Fazoda to’g’ri chiziq va tekslik tenglamalari



Download 329,41 Kb.
bet13/25
Sana20.06.2022
Hajmi329,41 Kb.
#683841
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
Bog'liq
фазода тугри чизик

Jarima metodi.
Bu metod sinfdagi barcha o’quvchilarni darsga puxta tayyorgarligni ta’minlaydi. Sinfdagi barcha o’quvchilarni baholash imkonini beradi.
O’qituvchi dars davomida barcha o’quvchida “5” ball borligini aytadi. O’quvchilar dars davomida o’z ballarini ximoya qilishi lozim. Agar o’quvchi uy vazifasini bajarmagan bo’lsa unga “1” ball jarima beriladi va “5” bali ”4” ball bo’lib qoladi. O’tilgan mavzuni takrorlashda berilgan savolga javob bera olmasa “1” ball jarima oladi. Yangi mavzuni mustahkamlashda berilgan savolga javob bera olmasa “1” ball jarima oladi. O’quvchilar jarima olmaslik uchun harakat qilishadi. Birorta ham jarima olmagan o’quvchi “5” ball bilan baxolanadi.
Imkoniyat metodi.
O’quvchilarga dars davomida 5 ta imkoniyat beriladi. 5 ta imkoniyatdan foydalana olgan o’quvchi “5” ball, 4 ta imkoniyatdan foydalangan o’quvchi “4” ball oladi.
Masalan: Uy vazifasiga “1” ball, O’tilgan mavzuni takrorlashda “1” ball, yangi mavzuni mustahkamlashda “1” ball,……
Ballar kartochkalar orqali berib boriladi.
Ta’limiy o’yin.
Ta’limiy o’yin - innavatsion va rolli o’yinlar, muommoli topshiriqlarning bir turi bo’lib, oqitish samaradorligini oshirish, bilim olish jarayoniga faol jalb qilish shaklidir. Faqat bunday holarda matnli material o’rniga ta’lim oluvchilar tomonidan o’ynaladigan sahnalashtirilgan xavsiz xolatlar ishlatiladi.
Ta’limiy o’yinlarning ahamiyati shundaki – bunda ishtirokchilarni maqsadlari g’alaba qozonish, o’zini ko’rsatish bo’ladi. O’yin orqali o’quvchilar o’zini tutishni o’rganadilar, aniq ko’nikma va malaka shakllanadi.
Ha yoki yo’q” o’yini.
Bu o’yinni o’tilgan mavzuni takrorlash uchun yoki yangi mavzuni mustahkamlash uchun qo’llaniladi. O’quvchilarga 2 tadan kvadrat shaklidagi qizil va ko’k kartochkalar tarqatiladi.
O’quvchilar o’rnidan turishadi. O’qituvchi mavzuga doir oldindan tuzilgan savollarni beradi. O’quvchilar qizil kartochkani ko’tarib “xa”, ko’k katochkani ko’tarib “yo’q” deb javob beradilar. Noto’g’ri javob ko’rsatgan o’quvchi o’yindan chiqib, o’tiradi. Bu o’yinni 1 ta, 2 ta yoki butun sinf o’quvchilari o’rtasida o’tkazish mumkin.
Masalan: 1) son o’qida 0 dan o’ng tomonda joylashgan sonlar musbat sonlarmi?
2) -3 soni 0 dan kattami?
3) -2 soni 1 dan kichikmi?
4) -5 soni 0 dan chap tomondami?
Fikrni davom ettirish” o’yini.
Bu o’yin har bir mavzuni takrorlashda yoki bo’limni mustahkamlashda samara beradi. Sinf o’quvchilari 2 guruhga bo’linadi. Oldindan o’qituvchi o’tilgan mavzuga doir qoidaning yarmini kartochkalarga yozib keladi. Kartochkalar o’quvchilarga tarqatiladi. O’quvchilar qoidaning qolgan qismini davom ettirish kerak. Yoki sinfni ikki guruhga bo’lib, o’quvchilarga oppoq kartochkalar tarqatiladi. O’quvchilar kartochkalarga mavzuga doir ta’rif, teorema yoki qoidalarni yarmini yozadi. Kartochkalar yig’ib olinib 1-guruh kartochkalari 2-guruhga tarqatiladi. Ikkinchi guruh o’quvchilari 1-guruh o’quvchilari fikrini o’qib davomini aytadi.
Masalan: 5-sinfda “Sonlarni bo’linish belgilari” mavzusida
1) Oxirgi raqami 0 bilan tugagan sonlar…..(2 ga qoldiqsiz bo’linadi.)
2) Raqamlar yigindisi 3 ga bo’linsa …
3) Oxirgi raqami 4 bo’lsa …
4) 2 ga ham 3 ga ham bo’lingan sonlar …
Kungaboqar” strategiyasi
O’quvchi (talaba) larda muammolarni yechish, umumlashtirish, mustaqil fikrlash va o’z fikrlarini erkin bayon qilish ko’nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. U o’rganilgan mavzuni takrorlash, o’quvchilarning u boradagi bilimlarini mustahkamlash, o’quvchlari tomonidan istalgan bilimlar darajasini aniqlashda samara beradi.
Zig-zag” o’yini.
Bu o’yin o’tilgan mavzuni takrorlashda qollaniladi. O’quvchilarga kartochkalar tarqatiladi. Har bir kartochkada bir tomonida savol, ikkinchi tomonida qaysidir savolga javob yozilgan bo’ladi. Bir o’quvchidagi savolning javobi boshqa o’quvchida bo’ladi. O’quvchilar berilgan savolga javob o’zining kartochkasida ekanligini bilishi kerak. Javobni to’g’ri bilib kartochkadagi javobni topgan o’quvchi o’zining savolini o’qiydi. Bu savolning javobi boshqa bir o’quvchining kartochkasida bo’ladi. Kim javobni o’rnida topib o’qimasa o’sha o’quvchi jarima ball oladi.

Savol
0 dan katta sonlar…

Savol
1 va o’ziga bo’lingan sonlar..

Savol
0 dan kichik sonlar…

Javob
Manfiy sonlar deyiladi.

Javob
Musbat sonlar deyiladi.

Javob
Tub sonlar deyiladi.

6 x 6 (4 x 4 )” o’yini.
Bu o’yinni o’zlashtilishi qiyin bo’lgan mavzular uchun tavsiya etiladi. Sinf o’quvchilari 1,2,3,4,5,6 deb sanaydilar va 6 guruhga bo’linadilar. Sinfning 6 ta
(4ta) aktiv o’quvchilari tanlab olinadi.O’qituvchi mavzuni tushuntirib, mavzuga doir misol yechib ko’rsatadi. Keyin aktiv o’quvchilar xar biri bittadan guruhga borib misolni yechilish usulini tushuntiradi. So’ng aktiv o’quvchilar guruhlarini almashtirishib tushuntiradi. Xar bir guruh o’quvchilari 6 tadan o’quvchidan mavzuni o’rganadi va o’zlashtirib oladi. O’qituvchi yechish uchun mavzuga doir misol beradi. O’quvchilar misolni yechib bo’lgach, o’qituvchi tekshiradi. Masalan 7- sinflarda “Ko’phadlar ustida to’rt amalga doir misollar” mavzusida 1-o’quvchi qo’shish amalini, 2- o’quvchi ko’paytirish amalini, 3-o’quvchi bo’lish amalini guruhlarga almashib tushuntirsa, bir vaqtning o’zida o’quvchilar katta hajmdagi bilimga ega bo’ladi va samaradorlik yuqori bo’ladi. Darsning ohirida o’qituvchi o’quvchilardan qaysi o’quvchi yahshi tushuntirganini so’raydi va bu o’quvchini a’lohida taqdirlaydi.
Qorbo’ron” o’yini.
Bu o’yin qishki mavzularda qo’llanilsa qiziqarliroq bo’ladi. Bunda qor o’rnida biror koptokdan foydalanish mumkin. Bir o’quychi savol aytib, qo’lida koptokni xoxlagan o’quvchiga otadi. Koptokni ilib olgan o’quvchi savolga javob beradi. U o’zining savolini aytib, koptokni boshqa o’quvchiga otadi.
Uchinchisi ortiqcha” o’yini.
Ushbu o’yin mavzuga doir ma’lumotlarni aniq eslab qolish imkonini beradi. Bunda mavzuga doir 3 ta ma’lumot beriladi, shu ma’lumotdan bittasi mavzuga doir bolmasligi kerak. O’quvchi mavzuga doir bolmagan malumotni topishi lozim. Masalan: 9-sinflarda “Progressiyalarga doir misollar yechish” mavzusida quyidagicha qo’llanish mumkin.

  1. 3,7,10,… ketma-ketlikda noto’g’ri ma’lumotni toping.

1) d=3, 2) a4=13, 3) q=-3
2. 4,12,36,….. ketma-ketlikda noto’g’ri ma’lumotni toping.

  1. a1=3, 2) a2=12, 3) d=3.

O’quvchilar noto’gri ma’lumotni belgilaydilar.Bu o’yinni sinfni ikki gruxga bo’lib, bir grux ikkinchi gruxga, ikkinchi grux birinchi gruxga topshiriq berishi mumkin.
Doira ichida doira “o’yini.
O’yinda o’qituvchi oldindan o’tilgan mavzular yuzasidan savollar tuzib qo’g’oz bo’laklariga yozib tayyorlab qo’yishi kerak. Bu o’yin xarakatli o’yin bo’lib, o’quvchilar ikkita teng sonli guruhlarga bo’linadi. Ular sinfning o’rtasida yoki biror kengroq joyda ichma-ich yani bir biriga qarab turgan xolda doira xosil qilishadi. Xar bitta o’quvchining ro’parasida bittadan o’quvchi turishi kerak. O’qituvchi oldindan tayyorlangan savollarni faqat ichkari doiradagi o’quvchilarga tarqatadi va ishora (chapak, musiqa chalishi mumkin) beradi. Savol berilgan o’quvchilarning hammasi bir vaqtning o’zida ro’parasidagi o’quvchiga savolni o’qiydi. Ro’parasidagi o’quvchi o’qituvchi ishora berguncha savolga javob beraveradi. O’qituvchi ishora bergach javob berayotgan o’quvchilar to’xtab, bir qadam o’ngga siljiydi va boshqa o’quvchi ro’parasida bo’lishi kerak.Ichki doira umuman qimirlamaydi va ro’parasiga kelgan yangi o’quvchiga xuddi shu savolni qayta o’qiydi. Yangi o’quvchi ham berilgan vaqt davomida to’xtamay javob beradi. Keyin savol bergan ichki o’quvchi o’z hulosasini aytish kerak. Bu masq darsning oxirida qo’llanilsa yahshi. Chunki dars oxirida o’quvchilar zerikib qolgan bo’lishi mumkin.
Kichik guruhlarda ishlash” metodi
- ta’lim oluvchilarni faollashtirish maqsadida ularni kichik guruhlarga ajratgan holda o’quv materialini o’rganish yoki berilgan topshiriqni bajarishga qaratilgan darsdagi ijodiy ish.
Ushbu metod qo’llanilganda ta’lim oluvchi kichik guruhlarda ishlab, darsda faol ishtirok etish huquqiga, boshlovchi rolida bo’lishga, bir-biridan o’rganishga va turli nuqtai- nazarlarni qadrlash imkoniga ega bo’ladi.
“Kichik guruhlarda ishlash” metodi qo’llanilganda ta’lim beruvchi boshqa interfaol metodlarga qaraganda vaqtni tejash imkoniyatiga ega bo’ladi. Chunki ta’lim beruvchi bir vaqtning o’zida barcha ta’lim oluvchilarni mavzuga jalb eta oladi va baholay oladi.
«Kichik guruhlarda ishlash» metodining afzalligi:

  • o’qitish mazmunini yaxshi o’zlashtirishga olib keladi;

  • muloqotga kirishish ko’nikmasining takomillashishiga olib keladi;

  • vaqtni tejash imkoniyati mavjud;

  • barcha ta’lim oluvchilar jalb etiladi;

  • o’z-o’zini va guruhlararo baholash imkoniyati mavjud bo’ladi.

Muammoli vaziyat” metodi
Ta’lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning sabab va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning yechimini topish bo’yicha ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan metoddir.
“Muammoli vaziyat” metodi uchun tanlangan muammoning murakkabligi ta’lim oluvchilarning bilim darajalariga mos kelishi kerak. Ular qo’yilgan muammoning yechimini topishga qodir bo’lishlari kerak, aks holda yechimni topa olmagach, ta’lim oluvchilarning qiziqishlari so’nishiga, o’zlariga bo’lgan ishonchlarining yo’qolishiga olib keladi. «Muammoli vaziyat» metodi qo’llanilganda ta’lim oluvchilar mustaqil fikr yuritishni, muammoning sabab va oqibatlarini tahlil qilishni, uning yechimini topishni o’rganadilar.

Download 329,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish