Fayzullayeva Gulchexra Sharipboyevna Usanov Sherzod Abdulahatovich


Pedagogning kommunikativ kompetentligi



Download 497,54 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/13
Sana22.04.2022
Hajmi497,54 Kb.
#573121
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
b5D0STmb851jpTzWKoBmpYh9k6lUHSM7fL7HxSZk

Pedagogning kommunikativ kompetentligi. 
Pedagogning kommunikativ 
kompetentligi uning o‘quvchilar jamoasi, ota-onalar, hamkasblar va rahbariyat 
bilan uyushtiriladigan muloqot jarayonida namoyon bo‘ladi. Bunda, ayniqsa, 
pedagogning o‘quvchilar jamoasi bilan o‘zaro muloqoti muhim ahamiyatga ega. 
Pedagog o‘quvchilar bilan muloqotga kirishish, uning samarali bo‘lishiga intiladi. 
Pedagogning kommunikativ kompetentligi 
– pedagogning o‘quvchilar 
jamoasi, ota-onalar, hamkasblar, rahbariyat bilan pedagogik odob hamda muloqot 
talablariga muvofiq holda uyushtiriladigan suhbati. Ta’lim jarayonida pedagogning 
kommunikativ kompetentligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 
Yo‘nalishlar: 


pedagogning alohida o‘quvchi bilan muloqoti; 
pedagogning butun guruh bilan muloqoti; 
pedagogning alohida o‘quvchi orqali guruh bilan muloqoti; 
pedagogning guruh orqali alohida o‘quvchi bilan muloqoti. 
Pedagogik muloqot ruhiy-psixologik ta’sir kuchiga ega. Shu sababli uni 
tashkil etishda muloqot jarayonining ijobiy bo‘lishini ta’minlash pedagogning 
zimmasiga katta mas’uliyatni yuklaydi. Agarda to‘g‘ri tashkil etilgan pedagogik 
muloqot o‘quvchida qo‘rquvning yuzaga kelishi, ishonchsizlikning tug‘ilishi, 
diqqat, xotira va ish qobiliyatining susayishi, nutq me’yorining buzilishi kabilarga 
sabab bo‘lsa, aksincha, nazariy-pedagogik va amaliy jihatdan to‘g‘ri tashkil etilgan 
muloqot yuqoridagi holatlarning aksini keltirib chiqaradi. Natijada o‘quvchilarda 
o‘qishga va mustaqil o‘rganishga, fikrlashga bo‘lgan qiziqish ortadi. Pedagogik 
muloqot o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik jarayon ham sanaladi. Mazkur jarayonda 
quyidagi vazifalar bajariladi: 
1) shaxsni o‘rganish (bilish); 
2) axborot almashish; 
3) faoliyatni tashkil etish; 
4) hamdard bo‘lish 
Muloqot jarayonida o‘quvchi tomonidan bildirilayotgan fikrlar, uning 
qarashlari shaxsni yaqindan o‘rganish uchun imkoniyat yaratadi. O‘quvchi shaxsini 
yaqindan bilish, uning ichki kechinmalari, o‘y-fikrlari, his-tuyg‘ulari, orzu-umid, 
maqsad va hayotiy intilishlaridan xabardor bo‘lish pedagogik jarayonning metodik, 
ruhiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etilishini ta’minlaydi. Zero, bu jarayonda pedagogik 
o‘quvchi shaxsiga xos yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlarni inobatga olgan 
holda faoliyatni tashkil etadi. 
Muloqot jarayonidagi axborot almashinuvi o‘quvchining o‘zaro ijtimoiy 
jarayonlar, shaxs kamolotining kechishiga doir ma’lumotlar almashishini 
ta’minlaydi. Pedagog va o‘quvchilar o‘rtasida hamkorlikni qaror toptirish esa har 
qanday vaziyatda ham ular o‘rtasida o‘zaro axborot almashinuvi samarali ro‘y 
berishini uchun sharoit yaratadi. Bu jarayonda pedagog o‘quvchilarning eng yaqin 
maslahatchisi, yo‘lboshchisi va rahbariga aylanadi. Muloqot chog‘ida o‘quvchilar 
tomonidan o‘z shaxsini, “meni”ni, qadr-qimmatini yetarlicha baholash va o‘z 
oldidariga hayotiy maqsadlarni qo‘ygan holda olg‘a intilishlarini ta’minlashga 
jiddiy e’tibor qaratish lozim. Muloqot jarayonida axborot almashish vazifasining 
hal qilinishi quyidagi vositalar asosida ro‘y beradi: 
1) nutq; 
2) paralingvistik (yun. “pará” – “yaqin”, muloqot tarkibida so‘zli, g‘oyaviy 
ma’lumotlarni so‘zsiz vositalar bilan birgalikda uzatilishi) va ekstralingvistik (ing. 
“exterior” – “tashqarida”, nemischa “linguistik” – gapirayotgan shaxsning ijtimoiy 
vazifalari bilan bevosita bog‘liq holda nutqning tashkil etilishi – nutqiy tanaffuslar, 
kulgu, yo‘talish, nafas olish, yig‘lash, tutilish va b.) tizimlar; 
3) muloqotning tashkiliy ko‘lami va vaqti; 
4) ko‘z qarashlar yordamida tashkil etiladigan aloqa; 
5) belgilarning optik-kinetik tizimi (mimika, pantomimika, jestlar –qo‘l va oyoq 
harakatlari). 


Pedagog rahbarligi yoki uning yo‘l-yo‘riqlari, ko‘rsatmalariga asosan o‘quv 
mashg‘ulotlari va tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda ham muloqot muhim ahamiyat 
kasb etadi. Ayni shu vaqtda muloqotning faoliyatni tashkil etish vazifasini 
namoyon bo‘ladi. Yaqin-yaqingacha faoliyatni tashkil etishda pedagogning 
yetakchiligi, uning bevosita rahbarligi ustuvor omil bo‘lgan bo‘lsa, zamonaviy 
sharoitda rollar almashinuvi yetakchi o‘ringa chiqdi. Endilikda aksariyat hollarda 
o‘quvchilarning o‘zlari ta’lim va tarbiyaviy jarayonlarni mustaqil uyushtirish 
imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Biroq, bu degani, ta’limiy va tarbiyaiy ishlarni tashkil 
etish davrida pedagogning o‘rni va roli mutlaqo aks etmaydi, degani emas. 
Pedagog bu jarayonda rahbar, yetakchi, maslahatchi, ekspert sifatida namoyon 
bo‘ladi va o‘quvchilarni pedagogik jarayonlarni ilmiy-nazariy, tashkiliy-metodik 
jihatdan to‘g‘ri uyushtirishga yo‘naltiradi. Pedagogik muloqotning muhim 
vazifalaridan yana biri – pedagog va o‘quvchilarning o‘zaro hamdard bo‘la 
olishlari (pedagogik empatiyaga egaliklar) sanaladi. 

Download 497,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish