Kapalak – muhabbat uchquni,
yurakdan gul sari o`rlagan,
guldan gulga uchib va qo`nib
o`rgimchakday bog`ni to`rlagan…
Bu satrlarda oldin bergan fikrimizning mutlaq aksini uchratamiz. Vujudini muhabbat chulg`agan inson o`zini xuddi o`rgimchak to`riga tushgan kapalak yanglig` his qiladi.
Yana shuni aytib o`tish joizki, Faxriyor ijodni bepayon bir gulzor deb qaragan bo`lsa, u o`z she`rlariga o`sha gulzordagi turli xil gullardan emas, balki faqat atrgullarni, faqat lolalarni va faqat nastarinlarni... terib guldasta qilgan desak o`rinli bo`ladi. Misol uchun birgina hayotga bergan tashbehlariga e`tibor bersak:
Do'stlaringiz bilan baham: |