik.

Oz ilmiga ham amal qilgan inson,

Amal qilmas olimdan zo’r, begumon.

Demak, olgan bilimlarimizni sinovdan o’tkazamiz.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

“Ikki qismli kundalik” usuli bilan mavzuni mustahkamlaymiz. O’quvchilarga tarqatmalar tarqatiladi. “Kundalik”ning bir qismida fe’llar noaniq shaklda berilgan. Ulardan fe’lning vazifa shakllarini hosil qilib, gap tuzish lozim. Namuna:



Ikki qismli kundalik

Yuvmoq




Sevmoq




Tanlamoq



Darslikda berilgan savollarga javob bering:



  1. Fe’lning vazifa shakllari deb nimaga aytiladi?

  2. Fe’lning qanday vazifa shakllari bor?

  3. Ular ot, sifat, ravishga nimasi bilan o’xshaydi?

Kitobimizning keyingi sahifasiga qaraymiz.

Mehnatga yarasha tayin mukofot,

Shu bois tinmayin ishla, odamzod.

V. Darsni yakunlash, baholash.

O’quvchilar yig’gan doirachalari asosida ballarini hisoblaydilar. Kimning bali 15 ballga yetgan bo’lsa, yong’oq yoki limon ko’chatidan olib, “Barkamol avlod bog’i” ga o’tqazadi. Yurtimiz obodligiga ramziy hissa qo’shgani uchun unga tahsin aytamiz. Ko’chat o’tqaza olgan o’quvchilarning barchasiga 5 baho. Qolganlarning doirachalari soniga qarab baholanadi.

O’quvchilar, kitobimizning so’nggi sahifasiga yetib keldik.

Ibtidodan keyin kelar intiho,

Kitob o’qimoqdan zerikma aslo!

VI. Uyga vazifa berish.

Uyga vazifa: 254-mashq. Tinish belgilarini qo’yib ko’chiring, ajratilgan aniqlovchilarni topib, tagiga chizing.



Aziz o’quvchilar, kitobimiz ham, u bilan birgalikda darsimiz ham nihoyasiga yetdi. Bir kitobni tugatish juda yoqmli, to’g’rimi? Hech qachon bilim olishdan charchamang!
Download 68,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish