Fazoda tekislikning turli tenglamalari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism



Download 1,03 Mb.
bet1/10
Sana25.02.2022
Hajmi1,03 Mb.
#462247
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Fazoda tekislikning turli tenglamalari


Fazoda tekislikning turli tenglamalari
Reja:
I. Kirish
II. Asosiy qism
2.1. Tekislik haqida tushuncha
2.2. Fazoda Dekart koordinatalar sistemasi va asosiy masalalar.
2.3. Berilgan nuqtadan o’tib, berilgan vektorga perpendikulyar bo’lgan tekislik tenglamasi.
2.4. Tekislikning umumiy tenglamasi va uning xususiy hollari.
2.5. . Ikki tekislik orasidagi burchak. Nuqtadan tekislikkacha masofa.
2.6. Fazoda tekislikning turli ko`rinishdagi tenglamalari. Nuqtasi va normal vektori bilan berilgan tekislik tenglamasi
2.7. Berilgan uch nuqtadan o`tuvchi tekislik tenglamasi. Tekisliklar orasidagi ikki yoqli burchak. Tekisliklarning perpendikulyarlik va parallellik shartlari
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar

I. Kirish
“ Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatiga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatini safarbar etamiz”
SH.M.Mirziyoyev.
Bu gaplardan ko’rinib turibdiki, bizga berilayotgan bu e’tibor va ishonchdan unumli foydalanish har birimizning davlatimiz va jamiyatimiz oldidagi burchimiz hisoblanadi. Jumladan, yoshlarga berilayotgan e’tiborni ta’lim sohasiga, ta’lim sohasidagi o’zgarishlarga va albatta ta’limdagi innovatsiyalarga berilayotgan e’tibor zamirida ko’rishimiz mumkin.
Prezidentimizning bunday nutqlaridan ruhlanib O’zbekistonning yoshlari o’z oldilariga ulkan maqsadlarni qo’ymoqda desak adashmagan bo’lamiz. Bu bilan bizni ruhlantirayotgan Prezidentimizga bemalol shuni aytolamizki: “O’zbekiston yoshlari har narsaga qodir. Albatta ishonchingizni oqlaymiz.”
Albatta Prezidentimizning bunday e’tibori faqat gaplarda qolib ketmayotganini, amalda bo’layotganini yosh-u qari birday bilib turibdi. Masalan, “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlar bo’yicha Harakatlar strategiyasi”, “5 muhim tashabbus” va bir qancha qaror-u farmonlarda bu o’z aksini topmoqda.
Shuningdek, shuni o’z navbatida ta’kidlash joizki, yurtboshimiz tomonidan berilgan qarorlarda Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarining onlayn tarzida olib borilayotganligi barcha yoshlarning bilimi, o’z kuchini oshirib borishga undamoqda, Oliy ta’lim muassasalarining ko’plab ochilishi esa talaba bo’lish niyatidagi yoshlarning azaliy orzulari ro’yobiga yordam bo’lmoqda. Harbiylarimiz farzandlarining imtihonlarsiz Oliy ta’lim muassasalariga kirishlari e’tiborning har tomonlama ekanligini aks ettiradi.
Ma’lumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo’lga qo’yish bo’yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surdi. Bunda :
Birinchi tashabbusyoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishni oshirishga, iste`dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Ikkinchi tashabbus, yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport sohasida qobiliyatini namoyon etishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratirilgan. Uchinchi tashabbus, aholi va yoshlar o’rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga yo’naltirilgan. To’rtinchi tashabbus, yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib etish borasida tizimli ishlarni tashkil qilish uchun. Beshinchi tashabbus esa xotin-qizlarni ish bilan ta`minlash masalalarini nazarda tutadi.
Shu borada yana bir ahamiyatga molik jihatni ya`ni yoshlarning tarbiyasini o’zgarishga sabab ota-onalaridan uzoqda ta`lim olayotganligidir deb ta`kidlagan yurtboshimiz tomonidan kasb-hunar kollejlari o’rnida 11 yillik o`rta maxsus ta`lim maktab tizimi joriy etildi. Yoshlarning kasb-hunarni egallashi uchun ularning bo’sh vaqtlarida maktablarda to’garaklar kuchaytirildi. Kasb-hunar kollejlari o’rnida o’quv markazlari ochildi. Shuningdek, bu binolarni rekonstruksiyaga berilib, oliygohlar ochildi.
Boshqa davlatlar bilan hamkorlikda oliygohlar ochilmoqda. Bu oliygohlardagi talabalarga o’z tahsilini o’sha davlatga borib tugallashi mumkinligi yana bir quvonarli holatdir. Talabalar o’qish mobaynida bu davlatlarda ishlash imkoniga ham ega bo’lib, ularning ko’nikma, malaka va bilimlarini ham o’rganmoqda.
Maktab o’quvchilarining bilim saviyasi yaxshi bo’lishi uchun avvalo, o’qituvchilarning bilimi yaxshi bo’lishi kerakligi inobatga olinib, ularning malaka oshirish vaqtlarida imtihonlar olinmoqda.
Raqamli iqtisodiyotga o’tish qarorida esa yurtboshimiz tomonidan olib borilgan tashabbus doirasida onlayn tarzida ta’lim olish, chet tillarini o’rganish, talabalarning chet davlatlarda o’qish imkoniyatini oshirilmoqda.
Bularga javoban, yoshlarimizning har xil sport turnirlari, fan olimpiadalarida bizning har qaysi sohada bemalol yengishimiz mumkinligini, bu borada bor imkoniyatimizni ishga solib bo’sh kelmasligimizni isbotlamoqda.

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish