Fayzulla boynazarov



Download 8,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/126
Sana01.01.2022
Hajmi8,27 Mb.
#280518
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   126
Bog'liq
Jahon adabiyoti (Fayzulla Boynazarov)

T O M A S   M A N N
(1875-1955)
Lyubek shahrida tug‘ilgan. Yozuvchi  Haynrix 
M anning  ukasi.  Ularning  oilasi  M yunxenga 
ko‘chib  borgandan  so ‘ng,  badiiy  asarlarni 
tinimsiz o‘qib,  adabiyot  va  san’atga  muhabbati 
orta boradi.  Myunxenda u  «Simplisissimus»  haj- 
viy  jurnali  bilan  aloqa  bog‘Iaydi.  Bu  jurnal 
sahifalarida  ilk  novellalari  bosiladi.  Dastlabki 
novellalar  to ‘plami  «Kichik  o'rtoq  Fridaman»
(1897)  deb  nomlanadi.  Tomasning  akasi  bilan 
Italiyada  ikki  yil  yashashi,  aka-uka  dunyoqara- 
shiga  katta ta’sir ko‘rsatadi.  Bu yerda  ular  Rim- 
ning qadimiy yodnomalari,  antik dunyo adiblari
www.ziyouz.com kutubxonasi


asarlarini  o'qishga muvaffaq bo'ladilar.  «Buddenbroklar» (1901) roma- 
nida  Iogan  Buddenbroklar oilasining tarixiy  solnomasi  epopeya tarzida 
berilgan.  Bu  davrda Yevropa  adabiyotida  roman-xronika  yozish  odat 
tusiga kirgan edi.  «Venetsiyadagi  fojia» romani Tomas ijodining gullab- 
yashnaganidan  guvohlik beradi.
Tomas  ijodida  falsafiy ruhdagi  romanlar ham keng  o‘rin  egallagan. 
Bu jihatdan  «G4aroyib tog4» (1924) romani e’tiborga loyiqdir. Yozuvchi 
16  yil  davomida  «Iosif va  uning  ukalari»  tetralogiyasi  ustida  ishlaydi. 
Tetralogiya  «Iokova tarixi» (1933), «Yosh  Iosif» (1934), «Iosif Misrda» 
(1936),  «Iosif»  (1943)  rom anlaridan  iborat.  30-  yillarda  fashistlar 
harakati  kuchaygan  chog4da  Tomas  A m sterdam ga  keladi.  S o'n g ra 
Bryussel,  Parij  (1933),  Shvetsariya,  Chexoslovakiyaga  boradi.  Nihoyat 
u  akasining  oldiga  Am erikaga  ketadi.  Keksayib  qolgan  vaqtida  o 4z 
yurtiga qaytib kelib vafot  etadi.
Tomas yozgan  romanlar akasinikidan  kam  emas.  «Lotta Vaymerda» 
(1939),  «Doktor Faustus»  (1947),  «Doktor  Faustus tarixi»,  «Bir roman 
haqida roman»  asarlari  Tomas  Mann  iste’dodini,  mahoratini  namoyish 
etib turibdi.
Tomas Mann,  eng avvalo,  mahorat bilan yaratilgan novellalari  bilan 
m ashhur  bo'ldi.  Yozuvchining  ayrim  novellalari  keyinchalik  roman 
syujetiga  ulanib  ketdi.  Uning  «Tonno  Kreger»,  «Venetsiyadagi  o‘lim» 
novellalari shaklan  kichik bo‘lsa-da,  mazmunan boyligi  bilan ajralib tu­
radi.
Tomas  Mann  «Doktor  Faustus»  romanini  yozishni  rejalashtirib 
qo'ygan  edi.  Bu  romanning yuzaga  kelishiga  Ikkinchi  Jahon  urushi  va 
quvg‘inda  yurgan  o g 4ir  hayot  sinovlari  xalaqit  beradi.  1947-  yilda 
«Doktor  Faustus»  romanini  yozib  yakunlar ekan,  yozuvchiga  o'quv- 
chilaridan yuzlab maktublar keladi.
Shundan  so‘ng  Tomas  Mann  1949-yilda  «Doktor  Faustus  tarixi. 
Roman  haqida roman»  deb  nomlanuvchi  katta  maqolasini  e’lon  qiladi. 
Bu  maqolada yillar solnomasiga  alohida e ’tibor  qaratilgan  bo‘lsa-da, 
Faustus hayoti  haqida ham  ma’lumotlar beriladi.
Romanda Germaniyaning o'tmishi va kelajagi haqida falsafiy fikrlar 
aytilgan.  Roman  qahramoni  atoqli  m usiqachi  va  buyuk  kom pozitor 
Adrian  Leverkyun.  Romanda Adrian  Leverkyun  ijodi  boshqa bir buyuk 
musiqachi  Betxoven yaratgan  san’atga qarama-qarshi  qo'yiladi.
Falsafiy-psixologik romanda ko'plab afsona va rivoyatlami uchratamiz. 
G'arbiy Yevropa adabiyotida Faust haqida ko'plab asarlar yuzaga kelgan. 
Bulaming  ichida  eng  yirigi  Hyotening  «Faust»  tragediyasidir. 
Tomas Mann asarining voqeasi Hyote yaratgan «Faust» tragediyasiga sira
www.ziyouz.com kutubxonasi


o'xshamaydi.  Hyote yaratgan  Faust yuksak  falsafiy g ‘oyalar bilan  ma- 
shg‘ul  bo‘lgan,  insoniyat kelajagi  haqida  muhim  fikrlami  ayta  olgan, 
ulug'  qalb egasidir.
Leverkyun yaratgan musiqalar esa jamiyatga xizmat qilmaydi. Ting- 
lovchiga ko'tarinki  kayfiyat o'rniga tushkunlik  «hadya»  etadi. Nihoyat 
mana shu tushkun kayfiyat orqasidan  o'zi  ham halok bo'ladi.
Tomas  Mann  dastlab  esdalik yozish  niyatida  qo'liga  qalam  olgan 
edi.  Adrian  Leverkyun  va  uning  zamondoshlari  obrazi  esdaliklardan 
roman darajasiga ko'tarilib, «Doktor Faustus» romanini  mashhur bo'lib 
ketishini u  xayoliga ham  keltirmagan edi.
Tarixan ma’lumki, Adrian betob bo'lganida dushmanlari  unga zahar 
berib o'ldiradilar.  So'ngra hech bir iz qolmasligi  uchun tanasini  benzen 
bilan yoqib yuboradilar.  Bu mashhur voqeani  Tomas  Mann Amerikada- 
ligida eshitib,  qadrdon  do'stining taqdiriga juda achingan  edi.  O 'n  bir 
yil  ilgari  gimnaziyada  o'qituvchi  bo'lib  faoliyat  ko'rsatgan  kezlari  bu 
buyuk kompozitor bilan uchrashgan, yaqin munosabat o'm atgan edi.
Ulug'  kom pozitor  hayotining  so'ngi  yillari juda  achinarli  holda 
kechadi.  O 'n  ikki  soatlab  musiqa bilan  mashg'ul  bo'lib,  asablari  char- 
chab  qolgan  edi.  Shuning  uchun  ham  u  shol  bo'lib,  ko'p  vaqt  kasal- 
xonada davolanadi.
Tomas  Mann  o 'z   vatani  Germ aniyaga  qaytgandan  so 'n g ,  yoshi 
ancha  ulg'ayib  qolgan  bo'lsa-da,  qaynoq  ijod  qo'ynida  bo'lad i. 
Yozuvchining  «Doktor  Faustus»  romani  ko'pgina  tillarga  tarjim a 
qilingan.

Download 8,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish