"Kubik o’yini" usuli (10-20 minut).
Qirralari 5 sm dan bo’lgan 6 dona oddiy kublar yasaladi. Kublarning har bir yog’iga matematik formulaning bir qismi yoki matematik tushunchalarning bir qismi, ta`rif, teorema, geometrik shaklning bir qismi yoziladi. Qolgan kublarning ham bir yog’iga shu tushunchalarning qolgan qismlari yozib chiqiladi. Agar kublar to’g’ri yig’ilsa, ma`lum matematik tushuncha paydo bo’ladi. Shunday qilib birinchi kubga matematik tushunchalarning birinchi qismi, qolganlariga uning davomlari yozilsa, jami bo’lib, 6 ta matematik tushuncha paydo bo’ladi. Bu usulni qo’llash uchun sinf o’quvchilari 5-6 nafardan qilib guruhlarga ajratiladi. Har bir guruhga 6 tadan kubiklar tarqatiladi. Har bir guruh uchun shu kubiklarda berilgan 6 ta matematik tushunchalar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O’quvchilar kubiklarni terib, btta matematik tushunchalarni paydo qilishlarini talab qilinadi. Qaysi guruh birinchi bo’lib kubikni to’g’ri tersa, shu guruh g’olib deb e`lon qilinadi. Bu usulni har xil shaklda qo’llasa bo’ladi.Birinchi kubikni istalgan yog’i bilan parta ustiga tashlab, kubikning tepa yog’idagi matematik tushuncha davom ettirishnitalab qilish ham mumkin. Yoki kubikning 6 ta yog’iga 6 ta savol yozib, uni istalgan yog’i bilan parta ustiga tashlab, uning tepa tomoni yogidagi savolning javobini talab qilish ham mumkin. Dars reja asosida davom ettiriladi.
"Sport-loto o’yini" usuli (5-10 minut).
O’lchami 8x20 sm bo’lgan karton kartochkaga teng 8 ta doira (kvadrat) chiziladi. Har bir doira (kvadrat) ga "savollar qopchasi" ichidagi savollarning javoblari yoziladi. "Savollar qopchasi" da kartochkalar soni 8 marta ko’p savollar jamlanmasi mavjud bo’lishi kerak. Qopcha ichidagi savollar xam doira (kvadrat) ichiga yozilsa ma`qul bo’ladi.
O’quvchilar guruhlarga ajratiladi. Har bir guruhga bittadan kartochka, hamda ushbu - kartochkadagi to’g’ri javoblarning ustini bekitib qo’yish uchun o’lchami aynan kartochka ichidagi doira (kvadrat) ning o’lchami bilan bir xil bo’lgan 8 ta bo’sh doira (kvadrat) lar tarqatiladi.
O’qituvchi qopcha ichidagi savollarni aralashtirib, bir o’quvchini savollarni qopchadan olib o’qish uchun taklif kilinadi. O’quvchi qopchadan savollarni olib.
Guruhlar esa, savolga javobni o’zlarining kartochkasidan izlab topadi va ustini bo’sh doyra bilan bekitib qo’yadi. Har bir savolga to’g’ri javob faqat bittagina guruhning kartochkosida bo’ladi, boshqalarida bo’lmasligi kerak. Shu tariqa davom ettiriladi. O’qituvchi guruhlarning ishlarini to’g’riligini o’yin davomida tekshirib boradi. Dars reja asosida davom ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |