Matn fayllar.
Matnfayli deb ASCII kodlari hamda kengaytirilgan va boshqaruvchi kodlardan tashkil topgan faylga aytiladi. Matn fayllari satrlar bo‘yicha tashkil topgan bo‘lib, fayl oxiri deb nomlanuvchi maxsus koddan tashkil topgan bo‘ladi. Matnli fayl ixtiyoriy ma’lumotlarni (sonni, belgini, satrni) belgilar ketma-ketligi ko‘rinishda saqlaydi. Masalan, paskal tilida yozilgan programma ham matnli fayl hisoblanadi. Undan tashqari ma’lumotlarni bir qismi satrlarga ham bo‘linishi mumkin. Satr oxirini alomati bo‘lib 13 kod hisoblanadi va u satrni o‘tkazish belgi(10 kod) bilan birlashtirilishi mumkin, matnli faylning oxiri “z”(26 kod) belgi bilan belgilanadi. Son, satr va mantiqiy qiymatlarni yozishda ular belgili ko‘rinishga o‘zgartiriladi, o‘qishda esa son va satrlar matnli ko‘rinishdan mashinaviy ko‘rinishga avtomatik ravishda o‘zgartiriladi.
Matnli fayllar bilan ishlashda faylli o‘zgaruvchini kiritish kerak.
O’qish uchun ochilgan faylgan ma’lumolar quyu]idagi operatorlar yordamida o’qiladi:
Read(f, < o’zgaruvchilar ro’yxati>); va Read(f,< o’zgaruvchilar ro’yxati> );
Bunda f –faylli o’zgaruvchi. ,< o’zgaruvchilar ro’yxati> _bitta yoki o’zaro vergul bilan ajratilgan bir nechta o’zgaruvchilar. Mazkur operatorlar ko’rsatilgan o’zgaruvchilarning qiymati fayldan o’qib oladi.
Read operatori asosan faylda sonlyi ma’lumotlar yozilgan bo’lsa qo’llaniladi. Read operatori bu sonlarning har birini alohida o’qib oladi. Bitta satrdagi ma’lumotlar tugagach keying satrga o’tadi.
1.3 Fayllarda funksiyani e’lon qilish.
C++ dasturlash tillari tarkibida fayllar ustida amallar bajarish uchun yuqoridagi holatlar bo’yicha oldin e‘lon qilinishi va mantiqiy nomi bilan bog‘lashishart. Fayllar ustida quyidagi amallarni bajarishimiz mumkin:
1)Faylga ma’lumot yozish.
2)Fayldan ma’lumot o’qish.
3)Fayl tarkibidagi ma‘lumotlarni o’chirish.
C++ dasturlash tilida fayllarga ma’lumot yozishning ikki turi mavjud, birinchi turi bo’yicha ma’lumot yozilganda eski qiymatlar uchirilib ustiga yangi ma’lumot yoziladi. Ikkinchi tur bo’yicha faylga ma‘lumot yozilsa, unda ma’lumot faylning oxiriga borib yozishni bajaradi. Ikki tur bo’yicha ham faylga ma‘lumot o’zgaruvchi yordamida yoziladi.
C++ dasturlash tilida birinchi tur bo’yicha faylga ma‘lumot yozish uchun ofstream ; .open("fizik nom"); buyruqlari oldin yozilishi shart undan so’ng uning tarkibiga ma‘lumot yozish mumkin. C++ dasturlash tilida faylga birinchi tur bo’yicha ma‘lumot yozishning umumiy ko’rinishi quyidagicha bo’ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |