* * *
136
SAVDO KORXONALARI VA MODDIY BOYLIKLAR OMBORLARIDA
YONG‘IN O‘CHIRISH
I.I.Temirov, S.I.Bahranov
(O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi, 5-bosqich kursanlari)
avdo korxonalari va moddiy boylik mahsulotlari omborlarining
murakkab qurilishi, eshik va derazalarining kamligi, odamlarning ko‘p
bo‘lishi, katta moddiy boylik va fizik-kimyoviy xususiyatga ega
materiallarning borligi, tezda tutun to‘lishi, zararli moddalarning ajralishi bilan
tavsiflanadi.
Odatda, do‘konlar maxsus qurilgan binolarda yoki ko‘p qavatli aholi yashash
uylari va jamoat binolarining birinchi qavatida joylashtiriladi. Do‘konlarning
asosiy konstruktiv elementlari
yonmaydigan materiallardan tayyorlanadi.
Do‘konlar quyidagi xonalardan
iborat bo‘ladi: qabul qilish, savdoga qo‘yiladigan
modda va materiallarni qayta ishlash hamda saqlash, ma’muriy, maishiy va texnik
xonalar, savdo, ko‘rgazma hamda demonstratsiya uchun zallar. Do‘konlarning
asosiy xonalari bu katta maydonni egallagan oldi oynali, ba’zan esa balandligi
3.5 m dan kam bo‘lmagan yorug‘lik fonarli etib qurilgan peshtaxtalardan iborat.
Qavatlararo savdo zallarini ochiq zinapoyalar, lift va eskalatorlar o‘zaro
birlashtirib turadi. Do‘konlarning peshtaxtalarida, shkaf va vitrinalarida ko‘plab
miqdorda turli xil mollar saqlanadi. Savdo zallari savdoga qo‘yiladigan modda va
materiallarni qayta ishlash hamda saqlash xonalaridan yonmaydigan devor va
chegaralangan darchalar bilan ajratib turiladi, bunday xonalar aksariyat hollarda
koridorli tuzilishda loyihalashtirib quriladi. Binolarning bir qismi yuk ko‘tarish
liftlari va yopiq zinalar bilan birlashib ketadi.
Katta do‘konlarda mollarga qayta ishlov berish va saqlash xonalari
yerto‘lalarda joylashtirilib, ular savdo zallari bilan yuk tashuvchi liftlar orqali
birlashtiriladi. Ko‘p hollarda bunday xonalarning maydoni savdo zalining
o‘lchamiga teng bo‘ladi. Hozirgi zamon do‘konlaridagi yong‘in yuklamalariga
tokchalar, shkaf va peshtaxtalar kiradi, ularda yong‘in yuklamasi o‘rtacha 1 m
2
ga
100 kg ni, omborlarda esa bu ko‘rsatkich 2-3 barobar ko‘p miqdorni tashkil etadi.
Katta do‘konlarning yordamchi xonalarida bichish-tikish sexlari va
ustaxonalar joylashtirilgan bo‘lib, ular xaridorlarga qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish
uchun xizmat qiladi. Do‘kon binolari ichki yong‘in o‘chirish suv tarmog‘i,
ko‘chmas va harakatlanuvchi yong‘in o‘chirish uskunalari, shuningdek, yong‘inni
payqash va u haqida xabar beruvchi xabarlovchilar bilan jihozlangan bo‘lib, ular
yong‘indan xabarlovchi tizimlari pultiga ulanadi.
Material omborlari ochiq, yarim yopiq va yopiq turdagi omborlarga bo‘linadi.
Yopiq omborlar material omborlarining asosiy turi hisoblanadi. Ular bir va ko‘p
qavatli bo‘lib turlicha olov bardoshlik darajasida quriladi. Eski tipdagi
omborxonalar bir qavatli qilib, yonuvchi materiallar asosida qurilgan. Hozirgi
S
137
vaqtda zamonaviy ombor binolari besh-olti qavatli qilib qurilmoqda. Omborlarning
uzunligi ko‘pincha yuz va undan ortiq, eni esa bir necha o‘n metrni tashkil etadi.
Kompleks ombor binolari, ayvon va ochiq saqlash maydonlarini o‘z ichiga
olgan oziq-ovqat hamda sanoat mollariga maxsuslashtirilgan bazalar alohida atrofi
o‘ralgan hududlarda joylashtiriladi. Bundan tashqari, omborlarni aholi yashash
uylari va do‘konlarning yerto‘lalarida yonib ketishi mumkin bo‘lgan binolarda,
ba’zan esa boshqa bino va inshootlardan yong‘inga qarshi oraliq masofasi
saqlanmagan holda turgan binolarda joylashtiriladi.
Omborlarda eshik va darchalar ko‘p bo‘lishi barobarida ba’zan umuman
derazalari bo‘lmaydi. Deraza, darchalari poldan juda balandda joylashtirilib, uncha
katta bo‘lmagan o‘lchamda bo‘ladi. Birinchi qavatdagi derazalarga po‘lat
panjaralar qo‘yiladi. Odatda, omborlarga kirish eshigi ikkita bo‘ladi. Kirish
eshiklarining oralig‘I mustahkam yog‘ochdan yasalib, yong‘in sodir bo‘lganda
ularni ochib kirish ma’lum bir qiyinchiliklarni tug‘diradi. Ombor ichidagi
eshiklarning olovbardoshlilik vaqti 0,75 soatni tashkil etadi.
Alohida hollarda, xonalar orasidagi darchalar agar texnologik talablar ruxsat
etsa, yong‘inga qarshi eshiklar bilan jihozlanmaydi va ushbu darchalar sprinkler
yoki drencher uskunalari bilan jihozlanadi va dahliz quriladi. So‘nggi yillarda
omborlar ko‘p tokchali qilib qurilmoqda. Bunday omborlar katta balandlikka ega
bo‘ladi, balandligi 37 m gacha, ba’zan esa 45 m va undan ham baland bo‘ladi.
Alohida omborlarning bo‘lmalari 40-50 ming m
2
gacha yetadi. Bunday qimmat
baho yonuvchi materiallari bor omborlar, maydoni 700-1500 m
2
gacha bo‘lgan
bo‘lmalarga bo‘linadi. Bunday omborlar ko‘pincha bir-biridan metall, tunuka yoki
sim to‘rlari yordamida ajratib qo‘yiladi. Omborning stellajlari va shtabellarida
saqlanayotgan tovarlarning miqdori yildan-yilga ortib bormoqda. Stellajlar asosan
metalldan yasaladi, ammo ba’zan yog‘ochdan yasalgan stellajlar ham uchrab
turadi. Stellajlar uchun qator va yonma-yon qilib yo‘laklar qoldiriladi. Moddiy
boylik omborlarining o‘ziga xos tomoni shundaki, ularda ko‘plab miqdorda turli
xildagi material vamoddalar (yog‘och, qog‘oz, matolar, teri, kislotalar, ishqorlar,
zaharli kimyoviy moddalar, tolali materiallar) turli xildagi fizik-kimyoviy
xossalarga ega va har xil (gaz, qattiq, suyuq) holatda saqlanadi.
Omborlarda yong‘in yuklamasi 1 m
2
ga 150-200 kg va undan ham ortiq
bo‘lishi mumkin. Omborlar, odatda, harakatlanuvchi transport vositalari (ko‘tarish
moslamalari, transporterlar, yuk liftlari, avtoko‘targichlar) ga ega bo‘ladi. Bu
transportlar yong‘in sodir bo‘lganda moddiy boyliklarni qutqarish uchun keng
qo‘llanilishi mumkin. Omborxonalar albatta birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari,
ichki va tashqi suv tarmoqlariga ega bo‘lishi kerak.
Yong‘inlarning tarqalishida nisbatan kichik maydonlarga juda katta miqdorda
moddiy boylik jamlanganligi uchun yong‘in sodir bo‘lganda ular juda tez nobud
bo‘lishi mumkin.
Savdo korxonalari va moddiy boyliklar omborlarida yong‘inlar tez tarqalishi,
quyuq tutun bilan qoplanishi va yuqori harorati bilan tavsiflanadi. Yong‘inning
tarqalishi mavjud modda va materiallarning turiga, ularning joylashishiga bog‘liq
bo‘ladi. To‘qimachilik materiallari yonganda yopiq xonada olovning tarqalish
138
tezligi 1 daqiqada 0,3-0,4 metrni tashkil etadi, qog‘ozga o‘ralgan buyumlar
yonganda esa 2-4 metrni tashkil qiladi.
Savdo korxonalari va moddiy boylik mahsulotlari omborlarida yong‘in sodir
bo‘lganda polimer materiallarning yonishi, yonayotgan eritmaning oqishi, uning
atrofga va qavatlarga yoyilib, yangi yong‘in o‘chog‘ini hosil qilishi, metall qurilma
va so‘rilarning qulashi natijasida o‘tish joylaridagi yo‘llarning to‘silib qolishi kabi
holatlar yuzaga kelishi mumkin.
Ko‘p qavatli savdo korxonalarida sodir bo‘lgan yong‘inlar aksariyat hollarda
yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari yetib kelguniga qadar katta maydonni
egallab, xonalarni quyuq tutun qoplab oladi va bu o‘z navbatida u yerdagi odamlar
hayotiga jiddiy xavf tug‘diradi. Yong‘inlarning tez tarqalib ketishiga katta
do‘konlardagi ochiq zina kataklarining loyihalashtirilganligi hamda markaziy zina
kataklarining bino bo‘ylab qurilishi sabab bo‘lmoqda. Agar do‘konlarda ko‘p
miqdorda turli xildagi sintetik mahsulotlar saqlanayotgan bo‘lsa, u holda ularning
yonishi va issiqlikdan kuyishi natijasida kuchli tutun paydo bo‘lib, zaharli bug‘ va
gazlar ajralib chiqadi. Bunday xonalarda yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari
shaxsiy tarkibi gazniqobda ishlashi shart. Tutun ta’sirida zich yopilmagan
idishlarda saqlanayotgan ko‘plab oziq-ovqat mahsulotlari iste’mol uchun yaroqsiz
bo‘lib qoladi, to‘qimachilik, attorlik mollari va boshqa buyumlar o‘zining sifatini
yo‘qotadi. Yong‘inning tez tarqalishi va xonalar tutun bilan qoplanishi do‘konlarda
bo‘lgan odamlarning chiqish yo‘llarini to‘sib qo‘yib, ularning hayotiga xavf solishi
mumkin. Yopiq omborlarda yong‘inlarning tarqalishi saqlanayotgan modda va
materiallarning joylashuviga va omborning konstruktiv-rejaviy tuzilishiga bog‘liq
bo‘ladi. Yonuvchi materiallar saqlanayotgan omborlarda sodir bo‘lgan yong‘inlar
yonuvchi mollar, stellajlar, idishlar, qoplama idishlar, qog‘ozlar, bino
konstruksiyalari bo‘ylab tez tarqaladi. Yong‘in sodir bo‘lganidan 5-20 daqiqa
o‘tgandan keyin yong‘in bitta bo‘lmani qurshab olishi mumkin.
Materiallar baland tokchalarga joylashtirilganda yong‘in vertikal yo‘nalishda
yuqoriga qarab 1 daqiqada 2-4 metr tezlikda tarqaladi. Umuman olganda,
omborlarda olovning to‘g‘ri tarqalish tezligi 1 daqiqada 1-2 metrni tashkil etadi.
Yonish vaqtida juda ko‘p miqdorda zaharli va bo‘g‘uvchi gazlar tarqaladi. Bu esa
yuqori harorat bilan bir qatorda yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari shaxsiy
tarkibining yong‘in o‘chirishdagi ish sharoitlarini qiyinlashtiradi. Yonish
mahsulotlarida, ayniqsa, zaharli kimyoviy moddalar yonganda, uglerod oksidi va
boshqa ko‘plab bo‘g‘uvchi va zaharlovchi tutun va gazlar ajralib chiqadi.
Yong‘inning tez tarqalishi natijasida shtabellar tiqilib qolishi, antresol, to‘sin va
tomlar qulab tushishi mumkin. Moddiy boyliklar saqlanadigan omborlarda yong‘in
sodir bo‘lganda tomlaridan erib, oqib tushayotgan bitumning tomishi, gaz
ballonlarining portlashi kuzatilishi, bino konstruksiyalarining qulab tushishi yuz
berishi mumkin. Moddiy boyliklar saqlanadigan omborlarni ko‘p qavatli
binolarning yerto‘lalarida joylashtirish yong‘inni shamollatish yo‘llari, devor va
qavatlararo tomlardagi mavjud himoyalanmagan darcha va tuynuklar orqali yuqori
qavatlarga tez tarqalib ketishiga olib kelishi mumkin.
Yonuvchi polimer qoplamali (penopolistirol, penopoliuretan va boshqalar)
metallardan qurilgan inshoot va binolarda yong‘in sodir bo‘lganda yong‘in polimer
139
qoplamalar orqali devor va tom qoplamasi oraliqlaridan ko‘rinmay tez tarqalishi,
yonayotgan polimer qoplama va bitumlardan oqib tushayotgan eritmalardan bino
ichida yangi yong‘in o‘choqlarini paydo bo‘lishi, tom qoplamalari va boshqa
himoyasiz metall konstruktiv elementlarining o‘z xususiyatlarini yo‘qotishi va
ag‘darilib tushishi kabi holatlar vujudga kelishi mumkin.
Do‘konlarda yong‘in sodir bo‘lganda asosiy vazifalarni bajarish bilan bir
qatorda YoO‘R odamlar hayotiga bo‘lgan xavf darajasini, lozim bo‘lganda ularni
zudlik bilan qutqarish ishlarini tashkillashtirish lozimligini, yonish hududida
qanday moddiy boyliklar borligini, ularning qanday holatda saqlanayotganligini,
qo‘shni xonalarga bo‘lgan xavf darajasini, qanday yong‘in o‘chirish vositalarini
qo‘llash kerak va ularni qo‘llash usullarini, qutqaruv ishlarining tartibi hamda
hajmini aniqlaydi.
YoO‘R yong‘in sodir bo‘lgan joyga yetib kelganidan keyin darhol
ma’muriyat vakillari bilan aloqa o‘rnatishi kerak. Yong‘in holatini aniqlashni
o‘tkazishda esa ular bilan maslahatlashishi lozim. Ko‘p tarqalib ketgan
yong‘inlarda yong‘in holatini aniqlash bir necha yo‘nalish bo‘ylab savdo zali va
yordamchi ma’muriy binolar tomonidan amalga oshiriladi. Agar do‘konlar aholi
yashash uylarining birinchi qavatida joylashgan bo‘lsa, u holda yong‘in holatini
aniqlashni albatta 2-qavatdagi xonalardan boshlash lozim. Bunda do‘kon
binolaridan santexnika kommunikatsiyalari va shamollatish yo‘llari o‘tgan joylar
tekshiriladi. Do‘kon yerto‘lasida yong‘in sodir bo‘lgan bo‘lsa, yong‘in holatini
aniqlash vaqtida birinchi qavatdagi transport tuynuklari, ko‘targich shaxtalari va
yerto‘ladan birinchi qavatga olib chiqadigan barcha darcha va tuynuklar yopib
qo‘yiladi.
Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari yong‘in joyiga yetib kelgan
zahotiyoq ularning bajarishi lozim bo‘lgan vazifalaridan biri yonayotgan ombor va
do‘kon xonalaridan moddiy boyliklarni qutqarish hamda o‘z vaqtida himoya
qilishdan iborat. Qutqarish ishlarini tashkillashtirishda YoO‘R tajribali ekipaj
yetakchilarini tayinlaydi va ularning ixtiyoriga kuch hamda vositalarning bir
qismini ajratadi.
Moddiy boyliklarni qutqarish uchun ma’muriyat, o‘quv muassasalari va
harbiy qismlarning harbiy xizmatchilari jalb etiladi. Bunda imkoniyat darajasida
transport mexanizmlari, yuk liftlari, ko‘targichlar va elektrokaralardan
foydalaniladi. Birinchi navbatda, eng qimmatbaho, suv tegishi natijasida yong‘inni
tezlashtiruvchi yoki yonish hududida portlash, chaqnash, zaharli gaz va bug‘
chiqarishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan moddiy boyliklar xavfsiz joyga olib
chiqiladi. Barcha moddiy boyliklar xavfsiz joydagi xonalarga yoki tashqariga olib
chiqiladi va militsiya xodimlari tomonidan qo‘riqlanishi tashkillashtiriladi.
Yong‘in o‘chirish avtomobillarini joylashtirish va yong‘in o‘chirishning yo‘llarini
xavfsiz joylarga joylashtirish toqazo etiladi, chunki savdozali tomonidan va
tashqaridan yong‘inni o‘chirish uchun ombor hamda do‘konning yordamchi
xonalari tomonidan himoya qilinishi e’tiborga olinishi lozim. Agar yong‘in savdo
zalida sodir bo‘lsa, dastaklar kirish eshiklari va fasad oynalari orqali tashqaridan
qarama-qarshi tomondan uzatiladi. Shu bilan bir qatorda yordamchi xonalarni
himoya qilish uchun ham dastaklar uzatilishi kerak. Binoning orqa tomonidan
140
dastaklarni uzatish ham yaxshi natija beradi, chunki ko‘p hollarda asosiy binoga
birlashtirib qurilgan ayvon va xonalarning chiqish yo‘llari atroflarida yonuvchi
idish, sig‘im va qutilarning to‘planib qolish hollari ham uchraydi. Binoning orqa
tomonidan dastaklarni kiritish uchun asosan xizmat yo‘laklari va zinapoyalardan
foydalanish mumkin.
Yordamchi xonalarda yong‘in sodir bo‘lganda asosiy kuch va vositalar
ichkaridagi xonalarga kiritiladi, zaxiradagi dastaklar esa savdo zallarini himoya
etish uchun uzatiladi. Agar yong‘in ko‘p qavatli aholi yashash uyining birinchi
qavatidagi savdo do‘konida sodir bo‘lsa, asosiy kuch va vositalar yong‘inni
o‘chirish uchun kiritiladi, zaxira dastaklari esa ikkinchi qavatdagi aholi yashash
xonadonlarini himoya qilish uchun kiritiladi. Agar yong‘in do‘konlarning
yerto‘lalarida joylashgan omborlarda sodir bo‘lsa, asosiy kuch va vositalar
yerto‘ladagi yong‘inni o‘chirish uchun kiritilib, zaxira dastaklari zarurat
tug‘ilganda yerto‘ladan do‘kon binosiga olib chiquvchi texnologik darchalarni
himoya qilish uchun uzatiladi.
Yonuvchi polimer qoplamali metallardan qurilgan binolarda sodir bo‘lgan
yong‘inni o‘chirish uchun bino ichida tom qoplamasini ko‘tarib turgan metall
qismlarga, ustunlarga, tom qoplamasining ostiga va ichki devorlarni sovitish, bino
qoplamasida yong‘inning maydon bo‘ylab tarqalishining oldini olish uchun bir
vaqtning o‘zida tutunni chiqarib yuborish va haroratni pasaytirish maqsadida
tuynuklar o‘rnatish, shuningdek, tom ustining qurilish materiallari bilan yopilgan
qismini sovitish va isitgichlar orasini ochishga devorlarning tashqi tomonida bir
vaqtning o‘zida konstruksiyalarni buzish hamda yoriqlar ochish bilan devorlarni
sovtish va o‘chirish uchun yong‘in o‘chirish vositalari uzatiladi.
Bozor do‘konlari va yonuvchi materiallardan qurilgan pavilon hamda
omborlarda yong‘in sodir bo‘lganda, qoida bo‘yicha, QD-70 va lafet dastaklari
yong‘inning asosiy tarqalish yo‘llariga uzatilib, QD-50 dastaklari esa yonayotgan
binoning ichiga va ularni himoya qilish uchun uzatiladi.
Savdo zali va omborxonalarda sodir bo‘lgan yong‘inni o‘chirish uchun suv
namlagich qorishmalari aralashtirilgan suv, havo-mexanik ko‘pigi va boshqa
yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalaniladi.
Yong‘inni o‘chirish uchun dastaklarning soni suv berish jadalligiga
(0,08-0,1l/(s
m
2
)) qarab belgilanadi, agar namlagich aralashtirilgan suv uzatilsa,
unda suv sarfi 1,2-2 barobarga kamaytiriladi. Tez alangalanadigan va yonuvchi
suyuqliklarni o‘chirish uchun o‘rta karrali havo-mexanik ko‘piklarni qo‘llash
maqsadga muvofiq. Uni uzatish jadalligi 0,1 l/(s
m
2
) ga teng deb qabul qilinadi.
Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari shaxsiy tarkibi savdo korxonalari va
moddiy boyliklar ko‘p bo‘lgan omborlarda sodir bo‘lgan yong‘inni o‘chirish
vaqtida talab qilingan miqdordan ortiq miqdorda suv sarflashi natijasida suv tegishi
oqibatida o‘zining sifatini yo‘qotadigan modda va materiallarning mavjudligini
esdan chiqarmasligi, buning natijasida moddiy zarar yanada oshishi mumkinligini
yodda tutishi kerak.
Yonmayotgan stellajlardagi moddiy boyliklarni brezent yoki o‘sha yerda
mavjud bo‘lgan boshqa narsalar bilan yopish kerak. Polga va yerga taxlab
qo‘yilgan modda va materiallarning tagiga suv o‘tib ketmasligi uchun ularning
141
atrofiga yog‘och qirindisi yoki boshqa narsalardan to‘siqlar qilib qo‘yiladi,
o‘chirish bilan bir vaqtning o‘zida quyilgan suvni chiqarib yuborish ishlari ham
amalga oshiriladi. Quyuq tutun bilan qoplangan xonalarda yong‘inni GTHX guruhi
yordamida o‘chirish tavsiya etiladi. Bunda tutun bilan qoplangan hududlarda
ishlovchilarni almashtirish uchun yong‘in o‘chirish zaxira kuchlarini tashkil etish
talab etiladi. Yong‘inlarni o‘chirishda yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari
shaxsiy tarkibi ro‘y berishi mumkin bo‘lgan portlash, chaqnash, olovning otilishi,
shtabel va tokchalarning yiqilib tushishiga qarshi himoya choralarini ko‘rishi
lozim.
Omborlarda
yong‘in sodir bo‘lganda yong‘in holatini aniqlash
ma’muriyatdan, so‘rab-surishtirish yo‘li bilan saqlanayotgan material va
moddalarning fizik-kimyoviy xususiyatini aniqlaydi, shuningdek, olovning qo‘shni
bo‘lmalarga hamda yuqori qavatlarga tarqalib ketishi mumkinligini, saqlanayotgan
modda va materiallarni qutqarish lozimligini hamda ularni evakuatsiya qilish
ketma-ketligini aniqlaydi.
Omborlarda yong‘inlar sodir bo‘lganda dastaklar eshik va derazalar orqali
kiritiladi. Derazalarga o‘rnatilgan panjaralar maxsus qaychilar bilan kesib
tashlanadi yoki yong‘in o‘chirish avtomobillarida gitrosslar yordamida tortib olib
tashlanadi. Omborlarning maydoni katta va moddiy boylik mahsulotlari bilan to‘la
bo‘lganligi uchun YoO‘R hamda yong‘ino‘chirish uchastka boshliqlari dastaklar
bilan ichkariga, eng ko‘p yonayotgan yong‘in o‘chog‘iga qarab harakat qilinishini
ta’minlashi shart. Yon tomondagi bo‘lma va yuqori qavatlarga (bir necha qavatli
binolarda) himoya uchun dastaklar kiritishi hamda doimiy ravishda yong‘in
holatini aniqlash ishlarini amalga oshirishi shart. Yong‘in o‘chirish vositasi va
jadallikni tanlashda YoO‘R saqlanayotgan modda hamda materiallarning soni,
miqdori hamda ularning xususiyatlarini hisobga olishi kerak. Suv qo‘llanishini
chegaralash lozim, chunki u moddiy boyliklarning tarkibini buzadi yoki omborda
suv bilan birikkanda o‘zining fizik-kimyoviy xossasini o‘zgartiruvchi (metall
natriy, kaliy, kalsiy, magniy, metil, bariy perekisi) moddalar mavjud bo‘lsa,
YoO‘R tomonidan yong‘inni o‘chirish uchun suvni qo‘llashga ruxsat etilmaydi.
Yong‘in o‘chiruvchilar ko‘pik va suv dastaklarni olov tarqalayotgan, eng qimmatli
moddiy boyliklar hamda portlash xavfi bor bo‘lgan joylarga uzatishlari talab
etiladi. Suv oqimi, avvalo, olov qo‘shni stellaj vashtabellarga o‘tib ketmasligining
oldini olish uchun va stellajlararo yo‘laklar bo‘ylab sepiladi. Tolalimateriallar
(momiq, paxta, linttolasi) yonganda suv bilan o‘chiriladi, so‘ng xavfsiz joyga olib
chiqiladi va namlagichlar qo‘shilgan suv yordamida obdon o‘chirib olinadi.
Savdo korxonalari va moddiy boylik mahsulotlari omborlarida sodir bo‘lgan
yong‘inni bartaraf etishda YoO‘R moddiy boyliklar joylashtirilgan joyni aniqlab,
ularni xavfsiz joyga olib chiqish yoki himoya qilish tartibini belgilaydi va yong‘in
o‘chirishda kranli dastaklar, sachratma suv, ko‘pik, kukun hamda inert gazlardan
foydalanish ishlarini tashkillashtiradi.
Yonuvchi polimer qoplamali metalldan tuzilgan binolarda sodir bo‘lgan
yong‘inni bartaraf etishda YoO‘R tomni «A» va «B» dastaklar yordamida
o‘chirish, tomni ko‘tarib turgan binoning asosi, ustun, devorning ichki yuzalari
hamda tom qoplamalari ostini sovitish uchun «A» va lafet dastaklaridan suv berish,
142
bino ichidagi yong‘in o‘choqlarini o‘chirish va moddiy boyliklarni himoya qilish
uchun «B» dastagidan sochma suv uzatish, devor qoplamalarini o‘chirish uchun
«A» dastaklaridan foydalanish, yong‘inning qo‘shni bo‘limlarga yong‘inga qarshi
to‘siq va devorlar orqali o‘tishi imkoniyatlarini hisobga olgan holda yong‘in
o‘chirish ishlarini amalga oshirish, yong‘inni o‘chirishda tayanch chegarasi sifatida
shamollatish tuynuklaridan va yorug‘lik fonarlaridan foydalanish, yong‘in
o‘chirilgandan so‘ng, qolib ketgan yong‘in qoldiqlarini bartaraf etish uchun devor
va tom panellarini sinchiklab tekshirish ishlarini tashkillashtiradi.
Portlash oqibatida yangi yonish o‘choqlari paydo bo‘lishini bartaraf etish va
yonuvchi suyuqliklar to‘kilib ketganda ularning oldini to‘sish uchun YoO‘R o‘z
ixtiyorida doimiy ravishda zaxira kuch va vositalariga ega bo‘lishi kerak.
Zaxiradan, shuningdek, yong‘in o‘chirishda ishlayotgan shaxsiy tarkibni
almashtirish uchun ham foydalaniladi. Yong‘in o‘chirish uchastkalarini omborning
ichi bo‘yicha, binoning aylanasi, qavatlar va tomi bo‘yicha tuzish mumkin. YoO‘R
va bo‘linma yetakchilari asosiy e’tiborni mehnatni muhofaza qilish qoidalariga
qaratishi shart. Qulab tushish xavfi tug‘ilganda odamlarni xavfsiz joyga olib
chiqish toqazo etiladi. Agar yonayotgan xonalarda kimyoviy modda, plastmassa,
zaharli kimyoviy moddalar mavjud bo‘lib, ular inson organizmiga salbiy ta’sir
etishi mumkin bo‘lsa, xonalarni shamollatish yo‘li bilan insonlar organizmini
zaharlanishidan himoya etish choralari ko‘riladi
Do'stlaringiz bilan baham: |