Darsning metodi : suhbat,muammoli metod, sinkveyn metodi.
Darsning jihozi: fe’l zamonlarining qo’shimchalari yozilgan jadval.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilardan uy vazifasi aniqlanadi.
Yod yozuv diktanti.
O‘qituvchi doskaga ikkita topishmoqni yozib qo‘yadi.
1.Tilla sandiq ochildi,
Ichidan zar sochildi. (Quyosh)
2.Ustida yashil to‘ni,
Yoz-u qish yechmas uni.(Archa)
O‘quvchilar topishmoqni o‘qib, yoddan yozishga tayyorlanadilar. O‘qituvchi topishmoqni xatosiz, to‘g‘ri yozgan o‘quvchini golib deb hisoblaydi va rag‘batlantiradi.
Husnixat daqiqasi:
Odam qo‘li cho‘lni bo‘ston qiladi.
|
III.Yangi mavzu bayoni.
Yangi mavzuni tushuntirish til materiallarini kuzatishdan boshlanadi.Doskada darslikdagi
374-mashqda berilgan gaplar uch ustun qilib yozib qo’yiladi .
O‘qituvchi quyidagi topshiriqni beradi: -Gaplarni o‘qing. So‘roqlar yordamida fe’lni aniqlang.
- O‘quvchilar doskaga chiqib,shu fe’llarning Tozalayaptilar, egallashdi,egallamoqdamiz, egallamoqchi fe’llarining tagiga chizadilar.
-Uchta egallamoqfe’lini taqqoslang. Bu fe’llar nimasiga ko’ra farqlanyapti ?
( Qo’shimchalariga ko’ra shaxs-soniga ko’ra farqlanyapti.)
-Kuzating , har bir gapdagi harakat qachon bajarilyapti ?
1-gapdagi harakat bajarib bo’lingan.
2-gapdagi harakat hozir bajarilyapti.
3-gapdagi harakat keyinroq bajariladi.
-Harakatni bajarilish vaqtiga qarab uch turga ajratish mumkin.
-Demak,Fe’llarda harakat uch zamonda bajariladi.So’zlab turgan paytingizdan oldin (egallashdi), so’zlab turgan paytingizda (egallamoqdamiz),so’zlab turgan paytingizdan keyin (egallamoqchiman) bajariladi.Qachon bajarilayotganini so’zlab turgan paytingizga qarab belgilaysiz.Agar so’zlab turgan paytingizdan oldin bajarilgan bo’lsa, o’tgan zamon fe’li, so’zlab turgan paytingizda bajarilsa,hozirgi zamon fe’li,so’zlab turgan paytingizdan keyin bajarilsa,kelasi zamon fe’li bo’ladi.
Mashqdan qoida kelib chiqadi.
O‘quvchilar gaplarni daftarlariga ko‘chirib yozadilar.Fe’llarning tagiga chizadilar.Har bir fe’ldan so‘ng qavs ichida o‘tgan zamon fe’li, hozirgi zamon fe’li, kelasi zamon fe’li deb yozib qo‘yadilar.
Vaqt so‘ziga ma’nodosh so‘z topadilar. Bu topshiriqni bajarishda o‘qituvchi ” Sinkveyn” metodidan foydalanishi mumkin. Buning uchun oʻquvchilarga quyidagi tartibda tarqatma topshiriqlar beriladi.
|
|
Vaqt
|
1
|
Nima?
|
|
2
|
Qanday?
|
|
3
|
Nima qiladi?
|
|
4
|
Gap
|
|
5
|
Ma’nodosh soʻz
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |