O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
FARG`ONA DAVLAT UNIVERSITETI
MAKTABGACHA VA BOSHLANG`ICH TA`LIM FAKULTETI
BOSHLANG`ICH TA`LIM VA SPORT TARBIYAVIY ISH YO`NАLISHI
19.39 V -guruh talabasi Abdullayeva Tamannoning
“ Oz komplektli maktab boshlang'ich sinflarida ona tilidan o'quvchilarning mustaqil ishlarini uyushtirish” mavzusidagi
KURS ISHI
Qabul qildi: Z. Sidiqova
Farg`ona – 2022
Mundarija
Kirish
1. Oz komplektli maktab boshlang'ich sinflarida “Ona tili”ni o`rganishning maqsadi va ahamiyati
2. Oz komplektli maktab boshlang'ich sinflarida ona tili bo’yicha dars o’tishda o`quv me`yoriy xujjatlari, darslik va uslubiy qo`llanmalari
3. Oz komplektli maktab boshlang'ich sinflarida ona tilidan o'quvchilarning mustaqil ishlarni tashkil etishda qo’yiladigan talablar
4. Oz komplektli maktab boshlang'ich sinflarida ona tilidan o'quvchilarning mustaqil ishlarni tashkil etishning uslubiy qo’llanmalari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligiga erishgach, ijtimoiy–iqtisodiy hamda madaniy–ma’naviy rivojlanishning istiqbolli yo‘liga kirib, o‘ziga xos va mos yo‘lni tanlab oldi. Bu boradagi tub o‘zgarishlar barcha jabhalarga shiddat bilan kirib bormoqda. U tibbiyotmi, qishloq xo‘jaligimi, sanoatmi, ta’lim tizimimi – barchasida islohotlar o‘tkazish zaruriyatini yuzaga keltirdi. Ta’lim sohasidagi islohotlar ularning asosini tashkil etadi desak, xato bo‘lmaydi. Zero, ta’lim o‘sib kelayotgan yosh avlodning ichki imkoniyatlarini, qobiliyatlarini yuzaga chiqarish bilan birga, kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda ham asosiy manba hisoblanadi.
Mustaqil mamlakatimizning yanada gullab yashnashi kelajagimiz egalari bo‘lgan yosh avlodning har jihatdan yetuk, barkamol bo‘lib tarbiyalanishiga bog‘liqligi ta’kidlanmoqda. Yosh iste’dodlar o‘sib, ulg‘ayib, Vatanimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shishi aniq. Modomiki, ijtimoiy–iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda yosh avlodga tayanar ekanmiz, avvalambor, ta’lim sohasiga bir tomonlama qarashdan xalos bo‘lishimiz lozim. Ta’lim–tarbiya tizimini tubdan o‘zgartirish, barkamol insonni shakllantirish kelajak taqdirimizni belgilab beruvchi dolzarb masalalardan biriga aylandi. Buyuk islohotlar amalga oshirilayotgan sharoitda mustaqil fikrlovchi yoshlarga bo‘lgan talab davr taqozosidir. Chunki shaxsiy dunyoqarashga ega bo‘lgan insonlargina jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi muvaffaqiyatlarga erishishga qodir bo‘ladilar. Respublikada olib borilayotgan davlat siyosatining bosh omillaridan biri ham mustaqil fikrlovchi, keng dunyoqarashga ega, iqtidorli shaxslarni kamol toptirish va tarbiyalashdir. Zero, o‘zgalar fikriga qaram bo‘lish, turli yot mafkuralarga ergashish psixologiyasi jamiyat ma’naviyatini tanazzulga olib kelishi shubhasizdir. Ta’limdagi yangilanish yangicha bilim berish orqali jamiyat, davlat, tabiat va mehnatga munosabat tizimini o‘zgartirishni ham ko‘zda tutadi. O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunda ko‘rsatib o‘tilganidek, demokratik jamiyatda inson erkin va mustaqil fikrlaydigan qilib tarbiyalanishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |