Ertaga yomg 'ir yog’sa kerak.
Buyruq-istak mayli. Harakat va holatni bajarish yoki bajarilmaslik haqidagi buyruq, istak, iltimos, maslahat ma’nolarini bildirgan fe’l shakllari buyruq-istak mayli deyiladi. Buyruq-istak mayli quyidagi qo’simchalarni qo’shish orqali hosil qilinadi: -(a)y, -(a)yin, -gin, -(i)ng, -sin, (a)ylik, -(i)nglar: boray, boraylik, boring, boringlar, borsin, borsinlar.
Fe’lning zamon, shaxs-son qo shimchalarisiz qismi II shaxs buyruq-istak maylini ifodalaydi: Bu kitobni ertagacha o'qi. Bu qismga buyruq-istak ma’nosini kuchaytirish uchun -gin qo’shimchasi qo’shilishi mumkin, shu uchun bu ikki shakl ma’nodosh hisoblanadi: o’qi-o’qigin.
SHAXS-SON QO SHIMCHALARI
Fe'lda ifodalangan harakat yoki holat- ning bajaruvchi shaxsini, bu shaxsning bitta yoki ko‘p ekan- ligini bildiruvchi shakllar shaxs-son shakllari sanaladi.
Fe’llarning I va II shaxsi maxsus shakllar orqali ifo- dalanadi. 111 shaxsda esa zamon qo‘shimchalari shaxs ma’nosini ham ifodalaydi.
0’tgan zamonning -di hamda keiasi zamon shart mayli -sa shakllaridan so‘ng -m, -ng, -k, -ngiz qo‘shimcha!ari; ravishdosh, sifatdosh shakllari hamda sof feMning hozirgi zamon shakllaridan so‘ng -man, -miz, -san, -siz qo‘shimchalari qo’llaniladi.
TR
|
Shaxs-son asosi
|
Shax
s
|
Shaxs-son
Shakllari
|
Misollar
|
|
|
|
|
Birlik
|
ko'plik
|
Birlik
|
ko'plik
|
1.
|
a) o'tgan zamon
|
I
|
-m
|
-k
|
keldim
|
keldik
|
|
aniq maylining —di
|
II
|
-ng
|
-ngiz
|
kelsam
|
kelsak
|
|
shakli
b) kelasi zamon shart mayli
|
III
|
-0
|
-lar
|
kelding
kelsang
Keldi
Kelsa
|
keldingiz
kelsangiz
keldilar
kelsalar
|
2.
|
a) o'tgan zamon aniq maylining
|
I
II
|
-man
-san
|
-miz
-siz
|
kelganman
|
kelganmiz
kelyapmiz
|
|
—gan shakli b) hozirgi zamon
aniq maylining shakllari
d) kelasi zamon aniq mayli
|
III
|
-adi
|
-adilar
|
kelyapman
kelaman
kelgansan
celyapsan
celyapti
celaman
kelasan
celadi
|
kelamiz
kelgansiz
kelyapsiz
kelyaptilar
keiamiz
kelasiz
celadilar
|
3.
|
celasi zamon
|
I
|
-ay,-y
|
-aylik,
|
Celay
|
kelaylik
|
|
buyruq-istak
mayli
|
II
|
-gin,
|
-ylik,
|
kelgin
|
keling (iz)
|
|
|
III
1
|
-sin
|
-ngiz
(lar),
sinlar
l
|
celsin
|
kelsinlar
|
SHAXS-SON SINONIMIYASI
10
shaxs birlik 1 shaxs ko’plik shakliga sinonim bo’ladsi, bunda kamtarlik, mag’rurlik, hurmat ma’nolari anglashiladi: Biz ham tushunadigan odammiz. Yerda qoldirmaymiz.
shaxs ko’plik II shaxs birlikka sinonim bo’ladi: Sabr qil, Mirsalim, sabr,- deya o'ziga tasal/i berdi. Bunda harakatning bajarilishi zarur ekani, ba’zan esa kutilmaganlik, imkoniyatsizlik kabi ma’nolar anglashiladi.
shaxs ko’plik II shaxs ko’plikka sinonim bo’ladi: Qani, bolalar yozamiz. Bunda so’zlovchi bilan tinglovchining yaqinligi ma’nosi anglashiladi.
shaxs birlik III shaxs ko'plikka sinonim bo’ladi, bunda so’zlovchi tinglovchini o’zidan uzoqlashtirgandek ma’no anglashiladi: Shunaqa narsa bilan ham hazil qiladimi odam.
shaxs birlik III shaxs birlikka sinonim bo’ladi. Kamina uzr so 'raydi.
shaxs birlik III shaxs ko’plikka sinonim bo’ladi, bunda hurmat yoki piching ma’nosi anglashiladi: kelsinlar.
7.III shaxs birlik III shaxs ko’plikka sinonim bo’ladi, bunda hurmat yoki kesatiq ma’nosi anglashiladi: Dadam keldilar
II shaxs buyruq mayli qo'shimchalari o'rniga III shaxs buyruq may]i qo'shimchasi ishlatiladi. Masalan, hiring o'rniga kirsinlar, o'tiring o'rniga o'tirsinlar. Bunday holat o'zidan katta yoki obro'li kishilarga nisbatan qo'llanilib, hurmat ma'nosi ifodalanadi.
Ba'zi holatlarda birinchi shaxsni ifodalash uchun ikkinchi shaxs qo'shimchasi, shuningdek, birlik ma'nosini ifodalash uchun ko'plik qo'shimchalari qoilanishi mumkin. Bunday holatlar ma'lum uslubiy maqsadda ro'y beradi. Masalan, Yurasan, yurasan, hech masofa kamaymaydi yuraman, yuraman, hech masofa kamaymaydi.
Ikkinchi va uchinchi shaxs birlik shakllari o'rnida ko'plik shakli qo’llanilsa, shaxs ko'pligi emas, balki shaxsga hurmat ma'nosi jfodalanadi. Masalan, Dadam keldilar. Siz juda yoqimli huyladingiz- So'zlang- (A. Qodiriy)
ESLATMA! Buyruq-istak mayli shakllari ham zamon, ham mayl, ham shaxs-son ma’nolarini ifodalaydi. Xabar mayli har uchala zamonni ifodalaydi. Buyruq-istak mayli va shart mayli kelasi zamonni ifodalaydi.
FE’LLARNING BO’LISHSIZLIK SHAKLI
Bordi, bormadi, borgan emas, borgani yo'q fe'l shakllariga e'tibor bersangiz, birinchi shakl bilan qolgan shakllar bo'lishli-bo'lishsizlik ma'nosini ifodalashlariga ko'ra bir-biridan farq qilayotganini ko'rishingiz mumkin.
Fe'l asosidan ifodalangan harakatning ro'y berish yoki bermasligini bildirgan shakllarga bo'lishli- bo'lishsizlik shakllari, shunday shakllar sistemasiga bo'lishli-bo'lishsizlik kategoriyasi deyiladi. Bo'lishsizlik ma'nosi maxsus shakllarga ega. Bo'lishlilik ma'nosi esa, aksincha, bunday shakllarga ega emas.
Masalan, keldi — bo'lishli; kelgan emas, kelgan (i) yo'q bo 'lishsiz.
Bo'lishsiz fe'llarning shaxs-son qo'shimchalari bilan o'zgarishi o'ziga xos xususiyatga ega. Bo'lishsizlik ma'nosi emas yordamida ifodalanganda shaxs-son qo'shimchasi undan so'ng, yo'q yordamida ifodalanganda esa oldin qo'llaniladi. Qiyoslang: keldim- kelmadim, kelgan emasman, kelganim yo’q.
Ayrim shevalarda shaxs-son qo'shimchaiari yo'q dan so'ng qo'- shiladi. Masalan, borganim yo'q o'rniga borgan yo'qman, borganing yo 'q o'rniga borgan yo 'qsan.
Bo'lishsizlikning yuqoridagi uchta shakli {-ma, emas, yo'q) o'rtasida ham ma'lum ma'no farqlanishi bor. Sifatdoslming -gan shakli uch xil bo'lishsizlik shakliga ega: 1. Borganim yo'q — fe'ldan anglashilgan harakatning oddiy inkori («borish kerak edi, lekin bor- madi») ma'nosini bildirmoqda. 2. Borgan emasman umuman borilmaganiikrii ifodalamoqda. 3. Bormaganman qat'iy inkorni anglatmoqda.
Kelib ketdi, yozib qo'ydi singari yetakchi va ko'makchi fe'! qolipi- dagi fe'llarda bo'lishsizlik qo'shimchalari ikki qismning bittasiga (yo yetakchi qismga, yo ko'makchi qismga) yoki har ikki qismga qo'shilib kelib, turli ma'nolarni ifodalaydi.
11
1 .Fe'lning yetakchi qismi bo'lishsiz shaklni oladi:
O'qib qo'ydi O'qimay qo'ydi
Fe'lning ko'makchi qismi bo'lishsiz shaklni oladi:
O'qib qo'ydi O'qib qo'ymadi
Fe'lning har ikki qismi bo'lishsiz shaklga ega bo'ladi:
O'qib qo'ydi O'qimay qo'ymadi
Birinchi holatda bo'lishsiz shakl davomiy bo'lishsizlik ma'nosini, ikkinchi holatda 'oir martalik harakat inkorini, uchinchi holatda esa tasdiq ma'nosini ifodalaydi.
-r, -ar kelasi zamon sifatdoshiga -ma qo'shimchasi qo'shilganda fe’1 asosida -r tovushi -s ga alntashadi: kelar-kelmas.
Harakat nomining barcha shakllariga-maslik shakli inkor shakl bo’la oladi: o'qish- o’qimaslik. -(i)b, (a)y shaklli ravishdoshning bo'lishsiz shakli -may, -masdan, -mayin hisoblanadi: o’qib- o’qimasdan.
_gani ntaasad ravishdoshining bo'lishsiz shakli mavjud emas.
FE'LLARNING TUZILISHIGA KO RA TURLARI
Fe'llar tuzilishiga ko'ra uch xil bo'ladi: a) sodda fe’llar; b) qo'shma fe'llar; d) juft fe'llar.
Sodda fe'llar bir asosdan tarkib topadi. Ular sodoa tub va sodda yasama fe'l turlariga bo'linadi. Sodda tub fe'llar asos holatida ish-harakat va holatni anglatadi. Masalan: qunnoq, yurmoq, ketmoq.
Sodda yasama fe'llar so‘z yasovchi qo‘shimchalar yordamida boshqa so(z turkumlaridan yasaladi: shod — shodlan-moq, yangi yangilamoq, gap gapirmoq, guv guvullamoq, tez tezlamoq.
Qo'shma fe’llar. Birdan ortiq asosdan tashkil topib, asoslar orasiga boshqa qo‘shimchalarni qo‘shib bo'lmaydigan, bitta so'roqqa javob bo’luvchi fe’llar qo'shma fe'llar sanaladi. Masalan: sayr etmoq, taq etmoq, olib kelmoq, bunyod qilmoq.
Qo'shma fe'llar tarkibiga ko'ra ikki turli bo'ladi: a) ot+fe'I tuzilishidagi qo'shma fe'llar. Masalan, tasdiq qildi, vayron bo'Idi kabi; b) fe'l+ fe'l tuzilishdagi qo'shma fe'IIar. Masalan, borib keldi. kirib chiqdi, olib keldi kabi.
Fe'ldan boshqa so'zlarga qilmoq, aylamoq, etmoq, bo'lmoq fe'llarining qo'shilishidan hosil bo'lgan qo'shma fe'llar ot+fe'l tuzilishidagi qo'shma fe'llarni hosil qiladi. Masalan, bavon qilntoq (etmoq. aytmoq), turmush qilmoq, o'sal bo'lmoq, o'sal qilmoq, bayram qilntoq (etmoq), yangi bo'lntoq, shunday bo'Idi, taraq etdi kabi.
Ikki fe'lning o'zaro bir kishidan hosil bo'lgan fe'llar fe'l+fe'l tuzilishidagi qo'shma fe'Ilar sanaladi. Bunday qo'shma fe'llaming birinchi qismi fe'lning -b (-ib), ba'zan -a ravishdosh shaklida bo'ladi. Shaxs-son, zamon, bo'lishli-bo'lishsizlik singari qo'shimchalar qo'shma fe'Ining ikkinchi qisntiga qo'shiladi. Masalan, sotib olmoq, olib keldi (ola keldi).
Ot+fe'I tuzilishidaga qo'shma fe'llarda ikkinchi qismni tashkil etgan ayla uslubiy xoslangan bo'iib, faqal badiiy uslub doirasida qo'laniladi. Qilmoq, etmoq, bo'lmoq fe'llari esa uslubiy betaraf so'zlardir. Masalan, javob qildi, javob berdi, javob etdi, javob ayladi kabi qo'shma fe'Ilar o'zaro sinonimik munosabatda bo'lib, ular uslubiy jihatdangina farqlanadi. Javob ayladi badiiy uslubga xos. qolganlari uslubiy betaraf so'zlar sanaladi.
Qo'shma fe'llarning har ikkala qismi o'zining lug'aviy ma'nosini saqlagan boTadi. Masalan: borib keldi (ham bordi, ham keldi), ikkinchi qismi o‘z ma'nosida qo’llanilmaganda ko'makchi fe’lli so‘z shakli hosil boTladi. Masalan: o'qib chiqdi (o‘qidi, lekin chiqmadi, balkl o‘qishni tamomladi, tugatdi).
Qo'shma fe’l qismlari ajratib voziladi.
ESLATMA! Yasama qo'shma fe’l - tuzilishiga ko’ra qo'shma fe’lning bir ko’rinishi. Chunki tuzilishiga ko’ra qo’shma fe’l deganda ko'makchi fe’lli so’z qo'shilmasi ham tushuniladi.
Juft fe’llar. Ikki fe’1 juftligidan tashkil topgan, bitta so'roqqa javob boTuvchi va gapda bitta gap bo’lagi vazifasida keluvchi fe’llar juft fe'llar sanaladi.
12
Juft fe’llar ish-harakatning tez va kutilmaganda ro‘y berishini ifodalaydi.
Juft fe’l qismlari doimo chiziqcha bilan yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |