173
MEʼYORIY HUJJATLAR ASOSIDA YONG‘IN O‘CHIRISH DEPOLAR
SONINI HISOBLASH
Rustamov J.S, Tojiboyev B.R
(FVV Akademiyasi 5-bosqich kursantlari)
jtimoiy–iqtisodiy hayotda yuz berayotgan rivojlanishlar
jarayonlarida
bunyod etilayotgan maoddiy boyliklarni, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy
soha obyektlarini va aholi turar joylarining yong‘in xavfsizligini
ta’minlash, sodir bo‘lgan yong‘inlarda insonlarni qutqarish, mol-mulklarni asrab
qolish, yong‘inlarni tezlikda bartaraf eitishda jahon
andozalariga mos keladigan
zamonaviy yong‘in o‘chirish depolarini mavjud meyorlar asosida tashkil etish
maqsadga muvofiqdir.
Bu
borada
yong‘in
o‘chirish
depolarini
loyihalashtirishda
ShNQ 2.08.02-09* “Jamoat binolari va inshootlari” meyoriy hujjatlarida
belgilangan talablarga, shuningdek odamlar hayoti va sog‘lig‘i,
atrof muhit
saqlanishini, ta’mirlashga yaroqli bo‘lishini, energiya tejalishini ta’minlovchi
choralariga amal qilinishi lozim. [1]
Shahar va boshqa aholi punktlarida yong‘in o‘chirish depolarini joylashtirish
hamda asosiy yong‘in o‘chirish avtomobillarining zaruriy sonini belgilash
ShNQ 2.07.01-03* “Shaharsozlik. Shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini
rivojlantirish va qurilishini rejalashtirish” normativ hujjati talablari asosida va
qishloq xo‘jalik korxonalari uchun yong‘in o‘chirish
depolarini joylashtirish va
ularning zaruriy sonini belgilash SNiP II-89-80 “Sanoat korxonalarining bosh
rejalari”, QMQ 2.09.01 “Qishloq xo‘jalik korxonalarining bosh rejalari” va
amaldagi boshqa shaharsozlik hujjatlari talablari asosida amalga oshiriladi. [2,3]
Yong‘in o‘chirish deposi – yong‘in o‘chirish texnikasi va unga texnik
xizmat ko‘rsatish xonasi, shaxsiy tarkibni joylashtirish uchun xizmat xonalari,
yong‘in haqidagi
xabarlarni qabul qilish xonasi, yong‘in xavfsizligi xizmati
zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun kerakli texnik va yordamchi
xonalardan iborat yong‘indan saqlash xizmatining obektidir. [4]
Yong‘in o‘chirish depolari yong‘in o‘chirish avtomobillarining zaruriy soni,
xonalar tarkibi, vazifasi va ularning maydonidan kelib chiqqan holda quyidagi
turlarga bo‘linadi:
I tur - shaharlarni qo‘riqlash uchun 6 va undan ortiq asosiy yong‘in o‘chirish
avtomobillariga mo‘ljallangan yong‘in o‘chirish depolari;
II tur - shahar va aholi punktlarining qo‘riqlash uchun 2 tadan 6
tagacha
asosiy yong‘in o‘chirish avtomobillariga mo‘ljallangan yong‘in o‘chirish depolari;
III tur - korxonalarni yong‘indan muofaza qilish uchun 6 va undan ortiq
asosiy yong‘in o‘chirish avtomobillariga mo‘ljallangan yong‘in o‘chirish depolari;
IV tur - korxonalarni yong‘indan muofaza qilish uchun 2 tadan 6 tagacha
asosiy yong‘in o‘chirish avtomobillariga mo‘ljallangan yong‘in o‘chirish depolari;
V tur - aholi punktlari va tumanlarni (shaharlardan tashqari) qo‘riqlash
uchun 2 va 4 ta asosiy yong‘in o‘chirish avtomobillariga mo‘ljallangan yong‘in
o‘chirish depolari. [4]
I
174
Shahar (tuman) hududlari uchun kerakli sondagi yong‘in o‘chirish depolari
sonini aniqlash borasida ShNQ-2.07.01-03* “Shahar va qishloq aholi punktlari
hududlarini rivojlanish va qurilishini rejalashtirish”
meyoriy hujjatidan
foydalaniladi, bundan yong‘in o‘chirish depolarining xizmat ko‘rsatish radiusi
R
xizm.ko‘rs
.=5 kmni tashkil etadi. [3] Agar xizmat ko‘rsatilayotgan hududning
maydoni S
yuza
= 212 km
2
bo‘lsa, yong‘in o‘chirish depolarining sonini quyidagi
formuladan aniqlash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: