SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
AMALIY MATEMATIKA VA INFORMATIKA
FAKULTETI
ALGORITMLAR VA MA`LUMOTLAR STRUKTURASI FANIDAN.
MAVZU: FAYLLAR USTIDA AMALLAR. ALGORITMLARNI LOYHALASH
VA TAHLIL QILISH.
Qabul qildi: Jabborov J.
Bajardi: Xusanov F.
Samarqand-2019
Mundarija:
KIRISH
Asosiy qism
1.Bob. Fayllarning nazariy qismi.
1.1. Fayl tushunchasi.
1.2. Fayl turlari.
1.3. Fayllarda funksiyalarni e’lon qilish.
2.Bob. Fayllar ustida amallar bajarish va fayllarni saralash algoritmi.
2.1. Fayllar ustida amallar bajarish.
2.2. Fayllarni saralash algoritmi.
2.3. Fayllar bilan ishlash va ularga oid misollar.
3. ILOVA
4. XULOSA
5. FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RUYXATI
Kirish
Dastur mazmuni oliy ta‘limning normativ-huquqiy asoslari va qonunchilik normalari, ilg’or ta‘lim texnologiyalari va pedagogik mahorat, ta‘lim jarayonlarida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini qo’llash, amaliy xorijiy til, tizimli tahlil va qaror qabul qilish asoslari, maxsus fanlar negizida ilmiy va amaliy tadqiqotlar, texnologik taraqqiyot va o’quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy uslublari bo’yicha so’nggi yutuqlar, pedagogning kasbi kompetentligi va kreativligi, global Internet tarmog’i, multimedia tizimlari va masofadan o’qitish usullarini o’zlashtirish bo’yicha yangi bilim, ko'nikma va malakalarini shakllantirishni nazarda tutadi. Dasturda kompyuterlar, insonlar va dasturlash o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik, dasturiy ta‘minot, dasturlash asoslari, obyektlar, qiymat va toifalar, hisoblash, xatoliklar, kiritish va chiqarish, kiritish - chiqarish oqimi modeli, fayllar grafika, foydalanuvchining grafik interfeyslari, vektor va bo’sh xotira, vektorlar va massivlar ustida amallar va ular bilan ishlashda yuzaga keladigan muammolar va ularning yechimlari bayon etilgan.
Vaqt o’tishi bilan dasturchilar oldiga qo’ygan masalalar o’zgarib boryapti. Bundan yigirma yil oldin dasturlar katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash uchun tuzular edi. Bunda dasturni yozuvchi ham, uning foydalanuvchisi ham kompyuter sohasidagi bilimlar bo’yicha professional bo’lishi talab etilardi.Hozirda esa ko’pgina o’zgarishlar ro’y berdi. Kompyuter odamlar tomonidan uni chuqur o’rganish vositasi emas, ko’proq o’zlarining oldilariga qo’yilgan, o’zlarining ishlariga tegishli bo’lgan muammolarni yechish instrumenti bo’lib qoldi. Foydalanuvchining ushbu yangi avlodini dasturlar bilan ishlarini osonlashtirishi bilan bu dasturlarning o’zining murakkablik darajasi oshadi. Zamonaviy dasturlar foydalanuvchi bilan do’stona munosabatni yuqori darajada tashkil qiladigan ko’p sondagi oynalar, menyu muloqot oynalari va visual grafikaviy muhitlardan tarkib topgan interfeysga ega bo’lishi lozim. Dastur so’zi ham komandalarning alohida blokini aniqlovchi so’z ham yaxlit holdagi bajariluvchi dasturiy mahsulotni belgilovchi so’z sifatida ishlatiladi. Dasturlashga talabni o’zgarishi nafaqat tillarning o’zgarishiga balki uning texnologiyalarini o’zgarishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |