Адабиётлар:
1.
ПУЭ-2011 «Электр қурилмаларини ўрнатиш қоидалари» .
2.
Аллаев К. Р. Электромеханические переходнодные процессы: – Т.:
ТГТУ, 2008. – 287 с.
* * *
60
YONG‘IN O‘CHIRISH AVTOMOBILLARINING EKSPLUATATSION
HARAJATLARINI ASOSLASHDA YONG‘IN-QUTQARUV QISMLARI
HAMDA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH BIRIKMALARI BILAN
HAMKORLIKNING AFZALLIKLARI
Sh.B.Asamov, E.V.Abdullayev
(O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi)
nnotatsiya.
Ushbu maqolada mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan
yong‘in o‘chirish avtomobillarini asosiy hamda maxsus agregat va uzellarini
ishonchliligini baholash uchun statistik ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish
orqali yong‘in o‘chirish avtomobillarini saqlab turishga ketadigan ekspluatatsion
harajatlarni asoslashda yong‘in-qutqaruv qismlari hamda texnik xizmat ko‘rsatish
birikmalari o‘zaro hamkorligining afzalliklari keltirib o‘tilgan.
Tayanch
tushunchalar:
ishonchlilik, ishonchlilik ko‘rsatkichlari,
ekspluatatsion harajatlar, o‘zaro hamkorlik.
amlakatimizda barcha sohalari kabi yong‘in-qutqaruv xizmati
tizimlari faoliyatini tubdan takomillashtirish yuzasidan amalga
oshirilayotgan islohotlar samarasi o‘laroq yurtimizda xususan,
“Samarqand avtomobil zavodi” MChJda, keyinchalik esa “JV MAN Auto
Uzbekistan” QK-MChJda yong‘in o‘chirish avtomobillarini ishlab chiqarilishi va
yong‘in-qutqaruv xizmati bo‘linmalari ular bilan bosqichma-bosqich ta’minlanishi
yo‘lga qo‘yildi.
Albatta yong‘in o‘chirish avtomobillarini qo‘llashning samaradorligi
ularning sifat darajasiga, avvalambor asosiy va maxsus qismlari (agregat, uzel va
mexanizmlari)ni tayyorlash sifati va ishonchliligiga bog‘liqdir.
Ishonchlilik - bu buyum (agregat yoki mexanizm)ning o‘z foydalanish
ko‘rsatkichlarini talab qilinadigan vaqt oralig‘ida berilgan chegaralarda saqlab,
berilgan funksiyalarni bajarish xossasi. Bunda ikki shart bajarilishi lozim.
Birinchidan, buyumni faqat berilgan sharoit va ish rejimlarida ishlatish kerak.
Ikkinchidan, buyumga to‘liq hajmda va tavsiya qilingan davriylikda xizmat
ko‘rsatilishi kerak.
Buyumning ishonchliligi uni ekspluatatsiya qilish sharoitiga bog‘liqdir.
Ishonchlilik
nazariyasining
asosi
ishdan
chiqish
holatlari to‘g‘risidagi
ma’lumotlardan tashkil topadi. Ishdan chiqish holatlari esa kelib chiqish sabablari
va oqibatlari turlicha. Mashinalar elementlaridagi tasodifiy va sistematik
o‘zgarishlar ularning sabablari bo‘ladi.
Yong‘in o‘chirish avtomobilining ishonchliligi iqtisodiyot tarmoqlarida
foydalaniladigan avtotransport vositalarining ishonchliligidan farq qiladi. Bu
yong‘in o‘chirish avtomobillarini ekspluatatsiya sharoitining xususiyatlari, yuk
avtomobiliga nisbatan mezanizmlarning ko‘pligi bilan farqlanadi.
Yong‘in o‘chirish texnikasini loyihalashtirishda kerakli ishonchlilik darajasi
bir qator tadbirlarni bajarish bilan ta’minlanadi. Birinchi o‘rinda eng ma’qul
A
M
61
bo‘lgan yo‘l tanlanib, uning ishonchliligi baholanadi, yuqori ishonchlilik bilan
tavsiflanadigani standartlashgan va bir shaklga ega elementlar maksimal darajada
qo‘llaniladi.
Bundan
tashqari,
yong‘in
o‘chirish
avtomobillarini
ekspluatatsiyasining alohida xususiyatlarini inobatga oluvchi tadbirlar ko‘zda
tutiladi.
Avtomobilni ekspluatatsiya qilish jarayonida agregat va uzellarning bir-biri
va atrof-muhit bilan ta’siri natijasida sifatning o‘zgarishi yuzaga keladi. Avtomobil
sifatining o‘zgarish dinamikasi qanchalik katta bo‘lsa bu shunchalik uning
ekspluatatsion xususiyatlariga ta’sir ko‘rsatadi.
Yong‘in o‘chirish avtomobillarining ishonchliligini ta’minlash ularni ishlab
chiqarish va ekspluatatsiyasi jarayonidagi asosiy muammolardan biri hisoblanib,
yong‘in o‘chirish avtomobillarining texnik imkoniyatlariga qo‘yiladigan talablarni
oshib borishi uning qanchalik dolzarb ekanligini belgilaydi.
Bundan tashqari, yong‘in o‘chirish avtomobillariga texnik xizmat ko‘rsatish
va ta’mirlash, ya’ni bu ishlarni amalga oshirish uchun yil davomida talab
qilinadigan ehtiyot qismlarining soni, bir yilgacha bo‘lgan vaqt ichida ta’mirlash-
montaj va rostlash ishlari hamda bu ishlarni bajaradigan hodimlarni oylik maoshi
bilan ta’minlash uchun sarflanadigan xarajatlarni texnik-iqtisodiy jihatdan
asoslantirishda ham sifat va ishonchlilikni baholashga alohida e’tibor qaratish
o‘rinlidir.
Amaliyotda
mahalliy
ishlab
chiqarilayotgan
yong‘in
o‘chirish
avtomobillarining ekspluatatsiyasi jarayonida ulardan ko‘p foydalanilmaganiga
(aksariyat holatlarda bir yilgacha) qaramay ayrim agregat va uzellari (yong‘in
o‘chirish nasosi elementlari, uzatmalar qutisi, qo‘shimcha transmissiya
mexanizmlari, suv sisternasi va x.k.)ni ishdan chiqishi holatlari uchraydi. Bu
avtomobil va undagi maxsus agregatlarni ekspluatatsiya qilish sharoiti,
haydovchining bilimi va amaliy ko‘nikmasiga, texnik xizmat ko‘rsatish ishlarining
sifatiga bog‘liq bo‘lsada, asosiy agregat va jihozlar tegishli standart va normalarda
belgilangan ish resurslari doirasida ishdan chiqmasdan (buzilmasdan) ishlashi,
ya’ni ma’lum vaqt ichida belgilangan vazifani bajarishi lozim.
Davlat standartlarida yong‘in o‘chirish avtomobillari uchun texnik talablar
bilan birga ularning sifat ko‘rsatkichlari nomenklaturasi ham belgilangan. Ushbu
ko‘rsatkichlar qatorida ishonchlilik ko‘rsatkichi ham alohida o‘rin tutadi.
Ishonchlilik
ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat: birinchi kapital
ta’mirgacha belgilangan resurs, to‘xtamasdan (buzilmasdan) ishlash, to‘liq o‘rtacha
xizmat (foydalanish) muddati, operativ tayyorlik koeffitsienti.
Yong‘in-texnika mahsulotini ishlab chiqarish uchun texnik topshiriqlarni
tayyorlashda tegishli standart va normalarga muvofiq uning belgilangan vaqt
(resurs) ichida ishdan chiqmasligi (buzilmasligi)ga qat’iy talablar belgilanadi.
Misol uchun, yong‘in o‘chirish avtosisternasida o‘rnatiladigan yong‘in o‘chirish
nasosi va uzatmasining ishdan chiqishgacha gamma-foizi
=80% bo‘lishi, u
“ПН-40 УВ” nasosi uchun 150 soatdan va “НЦП” nasosi uchun 200 soatdan kam
bo‘lmasligi kerakligi yoki yong‘in o‘chirish avtomobilining birinchi kapital
ta’mirigacha maxsus agregatlarning gamma-foizi
=80% resursi 1500 soatdan kam
bo‘lmasligi ko‘rsatiladi.
62
Gamma-foizli resurs, uzoq xizmat qilish (yaroqlilik) guruhiga kiruvchi
yagona ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, belgilangan ehtimollarda xizmat (ish) vaqtida
so‘nggi chegaraviy holatga yetmasligini tavsiflaydi, ya’ni oddiygina qilib aytganda
buyum (agregat yoki mexanizm) ishlash vaqtining
ehtimoli bilan ishdan chiqish
(buzilishi)ning chegaraviy holatga yetmasligini foizlarda ifodalovchi yig‘indi.
Yong‘in o‘chirish avtomobillarining ishonchlilik darajasini baholash uchun
ularning texnik holatini o‘zgarishi, ishdan chiqish yoki buzilish va qismlari
(agregat, uzellari)ni ishlashi to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni yig‘ish, o‘rganish
va tahlil qilish lozim. Buyumlarni ishdan chiqish holatlari tahlil qilinib, nafaqat
ularning ishonchliligi balki ishdan chiqishning sabablari ham aniqlanadi.
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yong‘in
o‘chirish avtomobillarining ishonchliligini baholash hamda kelgusida ularni
ekspluatatsiyasi bilan bog‘liq muammolarni ishlab chiqaruvchi bilan hamkorlikda
hal etish maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida tayanch (bazaviy)
garnizonlarni belgilanishi va ular tomonidan avtomobillarni ekspluatatsiyasi bilan
bog‘liq ma’lumotlarni to‘plashni tashkillashtirish lozim. Ushbu garnizonlardan
keladigan ma’lumotlar yong‘in xavfsizligi bo‘linmalarida foydalanishda bo‘lgan
yangi yong‘in o‘chirish avtomobillaridagi agregat va tizimlarning texnik holatini
o‘zgarishi, avtomobillarni va ularning tarkibiy qismlarini ishdan chiqishi (buzilib
qolishi) to‘g‘risidagi ma’lumotlardan tashkil topishi lozim.
Ko‘rsatilgan ma’lumotlarni to‘plash uchun tegishli hisob-qayd hujjatlarini
yuritilishi kerak. Bularni kuzatuvlar jurnali (yoki maxsus statistika qayd varaqalari)
va ma’lumotlar xaritasi misolida ko‘rib chiqish lozim. Kuzatuvlar jurnali
nazoratdagi (kuzatuvdagi) har bir yong‘in o‘chirish avtomobiliga yuritilib,
haydovchi tomonidan nosozliklarni aniqlanishiga qarab to‘ldirib boriladi va unda
ishdan chiqish yoki buzilish holatlari, uni qayta tiklashga sarflangan vaqt qayd
etiladi. Ma’lumotlar xaritasi kuzatuv jurnalida qayd etilgan ma’lumotlarni to‘plab,
yong‘in o‘chirish avtomobillarini ishonchliligi to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni
to‘plash bilan shug‘ullanuvchi yuqori tashkilot (hududiy boshqaruv organiga,
so‘ng markaziy boshqaruv organi)ga taqdim etiladi. Xarita mas’ul shaxs
tomonidan davriy ravishda kuzatuv jurnalidan olingan ma’lumotlar bilan to‘ldirib
boriladi.
Ushbu chora-tadbirlarning tahlili umuman yong‘in-qutqaruv qismlari hamda
texnik xizmat ko‘rsatish birikmalari o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish orqali
yong‘in o‘chirish avtomobillari, shu jumladan agregat va mexanizmlarin ishlab
chiqarish sifatini va konstruksiyasi tuzilishini takomillashtirishga bo‘lgan talablarni
asoslantirish, yong‘in o‘chirish avtomobillarining doimiy tayyorligini ta’minlashda
ehtiyot qismlariga bo‘lgan ehtiyojni, eng asosiysi yong‘in o‘chirish avtomobillarini
saqlab turishga ketadigan ekspluatatsion xarajatlarni asoslash imkonini beradi.
Shuningdek, bu tahlildan ayrim holatlarda yong‘in-qutqaruv qismlari harbiy
xizmatchi va xizmatchilarining texnik tayyorgarligini yaxshilash maqsadida ularni
texnik xizmat ko‘rsatish birikmalarida amaliyot o‘tashlari hamda bu borada
ularning o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish sohadagi ayrim muammolarni
yechishda amaliy tarzda yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |