Muhabbat – armonli tengsizlik.
***
Dunyoning kamani muhabbat bilan
to`ldirmoq istagan malika – gulbaxt,
sotib olomayman muhabbatingni
merosdan benasib men bir valiaxd
***
Na kechar, na o`char muhabbat,
na yurakdan ko`char muhabbat,
tizginsiz bir o`jar muhabbat,
xudojon!
Shoir she`riyatida berilgan timsol bir o`rinda she`riy talqinda inson qalbining nozik qirralarini jumbushga keltirsa, boshqa o`rinlarda badiiy saviyaning yuqori cho`qqiga ko`tarib, o`quvchini o`ylashga majbur qiladi. Ayrim o`rinlarda insonni muhabbat ta`siriga tushirib sevintirsa, ayrim o`rinlarda uni umidsizlik girdobiga tortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |